Nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti



Download 414,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana08.01.2022
Hajmi414,23 Kb.
#331061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
shaxsga jamoaviy tasir korsatishning shakl va metodlari

     

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

17 


 

        2. O‘quvchilar jamoasi - pedagogik ta’sirning asosiy shakli. 

          Ijtimoiy munosabatlar ko„lamining kengayishi o„sib kelayotgan avlodni o„ta 

murakkab  xususiyatga  ega  munosabatlar  jarayoniga  har  tomonlama  yetuk  etib 

tayyorlash  vazifasini  qo„ymoqda.  Psixologik,  intellektual  va  fiziologik  jihatdan 

yetuk  inson  hayotiy  qarama-qarshilik,  xususan,  turli buzg„unchi  g„oyalar  ta‟siriga 

tushib  qolish,  nosog„lom  turmush  kechirish  va  noqonuniy  xatti-harakatlarni  sodir 

etishdan o„zini saqlab qola oladi. Shuningdek, shaxsning aqliy salohiyatga egaligi 

jamiyat  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishini  ta‟minlovchi  asosiy  omildir.  O„zbekiston 

Respublikasida,  demokratik  va  huquqiy  jamiyat  barpo  etilayotgan  mavjud 

sharoitda  yosh  avlodning  mustaqil  va  erkin  fikrlay  olishi  ro„y  berayotgan  voqea-

hodisalarga  shaxsiy  munosabtini  bildirishga  imkon  beradi.  Ijtimoiy  borliqda 

kechayotgan  o„zgarishlarga  nisbatan  shaxsiy  nuqtai  nazarning  shakllanishi  shaxs 

faolligini  ko„rsatuvchi  muhim  jihatlardan  biridir.  Qolaversa,  mustaqil  fikr  egasi 

bo„lgan  shaxs  o„z  imkoniyatlari,  qobiliyatini  erkin  namoyon  eta  oladi. 

Muvaffaqiyatli  ravishda  olib  borilayotgan  ta‟limiy  islohotlarning  ham  asosiy 

maqsadi  erkin,  mustaqil  fikriga  ega  barkamol  shaxs  va  malakali  mutaxassisni 

tarbiyalab  voyaga  yetkazishdan  iboratdir.  Bu  xususida  O„zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  I.A.Karimov  quyidagilarni  e‟tirof  etadi:  «Amalga  oshirilayotgan 

islohotlarning asosiy maqsadi har bir fuqaroning shaxs sifatida shakllanishi uchun, 

o„z  qobiliyatini,  o„z  talantini  ishga  solib  hayotini  yanada  yaxshilashi,  ma‟nan 

boyitishi uchun barcha imkoniyatni yaratib berishdan iboratdir»

1



   Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrda, ham muhim ijtimoiy vazifa 

sifatida  kun  tartibiga  qo„yilgan.  Xususan,  zardushtiylik  dinida  komillikning  asosi 

ezgu  fikr,  ezgu  so„z  va  ezgu  amal  (harakat)dan  iborat  ekanligi  ta‟kidlansa,  islom 

ta‟limoti g„oyalariga ko„ra yetuklikning bosh mezoni – ilmlilik, bilimli bo„lishdir.   

Sharq  mutafakkirlarining  asarlarida  ham  komil  inson  qiyofasining  yoritilishiga 

alohida  ahamiyat  berilgan.  Xususan,  Abu  Nasr  Forobiy  komil  insonni 

                                                 

1

 



Karimov I.A. Bunyodkorlik yo„lidan. – Toshkent, O„zbekiston, 1996. – 116-bet.

 



 

18 


shakllantirish  va  fozil  jamoa  (etuk  jamiyat)ni shakllantirish tarbiyaning bir  butun, 

yaxlit  ikki  yo„nalishi  ekanligiga  urg„u  beradi.  Allomaning  fikricha,  fozil  jamiyat 

komil  inson  sa‟yi-harakati  bilan  barpo  etilishi  mumkin.  Shu  bois  mamlakatni 

boshqaruvchi shaxs o„zida eng oliy insoniy fazilatlarni mujassam eta olishi zarur, 

deb  hisoblaydi.  «Aql  to„g„risidagi»  risolasida  Abu  Nasr  Forobiy  rahbar  shaxs 

qiyofasida  namoyon  bo„lishi  lozim  bo„lgan  o„n  ikki  fazilatni  keltirib  o„tadi. 

Bizning  fikrimizcha,  mazkur  fazilatlar  har  bir  zamonaviy  shaxsda  o„z  aksini  topa 

olishi  kerak,  zero,  ular  inson  hayotini  mo„tadil  kechishi  hamda  muayyan  kasbiy 

faoliyatlarni tashkil etishda muvaffaqiyatlarga erishishni kafolatlaydi.Abu Rayhon 

Beruniy  ham  komillikning  asosini  ilmli  bo„lishda  deb  hisoblaydi  va  barcha 

illatlarning  asosiy  sababi  ilmsizlikdir,  deya  urg„u  beradi.  Allomaning  fikricha, 

axloqiylik,  to„g„rilik,  odillik,  tadbirkorlik,  o„zini  vazmin  tutish,  kamtarlik,  insof, 

ehtiyotkorlik, shuningdek, aadolatli va vijdonli bo„lish komil inson qiyofasida aks 

etishi  zarur  bo„lgan  eng  asosiy  sifatlardir.Abu  Ali  ibn  Sino  ham  kamolotga 

erishishning  birinchi  mezon  sifatida  bilimli  bo„lishni  alohida  qayd  etadi.  Bilimli 

insonning adolatli bo„lishi esa uning yanada yuksalishini ta‟minlaydi, deya baholab 

alloma,  adolatni  ruhiy  lazzat  (ruhiy  xotirjamlik)ning  muhim    ko„rsatkichi 

ekanligini  uqtiradi.Alisher  Navoiy  asarlarida  komil  inson  muammosi  markaziy 

o„rinni egallaydi va o„z orzusidagi komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari 

timsolida  gavdalantirishga  urinadi.  Mutafakkir  qarashlarida  komil  inson  quyidagi 

sifatlarga  ega  bo„lishi  borasidagi  g„oya  ilgari  suriladi:  aqlli,  axloqli,  bilimli, 

ijodkor,  qobiliyatli,  dono,  kamtar,  insonparvar,  saxovatli,  sabr-qanoatli,  adolatli, 

muruvvatli,  sog„lom,  jismonan  baquvvat,  mard  va  jasur

1

.Abdulla  Avloniy  komil 



insonni  tarbiyalash  borasidagi  qarashlari  bilan  Sharq  mutafakkirlarining  fikrlarini 

boyitar  ekan,  komil  inson  qiyofasida,  yana  shuningdek,  vatanparvarlik,  hamda 

intizomlilik  sifatlari  ham  namoyon  bo„lishi  kerak,  deb  hisoblaydi.  Alloma  millat 

taqdirining  jonkuyari  sifatida    milliy  til  taraqqiyoti  jamiyat  ma‟naviy  rivojini 

ta‟minlovchi asosiy omil, deya baholaydi. 

                                                 

1

 

Hoshimov  K.  va  boshqalar.  Pedagogika  tarixi  //Oliy  o„quv  yurtlari  va  universitet  talabalari 



uchun o„quv qo„ll. – Toshkent, O„qituvchi, 1996, - 191-bet.

 



 

19 



Download 414,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish