Norin tumani haqida



Download 1,68 Mb.
Sana18.07.2022
Hajmi1,68 Mb.
#824468
Bog'liq
AbdulaxatovaDildora tayyorlagan slaydi (2)-converted


Namangan davlat universiteti Tabiy fanlar fakulteti Geografiya yo‘nalishi 2- bosqich S.GEO.talabasi Abdulaxatova Dildorani “NORIN TUMANI HAQIDA” MAVZUSIDAGI TAYYORLAGAN


TAQDIMOTI



Mavzu bo‘yicha Reja


▶ 1,Norin tuman haqida
▶ 2 Norin tuman tabiat
▶ 3 Norin tuman xo’jaligi


1 Norin tuman haqida


Norin tumani — Namangan viloyatining janubi-sharqiy qismida joylashgan tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1962—1973-yillarda va 1988—89 yillarda Uchqoʻrgʻon tumani tarkibida boʻlgan. Norin tumani (Oʻzbekiston) gʻarbdan viloyatning Namangan va Uychi, shimolidan Uchqoʻrgʻon tumanlari, janubiy va sharqdan Andijon viloyatining Baliqchi va Izboskan tumanlari bilan chegaradosh.
Maydoni 207,1 km². Axrlisi 158,3 ming kishi (2019). Norin tumani (Oʻzbekiston)da 1 shahar (Haqqulobod) va 57 ta mahalla fuqarolar yigʻinidan tashkil topgan(2020).
Markazi — Haqqulobod shahri Tabiati. Norin tumani (Oʻzbekiston) viloyatning sharqiy qismida, Fargʻona tizmasining etaklarida joylashgan, gʻarbiy chegaralari boʻylab Qoradaryo oʻtadi. Relyefi past-baland tekislikdan iborat (balandligi 600– 800 m). Togʻ etaklari paleogen davrining gil, ohaktosh, mergel jinslaridan tarkib topgan. Norin havzasi yoppasiga konglomeratdan iborat. Qo-radaryo havzasida konglomerat ustupi oʻnlab metr qalinlikda qoplab yotgan lyoss katta maydonda tekislik hosil qilgan.
Norinning qayir tekisligi Uchqoʻrgʻon qishlogʻidan boshlab 2–3 km ga kengayadi; bu yerda qumoq hamda qum-loq jinslar keng tarqalgan. Tuman hududining shimolidan jan.ga tomon Katta Andijon kanali kesib oʻtadi (tuman hududida uz. 13,5 km).
Tumanning janubi-gʻarbiy tomonidan Qoradaryoning eski oʻzanidan oʻtadigan Qolgandaryo barcha sizot suvlarni yigʻib Qoradaryoga qoʻshiladi.






Norin tuman tabiat


▶ Norin Qoradaryoga qoʻshiladigan yerda oʻtloq-li, botqoq-oʻtloqi tuproqlar uchraydi. Iqlimi quruq kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —6°, iyulniki 27°. Yillikyogʻin 190–215 mm. Vegetatsiya davri 233 kun. Tuman hududi haydaladigan yerlardan iborat. Yovvoyi oʻsimliklardan faqat dare boʻylarida, kanal, zovur chetlaridagina qamish, ajriq, yalpiz, qirq- boʻgʻin, qoʻypechak, qizilmiya, burgan, gʻumay, yantoq, shoʻra, otquloq, shuvoq, yovvoyi jiyda, momoqaymoq, sambit, yulgʻun va boshqa oʻsadi.
Yovvoyi xayvonlar juda kam qolgan. Ilonlar, suv havzalarida ondatra, shuningdek, tulki, kuyon, kalta-kesak, yumronqoziq, baliklardan sazan, laqqa, choʻrtan va boshqa bor. Qushlardan yovvoyi oʻrdak, loyxoʻrak, qaldirgʻoch, bul- bul, chumchuq, chugʻurchiq, musicha, hakka, qargʻa, soʻfitoʻrgʻay, sinchalak, karqunoq, qumri, laylak va boshqa uchraydi.
▶ Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, tojik, qirgʻiz, rus, tatar, ko-reys va boshqa ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 571 kishi (2003).






Norin tuman Xo’jaligi


▶ Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Shirkat xoʻjaliklari paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik va pillachilik bilan shugʻullanadi. Tumanda "Uztex Norin" aksiyadorlik jamiyati "Norintex" AJ va boshqa korxinalar mavjud (2020). Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 13 ming ga, ekinzorlar 12 ming ga dan ziyod. Shu jumladan, 6,7 ming ga yerga paxta, 4,6 ming ga yerga bugʻdoy, 563 ga yerga yemxashak,80 ga yerga sabzavot, 30 ga yerga kartoshka va boshqa ekinlar ekiladi (2003).


Norin tumani (Oʻzbekiston)da 9 shirkat xoʻjaligi, 2 fermer xoʻjaliklar uyushmasi, 245 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatmoqda. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 19,9 ming qora-mol, 19,3 ming qoʻy, 44,2 ming par-randa boqiladi (2003). 2002/2003 oʻquv yilida 44 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 28,0 ming oʻquvchi taʼlim oldi, 4 kasb-hunar kolleji va iqtidorli bolalar litseyida 1530 oʻquvchi oʻqidi. 37 kutubxona, madaniyat saroyi, 11 qishloq madaniyat uylari, muzey, "Gul-dasta" xalq ansambli, "Xoʻrozcha" xalq qoʻgʻirchoq teatri hamda xalq dorbozlar guruhi faoliyat koʻrsatmoqda.
▶ Norin tumani (Oʻzbekiston)da markaziy kasalxona va 21 ta davolash va tibbiyot muassasasida 231 vrach, 1210 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tumanda har 10 ming aholiga 19,7 ta vrach, 103,2 oʻrta tibbiy xodim toʻgʻri keladi (2003). 1931-yildan "Norin ovo-zi" tuman gaz. chikadi (adadi 5000).[1]


Shaharlari




E'tiboringiz uchun Rahmat
Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish