Nigora Erkaboyeva pedagogik mahorat (O‘quv qo‘llanma) Toshkent



Download 1,21 Mb.
bet58/102
Sana17.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#815525
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   102
Bog'liq
fayl 775 20210505

Rivojlantirish bosqichi. Bu bosqichning asosiy xususiyati o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatida mustaqillikning yorqin namoyon bo‘lishi bilan belgilanadi. O‘quvchilar har qanday murakkablikdagi o‘quv-bilish harakatlarini maqsadli, izchil, uzluksiz ravishda o‘qituvchi yoki ishlab chiqarish ustasining rahbarligisiz mustaqil amalga oshiradi. Ushbu bosqichda o‘quvchilarning o‘quv, kichik tadqiqot, loyiha, ishlab chiqarish faoliyatlariga oid ko‘nikmalari sekin-asta malakalarga aylanadi. Buning natijasida o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati qisman-izlanuvchanlik va ijodiylik kasb etadi.




  1. Dars mazmuni va uning didaktik imkoniyatlari. Ta’lim mazmuni tizimlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar, qarashlar, ishonchlar to‘plami, o‘quv- tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida erishilgan amaliy tayyorgarlikning ma’lum darajasi bilan belgilanadi.

Ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan bilimlar muhim ijtimoiy qadriyat ham sanaladi. U individning ijtimoiylashishi, odamning sotsium (ijtimoiy muhit)ga kirishiga yordam beradi. O‘tgan asrda ta’lim mazmunini siyosiylashtirishga urinishga qaratilgan harakatlarning yuzaga kelganligi uning mazmunini belgilashda ekstensiv yondashish (miqdoriy – sonini ko‘paytirish) yetakchi o‘rin egalladi. Natijada ta’lim mazmuni o‘quv fanlari sonining doimiy ortib borish hisobiga kengaytirildi, ta’lim jarayonida tayyor bilimlarni berish asosida o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga e’tibor qaratilib, o‘quvchi shaxsini rivojlantirish masalasi o‘z yechimini topmadi.
So‘nggi yillarda ta’limni insonparvarlashtirish yo‘lida ta’lim mazmunini aniqlashda shaxsga-yo‘naltirilgan yondashuv asosiy o‘rinni egallay boshladi. Bunday yondashish V.V.Kraevskiy, I.Ya.Lerner, M.N.Skatkin (Rossiya); M.Ochilova, N.N.Azizxo‘jaeva, N.Sayidahmedov, F.R.Yuzlikaev (O‘zbekiston)larning ishlarida o‘z aksini topdi. Masalan, V.V.Kraevskiy, I.Ya.Lernerlar ta’lim mazmuni deganda
shaxsni har tomonlama rivojlantirishni ta’minlovchi pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalar to‘plami, ijodiy faoliyat tajribasi hamda emotsional-irodaviy munosabat tajribasini tushunadilar.
Demak, shaxsga yo‘naltirilgan yondashishga muvofiq ta’lim mazmuni mohiyatini aniqlashda asosiy qadriyat bilim emas, balki odamning o‘zi hisoblanadi. Bunday yondoshuv shaxsning ta’lim olish, ma’naviy, madaniy va hayotiy talab- ehtiyojlarini qondirish, rivojlanayotgan shaxsga nisbatan samimiy munosabatda bo‘lishi ta’lim mazmunini erkin tanlash imkonini beradi.
An’anaviy pedagogika deyarli faqat odamning ijtimoiy mohiyatini tan olganligi bois, ta’limning maqsadi insonning jamiyat a’zosi sifatida rivojlanishi, unda ijtimoiy ahamiyatli sifatlarning shakllanishi hisoblanadi.
Darsning didaktik imkoniyatlari quyidagilardir: har bir darsning ta’limiy vazifalarini belgilash; darsni axborotlar bilan boyitish; o‘quvchilarning ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olish; dars mazmunini optimallashtirish; ta’lim jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish; turli shakl, metod va vositalaridan o‘rinli foydalanish; dars tuzilishiga ijodiy yondashish; ta’lim berishda o‘qitishning jamoaviy, guruhli va individual shakllarini qo‘llash; operativ qayta aloqani o‘rnatish; nazorat va boshqaruvni tashkil etish; darsning samarali kechishini ta’minlash.
O‘qituvchining pedagogik mahorati, shuningdek, darslarni quyidagi talablarga muvofiq tashkil etishda ham namoyon bo‘ladi: fanning ilg‘or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish; darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash; o‘quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish; o‘quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog‘liqliklarni o‘rnatish; ilgari o‘rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o‘quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish; shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish; o‘quv- tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi; pedagogik vositalardan samarali foydalanish; zarur bilim, ko‘nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish; mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish; har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va taxmin qilish.




  1. Download 1,21 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish