Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti


Nutqning lug‘at va grammatik tizimini buzilishi



Download 2,16 Mb.
bet21/370
Sana30.12.2021
Hajmi2,16 Mb.
#194234
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   370
Bog'liq
Rivojlanish kompleks

Nutqning lug‘at va grammatik tizimini buzilishi.

Eshitishning erta pasayishi va kuchli ifodalanishida, bolalarda lug‘at rivojlanishi normadan shu darajada orqada qoladiki, ularning kо‘pchiligi maktabga faqat bir nechtagina chuqurlovchi sо‘z bilan keladilar. Biroq, eshitishning yengil pasayishida ham zaif eshituvchilarda nutqning lug‘at tomoni odatda buzilgan bо‘ladi. Lug‘at boyligining rivojlanmaganligi asosida jaranglashi bо‘yicha yaqin sо‘zlarni eshitib-farqlab idrok qilish imkoniyatining yо‘qligi va sо‘zning urg‘usiz kismlarini noaniq idrok qilish yotadi. Buning natijasida zaif eshituvchi bola kо‘pincha sо‘zning urg‘uli kisminigina ozmi-kо‘pmi aniq eshitib idrok qilish kobilyatiga ega. Bu nutqning lug‘at tomonini shakllanishi uchun tо‘laqonli asos bо‘lib xizmat qila oladigan, eshituv obrazlarining "kesikligiga",-noaniqligiga va yetarli turg‘un emasligiga olib keladi.

R.M.Boskis, A.G.Zikeyeva, K.G.Korovina va boshqalar tadkikotiga muvofik, zaif eshituvchilar uchun lug‘at boyligining nixsyatda chegaranganligi harakterlidir. R.M.Boskis bо‘yicha, kundalik predmet va harakatlarni nomlashda 27,7 % zaif eshituvchi о‘quvchilargina 80% tо‘g‘ri javobni beradilar. Zaif eshituvchilar predmet belgilari nomini ham qiyinchiik bilan о‘zlashtiradilar. Chalg‘ituvchi ahamiyatga ega va kasbiy sо‘zlarni о‘zlashtirish zaif eshituvchi bolalar uchun alox.ida qiyinchilik tugdiradi. Kо‘pincha bu sо‘zlar bir undosh tovushdan tо‘ziladi, shu sababli bolalar tomonidan tushirib qoldiriladi.

Zaif eshituvchida, mavjud lug‘at boyligining chegaralanganligi sо‘zlarni noaniq qо‘llashga, olib keladi .Xususan, zaif eshituvchi bola nutqidagi stol sо‘zi ham stul, ham kursi, ham о‘rindik, ham о‘tirishni belgylashi mumkin, uning lug‘atida yagona "stol" sо‘zi bо‘lsa ham.

Kо‘rsatib о‘tilgan sо‘zlarni noaniq qо‘llash kо‘pincha bir sо‘zni boshqalari bilan almashtirishda ifodalanadi. Xususan, R.M.Boskis kuyida, zaif eshituvchilar uchun birmuncha harakterli bо‘lgan sо‘zlarni ma’no jihatdan almashtirish guruhlarini kо‘rsatib otadi:

1. Butun predmet о‘rniga harakterli belgini qо‘llash. ("buva" о‘rniga "sokol").

2. Ma’lum predmet bilan vaziyatli bog‘lanuvchi boshqa predmetni nomlash ("muyqalam" о‘rniga "buyoq").

3. Predmet о‘rniga umumiy vaziyatni nomlash. ("termometr" о‘rniga "ofiyapti", "dorixona", "kasalman").

4. Vazifasi bо‘yicha о‘xshash predmetni nomlash. ("ilgak" о‘rniga "qо‘lf" yoki "kalit").

5. Ma’lum predmetga tashqi kо‘rinishi bо‘yicha о‘xshash predmetni nomlash ("qо‘lbola supurgi" о‘rniga "muyqalam").

6. Ma’lum predmet bilan bog‘liq harakatni nomlash ("stul" О‘rniga "о‘tirish").

7. Predmetni belgilash uchun iboralarni qо‘llash ("ilgak" о‘rniga "eshik yopildi"). Keltirilgan barcha holatlar uchun sо‘zning semantik birligiga asoslangan, sо‘zning lug‘aviy ahamiyatini butunlay almashtirish harakterlidir.

Shu bilan bir katorda K.G.Korovin, bunday bolalarda sо‘zning о‘zak kismi saqlangani xrlda affikslarni aralashtirishni kuzatadi. Bu nafaqat semantik, balki sо‘zlarning fonetik о‘xshashligi bilan tushuntiriladi. Masalan:

1 .Old qо‘shimchalarni almashtirish. (Nodir yer topdi (chopdi)

2.Tushirib krldirilgan old kо‘makchilar (Muzeyda baxr (bebaxr)

asarni kurdik).

Z.Ortiqcha kо‘makchilar.

Shubxasiz, bir sо‘zni boshqasi bilan majburiy almashtirishning bunday turlari, eng avvolo, zaif eshituvchi bolada u yoki bu vaziyatda unga kerakli bо‘lgan birmuncha tufi sо‘zning yо‘qligi bilan tushuntiriladi, ya’ni lug‘atning kambag-alligi, shuningdek sо‘zning grammatik ahamiyatini yetarli tushunmaslikdandir. Zaif eshituvchi bolalar uchun sо‘zning tovush-bо‘g‘in tо‘zilishini qо‘pol bо‘zish harakter-lidir. Bu eshituv idrokining differensirlashmaganligi bilan izoxlanadi. Bu buzilishlar kichik sinf о‘quvchilari uchun harakterli va eng avvalo sо‘zning urg‘usiz qismlariga tegishlidir. Bu qismda ayrim tovushlar tushib qoladi (ayniksa ketma-ket keluvchi undoshlar), ortiqcha tovushlar kushiladi yoki ular aralashadi. Ayniksa, sо‘z oxiri tez-tez tushib qoladi, kо‘pincha bu deyarli sо‘zning urg‘uli kismigina qoladi. ("maktab" о‘rniga "tab"). Zaif eshituvchilar lug‘atining xususiyatlari shunga guvohlik beradiki, lugat ularning bog‘langan nutqi uchun tо‘lakrnli "kurilish materiali" bо‘lib xizmat k.ila olmaydi va oldindan ibora tо‘zilishining kamchiligini belgilaydi.

Zaif eshituvchilarda nutq rivojlanmaganligining muhim kо‘rinishlaridan biri, agrammatizmlarda ifodalanuvchi, nutqning grammatik kurilishini shakllanmaganligi hisoblanadi. Sо‘zning tо‘g‘ri grammatik shaklini о‘zlashtirishga eshituv idrokining noaniqpigi tuskinlik qiladi. Bunda sо‘z tugalanmalari zaif eshituvchilar tomonidan noaniq idrok qilinadi. Bu esa sо‘z orasidagi alokani ifodalovchi asosiy vositalardan biridir va bunday alokalarni ifodalovchi kо‘pgina qо‘shimcha , kо‘makchmlarni eshitib idrok qilish imkoniyatining yо‘qligi ham asosiy tо‘siqlardan biri hisoblanadi. Kо‘pgina zaif eshituvchilar uzoq vaqtgacha iborali nutqini egallay olmaydilar, ular nutqi uzaro bog‘lanmagan sо‘zlardan tashkil topadi.

Zaif eshituvchilarda kо‘pincha sо‘zlarning notufi moslashuvi, kelishik qо‘shimchalarni notо‘g‘ri qо‘llash, kо‘makchilarni tushirib qoldirish, ortiqcha kо‘makchilarni qо‘llash va boshqa xatolar kuzatiladi. Har xil turdagi agromatizmlar, hatto yuqori sinf о‘quvchilari qiyinchilik bilan о‘zlashtiruvchi murakkab gaplarni qо‘llaganda yanada kо‘prok kuzatiladi.

Zaif eshituvchilarning yozma nutq.i kо‘p hollarda og‘zaki nutq kamchiliklarini aks ettiradi. Uning buzilishini shartli ravishda ikkita asosiy guruhga bо‘lamiz:

1)qо‘pol agrommatizm, kо‘makchilarni notо‘g‘ri moslash va qо‘llashda, gapning birinchi va ikkinchi darajali bо‘laklarini tushirib krldirishda ifodalanadi va xakozo.

2)zaif eshituvchilarda mavjud bо‘lgan qо‘pol fonetiko-fonematik rivojlanmaganligi bilan bog‘liq. disgrafiya shakllarining borligi.(akustik va artikulyator-akustik disgrafiya).

Disgarfiyaning bu shakllari 1-P sinf о‘quvchilarida aynik.sa yaqqol namoyon bо‘ladi. Bu shakllarda: tovushlarni eshitish yoki eshituv -talaffuz differensatsiyasining buzilishi yozuvda "surat"dek aks etadi. Kо‘pgina bolalarda tovushlarni eshituv-talaffuz differensatsiyasining buzilishi saqlanganida ham yozuvda moye keluvchi harflarni almashtirish bо‘lmaydi. Bu konpensator usullar tufayli kо‘pincha sо‘zlarning kо‘ruv obrazlarini beixtiyor eslab kolish tufayli sodir bо‘ladi. Demak, agar bola s va sh tovushlarini eshitib farqlay olmasa, "soat" sо‘zini kо‘p marotaba ukigan va yozgan bо‘lsa, u holda "shoat" yozuvi optik jix.atdan odatdagidek idrok qilinmaydi, bu esa uni xatolardan saklaydi. Biroq kompensatsiyaning bunday yuli bolaga optik obrozi yaxshi tanish bо‘lgan sо‘zlardagina mumkindir. Birinchi uchragan yoki kam tanish sо‘zni yozishda zaif eshituvchi, tabiiyki, xatolardan butunlay holi bо‘lmaydi. Bunday turdagi kompensatsiya eshitilishi bо‘yicha farqlanmaydigan tovushning optik jihatdan о‘xshash harf bilan belgilanishida ham murakkablashadi..

Kо‘rib chiqilgan disgrafiyalardan tashqari , fonematik analiz va sintez buzilishida ham disgrafiya kuzatiladi.Bunday disgarfiya uchun sо‘zlarda harflarni tashlab ketish va о‘rnini almashtirish, ortiqcha harf qо‘shishi va boshqalar x.isobiga sо‘zning tovush-bо‘g‘in tо‘zilishining bо‘zish harakterlidir.

Zaif eshituvchilar uchun bir nechta disgrafiya kо‘rinishlarining uygunlashuvi xosdir.

Zaif eshituvchilarda disleksiya muammosi xozirgi vak.tga kadar urganilmay kelinmokda. Ular orasida fonetiko-fonematik rivojlanmaganlikka asoslangan fonematik disleksiya birmuncha keng tarkalgan.

Zaif eshituvchi bolalarni logopedik tekshirish nutq buzilishining alomatlari va kechishini x.ar tomonlama va tulik aniqlashga yunaltirilgan bо‘lishi lozim. Bu, korreksiyey ta’sirning differensirlashgan va etiopatogenetik asoslangan usullarini qо‘llash imkonini beuvchi differensirlashgan diagnoz qо‘yishni mak.sad qilib kuyadi. Zaif eshituvchi bolalarni tekshirish jarayonida kо‘pincha sensor alaliyani zaif eshitishdan farqlab olish extiyoji tugiladi.

Zaif eshituvchilarning impressiv nutqini tekshirish singari, ekspressiv nutqini har tomonlama tekshirish muhimdir. Agar nutq rivojlanmaganligidan tashqari eshitish funksiyasi holati bilan bevosita bog‘liq bо‘lmagan, nutqning qandaydir boshqa buzilishlari mavjud bо‘lsa (masalan, duduqlanish, rinolaliya va boshqalar.), U holda tekshirish nomlangan kamchiliklar alomatlarining ketishi bilan tuldiriladi.


Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish