Нигинахон шермухамедова


In‘ikosning xususiyatlari



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

In‘ikosning xususiyatlari
. Materiyaning umumiy xossasi sifatida 
ta‘riflaganda, inikosning quyidagi xususiyatlari namoyon bщladi:
– in‘ikosning moddiy-energetik o‗zaro ta‘sir jarayonlari bilan uzviyligi;
– har qanday aks ettirish jarayoni zamirida sabab-oqibat bog‗lanishi yotadi. 
In‘ikos sabab-oqibat munosabatlarining shunday shakli sifatida tushunilishi 
mumkinki, bunda sababning tarkibi, xususiyati, xossalari oqibatga o‗tadi. Oqibat 
originalning nusxasi, o‗xshashi sifatida amal qiladi;
– aks ettirish – yo‗naltirilgan jarayon. U aks etuvchidan aks ettiruvchi sari 
harakatlanadi, demak, bu jarayon simmetrik emas, ya‘ni bunda sabab (aks 
ettiriluvchi)ning harakati – birlamchi, oqibat (aks ettiruvchi)ning harakati – 
ikkilamchi. hatto oddiy aks ettirish jarayoni va uning natijalari ham aks ettiriluvchi 
ob‘ektning mavjudligi va xususiyatiga nisbatan ikkilamchidir;
– avvalo, o‗zaro ta‘sir sifatida tushuniluvchi in‘ikos jarayonining ob‘ektivligi 
alohida diqqatga sazovordir; 
1
Павлов И.П. Двадцатилетний опыт объективного изучения высшей деятельности (поведения) животных.-
М.: Наука, 1973. –С.607 


248 
– obraz va originalning o‗zaro mosligi darajasi har xil bo‗lishi mumkin. 
In‘ikos natijasi nafaqat tashqi ta‘sirlar (aks ettiriluvchi), balki hodisaning ichki 
tabiati (aks ettiruvchi) bilan ham belgilanadi. 
P.Anoxin nazariyasi. 
Borliqni oldinroq aks ettirish g„oyasi P.Anoxin 
tomonidan ishlab chiqilgan.
U materiyaning makon va vaqt doirasidagi 
harakatining asosiy shakllari noorganik tabiatda tirik organizmlar paydo 
bo„lishidan ancha oldin mavjud bo„lganiga e‟tibor qaratdi
. «Jonli materiya» 
dunyoning tayyor makon-vaqt strukturasiga «singib ketgan» va muqarrar tarzda 
uning xossalarini o‗zida mujassamlashtirgan. Mavjud shart-sharoitga moslashish 
zarurati tug‗ilgan. Moslashish jarayonida tashqi vaqt ko‗rsatkichlari, aniqrog‗i, 
ketma-ketliklar katta rol o‗ynagan.
Bu ketma-ketliklarni P.Anoxin ikki guruhga ajratdi:
1. Ketma-ketliklarning takrorlanuvchi, tiklanuvchi, ritmlilik va sikllilik (kun 
– tun; bahor – yoz – kuz – qish) bilan tavsiflanuvchi muhim, doimiy va barqaror 
qatorlari. 
2. 
Mazkur 
organizmning 
hayotida 
keyinchalik 
takrorlanmaydigan 
ahamiyatsiz va tasodifiy ketma-ketliklar qatori (masalan, dovul, zilzila va h.k.), 
ahamiyatsiz va tasodifiy ketma-ketliklargina mavjud bo‗lganida, hayot rivojlana 
olmas, tirik organizm barqaror va mustahkam strukturaga ega bo‗lmas edi. CHunki 
bunday struktura tashqi dunyoning organizmga ritmli va siklli ta‘sirlari 
in‘ikosining natijasi sifatidagina paydo bo‗lishi mumkin. Tabiiy ritmlarga 
bo‗ysunuvchi o‗zaro ta‘sirlar organizmga minglab va millionlab yillar davomida 
ta‘sir ko‗rsatadi. Ular organizmlarning tuzilishida qayd etiladi. Natijada organizm 
oldinroq aks ettirish qobiliyatiga ega bo‗ladi.
Masalan, kuz keldi, barglar to‗kiladi, fiziologik jarayonlar sekinlashadi, 
daraxtlar qishni qarshi olishga tayyorlanib suvsizlanadi, lekin hali sovuq tushgani 
yo‗q. Bu oldinroq aks ettirishga misol. Vaqtda organizmning (sub‘ektning) 
o‗zgarishi unga tashqi holatlar (ob‘ekt) ta‘sir ko‗rsatishidan oldinroq yuz bergan

Oldinroq aks ettirish – noorganik dunyo va atrof-muhitning takrorlanuvchi 
ta‟sirlariga tirik organizmning reaksiyasi. 
Bu ketma-ketlik va takroriylik muhim 
xossalar hisoblanuvchi noorganik dunyoning makon-vaqt strukturasiga jonli 
materiya moslashuvining asosiy shaklidir.
Oldinroq aks ettirish jonli sistemalar dunyoda chidamli, moslashuvchan, 
o„zgarishlarga to„la bo„lishiga imkoniyat yaratadi. Insonda oldinroq aks ettirish 
qobiliyati ilmiy bashorat va prognostika shaklini kasb etadi.
In‘ikos yo protsessual tomondan, yo natija nuqtai nazaridan qaralishi 
mumkin. Tashqi real aks ettiriluvchi ob‘ekt yo‗q bo‗lganidan keyin in‘ikosning 
o‗zi, aks ettirish jarayonining natijasi sifatida, yo‗q bo‗lmaydi, balki aks ettiruvchi 
ob‘ektda iz ko‗rinishida saqlanib qoladi. SHunday qilib, tashqi ta‘sir aks 
ettiruvchining tarkibidan o‗rin oladi. S.L.Rubinshteyn materiya aks ettirish 
qobiliyatining ayni shu xususiyatini nazarda tutib, har bir hodisa ma‘lum ma‘noda 
«Olam ko‗zgusi va aks sadosidir», degan. Axborotning atributiv konsepsiyasi shu 
asosda tuziladi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish