Noilmiy bilish va bilim



Download 26,45 Kb.
bet2/2
Sana08.12.2022
Hajmi26,45 Kb.
#881289
1   2
Bog'liq
Hujjat (2)

Bilim — kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va qoidalarga zid kelmasa bunda ishonch hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz B. darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi; uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim. Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni B. darajasiga olib chiqadi. Inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmasliqdan bilishga, mavhum B.lardan mukammal va aniq B.lar hosil qilish tomon boradi. Kishining moddiy dunyo toʻgʻrisidagi B.i nisbiydir, u doimo rivojlanib boradi. B kundalik tajriba, kuzatish orqali toʻplanadi. B.larni tadqiqetuvchi taʼlimot — epistemologiyada perseptiv (hissiy), hayotiy — kundalik (sogʻlom akl) va ilmiy B. shakllari ajratib koʻrsatiladi. Ilmiy adabiyotlarda B.larning ilmiy va ilmdan tashqari shakllari ham farq qilinadi. Ilmdan tashqari B.larga madaniyat, adabiyot, sanʼat, mifologiya, din va shahrik. sohalarga oid B.lar kiradi. Odatdagi fan sohalarida tadqiq etiladigan B.lar ekzoterik (koʻzga tashlanuvchan) B.lar deb atalsa, astrologiya, va shahrik. sohalarga oid B.lar ezoterik (pinhoniy) B.lar deyiladi. Ekzoterik B.lar ilm-fan qoidalariga zid kelmaydigan boʻlsa,
Bilimlarning mazmuniga ko‘ra subektga bog‘liq bo‘lmasada (bu manoda u obektiv haqiqat deb ataladi), lekin u o‘z ifodalanish shakli jihatdan subektga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p hollarda haqiqat mazmuniga ko‘ra obektiv, shakliga ko‘ra nisbiydir. Bilish nazariyasida nisbiy va absolyut haqiqat shakllari muhim o‘rin tutadi.
Absolyut va nisbiy haqiqatlar masalasi insoniyat rivojining malum bosqichida kishilarning bilish jihatidan murakkab tashkil topgan obektlar bilan aloqador bo‘lgan, har qanday nazariyalar ushbu obektlarni tugal anglash davosini qilishga qodir bo‘lmagan davrlardagi dunyoqarash muammosi sifatida yuzaga chiqqan. Absolyut (mutlaq) haqiqat deganda o‘z obektiga aynan mos bo‘lgan va bilishning keyingi taraqqiyoti davomida inkor etilmaydigan bilim, xulosa va hukmlar tushuniladi. Absolyut haqiqat -o‘rganilayotgan obektlarning umumiy va alohida tomonlarini aniq-ravshan hamda voqelikning muayyan jihat va xususiyatlarini tugal bilishi, nisbiy haqiqatning keyingi bilish jarayonida ham saqlanib qoladigan mazmunini tashkil etishi, olam, undagi eng murakkab sistemalar to‘g‘risida hech qachon inkor qilinmaydigan to‘liq bilimdir. Masalan, 1913 yilda XX asrning eng yirik fizigi Nils Bor o‘zining mashhur to‘ldiruvchanlik prinsipini tariflab berdi. Bu prinsipga ko‘ra, haqiqatligi muayyan hodisalar guruhi uchun aniqlangan va tasdiqlangan bilim va nazariyalar yanada kengroq predmet sohasini qamrab olgan yangi, yanada chuqurroq bilim va nazariyalar paydo bo‘lishi bilan mutlaqo noto‘g‘ri deb uloqtirib tashlanmaydi, balki nisbiy haqiqat sifatida bu yangi nazariyalarning chegaraviy shakli yoki xususiy holati sifatida saqlanib qoladi. Klassik mexanika bilan nisbiylik nazariyasi, moddalar ximik tuzilishining klassik va hozirgi zamon nazariyasi va ko‘p boshqa nazariyalar o‘zaro ana shunday munosabatda bo‘ladi.
Nisbiy haqiqat - borliqdagi predmet va hodisalar to‘g‘risidagi taxminan to‘g‘ri, lekin to‘liq bo‘lmagan, bilish jarayonimizda tuzatilib, to‘ldirilib borishi lozim bo‘lgan bilimlarimizdir. Har qanday mutlaq haqiqat nisbiy haqiqatlarning cheksiz jamlanib borishidan vujudga keladi, har bir nisbiy haqiqatda esa mutlaq haqiqatning zarrasi, donasi mavjud bo‘ladi. Ilm - fan taraqqiyotida har bir yangi bosqich nisbiy haqiqatlar sifatida mutlaq haqiqatning mazmuniga yangi - yangi zarralar qo‘shib boradi. Borliq bepoyon va Cheksiz bo‘lgani kabi, insonning uni bilishi ham cheksiz davom etadi.
Haqiqat mavxum emas, balki aniq (konkret) bilimlardir. Har bir bilimning haqiqatligi malum joyga, vaqt va vaziyatga, kishi bilishining imkoniyatiga va darajasiga bog‘liq. Hamma zamonlar, makonlar, hamma davr va har qanday sharoitda ham to‘g‘ri bo‘ladigan, o‘zgarmaydigan haqiqatlar yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Haqiqatni xatodan farq qiladigan mezon bormi? Bu savolga turli falsafiy oqimlar turlicha javob berib kelganlar. Masalan, XX asrda neopozitivizm oqimi vakillaridan bazilari, haqiqatning mezoni, deb kogerensiya prinsipini (yani bilimning o‘z-o‘ziga mos kelishi) oladilar. Neopozitivizmning boshqa bir guruhi vakillari esa bilimlarning haqiqatlik mezoni sifatida verifikatsiya prinsipini yani, bilimlarni hissiy tajriba, kuzatish, eksperiment yo‘llari bilan tekshirishni oladilar. Biroq bizga malumki, fanlarda paydo bo‘lgan. Ba’zi g‘oyalar va qarashlarning haqiqatligini bunday hissiy tajribalar asosida tekshirib bo‘lmaydi.
Empiriokratitsizm (maxizm) tarafdorlari, xususan Bagdanov haqiqat mezoni sifatida bilimlarni, ko‘pchilik tomondan olinganligini tushunadilar, ular ko‘pchilik ham barovar adashishi va xato qilishi mumkinligini esdan chiqarib qo‘yadilar.
Pragmatizm oqimi vakillari esa, har qanday bilimning haqiqatlik mezoni uning insonga keltiradigan foydasi bo‘lishi kerak, deyishadi. Haqiqatda esa, foydali bo‘lish, foyda keltirish hali inson bilimlarining haqiqatligi mezoni bo‘lmaydi.
Ekzistensializm falsafasi vakillarining bazilari bo‘lsa, inson bilimlarining haqiqatligi mezoni har bir kishining o‘z ehtiyoji, maqsad va manfaatlariga bog‘likdir, deyishadi. Lekin, hech qachon turli kishilarning ehtiyoji, intilishlari birbiriga to‘la mos kelmasligini ular nazarda chetda qoldirishadi.Bilimlarning haqiqatligi mezoni amaliy faoliyatdir. Amaliyot insonning dunyoga o‘ziga xos munosabati usuli bo‘lib, u tashqi olamdagi obektiv mavjud narsa va hodisalarga faol tasir etish, ularni o‘zlashtirish, o‘zgartirish va qayta qurish yo‘li bilan insonning uni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhitga kirib borish jarayonidir. Amaliyot bilish jarayonida hosil bo‘lgan har bir bilimning haqiqatligini tasdiqlash bilan birga, bu bilimning cheklanganligini, xatoligini ham aniqlab beradi. Lekin amaliyotni ham haqiqat mezoni sifatida mutlaqlashtirish mumkin emas. Chunki inson bilimlarining haqiqatligi yoki xatoligi amaliyotda tasdiqlanishi to‘liq bo‘lmaydi, amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan bilimlar ham mavjud. Uning ustiga amaliyotning o‘zi ham o‘zgarib rivojlanib boradi.
Shunga qaramasdan, amaliyot haqiqat mezoni sifatida insonning to‘g‘ri bilimlarini xato bilimlaridan farq qilishda katta ahamiyatga ega. Bu mezon, birinchidan, inson bilimlari borliqning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri inikosi ekanligini tasdiqlasa, ikkinchidan, u borliqni noto‘g‘ri aks ettiruvchi qarashlarning xatoligini ham ochib beradi.Falsafa amaliyotga kategoriyalar, yani amaliyotning barcha shakllariga xos bo‘lgan umumiy jihatlari nuqtai nazaridan yondoshadi.Inson amaliyot orqali obektiv mavjud bo‘lgan narsa va hodisalargafaol tasir etib, ularni o‘zlashtirish, o‘zgartirish yo‘li bilan o‘zini o‘rab turgan tabiiy – ijtimoiy muhitga kirib boradi. Inson amaliy faoliyati borliqni o‘zgartirishga qaratilgan jarayon bo‘lib, u obektiv va subektiv tomonlar yig‘indisidan iborat. Albatta, amaliy faoliyatning subektivligi insonning qobiliyati, maqsadga muvofiq hatti harakati, obektiv tomoni essa boshlang‘ich material, faoliyat vositalari va olingan mahsulotni anglatadi.Umuman olganda amaliyot insonning dunyoga, o‘ziga xos munosabat usulidir.

Bilim haqiqatan ham hayot kechirish va jamiyatimizni yanada rivojlantirish uchun har kuni zarur bo'lgan boylikdir. Dunyoda hech narsa bilimni qo'llamasdan sodir bo'lmaydi, qadimgi zamonlarda muvaffaqiyat sirlari va tabiat va hunarmandchilik haqidagi bilimlarning boshlanishi odamlar og'zaki ravishda, otadan o'g'ilga, bobosidan nabirasiga o'tib kelgan. Vaqt o'tishi bilan bilim tobora kengayib bordi, hozirgi kunda ilmiy sohalarda qancha yo'nalishlar mavjudligini hisoblamang, hayotimizda allaqachon ishlatilgan ixtirolarning sonini hisoblamang. Endi bizning axborot inqilobi asrimizda bilim taraqqiyotni harakatga keltiradigan shunday kuchga aylandi. Masalan, chet tillarini olaylik, ingliz tilini yaxshi biladigan kishi bunday bilimlar evaziga yaxshi ish topishi, o'ziga mos ish topishi va martaba pog'onasidan ko'tarilishi mumkin. Bu faqat ingliz tilini bilish. Keling, bilimlarning har qanday sohasi bo'yicha qo'shimcha kurslarga qatnaylik, bizning davrimizda bizni butunlay boshqacha his qilishimizga imkon beradigan, ta'limimizni yanada yaxshilaydigan, ongimizni kengaytiradigan, atrofimizdagi hali notanish joylar haqidagi bilimlarni rivojlantiradigan oliy ma'lumot uchun qo'shimcha ta'lim talab etiladi. Shunday qilib, bilim bilan qurollangan kishi, hech narsani o'rganishni istamagan odamga nisbatan juda tez yuradigan mashinaga o'xshaydi.
Download 26,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish