Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika matematika fakulteti



Download 1,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/51
Sana01.01.2022
Hajmi1,43 Mb.
#296317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
544a35cac5f05

KIRISH

 

 

Mavzuning  dolzarbligi: 

Hozirgi  davrda  biror-bir  sohada  ish  yuritish,  uni 

boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo‘lishi 

uchun  avvalo  kompyuter  savodxoni  bo‘lishi,  axborot  texnologiyalarini  puxta 

egallamog‘i lozim. Har bir mutaxasis u qaysi sohada ishlashidan qat‘iy nazar, o‘z 

vazifasini  zamon  talabi  darajasida  bajarishi  uchun  axborotga  ishlov  beruvchi, 

kompyuter tarmoqlarini va internet xizmatidan foydalanish  uslubiyotini bilishi va 

ularda  ishlash  ko‘nikmasiga  ega  bo‘lishi  zarur.  Shu  sababli  bugungi  kunda 

mustaqil Respublikamizda ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlarning 

mazmun mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. Jumladan ―Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi‖da  ―Kadrlar  tayyorlash  tizimi  va  mazmunini 

mamlakatning 

ijtimoiy 

va 

iqtisodiy 



taraqqiyoti 

istiqbollarida, 

jamiyat 

ehtiyojlaridan,  fan,  madaniyat,  texnika  va  texnologiyalarning  zamonaviy 

yutuqlaridan  kelib  chiqqan  holda  qayta  qurish  nazarda  tutiladi‖  deb  belgilab 

qo‘yilgan [1].



 

Yuqoridagilar  asosida  ta‘lim  tizimidagi  fanlarni  o‘qitishda  uzviylik  va 

uzliksizligini  ta‘minlash  maqsadida,  har  bir  fanning  mazmunini  qayta  tahlildan 

o‘tkazish,  Davlat  ta‘lim  sandartlari  va  o‘quv  dasturlarini  takomillashtirish,  ta‘lim 

bosqichlari  bo‘yicha  uning  uzviyligi  va  uzluksizligini  ta‘minlash  asosida  tubdan 

isloh qilish zarur bo‘ladi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quv rejasida 

umumta‘lim  predmeti  sifatida  kiritilgan  informatika  predmeti  ham  bundan 

mustasno emas. 

O`zbekiston  respublikasi  mustaqillikka  erishgan  yillaridan  e`tiboran 

mamlakatimizni  axborotlashtirish  muammosiga  xukumatimiz  alohida  e`tibor 

qaratmoqda.Xususan,  Vazirlar  Mahkamasining  1999  yil  fevral  oyidagi  "Milliy 

tarmoqni  yaratish  va  dunyo  axborot  tarmoqlaridan  foydalanishni  tartiblash 

to`g`risida"gi,  keyinroq  "O`zbekiston  Respublikasida  1999-2003  yillar  ichida 



 

ma`lumotlarni uzatish milliy tarmog`ini rivojlantirish va takomillashtirish dasturi", 



2002 yil iyunidagi "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot –  

kommunikasiya  texnologiyalarini  joriy  etish  chora  tadbirlari  to`g`risida"gi 

qarorlari  qabul  qilindi.  Shu  munosabat  bilan    respublikamizning  qator  ta`lim 

muassasalarining texnika bazasi, jumladan, kompyuter  texnikasining  yangi  avlodi 

bilan  jixozlanishi,  shuningdek,  ularning  Internet  tarmoqlariga  ulanishi,  elektron 

aloqalar bilan ta`minlanishiga e`tibor yanada kuchaydi. Bularning hammasi ta`lim 

mazmunini  samarali  qilish  maqsadida  respublika  ta`lim  muassasalariga  yangi 

pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini  joriy  qilish,  o`quv  rejalariga  kiritilgan 

fanlarni  yangi  interfaol  usul  va  vositalardan  foydalangan,  jumladan,  masofadan 

turib  o`qitish,  kompyuterlashtirilgan  anjumanlar  o`tkazish,  elektron  darsliklar 

yaratish  va  ularni  o`quv  -  tarbiya  jarayonida  qo`llashga  qaratilgan  tadbirlardir. 

O`zbekiston  Respublikasida  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  belgilangan 

vazifalarni  amalga  oshirilayotgan,  shuningdek,  davlat  ta`lim  standartlari 

tasdiqlanib  hayotga  qo`llanilayotgan  bir  paytda  ta`lim  muassasalaridagi  o`quv-

tarbiya  jarayonini  sifatli  tashkil  etish  uchun  O`zbekiston  Respublikasida    2003 

yilning 11 dekabrida "Axborotlashtirish to`g`risida"gi qonunni qabul qilinishi ham 

bejiz  emas.  Ushbu  qonunning  "Axborot  tizimlarining  tarmoqlararo  bog`lanishi" 

nomli  18  -  moddasida  "  kadrlar  tayyorlash  va  malakasini  oshirish,  ilmiy 

tadqiqotlarni rag`batlantirish" vazifasiga ham urg`u berilgan [4]. 

 Zamonaviy  kompyuter  va  axborot  tarmoqlari    iqtisodiyot,  fan  va  ta‘limning 

barcha sohalariga keng joriy etish halqaro ahborot tizimlariga shu jumladan yuqori 

malakali  mutaxasislar  tayyorlash  darajasini  oshirish  masalasi  davlat  siyosati 

darajasiga  ko‘tarildi.  Mamlakatimiz  Prezidenti  tomonidan  2011-yilni  ―Kichik 

biznes  va  hususiy  tadbirkorlik  yili‖  deb  e‘lon  qilinishi,  yurtimizda  amalga 

oshirilgan iqtisodiy islohotlarga yanada chuqurroq yondoshishga sabab bo‘lmoqda. 

Bu  esa  o‘z  navbatida,  yurtimiz  istiqbolini  yanada  ravnaq  topishida  muxum 

axamiyatga  egadir.  Shuni  ta‘kidash  lozimki,  so‘ngi  yillarda  iqtisod-siyosat,  ilm  –

fan, texnika soxalari, ularga qaratilayotgan e‘tibor sezilarli darajada o‘sdi.[2] 




 

 Ta`lim  tizimining  bugungi  vazifasi  tinglovchilarni  kun  sayin  to`lib 



toshayotgan  axborot  -  ta`lim  muxiti    sharoitida  bemalol  faoliyat  ko`rsataolishga 

o`rgatishdan  iboratdir.  Buning  uchun  ularga  uzluksiz  ravishda  mustaqil  ishlash 

sharoitini yaratib berish zarur.  

Zamonaviy  etapda  ommani  axborotlashtirish  va  ta‘limning  rivojlanish 

strukturasida  ko‘pgina  an‘anaviy  usuldan  voz  kechib,  yangi  usullarga  asoslangan 

ta‘lim oluvchi, o‘qituvchi bilan kompyuter orqali o‘rganishi. Bu ta‘lim binosidan 

ancha uzoqda bo‘ladi. Buni biz masofaviy ta‘lim deb nomladik.  

 Masofaviy  ta‘lim  tizimida  ma‘ruzalarning  elektron  varianti  muhim  rol 

o‘ynaydi.  Zamonaviy  informatsion  texnologiyalar  ishlatilishi  sharofati  bilan 

o‘qituvchi  tomonidan  berilgan  an‘anaviy  ta‘lim  berish  usulidagi  muammolarni 

echish  qobiliyatiga  ega.  Gipermurojat  bilan  matnni  sintezlash  pedagogik 

komplektni  tashkil  etib,  an‘anaviy  usul  bilan  taqqoslaganda  ancha  o‘zlashtirish 

jarayoni engillashtiradi. 

Masofaviy  ta‘lim  internetning  tarqalishi  tufayli  yangi  o‘qitish  instrumentini 

rivojlantirish  yangi  bosqichiga  keldi.  Endi  tarmoq  texnologiyasi  bilan  har  qanday 

ma‘lumotga momental ruxsatni tashkil qilish mumkin.  

Hozirgi vaqtda ―Masofaviy ta‘lim‖ ning informatsion oqimi ikkiga yo‘naltirish 

mumkin.  Elektron  darslikni  tashkil  etuvchi  CD  diskga  yozilgan  multimediyali 

darsliklar  to‘plami  va  ma‘ruzalarning  elektron  varianti,  serverda  joylashgan  va 

internet orqali ruxsat etilgan uslubiy va yo‘riqnomalar manbai [22]. 




Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish