Nemis va o’zbek tillaridagi inkor vositalarning grammatik tahlili



Download 31,83 Kb.
bet1/3
Sana26.04.2023
Hajmi31,83 Kb.
#932069
  1   2   3
Bog'liq
MAQOLA (2) to\'ldirilgan


Nemis va o’zbek tillaridagi inkor vositalarning grammatik tahlili
Annotatsiya
Mazkur maqolada nemis va o’zbek tillaridagi barcha inkor ma’no anglatuvchi so’zlarni jamlash, ularning hosil bo’lish yo’llari, qo’llanilishi, ma’no anglatishdagi umumiy va farqli tomonlarini tadqiq etish maqsad qilingan. Qiyoslanayotgan tillardagi inkor ifodalovchi vositalarning grammatik jihatdan tasnifi, nemis va o’zbek tilshunoslarining inkorning hosil bo’lishi masalasidagi qarashlari o’rganilgan. Keyin har ikki tildagi inkor gaplarni shakllantirgan vositalar solishtirib o’tilgan. Maqolada analiz, sintez, qiyoslash, ta’riflash, umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida nemis va o’zbek tillaridagi inkor gaplarni shakllantiruvchi grammatik qo’shimchalar va vositalar o’rtasidagi umumiy va farqli xususiyatlar o’rganilgan.
Kalit so’zlar: Nemis tili, O’bek tili, inkor so’zlar, inkor gaplar, grammatik kategoriya, prefiks, suffiks, juft bog’lovchilar, partikel, artikel.
Inkor tushunchasi barcha tillarga xos bo‘lagan umumiy (universal) hodisa hisoblanib, u atrofdagi voqea-hodisalarni rad etish yoki inkor qilish deganidir. Nemis va o‘zbek tillarida inkorni ifodalovchi bir qancha vositalar mavjud bo‘lib, nemis tilida ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: “nicht” inkor yuklamasi, “kein, niemand, nichts” inkor olmoshlari, nie, niemals, nirgends, nimmer, nirgendwo, nirgendwohin, nirgendwoher ravishlari1 Bundan tashqari Nemis tilida inkor ma’noni faqatgina inkor so‘zlar emas, balki inkor ma’no yoki negativ ma’no anglatuvchi prefikslar, suffikslar, juft bog‘lovchilar ham mavjud. Bular quyidagilar: un-, ver-, miss- (prefikslar), weder, noch (juft bog‘lovchilar).
O‘zbek tilida ham bir qancha inkorni ifodalovchi inkor so‘zlar mavjud: Ular jumlasiga -ma affiksi, emas va yo‘q so‘zlari, na…na juft bog‘lovchisi hamda inkor olmoshlari kiradi. Yana shuni aytish o‘rinliki, o‘zbek tilida ham inkor ma’noni anglatuvchi talaygina prefiks va suffikslar mavjud. Masalan, no-, be- prefikslari va -siz suffiksi.
Yuqorida har ikkala tilda keltirib o‘tilgan inkor vositalar anglatadigan ma’nosi, qo‘llanilish o‘rni va uslubi jihatdan bir biriga o‘xshash va farqli tomonlari mavjud.
Nemis tilida inkorni ifodalovchi vositalar grammatik jihatdan bitta so‘z turkumiga kirmaydi. Inkor so‘zlar sintaktik jihatdan tahlil qilinganda turli grammatik katigoriyalarga xos ekanligini (misol uchun partikl, ravish yoki olmosh so‘z turkumlari) ko‘rishimiz mumkin. Ularning umumiy o‘xshashlik tomoni esa darak gapni inkor qilishidir. Bundan shuni anglash mumkinki, ular bitta semantik birlikdir.
Nemis tilidagi inkor so‘zlarni gapda egallagan o‘rni turli xil bo‘lganligi sababli ular turli xil so‘z turkumlariga kiritiladi2.
(1) ... kommt. (keiner, niemand, nichts)
(2) Er läuft... (nie, niemals, nirgends, nirgendwo, nicht, nirgendwohin, keinesfalls, keineswegs)
(3) Er liest... Buch (kein)
(4) Kommt er? ..., er kommt nicht, (nein)
(5) ... ein Schüler war krank. (nicht)
(6) Er ist... dumm ... faul. (weder — noch)
Birinchi misolda inkor so‘zlar substantiv olmoshlardir (ular der freund, er v. h.lar bilan almashtirilishi mumkin). Ikkinchi misolda inkor so‘zlar ravishlardan iborat (ular dort, heute v.h. lar bilan almashtirilishi mumkin). Uchinchi misolda inkor so‘zlar artikel so‘zlardir (ular ein, mein v.h. lar bilan o‘rin almasha oladi). To‘rtinchi misolda so‘z-gaplar yoki inkor so‘z-gaplardir (ular ja, doch so‘z gaplar bilan o‘rin almashishi mumkin). Beshinchi misolda inkor so‘z partikeldir (u auch, nur partikellari bilan o‘rin almasha oladi). Oltinchi misolda inkor so‘zlar bog‘lovchilardir (ular sowohlals auch, entwederoder juft bog‘lovchilar bilan o‘rin almasha oladi).
Aksariyat inkor so‘zlar hech qanday o‘zgarishga uchramaydi, bularga nein, nicht, nichts, nie, nimals, nirgends, nirgendwo, nirgendwohin, nirgendwoher, weder-noch kirsa, nimand va kein inkor so‘zlari esa fleksibl, ya’ni o‘zgaruvchan hisoblanadi.
Kein” inkor so‘zi birlik sonda xuddi noaniq artikl “ein ” singari ko‘plikda esa xuddi sifat kabi turlanadi. Misol uchun: Max hat einen großen Hund / Max hat keinen großen Hund.

Download 31,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish