Norov boburning Umumiy psixologiya fanidan kurs ishi


I Bob. DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA



Download 43,69 Kb.
bet2/10
Sana03.07.2022
Hajmi43,69 Kb.
#735096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NOROV BOBUR kurs ishi.

I Bob. DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA.
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzah-mat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‘yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkash-ligi uningturmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlari-da ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham uning ishtiro-kida sodir bo‘ladi.
Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yori-tishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir obyektga aktiv (faol) qara-tilishi aytiladi (P. I. Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqat-ning obyekti bo‘la oladi.
N. F. Dobrinin. N. V. Kuzmina, I. V. Straxov, M. V. Gamezo, F. N. Gonobolin va boshqalarning nuqtai nazaricha, diqqatning vujud-ga kelishida ongning bir nuqtaga to‘planishi ong doirasining to-rayishini bildiradi, go‘yoki ong doirasi bir muncha tig‘izlanadi. Bunday torayish vatig‘izlanish natijasida ongdoirasi yanada yorqin-lashadi. Ongning eng toraygan, tig‘izlangan yorqin nuqtasi diqqat-ning markazi (fokusi) deb nomlanadi. Xuddi shu markaz (fokus)ga tushgan idrok qilinayotgan jismlar, tasavvur obrazlari, o‘y va fik-rlar to‘la, yorqin va aniq ifodalanadi. Jahon psixologlarining fikricha, diqqat uzluksiz ravishda, muayyan darajada aktivlik xusu-siyatini saklab turadi. Bunday aktivlik, ongning biron-bir obyektga yo‘nalishining kuchayishi va ma’lum vaqt davomida diqqat yo‘nalti-rilgan narsaga ongning faol (aktiv) qaratilishini regulirovka qilib turadi hamda mazkur holatning saklanishini ta’minlaydi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xo-tira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Shuning uchun barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularking mahsul-dorligini oshirishga ta’sir etadi. Shu boisdan diqqat qaratilgan obyektlar ong to‘plangan nuqgasida aniq, yaqqol aks ettiriladi. Demak, diqqat aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va samaradorligini ta’minlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u har qanday inson faoliyatining zaruriy shartidir.
Psixologiya tarixining sahifalarini varaqlasak, diqqatning kishi faoliyatidagi roliga berilgan yuksak va qimmatli mulohaza-lar uchraydi. Jumladan, fransuz olimi Kyuvye geniallikni chidamli diqqat deb ta’riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrini doimo shu masalaga qaratilish jarayoni deyishi, Ushinskiyning diqqat psi-xik hayotimizning yagona eshigi deb baho berishi bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tan-lovchanlik va yo‘nalganligi bilan xarakterlanadi. Shu boisdan inson atrof-muhitning ko‘plab qo‘zg‘atuvchilari, ta’sirlari orasidan alohida nimanidir idrok etadi, faraz qiladi, allaqaysi narsa to‘g‘ri-sidagina mulohaza yuritadi, xolos. Ongning bu xossasi diqqat xusu-siyati bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Diqqat bilish jarayon-lari singari o‘zining alohida mazmuniga, muayyan mahsuliga ega emas, shuning uchun u barcha jarayonlarning jo‘shqinligi, ildamligini ta’-minlaydi. Demak, diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakat-lantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va biror narsaga qaratilganli-gidir (YE.' B. Pirogova). Berilgan ta’rifga binoan, "ushbu yo‘nalti-rilganlik subyektnichg ehtiyojlariga, uning faoliyati maqsadlari va vazifalariga mos keladigan obyektlarning tanlanganligida, ix-tiyorsiz yoki ixtiyoriy tanlashda va ajratishda vujudga keladi.
Diqqatning muayyan obyektlarga to‘planishi, to‘planganligi (konsentrasiyalanishi) ayni paytda boshqa jismlardan chalg‘ishni yoki ularning vaqtincha (muvaqqat) inkor etilishini talab qiladi. Ana shu omil-larga ko‘ra, aks ettirish ravshanlanib boradi, tasavvurlar, mulohaza-lar faoliyat yakunlangunga qadar, qo‘yilgan maqsadga erishguncha ong-da saqlanadi. Ana shu yo‘sinda diqqat faoliyatini nazorat qilib boradi va uni boshqaradi. Shuning uchun ko‘pgina psixologlar (P. Y. Galperin va uning shogirdlari) diqqatni yuksak turini bilish jarayonlari, kishining xulq-atvori kechishini boshqarish imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidlaydilar. Diqqatning biror obyektga yo‘na-lishiga ko‘ra sensor (perseptiv), akliy (intellektual), harakatlantiruvchi (harakat) shakllariga ajratish mumkin. Diqqatning muayyan obyektga to‘planishi ko‘p jihatdan insonning his-tuyg‘usi, irodaviy sifati, qiziqishi kabilarga bog‘liqdir. His-tuyg‘ular va emotsional holatlar diqqatning obyekti bilan uzviy bog‘langandagina uning uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi. Histuyg‘ular, emotsional holatlar qanchalik kuchli va ko‘tarinki tarzda namoyon bo‘lsa, demak, diqqat ham shunchalik obyektga mustahkam qara-tiladi. Hislar, lar diqqatning ham ixtiyorsiz, ham ixtiyoriy turlarini zo‘raytiradi. Insonning amaliy va aqliy faoliyati jara-yonida uning ongi muayyan darajada yangi bilimlar ma’lumotlar bilan boyib borishi natijasida diqqat ham takomillashadi. Yangilik-ni payqash hissi odam aqliy faoliyatini faollashtiradi (aktiv-lashtiradi), shu bilan birga, diqqatning obyektga uzoqroq to‘plani-shini ta’minlaydi. Insonning barqarorlashgan kayfiyati diqqat-ning kuchi va ildamligini oshiradi, tanlovchanligiga ijobiy ta’-sir etadi. Stress, affekt singari emotsional holatlar diqqatga sal-biy ta’sir etib, uningtashqi ta’sirlariga beriluvchan, kuchsiz qilib qo‘yadi. Ana shuning oqibatida diqqat chalg‘iydi, bo‘linadi, parishon-lik namoyon bo‘ladi, faoliyatdagi bir tekislik buziladi.
Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko‘pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu, albatta, bejiz emas, chunki, diqqatning muayyan obyekt-ga yo‘naltirilishi iroda kuchi bilan saklab turiladi. Hatto ixtiyor-siz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning zo‘ri bilan yo‘nal-tirilgan obyektda to‘planib turadi. Irodaning faoliyatni amalga oshirishda ishtirok qilishi ko‘p jihatdan kishining maqsadiga in-tilishi, ishchanlik qobiliyati, psixologik tayyorligiga bog‘liq. Shu boisdan diqqatning kuchi, barqarorligi, mustahkamligi ildamligi odamning muayyan faoliyatini bajarishga moyilligi, shayligi bilan o‘lchanadi. Diqqatning yuksak darajada mujassamligini ta’min-lab turishda odamning faoliyatni bajarishga muvofiqlashgani mu-him rol o‘ynaydi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishning bo-shida qiyinchiliklar yuzaga keladi va ular kishidan irodaviy zo‘r berishni talab qiladi. Faoliyatni bajarishdagi nuqsonlarning na-moyon bo‘lishi diqqatni to‘plashdagi qiyinchiliklarningoqibati bo‘lib hisoblanadi.
Diqqatning obyektga to‘planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga bog‘liqdir. Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyat-ga egadir. Odatda, faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon bo‘ladi. Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti-hara-katlarning o‘ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan iborat-dir. Bilvosita qiziqish esa faoliyatning maqsadiga, uning natija-siga yo‘naltirilgan qiziqishdir. Ixtiyoriy, irodaviy diqqat bilvo-sita qiziqish bilan aloqadordir. Psixologik ma’lumotlarningtah-liliga ko‘ra, diqqatning obyektga to‘planishi va mustahkamlanishi ko‘zlangan maqsadni, faoliyat mahsulining zarurligi hamda sifati-ning ahamiyatini inson tomonidan anglash orqali ta’minlab turi-ladi. Faoliyat maqsadini anglash o‘z ish-harakatida kishi diqqati-ning yuksak darajada mujassamlanishini ta’min etuvchi eng muhim shart va sharoitlardan biridir.

Download 43,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish