Norov boburning Umumiy psixologiya fanidan kurs ishi



Download 43,69 Kb.
bet3/10
Sana03.07.2022
Hajmi43,69 Kb.
#735096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NOROV BOBUR kurs ishi.

DIQQATNING TURLARI.
Diqqatning ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda vujudga kelishi o‘zi-ning yo‘nalishiga ko‘ra tashqi va ichki bo‘lishi mumkin. Agar diqqat-ning manbai ongimizdan tashqarida bo‘lsa tashqi deb ataladi. Masa-lan, shofer, tikuvchi, muharrir kabilarning faoliyatida sodir bo‘la-digan diqqat tashqi diqqatdir. Tashqi diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo‘lmasdan, balki fikr yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o‘zi yaratgan narsasi-ni tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, muhandisning to‘g‘on qurilishini ko‘z o‘ngiga keltirish bilan bog‘liq holatlar bunga misol bo‘la oladi. Inson ongining o‘zida sodir bo‘la-yotgan o‘z hissiyotlarini, fikrlarini, orzu-istaklarini va shu kabi-larni kuzatishda ichki diqqat yuzaga keladi. Diqqatning har ikkala ko‘rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib hissa qo‘shish imkoniyatiga egadir.
Diqqatga oid ilmiy tushunchalar izohi.
1. Dominanta (lot. syuggppapz—hukmronlik qiluvchi) —muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo‘zg‘atuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘a-lish markazi. Domingnta mavjudligida undan boshqa nerv markazla-ri tormozlangan bo‘ladi. Dominanta markaziy asab tizimiga kelgan har qanday qo‘zg‘alish, impulslarni qabul qilib, ularga tegishli javob qaytaradi-da, shu tariqa boshqa markazlarni tormozlash eva-ziga o‘z faoliyatini yana kuchaytiradi.
Dominanta tushunchasi fiziologiya faniga A. A. Uxtomskiy to-monidan kiritilgan. Uning isbotlashicha, D. orqa miyadan tortib to bosh nerv markazlarining ishlash prinsipini tashkil qiladi. Do-minanta diqqatning fiziologik asosidir.
Nerv jarayonlarining induksiyasi - oliy nerv faoliyatining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat: MNSining biror markazida qo‘zg‘alish paydo bo‘lsa, u boshqa markaz-larda tormozlanishning kelib chiqishiga, tormozlanish esa qo‘zg‘a-lishning kelib chiqishiga sabab bo‘lishdan iborat qonuniyat.
Nerv tizimi jarayonlarning konsentratsiyasi - markaziy asab tizimidagi qo‘zg‘alish yoki tormozlanish jarayonlarining vaqt o‘tishi bilan dastlabki paydo bo‘lgan uchastkasiga to‘planish qonuni.
Diqqatning ko‘lami — bir davrning o‘zida diqqat tomonidan qamrab olinishi mumkin bo‘lgan obyektlarning miqdori.
Diqqatning ko‘chuvchanligi — faoliyat jarayonida diqqatning on-gli ravishda bir obyektdan ikkinchi obyektga ko‘chirilishi. Diqqat-ning ko‘chuvchanligi har qanday faoliyatda, ayniqsa pult boshqaruvi-dagi alohida ahamiyatga egadir. Diqqatning taqsimlanishi — diqqatning bir vaqtning o‘zida bir qancha obyektlarga qaratilishidan iborat xususiyati.
Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alo-hida ahamiyatga egadir. Masalan: shoferning, o‘qituvchining ish ja-rayonidagi diqqati taqsimlangan diqqatdir.
Diqqatning barqarorligi — diqqatning o‘z obyektiga kuchli yo‘naltirilishi va faol to‘planishidan iborat ijobiy xususiyati. Parishonlik — diqqatni ma’lum bir obyektga qarata olmas-likdan iborat salbiy xususiyat.
Parishonlik vaqtincha holat bo‘lishi ham, shaxsning nisbatan barqaror xislati bo‘lishi ham mumkin. Pa-rishonlikning ikki turi mavjud bo‘lib, biri diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik bo‘lsa, ikkinchisi diqqatning muayyan obyekt ustiga kuchli to‘plantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir. Parishonlik psixopatologik sabablarga ko‘ra kelib chiqishi ham mumkin.
Kasbga xos diqqat — ma’lum bir kasbga ko‘p yil ishlash natija-sida shu kasbning talablari va obyektiv xususiyatlariga mos ravish-da tarkib topgan diqqat turi. Masalan: chorrahada ko‘cha harakatini boshqaruvchiningdiqqati bilan mikroskop yordamida ilmiy kuzatish olib boradigan olimning diqqati bir-biridan keskin tafovut qiladi. Birinchisi diqqatningtaqsimlanishini, ikkinchisi esa markaz-lashuv xususiyatlarini talab qiladi.
Ixtiyoriy diqqat — ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiqirodaviy va asabiy faollik ko‘rsatgan holda muayyan obyektga yo‘nalishi va unga to‘planishdan iborat diqqat turi.
Ixtiyoriydan keyingi diqqat — diqqatning muayyan obyektga, avvalo, ixtiyoriy ravishda qaratilib, so‘ngra uning ahamiyati tushu-nilgan sari o‘z-o‘zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi. Ushbu tushuncha psixologiya faniga N. F. Dobrinin tomoni-dan kiritilgan.
Diqqat chalg‘ishi — ma’lum bir faoliyat jarayonida diqqatning bir obyektdan boshqa bir obyektga ixtiyorsiz ravishda o‘tib turishi-dan iborat salbiy xususiyati.
Diqqatning hajmi — diqqatning bir vaqtning o‘zida qamrab olishi mumkin bo‘lgan mustaqil obyektlar miqsori bilan belgila-nadigan xususiyati. Diqqatning hajmi eksperimental sharoitda 2-6 mustaqil obyektga tengdir.
Diqqatning obyektlari o‘rtasida qancha-lik yaqin bog‘lanishlar mavjud bo‘lsa, uning hajmi shunchalik keng bo‘ladi va aksincha. Diqqat obyekti — ongimiz atrofdagilardan ajratib olgan holda yo‘naltirilgan va faol to‘plangan narsa yoki hodisa. Diqqat obyekti faqat obyektiv narsalar emas, balki subyektiv hodisalar, o‘z his-tuyg‘ularimiz, fikrlarimiz, xayol yoki xotira tasavvurlarimiz va boshqa shu kabilar ham bo‘lishi mumkin.
Ixtiyorsiz diqqat - ongimizning oldindan belgilangan maq-sadsiz ravishda muayyan obyektga yo‘naltirilishi va unga to‘planishi-dan iborat diqqat turi. Ixtiyorsiz diqqat obyektlari narsa va hodi-salarning odatdan tashqari holati, belgisi, sifati va boshqalardir.
Diqqatsizlik - diqqatni obyektga yo‘naltira va to‘play ol-maslik, atrofdagi kishilarga nisbatan e’tiborsizlik yoki iltifot-sizlikdan iborat salbiy xarakter xislati.
Diqqatning o‘zgarib turishi — idrok, xotira, tasavvur yoki tafakkur jarayonida diqqatning ma’lum vaqt ichida dam kuchayib, dam susayib turishdan iborat qonuniyat; diqqat ba’zan daqiqaga 25-30 marta ham o‘zgaradi. Diqqatning o‘rtacha o‘zgarish-tebranish chastotasi 2—3 sekundga tengdir.
Ko‘ruv diqqati — narsa va hodisalarni ko‘ruv organi orqali idrok qilish, esga tushirish munosabati bilan namoyon bo‘ladigan diqqat turi.
Ikkinchi tartibli ixtiyoriy diqqat - ongimizning muayyan obyektga ixtiyorsiz ravishda yo‘naltirilsa-da, uning ustiga ma’lum vaqt barqaror holda, to‘planib turishidan iborat ixtiyoriy diqqat turi; diqqat to‘plangan obyektining mazmuniga qarab ixtiyorsiz diqqatning ixtiyoriy diqqatga aylanishi.
Ichki diqqat - ongimizning o‘z subyektiv taassurotlarimiz, his-tuyg‘ularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi.
Tashqi diqqat - ongimizning obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yo‘naltirilish, ularda faol to‘planadigan diqqat turi.
Retikulyar formatsiya — bosh miya tepa qismidagi (uzunchoq miya, Voroliyev ko‘prigi, o‘rta miya) nerv hujayralari bo‘lib, ular o‘z tuzi-lishiga ko‘ra, qalin to‘rni eslatadigan o‘simtalarga egadir. Ko‘zg‘ov-chilar ta’sir ostida turli retseptorlardan bosh miyaga signallar olib boradigan sezuvchi nervlarning o‘simtalari. R. F. gatutashgan bo‘lib, mavjud singal R. F. ni ham qo‘zgaydi. R. F. da xos bo‘lgan qo‘zg‘alish, o‘z navbatida, bosh miya qobig‘idagi turli markazlarni qo‘zg‘aydi. Bosh miyadagi qo‘zg‘alish esa R. F. ning faoliyatini yo kuchaytiradi, susay-tiradi. Demak, R. F. ning har bir hujayrasi sezgi organidan ko‘p signallar qabul qilib olib, bosh miya va orqa miya faoliyatiga umumiy holda ta’sir ko‘rsatib turadi.
Bedor holat — bosh miya yarim sharlaridagi tegishli nerv mar-kazlarining qo‘zg‘alishi bilan belgilanadigan uyqudan tashqaridagi holat, ongli holat. Shaxs bedor holatidagina ma’lum bir faoliyat turini amalga oshira oladi.
Qo‘zg‘alish markazi - markaziy asab tizimining qo‘zg‘alish ja-rayoni ro‘y bergan uchastkasi.
Ergograf (yunon. yeg§op) - mushaklarning ishini grafik usul-da ifodalashda qo‘llaniladigan, ayniqsa, toliqish jarayonini o‘rga-nishda qo‘llaniladigan asbob.
Vigillik (lot. uts»P - hushyor, sinchkov) - ziyraklik; diqqatni yangi obyektlarga, ayniqsa subyektiv taassurotlarga tez to‘play olish qobiliyati.
Diqqat depressiyasi (lot. skrgezyu - pasayish) - turli tashqi va ichki omillarga ko‘ra obyektda to‘planish va mustahkamlanishning kuchsizlanishi va buzilishi.
Alfa-ritmasining ekzaltamiyasi (lot. yexagagyu - kuchayish) -bioelektrik potensiallar amplatudasining kuchayishi; signallarga javob bershida tomirlarning torayishi o‘rniga ularda kengayish-ning yuz berishi.
Kuch qonuni (I. P. Pavlov) - kuchli qo‘zg‘ovchilar kuchli, kuch-sizlar esa kuchsiz reaksiya berish holati.
30. Paradoks fazasi - kuchli qo‘zg‘atuvchilarga qaraganda kuchsiz qo‘zg‘atuvchilarning kuchli reaksiyasining vujudga keltirishi (patologik holatlar nazarda tutiladi).
Oriyentir refleksiningelektrofiziologiksimptomlarining barqarorlashuvi - ixtiyoriy diqqat buzilganda maqsadga muvofiq topshiriqberish va oqilona instruksiya yoki ustanovka berish hamda vaziyatga qarab uni o‘zlashtirish orqali insonda oriyentirovka ref-leksini qaytadan tiklashdan iborat korreksion faoliyat.
Diqqat korreksiyasi (lot. soggespo - tuzatish) - insonda diqqat patologik holatga (buzilishga) uchraganda maxsus usul va uslub-lardan foydalanib tuzatish.

Download 43,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish