Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi


Elementar azotni bog’lash usullari



Download 4,95 Mb.
bet16/110
Sana02.03.2022
Hajmi4,95 Mb.
#477597
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110
Bog'liq
Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi

Elementar azotni bog’lash usullari
Ular 2 xildir: biologiк va texnik usul.
Biologik usulga asosan dukkakli o’simliklar (no’xat, mosh, loviya)ning ildizlarida joylashgan mikroorganizm yoki azot bakteriyalari orqali elementar azotni bog’langan azotga o’tkazish jarayoniga aytiladi.
Biologik usul bilan juda kam mikdorda boglangan azot birikmalari xosil bo’ladi.Masalan: 1 gektar joyda 50 kg atrofida biologik usul bilan bog’langan azot hosil bo’ladi. Ammo bu juda ham kam mikdorda bo’lib, o’sib borayotgan xalq xo’jaligini bog’langan azot birikmalarida bo’lgan talabini qondira olmaydi. Shuning uchun amaliyotda asosan texnik usul keng qo’llaniladi. Ular asosan 3 xildir:
Yoy usuli - Kevindish usuli. Bunda elementar azot havodagi O2 bilan birikib azot monooksidini hosil qiladi:
N2 + O2 = 2NO - 180,6 kJ / mol
Bu endotermik reaksiya bo’lib, issiqlik yutish bilan ketadi va yuqori haroratda 1300 – 15000C da ketadi. Bu vaqtda NO ning chiqishi juda past bo’lib, 3 - 4 % ni tashkil qiladi xolos. Bunday yuqori haroratni hosil qilish uchun 2000 V kuchlanish, 0,75 amper tok kuchi kerak. Bundan ko’rinib turibdiki, bu ko’p energiya talab qiladi, iqtisodiy jihatdan qimmatdir. Bu yerda optimal sharoitlardan biri N2:O2 = 1:1, bu usul hozir bizda kam va qo’shni respublikalarda ham ishlatilmaydi. Sianamid usuli. Bu usulda 2 xil usul bilan kalsiy sianamidi ishlab chiqiladi.
a)Klassik usul ya'ni karbidli usul. Bu usul Meyer tomonidan 1878 yilda topilgan.
b)Karbidsiz usul. Bu usul yangi zamonaviy usuldir.
Karbidli usulga muvofiq SaCN2 quyidagi 3 xil reaksiya orqali ishlab chiqariladi:
1) CaCO3→ CaO + SO2 – Q1 (10000C da boradi)
2) CaO + 3S→ CaS2 + SO – Q2 (22000C da boradi)
3) CaС2 + Н2→ CaCН2 + С + Q
Umuman olganda CaCН2 ni bu usul bilan olish katta energiya sarfi bilan ketadi. Bu esa CaCН2 ni sifatini pasaytiradi. Toza CaCN2 tarkibida 34,99 % azot bor, bu ammoniy selitradagi azot miqdoriga tengdir. Kalsiy sianamidining molekulyar og’irligi 80,01 uglerod birligiga tengdir. Karbid usuli bilan olingan CaCN2 da tarkibida ko’mir qurimi bilan chiqqanligi uchun nazariy jihatdan bog’langan azotni miqdori 27% bo’lishi mumkin, ammo amaliyotda 18-20% dan oshmaydi, chunki reaksiyaga kirishmay qolgan kalsiy karbidi, koks, mexanik aralashmalar (qum, tuzlar) va hokazolar bo’lishi mumkin: bu yerda 5-12% CaS2 bordir, chunki havodagi suv bug’i bilan reaksiyaga kirishib, atsitelenni hosil qilishi mumkin, bu modda havodagi O2 bilan portlovchi aralashma hosil qilishi mumkin:
CaS2 + 2N2O→ S2N2 + Ca(ON)2 + Q
Ammiakli usul. Geber va Nernest tomonidan 1904-1907 yillarda nazariy jihatdan topilgan:
N2 + 3H2 = 2NH3 + Q
Ammiak ko’p moddalar olish uchun xom ashyodir. Ammiak tarkibida bog’langan azot eng yuqori bo’lib 82,3% ni tashkil etadi.
Yuqorida ko’rilgan ucchala usuldan yoy va karbidli sianamid usul mahsulotning chiqish past, ko’p energiya talab qilgani va iqtisodiy jiqatdan qimmat bo’lgani uchun hozirgi davrda deyarli qo’llanilmaydi. Shu munosabat bilan elementar azotni bog’lashning ammiakli usuli hozir va kelajakda ham eng qulay va ko’p qo’llaniladigan usul bo’lib qoladi. Ammo, shuni ta'kidlash kerakki, ammiakni reaksiyasi bo’yicha ishlab chiqarish uchun ko’p miqdorda toza holdagi elementar azot va vodorod kerakdir. Biz yuqorida ko’rib o’tganimizdek, elementar azotning asosiy xom ashyosi- bitmas tuganmas atmosfera havosidir. Shu munosabat bilan biz sizlar bilan bundan buyon atmosfera havosidan qanday qilib elementar azot va kislorod ishlab chiqarish masalalarini o’rganamiz. Buning uchun amaliyotda atmosfera havosini azot, kislorod va boshqa komponentlarga ajratish usullari qo’llaniladi.


  1. Download 4,95 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish