Nemis adabiyoti tarixi



Download 148,01 Kb.
bet9/23
Sana20.07.2022
Hajmi148,01 Kb.
#825670
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
NEMIS ADABIYOTI TARIXI

Tayanch so’z va iboralar



  1. maysterzinger

  2. maystersang

  3. sotsial paratizm

  4. festnaxshpiel

  5. Til Oylenshpiegel

  6. Shildburger

  7. Doktor Faust afsonalari

BURGERLIK ADABIYOTI


Germaniyada uyg’onish davrida o’z dunyoqarashi bilan burgerlarga yaqin bo’lgan yozuvchilar ijodi rivoj topdi.


Bu asarlarda didaktizm muhri bosilgan bo’lib, satirik yo’nalishga ega edi. Ularda feodal jamiyatning turli kamchiliklari aks ettirilar, voqeilikning haqqoniy tasviri jonlantirilar edi. Burgerlik adabiyoti reformatsiya harakatida faol qatnashdi. (G. Saks, Murner va b.) Burgerlik satirasining boshlovchilaridan biri nemis gumanisti Sebastian Brant (1457-1521) bo’lib, uning hayoti haqida juda kam ma’lumot saqlanib qolgan. Lekin u keng bilimli, lotin tili va Rim avtorlari asarlarini yaxshi bilgan ijodkor sifatida tarixda ma’lum.
U 90- yillarda Bazel (Shvetsariya) universitetida professor lavozimida va Strasburg shahri sekretari martabasida xizmat qilgan. U “Axmoqlar kemasi”
(Das Narrenschiff, 1494) satirasi bilan mashhur bo’lib, bu asarda turli yosh,kasb- kor, va tabaqa vakillarining satirik ko’rigini otkazadi. “Axmoqlar kemasi” o’nlab axloqiy hikoyalarni o’zida mujassamlashtirgan she’rlardan iborat bo’lib, jonli nemis tilida yozilganligi bilan xarakterlidir.
Brant mazkur asarida Germaniyadagi barcha tentaklarni bir kemaga joylashtiradi. Bir joyda to’plangan “nodon xalq” Narrenshtatga- Tentagiston o’lkasiga yo’l oladi. Nodonlar kemasi qayoqqa suzayotganini ham bilmaydi va halokatga uchrashi hech gap emas. Brant fikricha, o’zining ko’p sonli illatlaridan qutulish imkoniga ega bo’lmagan mamlakat halokatga uchrashi muqarrar. Qutqarilishning yagona yo’li- jamiyatni axloqiy illatlardan forig’ etishga qobil bo’lgan chinakam fandir. Brant umumxalq e’tiboriga turli xil tentaklarning butun boshli galereyasini tavsiya etadi. Bularning ichida turli kitoblarni yig’uvchi, ammo hech qachon o’qimaydigan bibliofillar, sharlatan- vrachlar, maqtanchoqlar, xalqning ishonuvchanligini suiste’mol qiluvchi astrologlar- munajjimlar, sxolast, o’z nodonliklarini boshqalarga yuqtiruvchi olimlar va boshqalar bor.
S. Brant satirik traditsiyalarining iste’dodli davomchisi Tomas Murner bo’lib, uning asarlari sotsial o’tkirligi bilan ajralib turadi. Murnerning eng yaxshi satirik asarlari “Nodonlar la’nati” (Заклятие дураков), “Qamchi sexi” (Цех плутов, Das Schelmenzuff) dir. T.Murner mazkur asarlarida o’z g’azabi kuchini o’zi zamondosh bo’lgan jamiyatnijng sotsial yaralariga qaratadi.
Cherkov xizmatidagilarning axloqiy tubanligi, yuqori martabali cherkov amaldorlarining cherkov mansablarini pullashlari va boshqa chirkinliklarni nafrat bilan bayon etadi, ularni ochko’z bo’rilarga o’xshatadi.



Download 148,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish