Nizomiy nomidagi toshkеnt davlat



Download 25,54 Kb.
Sana12.02.2022
Hajmi25,54 Kb.
#444647
Bog'liq
Kurambayev M.U Asosnoma (2)(2)


O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT DAVLAT
PЕDAGOGIKA UNIVЕRSITЕTI

Fakultеt: “Tabiiy fanlar”


Kafеdra: “Biologiya''
O’quv yili: 2021-2022 yil
Magistrant: Kurambayev Mirzobek Ulug'bekovich
Ilmiy raxbar: p.f.d, prof. Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna
Mutaxassisligi: 5A110 401 “Biologiya o’qitish metodikasi”

Ta'limni individuallashtirish texnologiyasi asosida o'quvchilarning kongnitiv faoliyatini faollashtirish metodikasi




mavzusidagi magistrlik dissеrtatsiyasiga
ANNOTATSIYA
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Respublikamiz ta’lim jarayonini modernizatsiyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar tahsiloluvchilarning jahon ta’lim standartlari doirasida chuqur bilim, yetuk intellektual salohiyat egasi etib kamol toptirishni talab etadi. Ayniqsa oliy ta’lim jarayoni talabalarning demokratik tamoyillarga asoslangan, mustaqil ijodiy faoliyat yuritish uchun keng imkoniyat yaratadigan, kasbiy faoliyat qirralarini mohirlik bilan egallaydigan, ilmiy faoliyat yuritishi uchun yo’naltiradigan bosqich hisoblanadi. Shu bois, talabalarni intelektual ta’lim tizimi imkoniyatlaridan keng foydalanishga undash, ularni mustaqil ijodiy faoliyat yuritishga yo’naltirishda o’quv jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, o’qitishning samarali usullaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Oliy o’quv yurtlari biologiya ta’limi jarayonida individuallashtirish texnologiyasidan foydalanish orqali yuqorida ta’kidlangan vazifalarni samarali amalga oshirish imkoniyati mavjud. Chunki ta’lim jarayonida AKT texnologiyasidan foydalanish talabalarning bilim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va fanga bo’lgan qiziq ishlarini orttirishga yordam berishi ta’kidlangan.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan iqtisodiy, ijtimoiy soxalarda tubdan yangi o’zgarishlar ro'y berdi. Respublikamizda ta’lim tizimini takomillashtirish borasida o’tkazilayotgan ishlarning asosiy yo’nalishi bugungi kunda o’sib kelayotgan yosh avlodni boy ma'naviy yuksak saloxiyatli, kelajakda yurt ravnaqi uchun ma'suliyatli etib voyaga yetkazishga qaratilgan.
Tadqiqot muammosi – biologiya fanidan alohida ta'limga ehtiyojlari bo'lgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun yangi ilmiy -pedagogik dasturlarni ishlab chiqish.
Tadqiqot mavzusining ishlanganlik darajasi.
Respublikamiz va qator chet davlatlarning olimlari tomonidan bilim olishning individualashtirish texnologiyasini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyoti yuzasidan tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Jumladan, A.S. Graniskaya, V.D. Shadrikov tadqiqotlarida individual o'qitish o'quv jarayonini tashkil etish shakli modeli sifatida belgilanadi. O'qitishni individuallashtirish quyidagi mualliflik texnologiyalarida asoslab berilgan:
-Inge Untning o'qitishni individuallashtirish texnologiyasi;
-A.S.Graniskayaning moslashuvchan o'qitish texnologiyasi;
-V.D.Shadrikovning individuallikka qaratilgan reja asosida o'qitish texnologiyasi.
Inge Untning o'qitishni individuallashtirish texnologiyasidagi asosiy konsepsiya hozirgi sharoitda o'qitishni individuallashtirishning muhim shakli o'quvchilarning maktabdagi, uydagi mustaqil ishlari deb qoidalashtirilgan.
Inge Unt uning mazmuni va metodikasi deb mustaqil ishlar uchun individual o'quv vazifalari, joriy o'quv adabiyotiga moslashtirilgan, individuallashtirilgan mustaqil ishlar qo'llanmasi asosida nashr etilgan ish daftarlarini tushunadi.
A.S.Graniskaya o'zining moslashuvchan o'qitish tizimini sinf-dars tizimida tashkil etish va unda o'qituvchi 60-80% vaqtini o'quvchilar bilan individual ishlashga ajratish mumkinligini qayd qiladi.
V.D.Shadrikov gipotezasiga ko'ra agar bolaga murakkablashib boruvchi vazifalarning tafsiloti berilsa, unga o'rganish jarayonini motivatsiyalash taklif etilsa, lekin bolaga shu bugun uning uchun mumkin va qulay ishlash imkoniyati qoldirsa, o'quvchilar qobiliyati samarali rivojlanadi deb hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi - biologiya ta’limi jarayonida ta'limni individuallashtirish texnologiyasidan foydalanish metodikasini ishlab chiqish.
Tadqiqot ob’ekti: biologiya ta’limida ta'limni individuallashtirish texnologiyasidan foydalanish jarayoni.
Tadqiqot predmeti: biologiya ta’limida ta'limni individuallashtirish texnologiyasidan foydalanish jarayonining mazmuni, shakl va usullari.
Tadqiqotning ilmiy farazi.
-biologiya ta’limi jarayonida ta'limni individuallashtirish texnologiyasi asosida o'quvchilarning kongnitiv(bilish) faoliyatini faollashtirish samarali natija beradi:
– biologiya ta’limi jarayonida ta'limni individuallashtirish texnologiyasi asosida o'quvchilarning kongnitiv(bilish) faoliyatini faollashtirish foydalanish;

  • biologiya ta’limi jarayonida individuallashtirish texnologiyasidan foydalanish talabalarning mustaqil faoliyatiga asoslangan bo’lsa;

– individuallashtirish texnologiyasidan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari ishlab chiqilsa;
– biologiya ta’limi jarayonida individuallashtirish texnologiyasiga doir ishlanmalar yaratilsa va o’quv jarayoniga tatbiq etilsa;

  • o’quv jarayonida tajriba –sinovdan o’tkazilib, kamchiliklarini aniqlab, takomillashtirilsa.

Tadqiqotning vazifalari.
– biologiya ta’limi jarayonida individuallashtirish texnologiyasidan foydalanishni ilmiy, pedagogik-psixologik va metodik jihatdan tahlil etish;

  • biologiya ta’limi jarayonida individuallashtirish texnologiyasi talabalarning mustaqil faoliyati asosida tashkil etish;

– individuallashtirish texnologiyasi foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarni ishlab chiqish;
– biologiya ta’limi jarayonida individuallashtirish texnologiyasi foydalanishga doir ishlanmalar yaratish va o’quv jarayoniga tatbiq etish;
– o’quv jarayonida tajriba –sinovdan o’tkazilib, kamchiliklarini aniqlab, takomillashtirish;
- Biologiya ta’limida individual o’yinlardan foydalanishga doir metodik tavsiyalari shlab chiqish.
Tadqiqotning nazariy asoslari.
O’zbekiston Respublikasi Ta’lim to’g’risidagi qonuni Kadrlar tayorlash milliy dasturi O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning kadrlar tayyorlash milliy tizimini takomillashtirishga bag’ishlangan asarlari, farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tamonidan ta’lim jarayoni sifati va samaradorligini oshirish va takomillashtirish bo’yicha chiqarilgan qarorlari (515-sonli P.Q. 18.07. 2017 yil ) tashkil etadi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Ta'limni individuallashtirish texnologiyasi asosida o'quvchilarning kongnitiv-bilish faoliyatini faollashtirish metodikasi.
Individual ta'lim- o'qituvchining o'quvchiga pedagogik ta'sirini amalga oshiruvchi o'quv mashg'ulotlari shakllaridan biri.
Biologiya individual ta'lim texnologiyasidan ta’limida foydalanishning pedagogik shart sharoitlari.
Biologiya ta’limida individual ta'lim texnologiyasidan foydalanishga doir metodik tavsiyalar.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati.
Oliy o’quv yurtlarida biologiya ta’limida individual ta'lim texnologiyasidan foydalanish natijasida talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirishga erishiladi. Individual ta'lim texnologiyasidan foydalanishga doir metodik tavsiyalarning ishlab chiqilishi bilan amaliy ahamiyat kasb etadi.
Individual ta'lim doirasida motivatsiya, o'rganish va o'qituvchi bilan hamkorlikda amalga oshirilaytgan qobiliyatiga qarab, faoliyat uslubi namoyon bo'ladi.
Kutilayotgan natijalar va muammo yechimi.
Bilim olishning foydalanish talabalarda quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarning shakllanishini taminlaydi. Ta’lim vositalaridan foydalanish ko’nikmalari, o’z ishini rejalashtira olish, vazifalar tizimini aniq belgilash, ular orasidan muhimlarini ajrata olish qo’yilgan vazifalarning bajarilishini tezkor va tejamli bajarish usullarini topa olish, vazifalarning bajarilishini tezkor va aniq nazoratini amalga oshirish, o’z mustaqil ishini tashkil qilishga tegishli o’zgartirish va tuzatishlarni kirita olish , o’quv materialini ijodiy o’zlashtirish va idrok qilish, olingan umumiy natijalarni taxlil qila olish, ularni belgilangan talablar bilan qiyoslash , kabi jixatlarni o’rganishda yordam beradi.
Magistrlik dissertatsiyasining sturukturaviy tuzulishi.
Kirish, III bob, ushbu boblar bo’yicha xulosalar, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tashkil topadi.
Tajriba sinov o’tkazilgan xudud.
Toshkent shahar Nizomiy Nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti.
Ilmiy raxbar: p.f.d, prof G.S. Ergasheva.
Magistrant: M.U.Kurambayev
Download 25,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish