Tadqiqotning davriy chegarasi Bitiruv malakaviy ishida Markaziy Osiyoda
Anushtegin -Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi davridan XI asrdan, uning inqrozigacha bo’lgan davr XIII asrning birinchi yarmidagi davrlarni o’z ichiga oladi. Tadqiqotning ob’ekti Markaziy Osiyoning Anushtegin -Xorazmshohlar davlati, boshqaruv tizimi, madaniyati, inqrozi, Xorazmshoharning Qoraxitoylar davlati bilan o’zaro munosabatlari. 1 2
Tadqiqotning predmeti Markaziy Osiyoning Anushtegin -Xorazmshohlar davridagi iqtisodiy siyosiy tarixi, Xorazmshoharning Qoraxitoylar davlati bilan o’zaro munosabatlari tarixi.
Mavzuning nazariy va metodologik asoslari;
Ushbu mavzuni yoritishda bugungi kunda tarixchi olimlar oldiga qo'ygan talablar asosida kelib chiqib, mavzuni haqqoniy, ob’ektiv yoritishga harakat qilindi. Shuningdek, mavzuning nazariy asosi solishtirish, qiyosiy taxlil, davrlashtirish, analiz va turli tarixiy uslublardan foydalanilgan holda yoritildi. Mavzu yuzasidan ishlangan dars ishlanmasida redagogika fanida ilgari surilgan uslublardan, interaktiv uslublardan unumli foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |