Nizom I. Umumiy qoidalar



Download 25,8 Kb.
Sana24.04.2022
Hajmi25,8 Kb.
#578985
Bog'liq
Qadr va ezgulik beshigi Nizomi


"Qadr va ezgulik beshigi-mening mahallam!" tanlovi nizomi
Farg'ona politexnika institutiJanuary 08, 2022
Farg‘ona politexnika institutida "Qadr va ezgulik beshigi-mening mahallam!" mavzusidagi tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom institut talabalari o‘rtasida "Qadr va ezgulik beshigi-mening mahallam!" tanlovini (keyingi o‘rinlarda "Tanlov" deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Tanlov 2022-yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” davlat dasturi doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, milliy an’ana va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkaziladi.
II. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish
2.1. Tanlov talabalarning qishqi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish doirasida 2022-yilning 7-yanvaridan 21-yanvar kuniga qadar onlayn tarzda yoritilib, tashkil etiladi.
2.2. Tanlovda institutda tahsil olayotgan barcha shakldagi talabalar ishtirok etishlari mumkin.
2.3. Tanlovga ijodiy ishlar @farpimedia_bot orqali qabul qilinib, institut rasmiy telegram kanali @farpiyoshlar da yoritib boriladi.
2.4. Hakamlar hay’ati a’zolari ushbu nizomning 1-ilovasi bilan taqdirlanadi.
III. Tanlov shartlari va baholash mezonlari
3.1. Tanlov 3 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi.
3.2. Birinchi yo‘nalish - "Eng yaxshi videorolik" deb nomlanib, unda videorolikning izohi, kadr ortidagi so‘zi bilan berilib, videorolik hajmi 4 daqiqadan oshmasligi kerak, lavhada talaba o‘zini tanishtirib, mahallasining nomini albatta aytishi shart. So‘ngra, mahallaning nomini tahlil qiladi va mahalladagi birorta tabarruk qadamjo, hudud tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi muzey va boshqa muhim ma’lumotlar haqida tasvir ortida qisqacha ma’lumot beradi. Shu o‘rinda, mahalladagi o‘ziga hos qadriyatlar, udumlarni ko‘rsatish maqsadida mahalla nuroniysidan intervyu olish mumkin yoki mahalladagi birorta marosimni ko‘rsatishi mumkin. Yakunda esa, FarPI "Qadr va ezgulik beshigi-mening mahallam" onlayn tanlovi uchun maxsus (masalan, Andijon viloyati, Marhamat tumani Qovunchi mahallasidan Sherzod Olimov) deyilishi shart.
- Ikkinchi yo‘nalish - "Eng yaxshi rasm" deb nomlanib, bunda rasm izohi bilan berilsada, qo‘lda chizilgan asar esa izohi bilan birga botga yuboriladi. Eng yaxshi deb topilgan ishlar kanal orqali e’lon qilib boriladi. Ushbu yo‘nalishda aniqlangan "Eng yaxshi rasm"larning izohi bo‘lishi zarur, izoh ixcham va lo‘nda yozilib, hajmi bir varaqdan oshmasligi shart va boshida va so‘nggida FarPI "Qadr va ezgulik beshigi-mening mahallam" onlayn tanlovi uchun maxsus (qavsda mahalla manzili ko‘rsatilishi shart) deyilishi shart. Bu yo‘nalishda asosan, fotoapparatda olingan rasmlar tanlanadi. Rasmlar sifatiga e’tibor qaratish zarur. Rasmlar ham albatta mahallaga oid bo‘lishi lozim.
- Uchinchi yo‘nalish - "Qo‘lda chizilgan eng yaxshi rasm" yo‘nalishida rasm izohi bilan berilib, birgalikda botga yuboriladi. Aniqlangan eng yaxshi ishlarning izohi ham qisqa hajmda yozilib, boshida va so‘nggida FarPI "Qadr va ezgulik beshigi-mening mahallam" onlayn tanlovi uchun maxsus (qavsda mahalla manzili ko‘rsatilishi shart) deyilishi shart.
IV. G‘oliblarni aniqlash va taqdirlash
4.1. Tanlov so‘nggida eng ko‘p ovoz yiqqan asarlar hakamlar hay’ati tomonidan saralanib, g‘oliblar 22-yanvar kuni kanalda e’lon qilinadi. 26-yanvar kuni esa institut tantanalar saroyida taqdirlash kechasi o‘tkaziladi. Yo‘nalishlarda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblarning har biriga 2 mln so‘mdan, 2-o‘rin uchun har biriga 1 mln so‘mdan, 3-o‘rin uchun har biriga 500 ming so‘mdan, shuningdek, har bir yo‘nalish bo‘yicha 5 tadan rag‘batlantiruvchi o‘rinlarga har biriga 100 ming so‘mdan rag‘bat taqdim etiladi. Eng asosiysi barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi. Eng faol ishtirok etgan guruh (1 guruhdan kamida 5 nafar talaba) tyutorlari ham har biri 1 mln so‘mdan belgilangan tartibda rag‘batlantiriladi.
V. Yakuniy qoidalar
5.1. Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlar institutning byudjetdan tashqari topilgan mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi.
5.2. Davlat va nodavlat tashkilotlari, xususiy tadbirkorlar tanlovda homiylik qilishlari mumkin.
Yoshlar masalalari va
ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘yicha prorektor M.Botirov
Download 25,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish