Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika matematika fakulteti



Download 1,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/51
Sana01.01.2022
Hajmi1,43 Mb.
#296317
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51
Bog'liq
544a35cac5f05

Fanning

 

vazifasi  

o‘quvchilarni - zamonaviy axborot texnologiyalari haqidagi 

bilimlar, hususan,  axborot xavfsizligi, axborotlarni himoya qilish,  kompyuterlarga 

xizmat qilishning asosiy qoidalari va masalalari, kompyuter viruslaridan saqlanish 

usullari  va  dasturiy    vositalari,  fayllarni  arxivlash  usullari  va  dasturiy  vositalari, 

arxivator  –  dasturlar  bilan  ishlash,  axborot  tizimlarini  tuzish  va  ulardan 

foydalanishning  asosiy  qoidalari  va  usullari,  axborot  texnologiyalarining  texnik 

vositalari  bilan  tanishishtirish,    uskunaviy  tizimlar  yordamida  sodda  ma‘lumotlar 

ombori (MO) va bilimlar ombori(BO)ni  yaratish,  turli fizik, iqtisodiy, biologik va 

matematik  modellar  qurish  usullari,  umumta‘lim  fanlari  (geometriya,  fizika, 

algebra,  kimyo,  iqtisod  kabilar)dagi  sodda  masalalarning  matematik  modellarini  

qurish,  lokal  va  global  kompyuter  tarmoqlari  bilan  ishlash  ko‘nikmalarini 

shakllantirish,  zamonaviy  axborot  texnologiyalarining  jamiyatni  rivojlantirishdagi 

muhim ahamiyati bilan tanishtirish va ulardan o‘z  kasbiy faoliyatlarida foydalana 

olish malakalarini shakllantirishdan  iboratdir. 

Umumiy o‘rta ta‘lim  maktablarida, keyinchalik  akademik lisey va kasb-hunar 

kollejlarida  o‘quvchilar  «Informatika»  umumta‘lim    fanini  o‘rganish  natijasida 

axborot  texnologiyasi  haqida  boshlang‘ich  tushunchalarga  ega  bo‘lib,  kompyuter 

savodxonligiga  erishadilar.  Axborot  texnologiyalarini  yanada  chuqurroq 




12 

 

o‘zlashtirish va ulardan foydalanish malaka va ko‘nikmalarini hosil qilish Axborot 



texnologiyalari  fanini  o‘rganish  orqali  amalga  oshiriladi.  Natijada  o‘quvchilar 

axborot madaniyatini egallaydilar. 

Axborot  madaniyati  –  bu,  insonni  axborot  texnologiyalarining  barcha 

imkoniyatlaridan  o‘z  faoliyatida  samarali    foydalana  olishini  bildiradi.  Axborot 

madaniyatiga erishgan odam axborotlashgan jamiyatning faol a‘zosiga aylanadi. 

«Axborot  texnologiyalari»  fanini  o‘rganish  o‘quvchilarning  «Informatika», 

«Matematika»,  «Fizika»  va  boshqa  umumta‘lim  fanlaridan  olgan  bilim  va 

ko‘nikmalariga  asoslanadi.  Shuningdek,  axborot  texnologiyalarining  usul  va 

vositalaridan ushbu fanlarni o‘rganishda keng foydalanish ko‘zda tutilishi kerak. 

«Axborot texnologiyalari» fanini akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining 

barcha  yo‘nalishlarida  o‘qitilishi  sababli quyida keltirilayotgan  dasturning  u  yoki 

bu    bo‘limini    o‘rganish  darajasi  o‘quvchilarning  qiziqishi  va  tanlangan  kasbiy 

yo‘nalishiga  bog‘liq  holda  olib  boriladi.  Ammo,  barcha  yo‘nalishlarda  tahsil 

olayotgan  o‘quvchilar  dasturning  hamma  bo‘limlaridagi  bilimlardan  xabardor 

bo‘lishlari kerak. 

O‘quvchilarning bilim, malaka  va ko‘nikmalariga talablar. 

Fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar: 

-

 



axborot  texnologiyalari  vositalaridan  o‘qish  davomida  va  o‘zining  kasbiy 

faoliyatida foydalanishni bilishi

-

 

axborot  xavfsizligi  tushunchasi  va  axborot  himoyasining  usullari  haqida 



ma‘lumotga ega bo‘lishi; 

-

 



axborotni  tashkil  qilish  va  izlab  topish,  ajratib  olingan  axborotni 

tizimlashtirish,  tarkiblantirish,  umumlashtirish  va  tushunarli  shaklga 

keltirishni bilishi; 

-

 



 kompyuterlarga  xizmat  qilishning  asosiy  qoidalari,  ularga  xizmat  qiluvchi 

dasturlar va ulardan foydalana olishni bilishi

-

 

kompyuter  viruslaridan  saqlanish  usullari,  antivirus  dastur  vositalarining  



imkoniyatlaridan foydalana olishi; 


13 

 

-



 

fayllarni arxivlash usullari va arxivator dasturlar bilan ishlashni bilishi; 

-

 

umumta‘lim fanlaridagi sodda masalalarning modellarini tuza olishi; 



-

 

multimediya  texnologiyasi  va  telekommunikasiyadan  foydalana  olish 



ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; 

-

 



axborotning  matn,  grafik,  rangli  tasvir,  tovush,  odam  ovozi,  musiqa, 

animasiya, videoklip kabi turlarining o‘rnini tasavvur qila olishi

-

 

axborot  jarayonlarining  zamonaviy  jamiyatdagi  ahamiyati,    global 



axborotlashtirish  jarayonining  jamiyat  va  insonning  rivojlanishiga  ta‘sirini 

tushuna olishi; 

-

 

axborot  manbalari,  infratuzilma,  axborot  muhiti,  jamiyatning  axborot 



salohiyatini  tasavvur qila olishi; 

-

 



zarur axborotni topish va uning ishonchliligini aniqlash yo‘llarini bilishi; 

-

 



kompyuterlashgan axborot manbalariga kirish yo‘llari va usullarini bilishi

-

 



shaxsiy elektron manzil (elektron pochta) ochish, Internet tarmog‘ida axborot 

izlash tizimlaridan foydalana olish malakalariga ega bo‘lish;  

-

 

Internet va lokal kompyuter tarmoqlaridan foydalana olishni malakalariga ega 



bo‘lishlari zarur. 

Dasturning asosiy bo‘limlari quyidagilar: 

1-bob. Axborot texnologiyalari, ularning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati. 

2–bob. Axborot tizimlari va ulardan foydalanish. 

3-bob.. Ma‘lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari. 

4-bob. Fayllarni arxivlash va kompyuter viruslaridan saqlanish 

5-bob. Axborot xavfsizligi. 

6-bob. Kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish. 

7-bob. Model va modellashtirish asoslari. 

8-bob. Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari.  

9-bob. O‘zbekistonda kompyuter tarmoqlari. [5] 



14 

 


Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish