New Fly High 5 (1-13 betlar) Uzbek pmd



Download 0,6 Mb.
bet8/190
Sana26.06.2022
Hajmi0,6 Mb.
#707076
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   190
Bog'liq
2 5246951968299024827

Talaffuz


Talaffuz, asosan, o‘quvchilar so‘zlarning ma’nolari bilib olingandan keyin DVD disk va o‘qituvchining ketidan takrorlash orqali amalga oshiriladi. Tadqiqot shuni

ko‘rsatadiki, o‘quvchilar so‘zlarning ma’nosini bilib olishgandan so‘ng so‘zlarni qanday talaffuz qilinishni o‘rganish ular uchun osonroq va samaraliroq bo‘ladi. Shuningdek, mualliflar mazkur sinfda ba’zi bir o‘qish qoidalarini tanishtirib borish muhim degan qarorga kelishdi. Bular DVDning har bir bo‘limida berilgan bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilar ulardan bo‘limni o‘rganish davomida qulay bir paytda foydalanishlari mumkin.


Har safar birinchi mashqda o‘quvchilarning diqqati tovushning qanday harflar bilan ifodalanishiga tortiladi. So‘ngra o‘quvchilar bilgan so‘zlarini tovush bilan o‘qishni mashq qiladilar. O‘quvchilarga DVD da fonetik belgilar tanishtiriladi. (Ular DVD da har bir bo‘lim uchun quloqchin belgisi ostida kiritilgan.)

Qo‘shimcha Grammatik mashqlar


Bular bo‘lim yoki darslarda o‘rganilgan grammatika uchun qo‘shimcha mashqlarni o‘z ichiga oladi. Siz bu mashqlarni qachon va qayerda qo‘llash yuzasidan ko‘rsatmalarni O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanmadan topishingiz mumkin. Qo‘shimcha grammatik mashqlarni qo‘llashdan maqsad allaqachon orttirilgan grammatik bilimni ko‘proq ishlatish va mustahkamlash hamda o‘zlashtirishi qiyin yoki grammatika ustida ko‘proq mashq qilishi kerak bo‘lgan o‘quvchilarga yordam berishdir. Bu mashqlar o‘quvchilarga mustaqil va o‘zicha ishlashga imkoniyat berish maqsadida ham ishlatilishi mumkin. Qo‘shimcha grammatik mashqlar DVD da har bir bo‘lim uchun ABC belgisi ostida berildi.

Tarjima


Tarjima ona tili va ingliz tillari orasidagi o‘xshashlik va farqlarga ahamiyat berish maqsadida ishlatildi. O‘quvchilar oddiy gap, qurilma, so‘z, butun matnlarni tarjima qiladilar. Tarjima qilish malakalari 6-9 sinf darsiklarida rivojlantiriladi.

4 New Fly High da qo‘llanilgan yondashuv


New Fly High xorijiy tillar bo‘yicha Ilmiy Metodik Kengashda 2017 yilda tasdiqlangan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi asosida yaratildi. Dastur O‘zbekistonning turli joylarida istiqomat qiluvchi o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan maslahatlashgan holda tanlangan mavzularga asoslanadi.
New Fly High da o‘quvchilarga to‘rt nutq faoliyati turlari: o‘qish, tinglab tushunish, gapirish va yozuvni rivojlantirishga yordam berish maqsad qilib olingan. Darslikda zamonaviy kommunikativ Ingliz tilini o‘qitishga alohida urg‘u berilgan, shuning uchun ilgarilari nazardan chetda qoldirilgan gapirish va tinglashga katta e’tibor qaratilgan. Albatta o‘quvchilarga Lug‘at, Grammatika va Talaffuz bo‘yicha yaxshi bir poydevor kerak, shuning uchun bular ham muntazam ravishda rivojlantirilib borilgan. New Fly High da lug‘at mavzular bo‘yicha tanlangan, grammatika esa, muloqotning tarkibiy qismi sifatida o‘rgatilgan. 5-sinf darsligida dastlabki tarjima malakalarini muntazam ravishda rivojlantirib borishga e’tibor qaratiladi. Bu sinfda tarjima ingliz va ona tilidagi yangi so‘z va so‘z birikmalarni taqqoslash va farqini ko‘rsatish uchun ishlatiladi. New Fly High va Siz foydalangan boshqa bir darsliklar orasidagi asosiy farq shundaki, New Fly High da til o‘qitishning o‘quvchiga yo‘naltirilgan yondashuviga urg‘u berganligidadir.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish