Nuqtaning o-meridiandan necha gradus sharqda yoki g'arbda joylashganligini ko'rsatadigan kattalikka nima deyiladi?



Download 1,06 Mb.
Sana23.06.2022
Hajmi1,06 Mb.
#696792
Bog'liq
Test 1063 talik


1 Globus va xaritalarda parallel hamda meridianlar kesishidan hosil bo'lgan to'rga nima deyiladi?
J: Gradus to'ri deb ataladi.
2. Nuqtaning O-meridiandan necha gradus sharqda yoki g'arbda joylashganligini ko'rsatadigan kattalikka nima deyiladi?
J:Geografik uzunlik deyiladi.
3. Nuqtaning ekvatordan necha gradus shimolda yoki janubda joylahsganligini ko'rsatadigan kattalik?
J: Geografik kenglik
4. Nuqtaning 0-chi meridianidan necha gradus sharqda yoki g'arbda joylashganligini bildiradigan kattalik nima deyiladi?
J: Geografik uzunlik deyiladi
5. Bitta meridian necha km?
J: 20000 km
6. Ekvatorning uzunligi necha km?
J: 40000 km.
7. Sayyoramiz o'z orbitasi bo’ylab, quyosh atrofida necha km tezlik bilan harakat qiladi?
J: 30 km/sek.
8.Sayyoramiz bilan birga quyosh atrofida 1 soatda yoki 45 minutda necha km yo'l ?
J: 30 km * 3600 = 108000 km; 45 minutda 81000 km .
9. Sayyoramiz o'z o'qi atrofida bir soatda necha gradus buriladi?
J: 15 gradus
10. Nima uchun oyda havo va suv yo'q?
J: Oyning o'lchami kichik bo'lganligi sababli tortishish kuchi kam.
11. Nuqtaning dengiz sathiga nisbatan balandligiga nima deyiladi?
J: Absolyut balandlik (mutloq balandlik).
12. Havo bosimini o'lchaydigan asbob ?
J: Barometr
13. Nuqtaning absolyut balandligini nima yordamida o'lchash mumkin?
J:Niveler.
14. Okean, dengiz sathining balandligi necha metrga teng?
J: 0 m
15. Tog'larda ma`lum balandlikda qorlar umuman erimaydi. Bu balandlik nima deyiladi?
J: Qor chizig'i deyiladi
16. Har ming metr balandlikga ko'tarilganda atmosfera bosimi qanchaga kamayadi?
J: 100 mm. simob ustuniga.
17.Har ming metrga ko'tarilganda harorat qanchaga kamayadi?
J: 6 gradusga
18. 1m. kub. Havodagi suv bug'lari grammlar hisobidagi miqdori nima deyiladi?
J: Havoning mutlaq namligi.
19. Havoning mutlaq namligida suv bug'larining miqdori nimaga bog'liq bo'ladi?
J: Havoning haroratiga .
19. Nisbiy namlik necha % bo'lganda yomg'ir yog'a boshlaydi?
J: To'yinganda, ya`ni - 100 % bo'lganda.
20. 1 m.kub havoning to'yininshi uchun kerak bo'ladigan % hisobidagi suv bug'lari miqdori?
J: Havoning nisbiy namligi deyiladi.
21. Havoning nisbiy namligini o'lchaydigan asbob nima deyiladi?
J: Gigrometr (soch tolasi)
22. Havoning biror bosimi yuqori qismidan past joyga qarab harakatiga nima deyiladi?
J: Shamol.
23. Shamol kechasi qirg’oqdan suvga va kunduzi suvdan quruqlikka esadigan shamol nima deyiladi?
J: Briz shamol.
24. Yozda dengizdan quruqlikka va qishda quruqlikdan okeanga esadigan shamol nima deyiladi?
J: Musson.
25. Shimoliy va Janubiy tropik kengliklaridan ekvatorga qarab esadigan doimiy shamollar nima deyiladi ?
J: Passat shamollari.
26. Nima uchun bu shamollar g'arbga buriladi?
J: Yer aylanganligi sababli.
27. Shimoly yarimsharda daryolar o'ng qirg'oqlarni yemirishi hodisasining sababi nima deyiladi?
J: Kariolis kuchi.
28. Nuqtaning geografik kengligi va uzunligi nima deyiladi?
J: Nuqtaning koordinatatasi.
29. Yer sharining maydoni qancha ?
J: 510 mln.kv.km.
30. Quruqlikning maydoni qancha?
J: 149 mln. kv. km.
31. Dunyo okeani maydoni qancha?
J: 361 mln.kv.km.
32. Quruqlik va okean hissalari?
J: 29% : 71 %.
33. Yer sharining o'rtacha R radiusi qancha?
J: 6370 km.
34. Yer markaziga ekvatordan yaqinmi yoki qutblaridanmi?
J: Qutblaridan 22 kmga R kam ekvatorga nisbatan
35: Yerning tashqi qobiqlari (litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosfera) birgalikda nima deyiladi?
J: Geografik qobiq.
36. Geografik qobiqning nechta qonuni bor va ular qaysi?
J: 1) Geografik qobiqning bir butunligi;
2) Geografik qobiqda hamma moddalar aylanib, almashib yurishi;
3) Ritmlilik, davriylik;
4) Zonallik.
37. Tabiat komponentlarining o'zaro murakkab ta`siri natijasida vujudga kelgan va o'zining tabiiy xususiyatlari bilan boshqa hududlardan farq qiladigan joylari nima deyiladi?
J: Tabiiy kompleks.
38. Eng katta tabiiy kompleks nima?
J: Geografik qobiq.
39. Eng kichik tabiiy kompleks nima?
J: Landshaft.
40. Sayyoramizning umri qanday bosqichlarga bo'linadi?
J: 1) Nobiogen 4 mlrd. yil kriptozoy
2) Biogen 570 mln. fanerozoy
3) Antropogen 3-4 mln. yil to'rtlamchi davrning oxiri
41. Yerning po'sti va mantiyaning ustki qismini o'z ichiga oladigan qobiq nima deyiladi?
J: Litosfera
42. Yerning litosfera qobig'i yaxlit qobiq tashkil qilmay turli katta-kichik plitalardan iborat, ularning soni nechta?
J: 13 ta, ulardan 7 tasi katta.
43. Yer sharidagi eng dastlabki materik nomi?
J: Pangeya.
44. Eng dastlabki okeaning nomi?
J: Pantalasa.
45. Keyinchalik Pangeya ikkiga bo'linib, Lavraziya va Gondvana materiklariga bo'lingan va ularni ajratib turgan okeanning nomi nima ?
J: Tetis .
46. Yer yuzasidagi notekisliklar: tog'lar, botiqlar, tekisliklar, qirlar nima?
J: Relef.
47. Quruqlik relefi qanday relef shakllariga bo'linadi?
J: Тekislik va tog'larga.
48. Quruqlikning mutloq balandligi 200 m.gacha bo'lgan qismi nima deyiladi?
J: Pasttekislik.
49. Okean suvining sho'rligini aniqlaydigan kattalik?
J: Promilla .
50. Dunyo okean suvlarining o'rtacha sho'rligi?
J: 35 ‰ promolla.
51. Dunyo okeani qalqib va qaytib turadi, uning sababi nima?
J: Yer va Oy tortishuvi.
52. Okean ostida zilzilalar oqibatida yuz beradigan dahshatli to'lqinlar nima deyiladi?
J: Sunami
53. Okean oqimlarining hosil bo'lishiga asosiy sababchi bu shamollar. Yer sharining 40 janubiy kengliklarida hosil bo'lgan eng katta oqimning nomi nima?
J: Gárbiy shamollar oqimi.
54. Yer sharining ekvatorial kengliklarida dunyo okeanida sharqdan g'arbga tomon oqadigan iliq oqimlarning hosil bo'lishiga sabab nima?
J: Passat shamollar.
55. Dengiz, okean oqimlari qanday oqimlarga bo'linadi?
J: Iliq va sovuq oqimlarga.
56. Dunyo okeani suv osti relefi qanday qismlarga bo'linadi?
J: Shelf, loja va okean osti botiqlariga va suv osti tog'lariga bo'linadi.
57. Dunyo okeaning 200 m chuqurlikgacha bo'lgan sayoz qismi nima deyiladi?
J: Shelf
58. Dunyo okeanidagi eng chuqur botiq Mariana botig'idan keyin, ikkinchi o'rinda turadigan botiqni ayting?
J: Tonga botig'i 10876 m.
59. Atlantika okeanining eng chuqur botig'ini ayting?
J: Puerto- Riko botig'i.
60. Okeanning 4000 m - 5000 m chuqurlikka ega bo'lgan katta-katta suv osti tekisliklariga nima deyiladi?
J: Loja.
61. Оkean suv yuzasida suzib, oqib yuradigan ko'zga ko'rinmas o'simliklar va mikroorganizmlardan iborat, kitlar ozuqasi nima deb ataladi?
J: Plankton.
62. Hind okeanining chuqur botig'i?
J: Zond botig'i
63. Shimoliy muz okeanining eng chuqur botig'i?
J: Grenlandiya botig'i.
64. Kurosiva oqimi qaysi okeanda joylashgan?
J: Tinch okeanida
65. Golfstrim oqimi qaysi materik qirqoqlari bo'ylab oqadi?
J: Shimoliy Amerika qirg'oqlari bo'ylab oqadi.
66. Kaliforniya oqimi qanday oqim?
J: Sovuq oqim
67. Peru oqimi qaysi materik qirg'oqlari bo'ylab oqadi?
J: Janubiy Amerika
68. Okean suvining qaysi qismida organik dunyo tirik organizmlar suv o'tlari va hayvonlari ko'p bo'ladi?
J: Suv yuzasida va qirg'oqqa yaqin qismlarida okean sayozliklarida (bankalarida)
69. Okean organik dunyosi qanday turlarga bo'linadi?
J: Suv o'tlari, baliqlar, sut emizuvchiar, umurtqasizlar, mikroorganizmlarga bo'linadi
70. Hamma tomoni suv bilan o'ralgan quruqlik?
J: Orol deyiladi
71. Dunyodagi eng katta orol?
J: Grenlandiya
72. Uch tomoni suv bilan o'ralgan bir tomoni quruqlikka tutashgan quruqlik nima deyiladi?
J: Yarim orol
73. Dunyodagi eng katta yarim orol?
J: Arabiston yarim oroli
74. Sinay yarim oroli qaysi dengizga qarashli?
J: Qizil dengizga
75. Ko’plab orollar to’plamiga, guruhiga nima deyiladi?
J: Arxipelag
76. Faqat biror materikka joyga xos bo’lgan o’simlik va hayvonlar nima deyiladi?
J: Endemik
77. Okean va dengizlarning chuqurligini o’lchaydigan asbobning nomi?
J: Exolot.
78. Okean va okeanni, okean va dengizni bir biriga tutashtirib,ikki quruqlikni bir- biridan ajratib turadigan joylar nima deyiladi?
J: Bo’g’iz
79. Malakka bug’uzi qaysi okeanlarni tutashtiradi?
J: Hind va Tinch okeanlarini
80. Dunyodagi eng katta yoki eng keng bug’uz qaysi?
J: Dreyk bug’uzi
81. Grenlandiya va Islandiya orollarini ajratib turuvchi bug’uz?
J: Daniya bug’uzi
82. Buyuk Britaniya orolini materikdan ajratib turgan bug’uz qaysi?
J: Lamansh bug’uzi
83. Globus va xaritalarda shimoliy va janubiy qutblarni tutashtirib turuvchi chiziqlar nima deyiladi?
J: Meridiyanlar
84. Globus va xaritalarda ekvatorga parallel chizilgan chiziqlarga nima deyiladi?
J: Parallel chiziqlar
85. Xaritalarda yashil bo’yoq bilan bo’yalgan joylar okean sathidan 200 m baland bo’lgan joylar nima deyiladi?
J: Pasttekislikalar
86. Yer sharidagi eng katta pasttekislik qaysi?
J: Amazonka
87. Yer sharining aylanasi 40000 km bo’lsa, 1° yoy necha kmga teng?
J: 40000:360=111 km
88. Daryo boshlanadigan joy boshlanadigan joy nima deyiladi?
J: Daryoning manbai
89. Daryoning quyiladigan joyi nima deyiladi?
J: Daryoning mansabi
90. Daryo o’ziga suv to’playdigan hudud nima deyiladi?
J: Daryo havzasi
91. Qo’shni daryolarning havzalarini bir-biridan ajratib turadigan chegarasi nima deyiladi?
J: Suv ayirg’ich
92. Yer sharining havo qobig’i nima deyiladi?
J: Atmosfera
93. Atmosferaning quyi qatlami nima deyiladi?
J: Troposfera
94. Joyning iqlimi bir necha omillarga bog’liq, lekin eng asosiy omil qaysi?
J: Geografik o’rni. Ekvatorga yaqin uzoqligi
95. Havoning necha foizi azot va kisloroddan iborat?
J: 99%
96. Katta hududni egallagan va katta hajmdagi havoning biror tomonga qarab harakatlanayotgan havoga nima deyiladi?
J: Havo massalari
97. Havo massalari qanday tiplarga bo’linadi?
J: Dengiz havo massalari. Kontinental havo massalari
98. Ikki xil yoki iliq va sovuq havo massalarining to’qnashinuviga nima deyiladi?
J: Atmosfera fronti
99. Atmosfera frontlari chegaralarida hosil bo’ladigan girdob shamoliga nima deyiladi?
J: Siklon shamollari
100. Shimoliy Amerikada atmosfera frontlarida yuz beradigan dahshatli siklon shamollariga nima deyiladi?
J: Tornado
101. Afrikaning Sahroi Kabr cho’lida qum bo’roni shamolini nima deb ataladi?
J: Samum
102. Tinch okeanining Yevrosiyo qirg’oqlariga keltirilgan shamol va yomg’irlariga nima deyiladi?
J: Tayfun
103. O’zan deb ataluvchi chuqurlikdan doimo oqib turadigan suv oqimiga nima deyiladi?
J:Daryo
104. Yer po’stini hosil qilgan barcha tog’ jinslari necha guruhga bo’linadi va ular qaysilar?
J: Cho’kindi tog’ jinslari, magmatik tog’ jinslari, metamorfik tog’ jinslari
105. Nisbiy namlik 100 % bo’lgan havoga nima deyiladi?
J: Namga to’yingan havo
106. To’ingan havoda yuz beradigan jarayonga nima deyiladi?
J: Kondensatsiya
107. Bulut nima?
J: Havodagi suv tomchilari
108. Patsimon bulutlar nimadan iborat?
J: Muzlagan suv tomchilari kristallchalardan iborat
109. Siklon shamollari qayerlarda yuz beradi?
J: Atmosfera frontlari chegaralarida
110. Siklon necha xil harakat qiladi?
J: 2 xil: Vertikal, Spiral. Girdob va gorizontal
111. Yer massasi qancha?
J: Sektilion ( 6 *1023) tonna
112. Geosenterik nazariyada dunyo tushunchasi qanday ma’nosi anglatadi ?
J: Olamning markazida Yer degani
113. Geliosentrik nazaryada dunyo tushunchasi qanday ma’noga ega ?
J: Olamning markazida Quyosh degani
114. Geografiya fani greklarning qaysi xudosi nomi bilan ataladi?
J: Geya “Yer xudosi” bilan ataladi
115. Ochiq tekislikda yoki dengizda, atrofingizda ko’ringan to’garak maydon nima deyiladi?
J: Gorizont, ufq
116. Gorizont (ufq) bilan osmon gumbazi tutashib turgan chegara chizig’i nima deyiladi?
J: Gorizont (ufq) chizig’i
117. Mashtab yordamida kichraytirilgan va barcha geografik ob`yektlar shartli belgilar yordamida ifodalangangan, yer yuzasini tekis yuzasidagi tasvirga nima deyiladi?
J: Geografik karta
118. Yer yuzasi va masofalarni qog’ozda kichraytirib tasvirlash nima deyiladi?
J: Mashtab deyiladi
119. Mashtablar qanday mashtab turlariga bo’linadi?
J: 1-Sonli 2-chiziqli 3-nomli
120.Sonli mahstabda mashtablar qanday nisbatda beriladi?
J: 1 smlarda
121. Nomli mashtabda mashtablar qanday nisbatda beriladi?
J: 1smlarda, metrlarda, kmlarda
122. Mashtabiga ko’ra xaritalar necha turga bo’linadi?
J: 3 turga
123. 1: 10000 dan 1: 200000 gacha mashtabli xaritalar nima deyiladi?
J: Topografik
124. 1: 200000 dan 1: 1000000 gacha xaritalar qanday deyiladi?
J: O’rta mashtabli kartalar
125. 1: 1000000 dan ko’p marta kichraytirilgan kartalar
J: Mayda mashtabli
126. Kartografiyaning matematik asosi deb nimaga aytiladi?
J: Proyektsiyalar (andozalarga) aytiladi
127. Xarita tayorlashda qanday yordamchi geometrik sirtlardan foydalaniladi?
J: 1- azimutli 2- silindrsimon 3- konussimon
128.O’quv xaritalarini yaratishda qanday andozalardan foydalaniladi?
J: Teng burchakli, teng maydonli, ixtiyoriy
129. Barcha andozalarda ham kartalarda ham xato bo’ladi, nima uchun?
J: Chunki yer shar shaklida bo’lgani uchun
130.Teng burchakli andozalardan foydalanib chizilgan kartalarda qanday xatolar ko’p bo’ladi?
J: Chiziqli yo’nalish bo’yicha burchak xatolari kam bo’ladi. Lekin maydonlar bo’yicha xatolar ko’p bo’ladi.
131. Teng maydonli andozalardan foydalanilgan xaritalarda qanday xatolar kam va qanday xatolar ko’p bo’ladi?
J: Maydonlar bo’yicha kam . Yo’nalishli, chiziqli, burchaklar xatolari ko’p
132. Ixtiyoriy andozalardan foydalanib chizilgan xaritalarda qanday xatolarga yo’l qo’yiladi?
J: Barcha xatolar bo’ladi, lekin uncha katta bo’lmaydi
133. Xaritalar mazmuniga ko’ra ham 3 turga bo’linadi. Qanday turlarga bo’linadi?
J: 1-umum geografik 2- maxsus yoki mavzuli xaritalar 3- kompleks xaritalarga
134. Umugeografik deb qanday xaritalarga aytiladi?
J: Tabiiy xaritalarga aytiladi
135. Yirik mashtabli xaritalarga nima deb ataladi?
J: Topografik xaritalarga
136. Maxsus yoki mavzuli xaritalarga nima deyiladi?
J: Bitta maqsadga bitta mavzuga javob beradigan xaritalarga: Siyosiy, tabiat zonalari, geologiya, sanoat, qish/xo’j. xaritalariga
137. Kompleks xaritalarda nima yoki qanday ma`lumotlar tasvirlanadi?
J: Ham umumgeografik, ham iqtisodiy ma`lumotlar tasvirlanadi
138. Topografik xaritalarda relef nima yordamida tasvirlanadi?
J: Gorizontallar yordamida
139. Topografik xaritada gorizontal yordamida relef tasvirlanganida yer yuzasi qaysi tomonga ko’tarilib borayotgani yoki pasayib borayotganligini bildiradigan belgi nima deb ataladi?
J: Berg shtrixlar
140. Topografik xaritalarning asosiy xususiyatlari nimadan iborat?
J: U yer yuzasini batafsil tasvirlaydi va ko’p varaqli bo’ladi.
141. Birinchi globusni kim yasagan?
J: Grek olimi Krates
142. Globus so’zining ma`nosi nima?
J: Lotincha –“Shar”degani
143. “Terra inkognita” nima degani?
J: O’rganilmagan yer. Noma`lum yer.
144. Yer sharini 2 ta yarim sharga ajratib turuvchi ekvator so’zining ma`nosi nima?
J: Muvozanatlovchi tenglashtiruvchi
145. Yer sharining qayerida 1 kun 6 oy davom etadi?
J: Shimoliy va janubiy qutblarida
146. Nima uchun shimoliy yarim sharda qish bo’lsa janubiy yarim sharda yoz bo’ladi va aksincha?
J: Yer orbitasiga nisbatan 66,5° daraja qiya harakat qiladi. Yer yozda Quyoshga nisbatan shimoliy yarim shar tomoni, qishda esa janubiy yarim shar tomoni bilan ro’para turadi. Shuning uchun yozda Quyosh nurlari 23.5° sh.k. shimoliy tropikka tik tushsa, qishda esa janubiy tropikka 23.5° j.k. ga tik tushadi.
147. Nima uchun qutblarda 6 oy quyosh botmasa ham havo isimaydi?
J: Chunki quyosh nurlari o’ta qiya tushadi va jami radiatsiyaning 90% qaytib ketadi qor, muz qaytaradi.
148. Birinchi teleskopni kim ixtiro qilgan?
J: Galileo Galiley
149. Fanga “Geografiya” nomini kiritgan olim kim?
J: Erastofen.
150. Yerning aylanasi uzunligi 39500 km “geografik kenglik” va “geografik uzunlik” iboralarini fanga olib kirgan olim?
J:Erastofen
151. Kim Yer sayyorasini “shar” shaklida degan iborani birinchi bo’lib e`lon qilgan?
J: Aristotel
152. Shimoly yo’nalish bilan biror predmet orasida hosil bo’lgan burchakka nima дейилади?
J: Azimut
153. 45°Sh/Shq , 90°Shq , 135°J/Shq , 180°J ,225°J/G' ,270°G’ ,315°Shq/G’ burchak azimutlarini aniqlang?
J: Ufq gorizontlari
154. Siz maktabga 90° azimut bilan ketsangiz uyga qaysi azimut bilan qaytasiz?
J: 270° bilan
155. Siz 0° azimut bilan ketsangiz uyga qaysi azimut bilan qaytasiz?
J: 180° bilan
156. Yangi Gvineya orolining yerlik aholisi kimlar?
J: Papuaslar
157. Avstraliyaning tub aholisi kimlar?
J: Aborigenlar
158.Avstraliyani shimoliy sharqiy sohilida joylashgan marjon orollarni nima deb atashadi?
J: Katta to’siq rif orollari
159. Marjon poliplari yashashi uchun qanday sharoitlar kerak?
J: 1) iliq suvli ekvato’rial kengliklar 2) sayoz joylar
160. Okeaniya orollari deb nimaga aytiladi?
J: Tinch okeanidagi Avstraliyadan shimoliy sharq, sharq va janubiy sharq tomonda joylahsgan 7000 ga yaqin orollarga aytiladi.
161. Okeaniya qanday turlarga, qismlarga, guruhlarga bo’linadi?
J: 1-Меlanеziyaqоrа оrоllаr 2-Мiкrоnеziya-mаyda оrоllаr 3- pоlinеziya-ko’p оrоllаrgа
162. Океаniya оrоllаri pаydо bolishigа ko’rа qаndаy оrоllаrgа bo’linаdi?
J: 1)Маterik 2) vulqоn 3)Маrjоn оrоllаr
163. Маrjоn pоliplаri nimа?
J: Ulаr оhаktоshlаrdаn ibоrаt tiriк оrgаnizmlаr bo’lib оziqlanаdilаr, кo’pаyadilаr vа o’lаdilar.
164. Маrjоn оrоllаri yashаshi uchun qаndаy shаrоitlаr kеrаk?
J: 1) Оkеаnning sаyoz jоylаri 2)iliq suvlаr ekvаtоrgа yaqin hududlаr
165. Qаysi sаyyoh оlimni shеr оg’zidаn tirik qоlgаn оlim dеyishadi?
J: D.Liviingstоnni.
166. Viktoriya sharshаrasini Livingston kimning nomi bilani atagan?
J:Angliya qirorоlichаsi nоmiga qo’ygan.
167.Saxel nima?
J: O’t osimliklarga boy savannali suvdan
168. Dunyoni 2-chi bo’lib aylanib chiqqan оlim kim?
J: Dreyk
169 Eng katta bug’oz qаysi?
J: Dreyk bug’ozi.
170. Drеyк bug’ozi qаysi mаtеriklаrni аjrаtib turаdi?
J: Аntаrktidа vа Jаnubiy Аmеriка mаtеriklаrini.
171. Shiмоliy Аmеriкаning shimоlidа Аrкtiкаdа jоylаshgаn оrоllаrning umumiy nоmi nimа?
J: Каnаdа Аrкtiка аrхipеlаgi.
172. Х аsrdа Shimоliy Амеrikаni tоpib, u yerda ko’p yillar yashagan sаyyohlаr kimlаr?
J:Nоrmаnlаr, Erik Raudi va shеriкlаri
173. Аntаrktidаni кiмlаr каshf qilgаn?
J: Rus dengizchilаri Bеllingsgauzеn va Lаzаrеv 1820 yil 18yanvar
174. Janubiy qutbni 1-chi zаbt etgаn оliм кiм ?
J: Nоrveg оliмi Rual Амundsеn
175. Janubiy qutbni 2-chi bo’lib kim zabt etgan?
J: Robert Skot
176. Shimoliy qutbni 1-chi bo’lib zabt etgan?
J: Amerikalik Robert Piri
177.Shimoliy qutbni 2-chi bo’lib zabt etgan?
J: R. Amundsen
178. Jamolungma cho’qqisini kim 1-chi bo’lib zabt etgan?
J: Yangi Zelandiyalik Ye.Xillari
179. O’zbekistonda eng baland cho’qqi qaysi tog’da va cho’qqining nomi nima?
J: Xisor tizmasi Hazrati Sulton 4673 m
180. Tyanshan tog’ining eng baland cho’qqisi
J: G'alaba 7439 m
181. Pomir tog'ining eng baland cho’qqisining nomi nima?
J: Ismoil Somoniy 7495 m
182. Amudaryoni hosil qiladigan daryolar qaysi?
J: Panj va Vaxsh
183. Sirdaryoni hosil qiladigan daryolar qaysi?
J: Norin va Qoradaryo
184. Chirchiq daryosi qaysi daryolarning qo’shilishidan hosil bo’ladi?
J: Chotqol va Pskom
185. Mikluxo Maklay (Rus olimi) Yangi Gvineya orolida Papuaslar orasida bir necha yil yashab nimani isbotlagan?
J: Hamma irq, hamma xalqlar aqliy qobiliyatiga ko’ra tengdir
186. Nima uchun qutbiy ( ham shimoliy, ham janubiy) kengliklarda hamisha sovuq bo’ladi?
J: Chunki quyosh nurlari o’ta qiya tushadi va quyosh nurini yutmay qor va muzlar qaytaradi
187. Agar shimoliy qutbda bo’lsangiz unda qutb yulduzi qayerda ko’rinadi?
J: Qoq tepada ko'rinadi.
188. Qutb yulduzi qaysi yulduz turkumiga kiradi?
J: Kichik ayiq yulduz turkumiga kiradi
189. Shimoliy qutb doirasi nima uchun Arktika deyiladi?
J: Chunki shimol tomonda osmonda katta va kichik Ayiq yulduz turkumlari joylahsgan va kichik ayiq turkumida eng yorug’ yulduz qutb yulduz joylashgan. Ayiq grekchasiga Arktos deyiladi
190. Antarktidada qanday o'simliklar (flora) o'sadi.
J: Lishaynik va moxlar
191. Antarktika so'zining ma`nosi nima?
J: Anti+Arktika ya`ni Arktikaning qarama-qarshi tomoni tushuniladi
192. R. Skotning qabri tepasida qo'yilgan krestga nima deb yozilgan?
J: Izla , top, lekin taslim bo'lma
193. Pingvinlar tuxumini muzlab qolmasligi, ochib chiqishi uchun nima qilishadi?
J: Ular tuxumini bag'riga bosib « qo'lida» oyog'idagi panjasida ko'tarib yuradi.
194. Antarktida eng ko’p kuchli bo’ronlar, to’fonlar, bo’lib turadigan joyi qaysi qismida?
J: Okean bilan materik chegaralarida.
195. Xristofor Kolumb qanday maqsad bilan ekspeditsiya uyushtirgan?
J: Hindistonga boradigan dengiz yo'lini topish uchun
196 X. Kolumbning kemalarining nomi nima?
J: Eng kattasi «Santa Mariya », «Nunyas », « Pinta»
197. Janubiy Amerikani juda ko'p chuqur tekshirgan olim A.Gumboldga qanday nom, laqab berishgan?
J: Ikkinchi Kolumb deb nom berishgan
198. Janubiy Amerikaning g'arbiy chekkasida Tinch okeani sohilida joylashgan tog'ning nomi nima?
J: And tog'lari dunyoda eng uzun tizma
199. Janubiy Amerikaning g'arbiy chekkasida Tinch okean sohilida joylashgan cho'lning nomi nima?
J: Atakama cho'li
200. Janubiy Amerikaning eng janubidagi orollarning nomi nima?
J: Olovli yer orollari.
201. Dunyodagi eng baland 154 m. bo'lgan Anxel sharsharasi qaysi daryoda joylashgan?
J: Orinoko daryosining Churun irmog'ida joylashgan.
202.And tog'laridagi baland tog' o’tloqlari nima deb ataladi?
J: Paраmos.
203. Janubiy Amerikadagi dasht zonasi nima deb ataladi?
J: Pampa.
204. Janubiy Amerikadagi ekvatorial nam o'rmonlar nima deb ataladi?
J: Selvas.
205. Janubiy Amerikaning arslonini nima deb ataladi?
J: Puma.
206. Amerika yo'lbarsi nima deb ataladi?
J: Yaguar.
207. Shimoliy Amerikaning qo'ng'ir ayig'i nima deb ataladi?
J: Grizli.
208. Hindistonga boradigan dengiz yo'lini kim kashf etgan?
J: Vasko Da Gama.
209. Janubiy Amerikaning o'rkachsiz tuyasi nima deyiladi?
J: Lama, guanako.
210. Grenlandiya poytaxti qaysi shahar?
J: Gotxob (Nuur) shahri.
211. X.Kolumb ''Vest Indiya'', ''Garbiy Hindiston'' deb atagan orollar hozir nima deb ataladi?
J: Antil orollari.
212. Eng baland suv qalqishi qaysi okeanda bo 'ladi qayerida kuzatiladi?
Jtinch okeanida Fandi qo'ltig'ida.
213. XV asrda ''Yangi dunyo'' deb qayerni aytishgan?
J: Amerika qit'asini.
214. Braziliyada qaysi tilda so'zlashadi?
J: Portugal tilida.
215. Amerika deb kimning sharafiga atashgan?
J: Amerigo Vespuchchi.
216. Brasiliya nomi nimani anglatadi?
J: Qizil daraxt nomidan olingan.
217. Markaziy va Janubiy Amerika nima uchun Lotin Amerikasi deb ataladi?
J: Chunki Kanada va AQSH ingliz amerikasidan farq qilish uchun shu ikki davlatdan boshqasi ispan, portugal ,va fransuz tillarida so'zlashadi bu tillar esa lotin tilidan kelib chiqqan.
218. Lotin Amerkasi mamlakatlari soni qancha?
J: 30 ga yaqin mamlakat
219. Yevropada eng baland tog' Alp tog'i bo'lib, uning eng baland cho'qqisi nima deb ataladi?
J: Monblan cho'qqisi.
220. Portugaliya keyingi yillarda Yevropaning qanday mamlakati degan laqab bilan atalmoqda.?
J: Yevropaning tikuvchilik fabrikasi degan nomga sazovor bo'lmoqda
221. Italiya yana Yevropada qanday nom olmoqda?
J: Yevropaning poyafzal fabrikasi deb atalmoqda.
222. Gollandiya hududiga tegishli Shimoliy dengiz xududida joylashgan eng katta gaz konining nomi nima?
J: Sloxtern
223. Shimoliy dengiz tagidan 250 dan ortiq neft konlari topilgan, ulardan eng kattasi qaysillar?
J: Statforal va Ekofisk.
224. Qashqadaryo viloyatining qaysi shahrida astronomik kenglik stansiyasi joylashgan?
J: Kitob shahrida.
225. Qashqadaryo viloyati qaysi tumanida geologik qo'riqxona bor?
J: Kitob tumanida.
226. Qashqadaryo viloyatining qaysi tog'ida Amir Temur g'ori joylashgan?
J: Hisor tizmasida joylashgan.
227. Suvaysh kanali qaysi dengizlarni tutashtiradi?
J: O'rta Yer dengizi bilan Qizil dengizni.
228. Suvaysh kanalining uzunligi qancha?
J: 193 km.
229. Suvayish kanalidan bir sutkada nechta kema o'tadi?
J: 50 ga yaqin kema o'tadi . 14 soatdan ko'proq vaqtda kesib o'tadi.
230. Niagara sharsharasidan kemalar qanday o'tadi?
J: Sharsharaning balandligi 50m. Kemalar 8 ta shlyuz sistemasi orqali ham tepaga va pastga ko'tarib yoki pastga tushirib qo'yadi.
231. Yer po'stining cho'kishi yoki yorilishi natijasida hosil bo'lgan ko'llarga nima deyiladi?
J: Tekto'nik ko'llar, masalan; Issiqko'l, Tanganika, Baykal ko'llari.
232. G'orlarda hosil bo'lgan ko'llarga nima deyila?
J: Karst ko'llari deyiladi.
233. Daryolarning eski o'zanlari qayirlarida yoki dengiz sohillarida hosil bo'lgan ko'llarni nima deyiladi?
J: Qoldiq ko'llar
234. Vulqonlarning og'zida hosil bo'lgan ko'llarga nima deyiladi?
J: Krater ko'llar
235. Yer yuzasining yumshoq, o'simliklarni oziqlantirish xususiyatiga ega bo'lgan qoplamiga nima deyiladi?
J: Tuproq deyiladi
236. Nimani tuproqning ona jinsi deyiladi?
J: Nuragan, maydalangan tog' jinslarini
237. Tuproqning unumdorligini nima belgilaydi?
J: Chirindining miqdori
238. Unumdor tuproqlar nima deb ataladi?
J: Strukturali (donador) tuproq—qora tuproqlar
239. Tuproqning tarkibida ona jins mineral moddalar- tog' jinslar chirindi gumusdan tashqari yana nimaning roli katta?
J: 1) Mikroelementlar ( fosfor, temir, azot va boshqalar )
2) Mikroorganizmlar - turli hasharotlar (chuvalchang va boshqalar)
3) Havo va suv harakatlanishi ham zarur.
240. Tuproqni unumdor qilish uchun nimalar qilinadi?
J: Mineral o'gítlar , organik o'g'it (gó'ng) kuzda yerni haydash, yetilgan tuproqqa ishlov berish
241. O'zimizning Mirzacho'lda sug'oriladigan, dehqonchilik qilinayotgan tuproqlar qanday tuproqlar?
J: Bo'z tuproqlar allevial o'tloq tuproqlar daryo bo'ylarida.
242. Bo'z tuproqlar qanday tuproqlarga bo'linadi?
J: Och tusli bo'z tuproqlar ( tekislik cho'llarda ) , oddiy yoki tipik bo'z tuproqlar (adirlarda ) va to'q bo'z tuproqlar ( tog'larda )
243. Tuproqshunoslik fanining asoschisi kim ?
J: Rus olimi Dokkuchayev
244. Rus olimi Dokkuchaev qora tuproqlarni nima degan?
J: Eng unumdor qora tuproqlarni, tuproqlar podshosi degan
245. Allevial tuproqlar deb qanday tuproqlarga aytiladi?
J: Daryolarning oqiziq loyqalari, qumlardan hosil bo'lgan tuproqlarga aytiladi.
246. Bo'z tuproqlarni hosil qilgan ona jins nima deyiladi?
J: Liyoss yotqiziqlari
247. O'zbekistonda tabiat zonalari qanday o'rganiladi?
J: Balandlik mintaqalari vertikal zonallik asosida - adir, tog', yaylov
248. O'zbekistonda cho'l mintaqasi qancha qismini tashkil etadi?
J: 70-80 % hududini
249. Tabiiy zonallik nima?
J: Tabiat komplekslarining ekvatordan shimoliy va janubiy qutblarda tomon almashib borishiga aytiladi-bu zonallikni geografik kengliklar bo'yicha zonallik deyiladi
250. Zonallik 2 xil bo'lagi qanday?
J: Geografik kengliklar bo'yicha zonallik, undan tashqari vertikal zonallik, balandlik mintaqalari zonallik ham bor
251. Vertikal zonallik yoki balandlik mintaqalari deb nimaga aytiladi?
J: Tog'larda pastdan balandga ko'tarilgan sari tabiat komplekslarining almashib borishiga aytiladi
252. Tog' mintaqasi qanday zonalariga bo'linadi?
J: Keng bargli o'rmonlar. Aralash o'rmonlar, igna bargli o'rmonlar zonalariga bo'linadi
253. Cho'l mintaqasida tarqalgan o'simliklar qanday turlarga bo'linadi?
J: Efemerlar, efemeroidlarga bo'linadi. Butalar va daraxt o'simliklari saksavul tarqalgan
254. Efemer o'simliklar deb qanday o'simliklarga aytiladi?
J: Umri qisqa bo'lgan bir bahor faslida ham ko'karib ham (avlod) urug'lab ulguradigan o'simliklarga aytiladi
255. Efemeroid o'simliklar deb qanday o'simlikka aytiladi?
J: Ko'p yillik o'simliklarga aytiladi, ya`ni yantoq, beda, ajiriq va h.z.
256.Cho'l podshosi qaysi o'simlikka aytiladi?
J: Saksovulni
257. Cho'l o'simliklarining tabiiy sharoitga qurg'oqchilika moslashish xususiyatlarini belgilang?
J: 1) Efemerlar bir fasl – umri qisqa
2) Efemeroidlarning ildizlari juda uzun ildizlari chuqur ketadi 20 m gacha
3) Barglar o'rniga tikanlar va barglari mayda namni tejash uchun
4) Barglari qattiq moy yoki shira qoplangan kam bug'lanishi uchun
5) Sho'rxak yerlarda sho'ralar ham barglari bilan moslashgani uchun
258. Cho'l mintaqasi hayvonlari ham tabiiy sharoitiga moslashgan va asosan qanday hayvonlardan iborat?
J: Asosan sudralib yuruvchilar (ilonlar , kaltakesaklar, toshbaqa va tipratikon. O'txo'rlardan - jayron, saygóqlar, buxoro xongul bug'usi, quyonlar va uy hayvonlari - chorva hayvonlari
259. O'rta Osiyo cho'llari qanday cho'llarga bo'linadi?
J: Asosan qum barxanli, toshloqli, sho'rxokli taqir cho'llarga va gilli cho'llarga bo'linadi
260. Mamlakatimizdagi eng past botiq qaysi?
J: Mingbuloq botig'i - 12 m
261. Cho'llarning obod qilingan joylari nima deyiladi?
J: Voha
262. Cho'l hayvonlari ham tabiiy muhitga moslashganligi qanday?
J: Ranglari qum rangida bo’z-sarg’ish tusda suvsizlikka chidamli ko’zlari o’tkir ; issiqda kemiruvchilar inlariga kirib saqlaydilar
263. Biz yashayotgan joy?
J: Mirzacho'l vohasi
264. O'rta Osiyoning, jumladan O'zbekistonning iqlimi qanday iqlim?
J: Keskin kontinental iqlim
265. Ob-havo deb nimaga aytiladi?
J: Atmosferaning, yoki troposferaning bir kunlik, haftalik oylik holatiga ob-havo deyiladi.
266. Iqlim deb nimaga aytiladi?
J: Iqlim deb biror joyning yoki mamlakatning ko'p yillik ob-havo rejimiga aytiladi
267. Iqlim qanday tiplarga bo'linadi?
J: Dengiz iqlimi yoki kontinental iqlim
268. Kontinental iqlim degani quruqlik iqlimi bo'lib u qanday tiplarga bo'linadi?
J: Kontinental, mo'tadil kontinental, keskin kontnental iqlimga bo'linadi
269. Kontinental iqlim degani qish fasli bilan yoz fasli o'z harorati bilan farq qiladi, ya`ni qish sovuq yoz issiq bo'ladi, haroratlar farqi keskin kontinental iqlimda haroratlar farqi (ya`ni amplitudasi) qancha bo'ladi?
J: 70°C, 80°C, 100°C bo'ladi. yozda ( +50°C ) bo'lsa, qishda ( -30°C ) yani 80°C dan katta bo'ladi
270. Buyuk Britaniya oroli iqlimi dengiz iqlimi u yerda haroratlar amplitudasi qancha bo'ladi?
J: Qishda (-10°C) bo'lsa, yozda (+10°C; +20°C)gacha bo'ladi, bor yo'g'i farq 30°C bo'ladi
271. Dengiz iqlimida yog'inlar yil davomida qanday taqsimlanadi?
J: Yil davomida tekis taqsimlanadi (har kun yogádi)
272. Keskin kontinental iqlim bo'lgan O'rta Osiyoda yog'inlar qachon yog'adi?
J: Yozda deyarli yog'maydi, kuz qish va bahorda yog'adi, lekin notekis tekisliklarda 1 mm 100-200 mm bo'lsa tog'larda 800-1000 mm yog'in yog'adi
273. Bizga yog'inlarni qaysi shamollar (havo massalari) olib keladi
J: (G'arbiy) Atlantika havo massalari g'arbdan yog'in olib keladi
274. Yer fanlaridan biri bu Geologiya fanidir u nimani o'rgatadi?
J: U quyosh sistemasi, quyosh va sayyoralarning paydo bo'lishini o'rganadi va asosan Yer sayyorasini, uning ichki tuzilishi va foydali qazilmalarini o'rganadi
275. Geologiya fani ham qadimiy fanlardan va asosan XIX asrdan boshlab fan sifatida tarkib topgan. Dastlab nima haqida baxs yuritilgan?
J: Asosan yerning va boshqa sayyoralar paydo bo'lishi haqida gipotezalar qilishdan boshlangan
276. Gipotezalar ko'p bo'lgan lekin kimlarning gipotezasi dunyo olimlari tomonidan tan olingan?
J: Nemis olimi I .Kant va Frantsuz olimi P.Laplos gipotezasi
277. I.Kant va P. Laplos ularning gipotezasning mazmuni nimadan iborat?
J: Ularning fikricha quyosh va sayyoralar sistemasi kosmik issiq olov, chang va gazlar to'plangan bulutning gravitatsiya kuchlari ta`sirida quyuqlashib, zichlashib bir-biriga yopishib Yer paydo bo'lgan, so'ng uzoq vaqt davomida Yerning yuza qismi sovib (olma murrib, bujmayib, qavariqlar, botiqlar hosil qilganidek) ayrim qismlari ko'tarilgan quruqliklar va Yerning ichi hali ham olov, issiq buning isboti vulqonlarning otilib turishidir deyishgan
278. I.Kant va P. Laplaslarning bu gipotezasi olimlarni XX asrning birinchi yarmigacha qoniqtirib keldi. Lekin qanday kashfiyot tufayli bu gipotezaning noto'g'riligi bilindi?
J: Sayyoramizda seysmik (zil-zila) to'lqinlarning tarqalishi tezligini o'rganish tufayli
279. Seysmik to'lqinlar Yer po'sti va qa`rida qanday tarqaladi?
J: To'lqinlar qattiq jinslarda tez, yumshoq, jinslarda sekin tarqaladi. To'lqinlar yerni po'stidan ko'ra mantiyasi va yadrosida tez tarqaladi. Demak yerning ichi olovgaz emas, balki qattiq tosh jinslardaniborat ekan
280. XX asrning 50 yillarigacha dunyo geologiyasida asosan «geosinkinallar» nazariyasi 150 yil davomida hukmronlik qildi. Bu nazariyalarning muallifi kim?
J: Frantsuz olimi Eli De Bomon
281. XX asrning 60-chi yillarigacha dunyo geologlari asosan sayyoramizning qaysi qismining geologiyasini o'rganishdi?
J: Quruqlik- materiklar geoloiyasini
282. «Geosinkinallar» nazariyasiga ko'ra Yer po'stida bo'ladigan tektonik harakatlar qanday yo'nalishda yuz beradi?
J: Faqat vertikal harakatlar yuqoriga yoki pastga bo'ladi
283. «Geosinkinallar» nazariyasi yana qanday nomlar bilan ataladi?
J: Kantransiya siqilish nazariyasi ham yoki fikrizm nazariyasi ham deb ataladi
284. Kant-Laplas gipotezasi inkor qilingandan so'ng yana yuzlab gipotezalar e`lon qilindi Dunyo geologlariga ma`qul bo'lgan, qanoatlantirgan gipoteza kimning gipotezasi edi?
J: O.Yu. Shmidt gipotezasi
285. Shmidt gipotezasining mazmuni nimasi bilan Kant-Laplas gipotezasidan farq qilar edi
J: Yer va boshqa planetalarni hosil qilgan kosmik jinslar.issiq moddalardan emas balki, sovuq moddalardan iborat bo'lgan va keyinchalik mlrd yillar davomida radioaktiv parchalanish natijasida Yerning ichki qismlarida issiqlik energiyasi to'planib vulqonlar otilishga sababchi bo'ladi, degan fikrni ilgari suradi.
286. Kantraksiya yoki Fiksizm nazariyasi hayotning yangidan yangi savollariga javob topolmay qolgach yangi nazaryaga o'z o'rnini bo'shatib bermoqda..Bu nazariya nima deb ataladi ?
J: Mobilizm nazariyasi
287. Mobilizm yana qanday nomlar bilan yuritiladi
J: Yangi global tektonika yoki Litosfera plitalari tektonikasi nomlari bilan ham yuritiladi
288. Mobilizm nazariyasini kim birinchi ilgari surgan edi ?
J: Buyuk nemis olimi Alfred Vegener 1912 yilda
289. Mobilizm nazariyasining yuzaga kelishiga qanday hodisa sababchi bo'lgan?
J: Dunyo xaritasiga qarab Janubiy Amerikaning bo'rtib turgan qismi Afrikaning kemtik qismiga mos kelishi sabab bo'lgan
290. Mobilizm nazariyasining yuzaga chiqishiga sababchi bo'lgan olimlar qaysilar?
J: Amerika olimlari «Vima» va Glo'mar Chellenjer» kemalarida dunyo okeani suv tagining burg'ulab va exolot yordamida suv osti «Okeanlar o'rta tizmalari» ni tadqiq qilish natijasida yuzaga kelgan
291. Okean tubi tadqiqotlariga hissalarini qo'shgan Sobiq Sovet olimlari kimlar?
J: O.Soroxtin, A .B. Monin, V.Ye. Xain, Peyve, Artishkov, L.Zonenshain L.P. va boshqalar
292. Hindiston plitasi, Arabiston plitasi, Afrika plitalari, Yevrosiyo plitasi bilan to'qnashib Tetis okeanini Yer yutganini kim isbotladi?
J: Zonanshain L.P. tog' jinslarining tarkibini o'rganish yo'li bilan Tibet, Himolay, Pomir, kabi Go'bi cho'lida tog' jinslari i suv osti giperbazitlar jinslardan iborat
293. Yangi nazariyaga ko'ra litosfera plitalari gorizontal yo'nalishda ( dreyf ) harakatlanadi va ularning harakatlari necha xil?
J: Ayrim plitalar yorilib, bo'linib bir-biridan uzoqlashadi.(Atlantika, Hind okeanlari hosil bo'lgan). Rift zonalar, yoki to'qnashadi subduksiya ya`ni Tinch okean plitasi Amerika plitalari va Yevrosiyo plitalari ostiga kirib boradi. Hindiston plitasi kelib to'qnashadi
294.Litosfera plitalari harakatiga imkon beruvchi qobiqni nima deyiladi?
J: Astenosfera deyiladi
295. Astenosfera mantiyaning yuqori qismida litosfera chegarasida joylashgan quyuq, qattiq emas erigan moddalar qobig'i bo'lib plitalar shu qobiq ustida sirg'anadi, plitalarning harakat tezligi qancha?
J: 1 yilda 4-5 sm dan 10 sm gacha
296. Litosfera plitalarini harakatlanishiga nima majbur qiladi?
J: Astenosferadagi yuqori harorat va yuqori bosim
297. Yer sharining vulqonlar otilib turadigan, tog'lar ko'tarilib, yoki Yer po'sti yorilib, cho'kib turadigan mintaqlati qayerda joylashgan?
J: Litosferalarning chegaralarida.
298. Shimoliy Amerikaning maydoni qancha?
J: 24,2 kmkv.
299. Shimoliy Amerikaning g'arbiy chekkasida Alyaskadan Panama bo'ynigacha cho'zilgan tog' Kordilyeriya deb ataladi, uning tarjimasi nima ?
J: Zanjir tog'lar
300. Zanjir tog'ining eng baland cho'qqisi nima deb ataladi ?
J: Alyaskada Makkinli 6193 m
301. Kordilyeriya tog'lari qanday paydo bo'lgan ?
J: Tinch okean plitasi bilan Shimoliy Amerika plitalari to'qnashuvi – Tinch
okean plitasi materik plitasi ostiga kirib borishidan hosil bo'lgan .
302 . Kordilyera tog'larinig baland qismi meridional yo'nalishda cho'zilgan tizma nima deb ataladi?
J: Qoyali tog'lar deb ataladi
303. Kordileriya tog'larining g'arbiy chekkasida Serranevada tizmasida dunyoda eng baland va eng ko'p umr ko'radigan daraxtlardan biri qaysi?
J: Igna bargli sekvoyya daraxti
304. Sekvoyya daraxti necha yilgacha yashaydi?
J: 4-5 ming yilgacha
305. Kordilyeriya tog'ining o'rtalarida chuqur vodiylar, botiqlar ham bor, eng chuqur vodiyning nomi nima?
J: Ajal vodiysi okean sathidan - 86 m pastda
306. Kolorado daryosi nimasi bilan dunyoga mashhur ?
J: O'zinig katta kanyo'ni bilan.
307. Kolorado nomi nimani anglatadi
J: Bo'yoq rangli toshlar
308. Kanyon nima ?
J: Ikkala qirg'og'i tik, chuqur dara 1800 m bo'lib bu daraning uzunligi 324 km
309. Kolorado daryosi qayerga quyiladi?
J: Kaliforniya qo'ltig'iga quyiladi
310. AQSH ning Kordilyera tog'li hududida Yelluston milliy bog'i bor. Bu bog' nimasi bilan dunyoga mashhur?
J: Bu bog'ning 300 dan ortiq geyzerlari bor, eng kattasi Velikan har yarim soatda 91m balandga favvora bo'lib otiladi.
311. Geyzerlar yana qaysi mamlakatlarda ko'p ?
J: Rossiyada Kamchatka yarim orolida geyzerlar vodiysi bor .
Islandiya , Yangi Zellandiya kabi o'ndan ortiq mamlakatlarda bor .
312 . Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida dunyoga mashhur Niagara sharsharasi qayerda joylashgan ?
J: U buyuk ko'llardan oqib chiqadigan Niagara daryosida joylashgan
313 . Niagara sharsharasi qaysi ko'llar orasida joylashgan ?
J: Eri va Ontario ko'llari orasida joylashgan .
314 . Alyaska qanday mineral boyliklarga boy
J: Neft va oltinga
315 . AQSHning buyuk ko'llariga qaysi daryo orqali okean kemalari kirib keladi ?
J: Buyuk ko'llardan oqib chiqadigan San – Laurentiy chuqurlashtirilgan suv yo'li orqali kirib keladi .
316 . Buyuk ko'llar deb qaysi ko'llarga aytiladi ?
J: 5 ta ko'llarga Yuqori ko'l , Guron ko'li, Michigan ko'li , Eri ko'li va Ontario ko'llari o'zaro tutash chuchuk suvli oqar ko'llarga aytiladi .
317. Shimoliy Amerikaning sharqida qazilma boyliklarga boy qadimgi tog'i Apalachi bor uning eng baland cho'qqisi nima deb ataladi ?
J: Mitchel 2028 m
318. Kordilyera to'g'lari qanday qismlarga bo'linadi ?
J: Alyaska kordilyera , Kanada kordilyera , AQSH kordilyera ,
Meksika tog'ligi va Markaziy Amerika to'lariga bo'linadi .
319. Shimoliy Amerikaning shimoliy g'arbini kimlar kashf qilishgan ?
J: Rus dengizchisi V. Beringchirkov , Gvozgyev ular Alyaskani Rus yerlari deb e'lon qilishgan .
320. Alyaskani Rus Podshosi Yekaterina II Nechanchi yilda AQSHga sotib yuborgan?
J: 1967 – yil sotib yuborgan
321. Alyaskani Yevroosiyodan nima ajratib turadi?
J: Bering bug’usi
322. Alyaskani shimoldan o’rab turgan dengiz qaysi ?
J: Bafforta dengizi
323. Alyaskada Shimoliy Amerikaning qaysi chekka nuqtasi joylashgan?
J: Shimoliy Amerikaning g’arbiy chekka nuqtasi Uels shaxzodasi burni joylashgan
324. Alyaskaning yerli aholisi kimlar ?
J: Alyaskalik eskimoslar alenlar .
325. Alyaskaliklar nima bilan shug’ullanadilar ?
J: Asosan baliqchilik turli dengiz hayvonlari va mo’ynali hayvonlarni ovlash bilan shug’ullanadilar
326. Apalachi tog’lari nimasi bilan dunyoga mashhur ?
J: Dunyoga eng uzun Mamont g’ori bilan mashhur
327. Shimoliy Amerikaning shimoliy chekka nuqtasi nima deb ataladi ?
J : Merchison burni
328. Shimoliy xalqlari qanday hayot kechirishadi ?
J: O’z ov maxsulotlarini janubdagi xalqlar bilan ayirbosh qilishadi .
329. Grelandiyaliklar qishda qanday hayot kechirishadi ?
J : Ular tyulenlar terisidan uylar o’tovga o’xshash uylar tikishadi - poli ham devorlari-yu , tomari , eshiklari ham teridan 1 dona sham bilan isitishadi va uy kiyimlarida o’tirishdi
330. Shimoliy Amerikaning janubiy chekkasi nuqtasining nomi nima ?
J: Maryato burni
331. Shimoliy Amerikaning sharqiy chekka nuqtasi qaysi ?
J: Sent Charlz burni
332 . Shimoliy Amerikada tabiat zonalari qanday tartibda joylashgan ?
J: Boshqa materiklardan farq qiladi , ya'ni Meksika qo'ltig'i soxiligacha yoki Karib dengizi soxiligacha deyarli meridional yo'nalishda joylashadi.
333 . Bunga qanday omil sababchi ?
J: Grenlandiya orol muzligi sababli .
334. Shimoliy Amerikaning tabiat zonalarini joylashish tartibi qanday ?
J: Arktika sahrolari zonalari, tundra, o'rmontundra tayga,aralash o'rmonlar, keng bargli o'rmonlar ,savannalar cho'llar va tro'pik o'rmon lar ,mavsumiy nam o'rmonlar, preriyalar – ( o'rmondasht va dasht), subtropiklar, tropik o'rmonlar va savannalar .
335. Materikning g'arbida Kordilyera to'glarida balandlik mintaqalari bilan birga tog' oralig'i botiqlarda chala cho'l va cho'llar ham tarkib topgan ular qaysi vodiylar ?
J: Nevada va Ajal katta havza vodiylari .
336. Shimoliy Amerikaning tundra zonasida qanday o'ziga xos hayvon saqlanib qolgan ?
J : Qo'y ho'kiz
337 . Shimoliy Amerika shimolidagi bo'rilarni qanday nom bilan ataladi ?
J : Kayotlar
338 . Shimoliy Amerika shimolidagi otlarni qanday nom bilan ataladi ?
J : Mustanglar
339 . Preriya zonasining eng diqqatga sazovor hayvoni qaysi ?
J : Bizonlar
340 .Grenlandiya orolini materikdan ajratib turgan dengizning nomi ?
J : Baffino dengizi
341 . Labrador yarim oroli qanday qazilma boylikga boy ?
J : Temir rudasiga
342 . Kanadaning sharqiy soxilida Atlantikada baliqqa boy sayozlik nima deb ataladi ?
J : Nyufaulent bankasi deb ataladi .
343 . Ozodlik haykali qaysi shahar soxilida joylashgan ?
J : Nyu-York shahri sohiliga
344 .Nyu-York shahri asosan qaysi orolda joylashgan ?
J : Manxeten orolida
345 . Karib dengizidagi orollarni Kolumb nima deb atagan edi ?
J : ( ''Vest Indiya'' )-G'arbiy Hindiston
346 .''Vest Indiya '' G'arbiy Hindiston bu orollarning haqiqiy nomi nima ?
J : Antil orollari
347 . Florida yarim oroli qaysi mintaqada joylashgan ?
J : Subtropik mintaqada
348 . AQSHning neft va tabiiy gazga boy rayoni –hududi qaysi ?
J : Misisipi past tekisligi ( Texas shtati ) havzasi .
349 . Amerika '' Volgasi '' deb qaysi daryoni aytishadi ?
J : Misisipi daryosini
350 . Kanada boshqaruvi usiliga ko'ra qanday davlat ?
J : Konstitutsion monarxiya Angliyani dominioni
351 Dominion degani nima degani ?
J : Siyosiy jihatdan Angliyaga qaram .Iqtisodiy jihatdan mustaqil
352 . Kanada maydoniga ko'ra dunyoda nechanchi o'rinda turadi
J : Kanada maydoniga ko'ra dunyoda Rossiyadan keyin ikkinchi o'rinda turadi.
353 . Angliya qirolichasi Kanadaning ham qirolichasi hisoblanadi lekin davlatni kim boshqaradi ?
J : Davlatni saylab qo'yiladigan bosh vazir boshqaradi .
354 . Kanada tabiiy boyliklarga nixoyatda boy, aholisi 30mln kishi, aholisi asosan kimlardan iborat ?
J : Inglizlardan , faqat Monreale , Kvebek hududida fransuzlar va yerli aholisi hindular , shimol xalqlari , eskimoslar , siamlar va boshqalar.
355 . Kanada iqtisodiy jihatdan qudratli davlatlardan biri , u qanday tashkilotlarga a'zo?
J : '' NATO '' va « Katta yettilik » « Millatlar hamkorligi »
356 . AQSh dunyodagi eng buyuk davlat maydoniga ko'ra to'rtinchi o'rinda , aholisinig soniga ko'ranechanchi o'rinda turadi ?
J : Uchinchi o'rinda turadi
357 . AQSh iqtisodiy qudratiga ko'ra tengi yo'q , u jahon sanoati maxsulotning necha %ini bir o'zi ishlab chiqaradi ?
J : 30 % dan ko'prog'ini , 40 % ga yaqinini .
358 . AQSH davlat boshqaruv shakli qanday davlat ?
J : Ikki palatali quyi va yuqori palatali ( kongres ) federativ respublika bo'lib prezident boshqaruvidagi davlat .
359 . AQShning bir o'zi Yevropaning 45 ta rivojlangan mamlakatlari hammasi bir yilda qancha maxsulot ishlab chiqarsa , uning bir o'zi deyarli shuncha jahon sanoatdagi hissasi qancha?
J : 32 %
360 . AQSh qachon mustaqillikka erishgan ?
J : 1776 – yil 4-Iyulda
361 . AQSh qanday iqtisodiy rayonlarga bo’linadi ?
J : U 3 ta qismga bo’linadi :
1 . Shimoliy sharqiy iqtisodiy rayo n
2 . G’arbiy iqtisodiy rayon
3 . Janubiy iqtisodiy rayon
362 . AQShning birinchi prezidenti kim bo’lgan ?
J : Jorj Vashington
363 . Kanadaning qaysi shahri bug’doy porti poytaxti deb yuritiladi ?
J : Vinnipeg shahri .
364 . Kanadaning maydoni qancha ?
J : Salkam 10mln km(kv.)
365 . AQShning maydoni qancha ?
J : 9.4 mln km(kv.)
366 . AQSh hammasi bo'lib nechta shtatga bo'lingan ?
J : 50 ta shtat va 1ta okrug .
367 . AQShning Kolumbiya okrugida nima joylashgan ?
J : Kolumbiya okrugida joylashgan poytaxti Vashington shahri .
368 . AQShning asosiy hududida nechta shtat joylashgan ?
J : 48 ta shtat
369 . AQShning qolgan shtatlari qaysi ?
J : 49-shtat Alyaska , 50-shtat Gavaya orollari
370 . Gavaya orollari nimasi bilan mashhur ?
J : Eng ko'p yog'in yog'adi , dam olish maskanlari, ajoyib go'zal tabiati, vulqonlari geyzerlari.
371. Gavay shtatining poytaxti qaysi shaxar?
J : Gonolulu.
372. Shimoliy Amerikaning janubiy sharqiy qirg'oqlari bo'ylab qanday oqim oqib o'tadi?
J : Golfistrim iliq oqimi.
373 . Golfstrim oqimi materikka qanday ta'sir ko'rsatadi ?
J : Sharqiy qismining iqlimini yumshatib yog'inlarning ko'p yog'ishiga sabab bo'ladi.
374 . Golfistrim oqimi shimoliy-sharqiy Yevropaga burilgandan so'ng uning nomi nima bo'ladi ?
J : Shimoliy Atlantika iliq oqimi deyiladi .
375 . Shimoliy Atlantika iliq oqimi tufayli Shimoliy Muz Okeanining qaysi dengizlari qishda ham muzlamaydi ?
J : Norvegiya va Barens dengizlari muzlamaydi .
376 . Shimoliy Atlantika oqimi tepasida hosil bo'lgan nam havo massalarini bizga nima olib keladi ?
J : G'arbiy shamollar oqimini va yog'nlarni olib keladi .
378 . G'arbdan kelayotgan havo massalarini Qoraqum va Qizilqum cho'llari yoki turon past tekisligida to'siqqa uchramaganligi tufayli nima bo'ladi ?
J : Yog'in kam yog'adi , bir yilda 100 mm
379 . Gudzon qo'ltig'i qaysi dengiz qo'ltig'i hisoblanadi ?
J : Baffin dengizi qo'ltig'i
380 . Tog'larimizdada yo'g'in 10 barobar ko'p yog'in yog'adi bunga nima sabab ?
J : Tog'lar havo massalarining yo'lini to'sib ularning ko'tarilishiga majbur qiladi va sovub bug' holatidan tomchiga (kondensatsiya) aylanib yog'inlar hosil bo'ladi .
381 . Shimoliy Amerikaning shimoliy sharqida joylashgan Gudzon qo'ltig'iga nima deb nom qo'yishgan ?
J : Muz to'ldirilgan qop .
382 Gudzon qo'ltig'ini dengizdan nima ajrtib turibdi ?
J : Baffin oroli
383 . Shimoliy Amerikaning qaysi daryosi uchta ko'lga quyilib va oqib chiqib Bafforta dengiziga quyiladi ?
J : Makkenzi daryosi
384 . Karib dengizi havzasida joylashgan '' Vest India '' Antil orollaridan eng katta orol Kuba orolidir shu orolda joylashgan Kuba Respublikasi qachon mustaqillikka erishdi ?
J : 1959 yil 1-yanvarda
385 . Kuba Respublikasi nimasi bilan dunyoga mashhur ?
J : Udunyoga shakarqamish yetishtirishda 3-o'rinda turadi . O'zi kichkina mamlakat bo'lsa ham ( maydoni 111 min km(kv)aholisi 10 mln kishi )
386 . Kattaligiga ko'ra ikkinchi orol . Gaiti orolida 2 ta davlat joylashgan bu davlatlar qaysi davlatlar ?
J : 1) Gaiti maydoni 28ming km (kv) ,aholisi 5mln kishi poytaxti Port o prens .
2) Dominikana respublikasi maydoni 40mingkm (kv) , aholisi 5mln kishi
poytaxti Santo Domingo
387 . Yevroosiyo materigi eng katta materik bo'lib u ikkita qit'aga bo'linadi . Yevropa va Osiyo bu atamalarni ma'nosi nima ?
J : Yevropa – kun botish va Osiyo –kun chiqish ma'nolarini bildiradi.
388 . Yevrosiyoning maydoni 54 mln km (kv) bo'lsa Yevropaning hissasi 10 mln km (kv) shundan Rossiyaning ulushi qancha ?
J : 4.1 mln km (kv) qismi Rossiya hududi , 5.9 mln km (kv) boshqa qolgan Evro'pa mamlakatlariniki .
389 . AQShning Kaliforniya vodiysi qanday resurslarga boy ?
J : Asosan neft,tabiiy gaz kabi resurslarga
390 . Kaliforniya vodiysining Los-Anjeles , San-Fransisko qismini nima uchun Selikonovoy vodiysi deb yuritiladi ?
J : Asosan Elektronika sanoati va ilmiy tadqiqot ishlari muassasalari ko'pligi sababli
391 . Los-Anjeles shahri nimasi bilan dunyoga mashhur?
J: Dunyoda Gollivud kino studiyasi bilan mashhur.
392. Kaliforniya shtati bir o'zi Italiyadan nimasiga ko'ra ustun turadi?
J: Sanoat mahsuloti hajmiga ko'ra
393. AQSH ning qaysi shahri Toshkent shahri bilan qardoshlashgan?
J: Sietl shahri
394. Sietl shahri qayerda joylashgan?
J: AQSHning shimoliy g'arbiy chekkasida joylashgan
395. Sietl shahri qaysi shtatning markazi?
J: Vashington shtatining markazi
396. AQSHning eng mavqei yuqori bo'lgan sanoat tarmoqlaridan biri avtomobil sanoati markazi qaysi shaharda joylashgan?
J:Detroit shahri
397. Detroit shahri qayerda joylashgan?
J: Buyuk ko'llar o'lkasi Michigan shtatida
398. AQSH avtomobil sanoati kimning nomi bilan bog'liq?
J: G. Ford
399. AQSHning eng katta sanoat markazi qaysi shahar?
J: Nyu-York shahri
400. Nyu-Yorkda jahon mamlakatlarining muammolarini hal qilinadigan qanday tashkilot bor? J: Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)
401. Nyu-York shahri AQSHning eng yirik dengiz porti, savdo markazi, sanoat markazi, mahobatli shahar, ko'prigu, osmon o'par uylari kishining aqlini shoshiradi. Uning eng katta ko'chasi nima deb ataladi?
J: Brodvey ko'chasi
402. AQSHning astronomik tadqiqotlar qilish milliy markazi NASA qaysi shaharda joylashgan?
J: Xyuston shahri
403. Yevropaning o'zi sharqiy va g'arbiy Yevropaga bo'linadi . G'arbiy Yevropaning o'zi qanday subregionlarga bo'linadi ?
J : Shimoliy Yevropa , O'rta Yevropa va Janubiy Yevropaga bo'linadi .
404 . Yevropaning rivojlangan mamlakatlari asosan shimoliy Yevropadagi mamlakatlari ular qaysi davlatlar ?
J : Norvegiya , Fillandiya , Islandiya , Shvetsiya Daniya davlatlari .
405 . Janubiy Yevropa mamlakatlari orasida eng rivojlangani Italiya . Italya so'zining ma'nosi nima ?
J : Buzoqlar mamlakati
406 . Italiya poytaxti Rim shahri , u qaysi daryo bo'yida joylashgan ?
J : Tibr daryosi bo'yida .
407 . Rim shahridagi Kapitoliy tepaligida ona bo'riga nima uchun haykal qo'yilgan?
J: Rem va Rom nomli go'daklarni Tibr daryosida savatga oqib kelayotgan go'daklarni qutqarib emizib katta qilganligi uchun ona bo'ri Rim shahri shu go'daklar birining nomi. .
408. Rim shahri qadimgi Rim imperiyasining poytaxti bo'lgan.Hozir Rim shahrining bir mavzesida [ kvartalida] joylashgan boy davlatning nomi nima?
J: U davlat Vatikan davlati butun dunyo katolik dinining markazi Rim papasi joylashgan .
409 . Italiya dunyoning 7 ta buyuk davlatlar tashkilotiga a'zo . Yevropa davlatlaridan yana qaysi davlatalar katta yettilikka a'zo ?
J : Germaniya , Fransiya , Buyuk Britaniya .
410 . Italiya joylashgan yarim orolning nomi nima ?
J : Apenin yarim oroli
411 . Italiya bilan Fransiyani bog'laydigan tunnelning nomi nima ?
J : Simplon temir yo'l tunneli .
412 . Simplon tunneli qaysi tog'ni teshib o'tgan ?
J : Alp tog'larini .
413 . Alp tog'I Yevopaning eng baland tog'lari bo'lib uning eng baland cho'qqisi nima deb ataladi ?
J : Monblan cho'qqisi
414 . Italiyaning eng yirik sanoat markazi.Milan shahri joylashgan Lombardiya past tekkisligi qaysi daryo vodiysi hisoblanadi ?
J : Po daryosi vodiysi
415 . Italiyaning qaysi shahri ko'chalarida faqat qayiqlarda yurishadi ?'
J: Venetsiya shahrida.
416. Italyaning qishloq xo'jaligida eng yetakchi tarmoq qaysi ?
J: Mevachilik, bog'darchilik.
417.O'rta dengizdagi eng katta orollar Italyaga tegishli bu orollar qaysi orollar ?
J: Sittsiliya va Sardiniya Elba
418. Italiyada yangi eramizning 79 yilida Vezuviy vulqoni kullari, lavalari ostida qolib ketgan shahar qaysi shahar?
J: Pompeya
419. Pampeya shahrini Yer ostidan necha yildan keyin topishgan?
J: Deyarli 1,5 ming yildan so'ng topishgan
420. Qanday tasodif Pampeya shahrining topilishiga sabab bo'lgan?
J: Bir dehqon o'z tomorqasini ishlayotib marmar haykalning boshini topgan va arxeologlar yer ostidan butun bir shaharni topishgan, hozirda muzey shahar
421. Italiya hududida yana qanday so'nmagan vulqonlar bor?
J: Vezuviydan tashqari Etna, Stromboli vulqonlari bor
422. O'rta asrlarda Ispaniya kim tufayli dunyoning qudratli davlatiga aylandi?
J: X. Kolumb tufayli
423. Janubiy Yevropa mamlakatlari rivojlanish darajasiga ko'ra 3-o'rinda, lekin Yevropadagi maydoniga ko'ra faqat Frantsiyadan keyin turadigan davlat bu Ispaniyadir. Ispaniya va Portugaliya qaysi yarim orolda joylashgan?
J: Pereney yarim orolida joylashgan
424. X. Kolumb ham Amerigo Vespuchi ham asli qaysi mamlakat farzandlari bo'lishgan?
J: Italiyalik bo'lib ota onalari ko'chib borishgan
425. Amerika qit`asida deyarli 20 ta davlat shuningdek, AQSHning g'arbiy va janubiy hududlari ham Ispaniya mustamlakalari bo'lgan va barchasi qaysi tilda so'zlashadi?
J: Ispan tilida
426. Faqat Braziliya qaysi tilda so'zlashadi?
J: Portugal tilida chunki uning mustamlakasi bo'lgan
427. Nima uchun Janubiy Amerika xalqlari aralashib ketdi?
J: Angliya - Ispan urushi Ispaniya mag'lubiyati sababli
428. Nima uchun Janubiy Amerikani Lotin Amerikasi deb ataladi?
J: AQSH va Kanada ingliz amerikasi ingliz tilida so'zlashganligi uchun, ularni farqlash maqsadida shunday atashgan, chunki Ispan va Portugal tillari Lotin tilidan kelib chiqqan
429. Janubiy Yevropada yana bir ajoyib mamlakat joylashgan, bu davlat qaysi?
J: Gretsiya davlati
430. Gretsiya jahon sivilizatsiyasining vatani, dunyo madaniyatiga, faniga asos solgan u qaysi yarim orolda joylashgan?
J: Bolqon yarim oroli
431. Bolqon yarim oroli janubida Peloponnes yarim orolida qadimda qanday davlat joylashgan edi. Uning 300 ta askari qudratli Eron qo'shiniga bas kelib urush olib borgan u qaysi davlat?
J: Sparta davlati
432. Dunyo fanlari tarix, matematika, falsafa, fizika, geografiya, geometriya kabi o'nlab fanlarning otasi asoschilari Grek olimlari bo'lgan hozir ham dunyo shifokorlari mutaxassislik hujjati olayotganda qanday qasamyod qabul qilishadi?
J: Gippokrat qasami.
433. Lokonichno nutq so'zladi degani, Spartaliklar o'z yurtlarini Lakoniya deb atashgan, ular o'z fikrlarini qisqa va lo'nda hamda chiroyli ifodalay olishgan, shuning uchun Yevropaliklar qisqa va ma`noli nutqni nima deyishgan?
J: Lakonichno Lakoniyaliklardek Lako'nichasiga so'zladi, gapirdi deyishadi
434. Hozirgi Turkiya davlati joylashgan Kichik Osiyo yarim oroli ham Gretsiya hududi bo'lgan, keyinchalik Rim imperiyasi bosib olgan. Uning poytaxti qaysi shahar bo'lgan?
J: Konstantinopol shahri
435. Melodiy yilning boshlarida IV asrlarida Soljuq turklari Xorazmdan Kichik Osiyogacha ko'chib borib, sekin asta butun Kichik Osiyoni bosib olishgan. Vizantiyani qachon egallashgan?
J: XIV-XV asrlarda Konstantinopol 1453 y. XV asr shahrini nomi o'zgargan va Istambul shahri bo'ldi
436. Istambul shahri qayerda joylashgan?
J: Qora dengizni Marmar va O'rta dengizlari bilan bog'laydigan Bosfor bug'uzining ikkala sohilida ham Yevropada ham Osiyoda joylashgan
437. Shimoliy Yevropa mamlakatlaridan Norvegiya qayerda joylashgan?
J: Skandinaviya yarim orolining shimoliy chekkasida joylashgan
438. Norvegiya Yevropadagi meridional yo'nalishidagi qanday mamlakat?
J: Eng uzun mamlakat
439. Norvegiyaning shimoliy qirg'og'i o'ziga hos, juda ko'pdan ko'p tor va chuqur qo'ltiqchalardan iborat qirg'oqqa ega, bunday qirg'oq va qo'ltiqlar nima deb ataladi?
J: Feord deb ataladi
440. Eng uzun Feord nima deb ataladi?
J: Sognefeord deb ataladi
441. Norvegiya aholisi bor yo'g'i 5 mln. ga yaqin lekin ulardan ko'pgina dunyoga tanilgan atoqli olimlar sayyohlar yetishib chiqqan ulardan kimlarni bilasiz?
J: Rual Amundsen, Erik Raundi, Tur Xayerdal, Nansen va boshqalar
442. Erik Raudi kim?
J: U Shimoliy Amerikani 1-chi kashf qilib, u yerda o'z jamoasi turar joylar qurib yashagan kitoblar, xaritalar, chizgan
443 . R . Amudsen kim ?
J : U shimoliy qutibni ikkinchi va janubiy
qutibni birinchi bo'lib zabt etgan norveg sayyohi.
444. Tur Xayerdal kim?
J: U o'z jamoasi bilan papirus qamishidan to''qilgan kema yasab o''zlari bilan hech qanday oziq –ovqat va boshqa asbob anjomlar olmasdan Atlantika okeanidan Amerikaqa suzib o''tqan.
445 . Bu bilan nimani isbotlagan ?
J : Iptidoiy odamlar sharqiy yarimshardan suzib o'tganliklarini isbotlagan
446 . Norvegiya dunyoda o'ziga xos mamlakat uning energetika sanoatida
99 % elektr energiyasini qaysi elektr stansiyalar ishlab chiqaradi ?
J : GES larda ishlab chiqaradi .
447 . Aytish mumkin Norvegiyada daryolar xaritada ko'rinmaydi-ku deb sabab nima ?
J : Norvegiyada yog'in ko'p yog'adi va har bir feordga kalta lekin sersuv va Skandinaviya to'glaridan oqib tushuvchi minglab daryolar bor .
448 . Norvegiya dunyoda yana qanday ko'rsatgichlari bilan ajralib turadi ?
J : U baliq ovlashda , yirik savdo floti birovlar yuklarini tashiydi ya'ni hammollik (kirakashlik) qilib daromad qiladi .
449 . Norvegiyaning poytaxti Oslo shahri mamlakat janubida joylashgan bo'lib u qaysi ko'rfaz orqali ham Shimoliy, ham Boltiq dengizlariga chiqadigan dengiz porti hisoblanadi .
J : Bokus qo'ltig'i orqali
450 . Shimoliy Yevropaning yana bir kichik mamlakati Daniya bo'lib , u qayerda joylashgan ?
J : U asosan Yutlandiya yarim orolida va o'nlab orollarda joylashgan .
451 . Uning ya'ni Daniyaning poytaxti qayerda joylashgan ?
J : Poytaxti Kopengagen shahri Kattegat bug'uzidagi eng katta orol Zellandiya orolida joylashgan .
452 . Daniyaning maydoni 44 ming km(kv.) , aholisi 5.5 mln ga yaqin bo'lsa
unga 2.2 mln km (kv.) bo'lgan Grenlandiya oroli qarashli Grenlandiyada odam yashaydimi ?
J : Grenlandiyada 80 mingga yaqin odam yashaydi .Uning poytaxti Gotxop shahri .
453 . Daniya qirolligi XVIII asrlarda Angliya qirolligiga taxdid solib xatto nimaga erishgan ?
J : Bir qismini bosib olib o'z shartlarini bajarishga majbur qilganlar .
454 .Daniya hozir ham Yevopaning rivojlangan mamlakatlaridan biri u nimasi bilan mashhur ?
J : Uni Yevropaning sut fermasi deyishadi .
456 . Shimoliy Yevropaning eng kichik mamlakatlaridan biri Islandiya oroli davlati bo'lib Islandiya so'zinig ma'nosi nima ?
J : Muz mamlakati degani
457 . Nima uchun Islandiyaga bunday nom berishgan ?
J : Dengizda suzib yurib kemadan qaragan kishiga uning vulqonlari , tog'lariga qarab muzlar bilan qoplangan bo'lib ko'ringan va shu sababli shunday nom qo'yishgan .
458 . Grenlandiyani yashil mamlakat deb atashgan nima sababli ?
J : Chunki uning tik qirq'oqlari yashil lishaynik-moxlari bilan qoplangan uzoqdan yam-yashil ko'ringani uchun .
459 . Islandiya shimoliy qutb doirasida joylashgan , ochiq kunlar kam bo'ladi , lekin bu mamlakat aholisi unchalik ehtiyoj sezmaydi , issiqxonalarda pomidor , bodring , piyoz , karam kabi sabzavotlar yil bo'yi pishib turadi . Bunday bo'lishiga sabab nima ?
J : Geyzerlar – issiq buloqlar ya`ni geyzerlar ko'p bo'lgani uchun .
460 . Islandiyaning poytaxtida qancha aholi yashaydi ?
J : Poytaxti Reykyavik . Shahrida 80-90 ming kishi yashaydi shaharni qishdaisitishda bizga o'xshab ko'mir, neft yokigaz kerak emas geyzerlar yordamida.
461 . Shimoliy Yevropaning eng qudratli rivojlangan mamlakati bu Shvetsiya bo'lib aholisi 10 mln kishiga yaqin uning poytaxti qaysi shahar ?
J : Stokgolm shahri
462 . Shvetsiyani janubiy g'arbdan va janub , hamda sharq tomondan qaysi dengiz suvlari qirg'oqlarini yuvib turadi ?
J: Boltiq dengizi .
463. Shvetsiya XVII asr oxirlarida Yevropaning eng qudratli davlati bo'lgan , uning qiroli Karl XII Rossiyani bosib olmoqchi bo'lib kelgan va qaysi jangda Pyotr I uni mag'lub etgan va Yevropaga darcha ochgan va Sank-Peterburg shahrini Neva daryosi deltasida 1703 – yil g'alaba sharafiga shahar qurgan ?
J: Poltava jangida .
464. Shvetsiya xo'jaligida eng asosiy tarmoq qaysilar?
J: Energetika , metallurgiya ( qora va rangli ) , mashinasozlik , kimyo , o'rmon sanoati , uning avtomobillari '' VOLVO '' deb ataladi .
465. Shimoliy Yevropaning yana bir mamlakati bu Finlandiyadir ular o'z mamlakatlarini nima deb atashadi ?
J: Suomi ya'ni Ko'llar mamlakati deyiladi .
466. Finlandiyada nega buncha ko'llar ko'p ?
J: Bundan birnecha o'n ming yillar avval butun Skandinaviya va Finlandiya – Fennoskandiyani qalin muzlik bosgan bo'lib bu muzlik shimoldan janubga tomon sekin-asta siljib [dreyf] o'z yo'lida o'yib, o'pirib tabiiy chuqurliklar hosil qilgan hozirbuchuqurliklarni suv to'ldirib ko'llar hosil bolgan Finlandiyaning maydoni 324 ming km (kv.) va aholisining soni 5mln kishidan ko'proq bo'lib Yevropaning rivojlangan mamlakatlaridan biridir , poytaxti Helsinki shahri uning asosiy sanoat markazi qaysi ?
467. Finlandiyaning asosiy sanoat tarmog'i qaysi?
J: Ormon sanoati va o'rmon kimyo sanoati Yevropada eng yetakchi .
468. O'rta Yevropa mamlakatlari Yevropaning eng rivojlangan mamlakatlari bo'lib ,ulardan biri Buyuk Britaniya qirolligidir,uning tarkibida nechta qirollik bor?
469.U 4 ta qirollikdan Angliya , Shotlandiya , Uels va Shimoliy Irlandiya qirolliklari bo'lib u qanday nom bilan yuritiladi ?
J:Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirollik –inglizcha so'z bo'lib «GREAT BRITAIN and NORTH IRLAND UNITED KINGDOM (UK)» deb yuritiladi
470. Uning poytaxti qaysi shahar?.
J.Londo'nshahri.
471. London shahri dunyoda eng katta nimaga ega?
J: Valyuta bankiga ega .
472. Buyuk Britaniyaning maydoni 244 ming km (kv) , aholisi 53 mln kishi bo'lib aholisining soniga ko’ra Yevropada 4-o’rinda bo’lib o’zining hududidan ko’ra necha marta katta hududni o’zining mustamlakasiga aylantirib bosib olgan edi ?
J: O'zinig hududidan 400 barobar ko'p hududni bosib olgan .
473. Nima uchun ham shimoliy amerika ham janubiy amerika XIX asrga kelib inglizlar hukmronligiga o'tdi ?
J: Ispaniyaning '' Yengilmas Armada '' deb atalgan harbiy dengiz flotini mag'lub etgach butun Amerika ham shimoliy ham janubiy Amerika uning mustamlakasiga aylandi .
474. Lotin Amerikasi mamlakatlari qanday qilib mustaqillikga erishishdi?
J: Dunyoda gegomonlik A.Q.Sh. qo'liga o'tgach Lotin Amerikasi mamlakatlari XX asr boshlarida mustaqillikga erishishdi .
475. Hozir ham Kanada va Avstraliya siyosiy jihatdan Angliyaga qaram davlat hisoblanadi. Angliya qirolichasi ularning ham qirolichasi , chunki ularning aholisi ham , hokimyat ham kimning qo'lida ?
J: Britaniyaliklar qo'lida bu bilan ular g'ururlanishadi.
476. Buyuk Britaniya davlat tuzimiga ko'ra qanday davlat ?
J: Konstitutsion monarxiyadir .
477. Davlatni kim boshqaradi?
J:Saylab qo'yiladgani Bosh ministr, vazir, idora .qiladi.
478. Buyuk Britaniya kapitalizmning ya'ni sanoatlashgan ishlab chiqarishning nimasi deyiladi?
J: Mashinalashgan sanoatning (kapitalizmning ) beshigi deyishadi.
479 . Angliya poytaxti London shahri qaysi daryo bo'yida joylashgan?
J: Temza daryosi bo’yida
480. London shahri dengizdan 60 km (Lamansh bo’guzi) ichkarida joylashgan bo’lsa ham okean kemalari kirib kelishadi qanday qilib?
J: Dengiz qalqib va qaytib turganligi (Priliv-Otliv) uchun qalqish paytida kemalar kirib boradi, qaytish .paytida 6 soat davomida tushirib va yuklarni yuklab bo'lishadi.
481. Londonda dunyoga mashhur suv osti va quruqlik organic dunyosini tadqiq etuvchi qanday kino studiyasi joylashgan?
J: BBSI kino studiyasi
482. Lomansh bug’ uzining eng tor joyini nima deb atashadi?
J: Pade-Kale bug’ uzidir.
483. Londonda dunyoning eng ajoyib tarixiy noyob narsalari saqlanadigan muzeylarida nimalarni ko’rish mumkin?
J: Bundan 3 ming yil oldin yashagan Fraun jasadini,Hindiston Boburshoh saltanati toji-Ko’hinur,tug’ma olmos (samorodok) toshi-Nur tog’ ini ko’rish mumkin .
484. Shotlandiyaning poytaxti qaysi shahar?
J : Edinburg shahri. Glazgo eng katta sanoat markazi.
485. Uelsning poytaxti qaysi shahar?
J: Kardif shahri
486. Shimoliy Irlandiyaning poytaxti qaysi shahar?
J: Belfast shahri.
487. O’rta Yevropaning yana bir katta mamlakati bu Fransiyadir.U Yevropaning nimasiga ko’ra eng yuqori mavqeyga ega?
J: U maydoniga ko’ra g’arbiy Yevropada eng katta mamlakat
488.Fransiya hamisha ham Angliya bilan ham Germanya bilan ham Yevropada gegomonlik uchun kurashib kelgan qadimda o'zimizning yurtimizdagi kishilar Fransiyani nima deb atashgan?
J: Farangiston deb ataganlar.
489. Fransiyaning poytaxti Parij shahri qanday shahar deb nom qozongan?
J: Dunyoning eng go'zal shahri va modalar shahri.
490. Parij qaysi daryoning bo'yida joylashgan?
J: Sena daryosi
491. Parijning timsoli nima hisoblanadi?
J: Eyfell minorasi
492. Fransiyaning sobiq mustamlakalari qaysi mamlakatlari?
J: Afrikada Jazoir,Liviya,Chad,Osiyoda Hindixitoy yarim orolidagi Vetnam,Kompojja,Tayland kabi mamlakatlar shiningdek okeaniyadagi va Karib dengizi havzasidagi bir necha orollar vaTinch okeandaunga qarashli orollar hisoblanadi.
493. Fransiya Yevropadagi tabiiy boyliklarga eng boy mamlakatdir .U qanday tabiiy boyliklarga ega?
J: Uning yoqilg'i resurslaridan asosan ko'mirElzas-Lotaringya havzalari ayniqsa temir rudasi va kimyoviy resurslar shuningdek markaziy massiv ko'mir,uran, alyumin xomashyosi va boshqa rangli metall rudalariga eng boy.
494. Fransiya energetika sanoati qaysi hususiyati bilan boshqa qo'shnilaridan farq qiladi?
J: Uning energetikasida gidro energetikasining hissasi 50 % elektr energiya ishlab chiqarishi bilan farq qiladi.
495. Fransiyaning GESlari asosan qaysi daryolariga qurilgan?
J: Asosan Rona daryosi va uning Alp tog'laridan boshlanadigan irmoqlariga qurilgan, shuningdek Markaziy massiv tog'laridan boshlanadigan daryolarga qurilgan.
496. Fransiyaning Lamansh bo'g'uzi sohillarida Gavr,SHerbur va boshqa portlaridan tashqari o'rta dengiz bo'yidagi port qaysi?
J: Marsel porti.
497. O'rta dengizda Fransiyaga qaysi orol qarashli?
J: Korsika oroli
498. Fransiya Yevropada qanday ko’rsatgichlari bilan mashhur?
J: Yo’lovchi tashiydigan super ekspres poyezdlari Parij-Lion
yo’nalishi soatiga 500 km tezligi va super tankerlari-500 ming tonna yuk ko’taradigan kemalari bilan ajiralib turadi.
499. Fransiya va Buyuk Britaniya bilan 100 yil davomida urush olib borishgan,
urushning sababi nima edi?
J: Chunki Buyuk Britaniyani Fnasiyaliklar bosib olgan edi. Angliya qirolichasi Fransuz bo'lib uning avlodi qirollik qilayotgan yerda Fransiyani ham qo'shib olib o'zi qirollik qilmoqchi bo'ladi. Bunga Fransiya tomoni rozi bo'lmaydi ayol urug'iga bo'ysunishni hoxlashmaydi va urush davom etadi.
500. Fransiya qo'shinlari ko'p,kurashdi ko'p marta mag'lubiyatga uchravergach kimning qahramonligi,tashabbusi bilan butun xalq dushmanga qarshi ko'tariladi va Fransiya o'zmustaqilligini saqlab qoldi va u milliy qahramonga aylanadi.
J: Djanna Dark milliy qahramonga aylanadi.
501. Dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri Germaniya Federativ respublikasi bo'lib uning maydoni 356 ming km(kv),aholisi 83mln. kishi u hududiga aholisi soniga ko'ra Yevropada nechanchi o'rinda turadi?
J: Maydoniga ko'ra to'rtinchi aholisiga ko'ra birinchi
502. Germaniya Federativ Respublikasi geografik o'rnining qulayligi nimada?
J: U g'arbiy Yevropaning markazida joylashganligi va ham Boltiq dengizida ham shimoliy dengizga chiqa oladi. U o'z hududidan Yutlandiya yarim orolini kesib o'tuvchi Kil kanali qazib va kemalar uchun yo'lni qisqartirgan va bu kanal ham daromad keltiradi .
503. Germaniyaning asosiy boyligi ko'mir havzalari qaysi?
J: Yevropada eng yirik ko'mir havzasi RUR, shuningdek Soar va Axen havzalari asosiy qora metallurgiya bazalariga aylandi
504. RUR havzasiga kemalar qayerdan kirib keladi?
J: Asosan Niderlandiyaning dunyoning eng katta porti Roterdam porti orqali kirib keladi
505. RUR havzasi mamlakatning asosiy energetika, qora metallurgiya, mashinasozlik markazida 10 dan ortiq sanoat shaharlari qad ko'targan.RUR havzasiga boyitilgan temir rudalari qaerdan keltiriladi?
J:Shvetsiyaning Kiruna havzasidan keltiriladi.
506.RUR havzasi hozir Germaniya Federativ Respublikasining eski sanoat maydoni bo'lib hozirgi zamon texnologiyasiga javob bera olmay qoldi , hozir mamlakatning eng asosiy sanoat rayonlari qaysilar?
J: Reyn bo'yi sanoat rayonlari Shtutgart , Mangaym , Franfurt shuningdek Bavariyaning Miyunxen ,Boltiq va Shimoliy dengizlari, portlari Gamburg,Bremen, Rostok. Keyoln kabi yirik sanoat rayonlari ,markazlari liderlik qilmoqda.
507. Germaniya ko'plab daholar yurti ulardan kimlarni bilasiz?
J: Maks Plank , A. Eyn'shteyn , A.Gumbolt , Shiller , Motsart , Betxoven va boshqalar.
508. Ikkala German davlatlari qachon birlashdi ?
J: 1989 yillarning boshlarida
509. Germaniya hozir iqtisodiy mavqeyiga ko'ra dunyoda AQSH va Yaponyadan keyin 3 – o'rinda turadi .U dunyoning qancha maxsulotini ishlab chiqaradi ?
J: U dunyoning 10 % sanoat maxsuloti uning hissasiga to'g'ri keladi.
510. Nima uchun Germaniyani Federativ Respublika deb yuritiladi?
J: Chunki Germaniya 16 ta siyosiy birlik. Har biri aloxida davlat sifatida idora qilinadi va markaziy hukumatga bo'y sunadi.
511. Germaniyaning Drezden shahri nimasi bilan mashxur ?
J: Drezden Golereyasi muzeyi bilan mashxur.
512. O'rta Yevropaning rivojlangan mamlakatlaridan biri Niderlandiya yoki Gollandiya bo'lib, uning maydoni 41ming km kvadrat , aholisi 15 mln ga yaqin bo'lib u qayerda joylashgan ?
J: U Yevropaning eng g'arbida Shimoliy dengiz bo'yida sharqda Germaniya, janubiy g'arbda Belgiya bilan chegaradosh
513. Gollandiya hududining o'ziga xos xususiyati shimoliy dengiz mamlakat sathidan baland shuning uchun Niderlandiya deb ataladi. Niderlandiya so'zining ma'nosi nima
J: Past mamlakat degan ma'noni bildiradi. Shuning uchun dengiz bilan birnecha yuz yillardan buyon qattiq kurash olib borishadi. Dengiz bilan mamlakat chegarasi bo'ylab beton damba qurib yildan yilga qo'shib borishadi. Chunki yiliga quruqlik bir necha sm pasayib boryapti.
514. Reyn daryosi ham quyi qismi mamlakatdan balandda oqadi, uning ikki qirg'og'i ham ko'tarilgan 60 km uzunlikda, uning quyi oqimida nima joylashgan?
J: Dunyoda eng yirik dengiz porti Roterdam joylashgan
515. Niderlandiiya dengizning bir qismini o'zlashtirib o'z hududini kengaytirishga qanday qilib erishgan?
J: Dengiz shelf qo'ltiq qismini Eysselmer qo'ltig'ini ko'mish yo' li bilan
516. Gollandiyada yer osti suvlari xalq xo'jaligiga ko'p xalaqit beradi, uni drenaj nasoslari yordamida dengizga chiqarib tashlanadi. Nima uchun ularning tuproqlari sho'rlamaydi?
J: Chunki ularning iiqlimi issiq emas, ko'p buglanmaydi, shuning uchun tuproq sho'rlanmaydi
517. Gollandiya ham maydoni juda kichik bo'lishiga qaramay dunyoda ayrim sanoat tarmoqlari sohasida yetakchi mavqeiga ega. Masalan qaysi sohada?
J: Elektro texnika sohasida chorvachilik (qoramol), dehqonchilik , intensiv yo'nalishida chorvachilik zotli va qoramollar va hosildor sabzavot navlari
518. Golland dengizchilari sayyoramiz sirlarini o'rganishda ularning ham hissalari bor - ular kimlar?
J: Barenz dengizi olim va dengizchi nomi bilan atalgan
519. Avstraliya materigining 1-chi bo'lib kashf qilgan?
J: V.Venszon va Abel Tasman Avstraliyani kashf qilishda orolga va Janubiy Sharqidagi dengizga uning nomi berilgan
520. Niderlandiya ham XVIII-XIX asrlarda o'z mustamlakalariga ega bo'lgan qyerlar uning mustamlakasi bo'lgan?
J: Okeaniyada Yangi Gvineya orolining g'arbiy qismi, shuningdek Karib dengizi havzasidagi kichik Antil orollarida va Janubiy Amerikada Surinam kabi va Avstraliyani o'zimiz mustamlakaga aylantiramiz deb Angliyaga boy berib qo'ygan
521. Gollandiya davlat tuzumiga ko'ra qanday davlat?
J: Gollandiya konstutitsion monarxiya tuzumiga ega davlatni bosh ministr idora qiladi
522. Gollandiyaning poytaxti Amsterdam yoki Gaaga shahari asosiysi qaysi biri?
J: Amsterdam shahri
523. Gollandiya Yevropada qaysi tabiy boyliqi bo'yicha yetakchi?
J: Tabiiy gazga boy.
524. AQSHda ham dunyoda ham eng katta temir yo'l tuguni – (uzeli) qaysi shaharda joylashgan?
J: Chikago. Sh.
525. AQSH ning q/x yuqori darajada intensivlashgan.Q/x maxsulotlarini eksport qilishda tengi yo'q lekin uning hissasi bor yo'g'i iqtisodiyotda q/x ning hissasi bor yo'g'i 10 % ni tashkil qiladi,bu nimani ko'rsatadi?
J: Bu ko'rsatkich sanoatning o'ta rivojlanganligidan dalolatdir
526. Niderlandiyanng janubiy g’arbiy qo’shnisi Belgiya qirolligi bo’lib maydoni boryo’g’i 30 ming km(kv) aholisi 10mln kishidan sal ko’proq kishi.U qaysi mamlakatlar bilan chegaradosh
J: U shimoliy dengizining Lamansh bug'uzining eng tor joyini Pade Kale bugúzi bo'yida joylashgan bo'lib janubiy qo'shnisi Fransiya sharqida Lyuksemburg va Germaniya Federativ Respublikasi , sharqiy qoshnisi Gollandiya bilan chegaradosh.
527. Belgiya qanday tabiiy boyliklarga ega?
J: Asosan markaziy va sharqiy va janubiy hududlarida yirik Toshko'mir konlari joylashgan .
528. Belgiyaning poytaxti qaysi shahar?
J: Bryusell shahri
529. Belgiyaning iqtisodiyoti asosiy tarmoqlari qaysilar?
J: Asosiy sanoat tarmoqlaridan yoqilg'i energiya qora metallurgiya va mashinasozlik tarmoqlari .shuningdek olmosga ishlov berish kabi tormoqlar rivojlangan.
530. Belgiya ham o'z navbatida mustamlakalarga ega edi. Qaysi mamlakat uning mustamlakasi edi?
J: Bu Afrika mamlakatlaridan Belgiyadan maydoniga nisbatan 80 marta katta bo'lgan mamlakatni bosib olgan Ko'ngo' [Kinshasi ] respublikasi edi.
531. O'rta Yevropada eng mitti davlatlardan biri Lyuksemburg bo'lib, davlat kimni ng nomi bilan atalgan?
J: 1-chi qirolning nomi bilan atalgan.
532. U qaysi davlatlar bilan chegaradosh.
J: U shimol va g'arbdan Belgiya janubidan Fransiya va sharqdan Germaniya bilan chegaradosh.
533. Lyuksenburg qirolligini XVII asrda nima Fransiya va Germaniya tomonidan bo'lib olinishiga yo'l qo'ymagan?
J: Rossiya imperatori yo'l qo'ymagan.
534. Lyuksemburg qaysi ko'rsatkichi bilan dunyoda yetakchi?
J: Aholi jon boshiga po'lat eritish bo'yiga jahonda tengi yo'q aholi jon boshiga 17t.
535. Lyuksemburgning maydoni va qancha aholisi qolgan?
J: Lyuksemburgning maydoni 3 ming km2 aholisi 10.2mln kishiga yaqin.
536. O'rta Yevropaning yana bir rivojlanga davlati Shvetsariya bo'lib uning maydoni 41 km 2, aholisi 7 mln.ga kishiga yaqin u kimlar bilan chegaradosh ?
J:Svettsariya janubdan Italiya g’arbida Fransiya shimolda, GFR sharqda Avstriya va mini davlat Lixtenshteyn bilan chegaradosh
537. Shvettsariya aholisi qaysi tilda so'zlashadi?
J: Uning aholisi ikki tilda so'zlashadi, frantsuz va nemis tilida so'zlashadi
538. Shvettsariya qo'shnilari bilan turli transport yo'llari bilan bog'langan. Janubiy qo'shnisi Italiya bilan ular orasida Yevropaning eng baland tog'i Alp tog'lari joylashgan, bu mamlakatlar o'zaro Alpni teshib qaysi tunnel temir yo'li magistrali bog'lab turadi?
J: Simpleon tunneli 18 km orqali
539. Shvettsariyaning poytaxti qaysi shahar ?
J: Bern shahri
540. Alp tog'lari qaysi davlatlar hududiga to'g'ri keladi?
J: Frantsiya, Italiya, Shvettsariya, Avstriya kabi mamlakatlar hududiga to'g'ri keladi
541. Shvettsariyaning sharqida mitti qo'shnisi Lixtenshteyn joylashgan bo'lib, uning maydoni qancha va aholisi, poytaxti haqida ma`lumot bering?
J:Maydoni 200 km2 aholisi 30 ming kishidan iborat poytaxti Vaduts 5000 kishivam
542. Lixtenshtyen Yevropada nimasi bilan mashhur?
J: Soatsozligi bilan mashhur
543. O'rta Yevropadagi yana bir rivojlangan mamlakatlaridan biri Avstriya maydon 83850 km2 aholisi 10 mln. kishidan iborat Avstriyada asosan qaysi tilda so'zlashadi?
J: Nemis tilida, shuningdek sloven va xorvatlar ham nemis va o'z tillarida so'zlashadi
544. Avstriya ham ilgaridan betaraflik siyosatni yuritati, uning hududi ham ko'p qismi Alp tog'lari bilan tutashgan, shuning uchun tog' chang'i sporti musobaqalari o'tkazilib turadi uning xududidan qaysi daryo oqib o'tadi
J: Dunay daryosi oqib o'tadi.
545.Uning poytaxti qaysi shahar?
J: Uning poytaxti go'zal Vena shahri bo'lib, u Dunay daryosi bo'yida joylashgan
546. Vena shahrida OPEK tashkiloti idorasi joylashgan. OPEK degani o'zi nima degani ?
J: Bu neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti.
547. O'rta Yevropaning yana bir rivojlangan mamlakati Chexiya mamlakati bo'lib uning poytaxti qaysi shahar ?
J: Praga shahri.
548. Bu davlat XX asrning 90 yillarigacha Chexoslavakiya deb atalardi, u ikki davlatdan iborat edi Chexiya va Slovakiya davlatlariga bo'linishdi . Slovakiyaning poytaxti qaysi shahar va u qayerda joylashgan ?
J: Uning poytaxti Dunay bo'yida joylashgan Bratslava shahri.
549. Bu davlatlarning maydoni va aholisi ma'lumot bering ?
J: Chexiya maydoni 78.9 km2, aholisi 10.2 mln. kishi. Slovakiya maydoni 48.9 ming km2, aholisi 5.5 mln. kishi.
550. Chexiyaning Karlovi-Vari shahri o'zining shifobaxsh bulog'i suvi va go'zal tabiati Yevropaning eng mashhur sihatgohiga aylantirgan. Bu shaharda qanday belgi manument bor?
J: Yevropaning markazi degan marmar manument o'rnatilgan
551. Chehiya asosan qanday tabiiy boyliklarga ega?
J: Asosan Ostrava-Karvin ko'mir havzasi va G'arbiy Chexiyada qo'ng'ir ko'mir havzasi bor, shuningdek temir ruda konlari ega.
552.Chexiyaning temir ruda konlari asosida qora metallurgiya sanoati rivojlangan bo'lib, bu sanoat Chexiyaning yana qanday sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga sabab bo'ldi?
J: Chexiya asosan dunyoda xilma xil mashinasozligi bilan yuqori mavqeiga ega
553. Slovakiya hududidan qanday muhim transport magistrallari o'tgan?
J: Rossiyani G'arbiy Yevropa bilan bog'laydigan «Do'stlik» neft quvuri «Soyuz»» tabiiy gaz quvuri, shuningdek uning hududidan 9 ta davlatni bog'laydigan Dunay daryosi suv yo'li kesib o'tgan
554. Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan yana biri Vengriya davlatidir. U qaysi davlatlar bilan chegaradosh?
J: U shimolda Slovakiya, g'arbda Avstriya, janubda Ruminiya va sharqda Ukraina davlatlari bilan chegaradosh
555. Vengriyaning maydoni 93 ming km2 aholisi 10 mln.ga yaqin uning o'rtasidan Dunay daryosi oqib o'tadi. Uning poytaxti qaysi shahar?
J: Budapesht shahri
556. Budapesht shahri Dunayning har ikki sohilida joylashgan. Dunayning o'ng sohilida Buda shahri, Pesht shahri bilan ko'priklar bog'lab turadi. Budapesht mamlakatning asosiy sanoat markazi. Shaharning sanoatdagi hissasi qancha?
J: 40% dan ko'proq
557. Vengriya asosan qanday resurslarga ega?
J: Asosan toshko'mir Pech havzasi va bir nechta qo'ng'ir ko'mir havzalariga ega. Uning eng asosiy boyligi boksit konlari—Alyumin xom-ashyosi.
558. Vengriya Alyumindan yuzga yaqin mahsulotlar ishlab chiqaradi. Ayniqsa, qanday mahsuloti bilan dunyoga mashhur?
J: Ikarus avtobuslari bilan mahshur
559. Aholi manzillari mamlakatimizda shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarga bo'linadi. Mamlakatimizda nechta shahar va shaharcha bor?
J: 120ta shahar va 113ta shaharcha bor
560. Mamlakatimizda shahar deb qanday aholi manzilgohiga aytiladi?
J: Aholisining soni 7000 dan ortiq va aholisining 2/3 qimsi ishchi va xizmatchi oilalar tashkil qilishi kerak
561. Urbanizatsiya nima?
J:Mamlakat yoki dunyo aholisida shaharliklar hissasining ortib borish jarayoniga va shaharliklar yashash tarzining tarqalishiga aytiladi
562.Urbanizatsiya darajasiga ko'ra dunyo mamlakatlarini uch guruhga bo'linadi?
J: Urbanizatsiyasi yuqori mamlakatlarga mamlakat aholisida shaharliklar hissasi 50% o’rtacha darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar (shaxar axolisining ulushi 25% -50% ) gacha , past darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlar ( shaxar aholiosining ulushi 25 % dan kam
563.Dunyo yoki mamlakat aholisi nima hiisobiga kopayib boradi?
J: Tabiiy ko'payish hisobiga.
564. Tabiiy ko'payish deb nimaga aytiladi?
J: Tug'ilganlarning o'lganlardan ko'pligi hisobiga ko'payishiga aytiladi
565.Mexanik ko'payish deb nimaga aytiladi
J: Biror mamlakatning aholisi chetdan ko'chib keluvchilar hisobiga
ko'payishga aytiladi.
566.Migratsiya nima?
J: Aholining ko'chib yurishiga aytiladi.
567.Migratsiyalar ixtiyoriy va majburiy migratsiyalarga bo'linadi .Afrikalik negrlar ning Amerika qit'asiga olib borilishiga qanday migratsia deyiladi
J: Majburiy migratsia deyiladi
568.Evropaliklarning Amerika, Avstraliya va boshqa xududlarga ko'chib borishi qanday migratsiya deyiladi?
J: Ixtiyoriy migratsiya deyiladi
569.Biror yurtga doimiy yashash uchun ko'chib borishga nima deyiladi?
J: Immigratsiya deyiladi.
570.Mustamlakachilarning o'z yurtlariga qaytib ko'chib ketishlariga nima deyiladi?
J: Reemigratsiya deyiladi.
571.Biror mamlakatlarga vaqtincha ishlashga borgan kishilarga nima deyiladi?
J: Bunday kishilarni nemischa ibora bilan « Gaster bayterlar » deyiladi .
572. Biror mamlakatda turli favqulotda ahvol (yer qimirlash,toshqin kabi)kabi hodisalar tufayli aholini tezlik bilan qutqarish, ko'chirishga nima deyiladi?
J:Evakuatsiya deyiladi.
573.Katta shaharning o'z yaqinidagi kichik shaharlarni o' ziga qo'shib olishi natijasida super shaharga aylanish jarayoniga nima deyiladi
J:Aglomeratsiya deyiladi.
574. Biror xududda bir nechta aglomeratsiyalar o'zaro bir –biriga tutashib ketgan bo'lsa nima deyilagi ?
J:Megalopo'lis deyiladi.
575. Shaharlar ham o'z funksiyaga ko'ra qanday shaharlarga bo'linadi?
J: Poytaxt shahar, sanoat markazi, port shahar, kurort (sihatgoh) transport tuguni, qadimiy kabilarga bo'linadi.
576.Yangi shaharlar esa ko'pchiligi yangi topilgan konlar, yangi qurilgan elektr stansiya, yoki yangi qurilgan zavodlar barpo bo'lishi munosabati bilan vujudga keladi,bunday shahrlar qanday ataladi?
J: Yangi sanoat markazlari deb ataladi.
577. O'z mavqeilariga ko'ra shaharlar yana qanday shaharlar deb nomlanadi?
J: Muzey shaharlar, ilm-fan markazi shahari kabi nomlar bilan ham ataladi.
578. Mamlakat yoki dunyo aholisining notekis joylashishiga nima sabab bo'ladi?
J:Hududning geografik o'rni, tabiiy sharoit va xo'jalik tormoqllarining rivojlanganlik darajasiga bog'liq bo'ladi.
579. Mamlakat aholisining o'rtacha zichligini qanday aniqlanadi?
J:Mamlakat aholisi sonini mamlakat maydoniga bo'lish yo'li bilan topiladi.
580. Mamlakat yoki dunyo aholisi qanday tarkibiy qismlarga bo'linadi?
J: Irqiy, jinsiy, diniy, kasbiy, yosh, etnik va hududiy kabi tarkibiy qismlarga bo'linadi.
581. Mamlakat yoki dunyo aholisi tarkibida mehnatga yaroqli (mehnat resurslari) deb kimlarni aytiladi ? J: 16 yoshdan katta bo'lgan va 55 yoshgacha ayollar va 60 yoshgacha erkaklar mehnatga yaroqli kishilar deyiladi . (16yoshgacha bolalar va 55yoshdan katta ayollar va 60yoshdan katta erkaklar) mehnatga .yaroqsiz hisoblanadi, yani bolalar va nafaqadagi kishilar.
582. Mehnat resurslarining qaysi qismini iqtisodiy (aktiv) faol mehnat resurslari deyiladi?
J: Moddiy tarmoqlarda band bo'lgan kishilarni,iqtisodiy faol mehnat resurslari deyiladi.
583. Mamlakat iqtisodiyoti yoki xo'jaligi ikki qismga bo'linadi, qanday qismlarga bo'linadi?
J:Noishlab chiqarish yoki nomoddiy tormoqlarga va moddiy tormoqlarga bo'linadi.
584. Moddiy tormoqlarga qaysi tormoqlar kiradi?
J:Sanoat tormoqlari, qishloq xojaligi, transpo'rt savdo-aloqa qurulish kabi tormoqlarga aytiladi.
585. Nomoddiy tormoqlarni qaysi tormoqlar tashkil qiladi?
J:Bu tormoqlarni sog'liqni ,saqlash,ta'lim sohasi, o'rta va kasb-hunar, o'rta maxsus va oily talim sohalar, mamlakatni boshqarish, muassasalarni ,tartib ,tashkilotlari, mudofaa tashkilotlari, ko'mmunal xizmat xodimlari, madaniyat va ilmiy muassalar tashkil qiladi.
586. Sanoatning o'zi qanday tormoqlarga bo'linagi?
J:Og'ir sanoat tormoqlariga va yengil va oziq-ovqat tormoqlariga bo'linadi..
587. Og'ir sanoat tormoqlari sanoatning qaysi guruhinii tashkil qiladi?
J: Og'ir sanoat tarmoqlari sanoatning «A» guruhini tashkil qiladi.,engil va oziq-ovqat tarmoqlari esa sanoatning «B» guruhini tashkil qiladi.
588. Og'ir sanoat tormoqlari nima ishlab chiqaradi?
J:Asosan ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaradi.
589. Yengil va oziq-ovqat sanoat tormoqlari asosan qanday maxsulotlar ishlab chiqaradi?
J:Asosan is`temol maxsulotlari ishlab chiqaradi.
590. Og'ir sanoat tarmoqlarini qaysi sanoat tarmoqlari tashkil qiladi?
J:Tog' –kon, yoqilg’i energetika , metallurgiya (qora va rangli) metallurgiya mashinasozlik,kimyo,qurilishi,o'rmon sanoati tarmoqlari tashkil qiladi.
591. Yengil sanoatning asosiy tarmog'i qaysi?
J: To'qimachilik va qishloq xo'jalik xomashyosiga dastlabki ishlov berish,tikuvchilik,poyafzal va oziq –ovqat kabi 30 dan ortiq tarmoqni birlashtiradi.
592. To'qimachilikning qanday turlari bor ?
J: Paxta,ipak,jun, kigiz, sintetik,aralash to'qimachilik tarmoqlariga bo'linadi.
593. Trikotaj, ichki kiyimlar sport kiyimlari kabi tayyor kiyimlar to'qishning qanday alohida xususiyati bor?
J:Ularni har bir kishi mo'ljaliga o'lchoviga e'tibor beriladi.
594. Yengil sanoatning eng asosiy xususiyati nimada?
J:Bu tarmoq asosan qishloq xo'jalik ekinlari xomashyosi asosida ishlaydi,va kimyoviy tolalar asosida ishlaydi.
595. Xuddi shunday oziq-ovqat sanoatining eng yetakchi sanoati ham qishloq xo'jalik xomashyosi bilan bog'liq.
596.Og'ir sanoatning eng yetakchi tarmog'i qaysi?
J:Yoqilg'i-energetika sanoati.
597. Uning o'zi ikki tarmoqqa bo'linadi. Yoqilg'i sanoatiga va elektro-energetika sanoatiga bo'linadi, yoqilg'i sanoati qanday tarmoqlardan iborat?
J:Yoqilg'i sanoati:ko'mir, neft, tabiiy gaz, yonuvchi slanes kabi yoqilg'ilarni qazib chiqarishga aytiladi.
598. Elektro –energetika sanoati deganda nima tushuniladi ?
J: Elektr stansiyalarda elektr energiyani ishlab chiqarish va uni istemolchilarga uzatib berishga aytiladi.
599. Elektr stansiyalar qanday turlarga bo'linadi ?
J: GES lar , issiqlik elektr stansiyalari , GRES lar ,TETS lar , AES lar , noananaviy elektr stansiyalar : Geoterman elektr stansiyalar , PES lar prilif ( qalqish ) elektr stansiyalar, GELIO ( quyosh ) elektr stansiyalar va hokazo.
600. Metallurgiya qanday tarmoqlarga bo'linadi?
J: Metallurgiya ikki tarmoqqa: qora va rangli metallurgiyaga bo'linadi
601. Qora metallurgiya qanday korxona qismlarga bo'linadi?
J: To'la tsiklli va chala tsiklli metallurgiya
602. Qora metallurgiya qanday ishlab chiqarish jarayonlarini birlashtiradi?
J:1) Temir rudasini qazib chiqarish, maydalash, boyitish va domna pechlarida cho'yan eritish
2) Po'lat eritish pechlarida po'lat eritish
3) Prokat tsexlarida prokat( tayyor maxsulot ishlab chiqarish)
603. To'la tsiklli qora metallurgiya qanday jarayonlarni birlashtiradi?
J: 1) Domna pechlarida cho'yan eritish 1- tsikl
2) 2-tsikl po'lat eritish po'lat eritish pechlarida
3) 3-tsikl prokat tsexlarida prokat ishlab chiqarish
604. Chala tsiklli metallurgiya deb nimaga aytiladi?
J: Yuqoridagi tsikllarning birortasi bo'lmasa chala tsiklli metallurgiya deyiladi.
605. Butun O'rta Osiyoda yagona qanday qora metallurgiya zavodi bor?
J: Bekobod qora metallurgiya zavodi bo'lib, u chala siklli. Zavod deyiladi.
606. Bekobd metallurgiya zavo'di nima hisobiga ishlaydi?
J: Bu zavodda tashlandiq temir-tersaklarni eritib po'lat eritiladi va prokat sexida tayyor maxsulotlar turli traktor yoki avtomobillar uchun kerakli qismlar relslar armatura kabi xilma-xil maxsulotlar ishlab chiqaradi
607. Qora metallurgiyaning asosiy xomashyosi nima?
J: Temir rudasi bo'lib, uni qazib chiqarilgach uni boyitish fabrikalarida maydalab boyitiladi va aglomerat ishlab chiqariladi va domna pechiga koks bilan birga solinadi..
608.Yuqorida sanab o'tilgan jarayonlarni umumlashtirib nima deyiladi?
J: Tog'-kon sanoati deyiladi
609.Respublikamizda rangli metallurgiya nisbatan yaxshi rivojlangan uning asosiy korxonasi qaysi shaharda?
J: Olmaliq polimetal kombinatida.
610. Rangli metallurgiyaning yana qanday korxonalarini bilasiz?
J: Navoiy rangli metallurgiya kombinati,Chirchiq qattiq qotishmalar zavodi Angrenda alyumin zavodi Zarafshon Nuyumen kabilar.
611. Rangli metallurgiya qanday ishlab chiqarish jarayonlardan iborat?
J: Muruntov oltinkoni va boshqa 30 ga yaqin konlarimizdan qazib chiqarillgan rudani maydalanadi so'ngra boyitiladi va ko'mbinatlarda ishlov beriladi.
612. Rangli metallurgiya korxonalarida rangli metallar qanday olinadi?
J: Asosan eritib olinadi, oltinni tez oqar suv usulidan ham foydalaniladi
613. Mamlakatimiz og'ir sanoatining eng yetakchi tarmoqlaridan biri qaysi tarmoq?
J: Bu. Mashinasozlik tarmog'i
614. Mashinasozlik qanday ishlab chiqarish jarayonlarinidan iborat?
J: Metallurgiya zavodlaridan keltirilgan metall quyuv sexlariga yoki temirchilik presslash sexlariga keltiriladi u yerda detallar quyiladi yoki yasaladi so'ngra mexanika sexlarida ishlov beriladi va yig'uv tsexlarida boshqa zavodlardan ham keltirilgan detallar yoki qismlar bilan tayyor mashinalar ishlab chiqariladi.
615. Mashinasozlik qanday tarmoqlarga bo'linadi?
J:Og'ir mashinasozlik, murakkab mashinasozlik va aniq yoki nafis mashinasozlik tarmoqlariga bo'linadi.
616. Og'ir mashinasozlik deb nimaga aytiladi?
J:Ko'p metall talab qiladigan mashinasozlikka aytiladi.
617. Murakkab mashinasozlikchi?
J:Kam metall , ko'p malakali mehnat talab qiladigan mashinasozlikka aytiladi.
618. Aniq mashinasozlikchi?
J: Metall juda kam, lekin yuqori malakali ishchilar va ko'p mehbat talab qiladi.
619.Mashinasozlik yana qanday yo'nalishlarga bo'linadi?
J: Qishloq xo'jalik mashinasozligi, transpo'rt, mashinasozligi,elektrotexnika elektro'nika radio televidenie mashinasozligi harbiy mashinasozlik va boshqalar.
620. Mamlakatimizda Mustaqillikka qadar asosan mashinasozlikning qaysi tarmog'i nisbatan rivojlangan edi?
J:Asosan qishloq xojaligi mashinasozligi.
621.Mustaqillikdan so'ng qanday yangi mashinasozlik tarmoqlari vujudga keldi?
J: Yengil, avtomobilsozlik, yuk avtomobillar, avtobuslar, va Mersedes
Refrejerator avto'billari..va aniq mashinasozlik tarmoqlari.
622. Jahon sanoatida FTI ni vujudga keltirayotgan tarmoqlar qaysilar?
J:Mashinasozlik, kimyo sanoati va elektrotexnika sanoat tarmoqlari.
623. Nima uchun prezidentimiz dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari bilan qo'shma korxonalar qurishga intiladi/?
J: Chunki rivojlangan mamlakatlar eng zamonaviy ilg'or texno'logiyalarni olib keladilar va ularni bizning ishchilarimiz o'zlashtirib oladilar.
624.Biror shaharda o'zaro bog'lanmagan birnecha korxona joylashgan bo'lsa bunday shahar nima deyiladi?
J. Sanoat markazi deyiladi.
625.Bir shaharda o'zaro bog'langan bir nechta korxona joylashgan bo'lsa nima deyiladi?
J:Sanoat tuguni deyiladi
626. Bir nechta sanoat markazlari, sanoat tugunlari joylashgan kichikroq hudud nima deyiladi?
J: Sanoat rayoni deyiladi
627. Sanoat tugunlari barpo etishning nima afzalliklari bor?
J: Barcha korxonalar yagona energiya, transport, ishchi kuchlari va ayniqsa, xomashyodan (ruda) to'liq foydalanish va ekologik himoya maqsadlariga xizmat qiladi
628. Bundan tashqari sanoatning markazlashishi deb nimaga aytiladi?
J: Sanoatning yirik korxonalarida to'planishiga aytiladi
629. Sanoatning bitta asosiy tarmoq atrofida turli tarmoqlar jarayonlari o'zaro bog'lanib rivojla nishi nima deyiladi?
J: Ishlab chiqarishning kombinatlashuvi
630. Sanoatning bitta asosiy tarmog'I atrofida turli tarmoqlarning o'zaro bog'lanib rivojlanishiga nima deyiladi?
J: Kombinat deyiladi
631. Sanoatda yoki ayrim korxonalarda faqat bir xil maxsulot ishlab chiqarilsa nima deyiladi?
J: Ixtisoslashuv deyiladi
632. Ixtisoslashuv necha xil bo'ladi?
J: 3-xil bo'ladi:
1) Detallar bo'yicha
2) Predmetlar bo'yicha
3) Tarmoqlar bo'yicha
633. Ixtisoslashgan korxonalarning birlashuvi natijasida vujudga kelgan ishlab chiqarish jarayoniga nima deyiladi?
J: Kooperativlashuv deyiladi
634. Detallar bo'yicha ixtisoslashuv nima deyiladi?
J: Biror korxonada faqat bir xil detallar ishlab chiqarilsa, masalan: mashinalarni boshqarish qismlari yoki harakatlantirish qismlarini ishlab chiqarish va xokazo
635. Qishloq xo'jaligining ekstensiv rivojlantirish deb nimaga aytiladi?
J: Ekin maydonlarini kengaytirish hisobiga yoki chorva mollarining sonini ko'paytirish hisobiga qishloq ho'jaligidan olinadigan daromadni ko'paytirishga aytiladi
636. Qishloq xo'jaligini intensiv rivojlantirish deb nimaga aytiladi?
J: Ekin maydonlarini kengaytirmasdan va chorva mollar sonini ko'paytirmasdan ekin maydonlarida hosildorlikni oshirish, chorva mollarining zotini yaxshilash hisobiga Q/X dan olinadigan daromadni ko'paytirishga aytiladi
637. Dehqonchilikda nima hisobiga hosildorlik oshiriladi?
J:Qishloq xo'jalik ishlarini mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirish agrotexnika qoidalariga rioya qilish hisobiga.
638.Intensivlashtirish hisobiga nimaga erishiladi?
J:Mehnat unumdorligiga va samaradorligiga erishiladi.
639. Va yana nimaga erishiladi?
J: Jismoniy mehnat kamayadi va qo'shimcha resurslar tejaladi
640.Qishloq xo'jalida ham ixtisoslashuv bormi?
J:Ha, hozirgi vaqtda faqat qora mollar boqish, faqat parrandachilik issiqxona xo'jaligida turli sabzavotlar etishtirish.
641.Moddiy ishlab chiqarish sohasida, iqtisodiy to'ntarish yasab, fanning o'zi jamiyatning ishlab chiqarish kuchiga aylanish jarayoniga nima deyiladi?
J FTI (fan texnika inqilobi) deyiladi
642. FTI ning nechta xususiyati bor?
J:4-ta xususiyati bor va 4-ta tarkibiy qismga bo'linadi
643. 1-chi xususiyati qaysi?
J: uning ko'p qirraliligi ko'p sohaliligi.
644. 2-chi xususiyat nima deyiladi?
J: Kashfiyot bilan uning hayotga tadbiq etish orasidagi vaqtning qisqarishi
645. 3-chi xususiyati nima?
J: Mehnat kishisi, malakali ishchining qadrining oshishi
646. 4-chi xususiyati nima?
J: FTI ning maxfiy suratda harbiy sohada rivojlanishi.
647. FTIning nechta tarkibiy qismi bor?
J:4 ta tarkibiy qismga bolinadi/.
648.FTI ning 1-chi tarkibiy qismi qaysi?
J: Ilm va fanning rivojiga katta etibor berilmoqda. Ayniqsa, AQSH bir yilda 140 mlrd dollar ajratmoqda
649. FTI ning ikkinchi Tarkibiy qismi nima?
J: Texnika va texnologiyani rivojlantirish
650. Texnika va texnologiyaga talablar qanday?
J:1-Jismoniy mehnatni engillashtirish 2-materiallarini tejash 3 dan energiyani yoqilg'ini tejash 4-inqilobiy o'zgarishlar texnika vositalari va energiya manbalarida kabi talablar.
651.Texnika va texnologiya rivojlanishida necha xil yo'nalish bor?
J: Ikki xil yo'nalishi bor; evolyutsio'n va inqilobiy.
652.Evolyutsio'n yo'nalish degani nima?
J:Texnika vositalarining ilgari nisbatan tezligi past, yuk ko'tarish qobiliyati kam edi, keyinci yilarda texnika vositarining tezligi ham yuk ko'tarish quvvati ham oshgan, avto/ mobillar,po'yezdlar,samolyotlar misolida ko'rish mumkin.
653. Inqilobiy yo'nalish degani nima?
J: Inqilobiy yo' nalishda texnika vositalarining butunlay yangi turlarining vujudga kelishi televizo'rlar video apparatlar, kampyuterlar shuningdek energetikada ato'm el. Stansiyalar, va xilma-xil energiya manbalaridan foydalanishni o'zlashtirildi.
654. FTI ning 3-tarkibiy qismi xo'jalikning rivojlanish yoki ishlab chiqarishning rivojlanishi nechta rivojlanish yo'nalishi bor.?
J:6 ta yo'nalishlari bor.
655.1-yo'nalish ishlab chiqarishni elektro'nlashtirish , kampyuterlashtirish va bu sohada qaysi mamlakatlar etakchi?
J: AQSH ,Yaponiya ,Germaniya kabi mamlakatlar
656. 2-yo'nalishi nima?
J: Kompleks mexanizmlash,avtomatlashtirish,robotlashtirish.
657. 3-yo'nalish-energetika xo'jaligini ,qayta qurish deganda nima ko'zda tutiladi?
J:Energiya ishlab chiqarishni takomillashtirish va qayta qurishda ehtiyotkorlikka ahamiyat berish ,ayniqsa Ato'm. elektr stansiyalarni qurishda
658. 4-yo'nalishda nimani ko'zda tutilgan?
J:Yangi sintetik materiallar va u materiallarga yuqori talablar, yangi kompozitsion materiallarga talabni, XX asr metallari bo'lgan rubidiy, tseziy, litiy, titan, tsirkoniy, tantal, kobalt kabi metallarga talab oshgan
659. 5-yo'nalishda qanday talablar ko'zda tutilgan?
J: Biotexnologiya sintetik yemlar, chorvachilik va dehqonchilik uchun- xilma-xil yonalishda yangi nav va yangii zotlar genetikasi sohasida tadqiqotlar olib borish .
660. 6-yo'nalish nimani ko'zda tutadi?
J: Aerokosmik tadqiqotlar, uchuvchi asboblar yordamida kosmosdan turib geologik, gidrometereologik, orogenik tadqiqotlar mukammallashmoqda
661. Yer po'stining cho'kishi yoki yorilishi natijasida hosil bo'lgan ko'llar nima deyiladi?
J: Tektonik ko'llar (Issiqko'l, Baykal, Tanganika)
662. G'orlarda hosil bo'lgan ko'llarni nima deyiladi?
J: Karst ko'llar deyiladi.
663.daryolarning eski o'zanlari-qayirlarda yoki dengiz sohillarida hosil bo'lgan ko'llarga nima deyilad?
J: Qoldiq ko'llar deyiladi.
664.Vulkanlar og'zida hosil bo'lgan ko'llarga nima yiladi?
J: Krater ko'llar deyiladi
665. Yeryuzasining yumshoq, o'simliklarni oziqlantirish xususiyatiga ega bo'lgan qoplamiga nima deyiladi?
J: Tuproq deyiladi.
666.Nimani tuproqning ona jinsi deyiladi/?
J: Nuragan,emirilgan,maydalangan tog'jinslarini ona jinslari deyiladi
667. Tuproqning unumdorligini nima belgilaydi?
J: Chirindining miqdori.
668. Tuproqning tarkibida ona jins-mineral moddalar tog' jinslar,chirindi-gumusdan tashqari yana nimalarning ro'li katta?
J: Mikro' elementlar [fo'sfo'r,azo't,temir va boshqa mikro elementlar turli hasharotlar va suv va havo ham harakatlanishi kerak.
669.Unumdor tuproqlar nima deyiladi?
J: Unumdor tuproqlar (strukturali) donador tuproqlar deyiladi.
670.Tuproqni unumdor qilish uchun nimalar qilinadi?
J: Mineral va o'rganik o'g'itlar (go'ng), kuzda haydash yetilgan tuproqqa ishlov berish
671.O'zimizning Mirzacho'l tuproqlari, barcha sug'oriladigan dehqonchilik qilinadigan tuproqlarimiz qanday tuproqlar deyiladi?
J: Bo'z tuproqlar, shuningdek alluvial o'tloq tuproqlar.
672.Bo'z tuproqlar qanday tiplarga bo'linadi?
J: Och tusli bo'z tuproqlar tipik yoki oddiy bo'z tuproqlar va to'q bo'z tuproqlar ga [ tog'larda.]
673.Tuproqshunoslik fanining asoschisi kim?
J: Buyuk rus olimi Dokuchayevdir.
674. U tuproqlarning unumdorligi haqida nima degan?
J: U qora tuproqlarni eng unumdordeb,uni tuproqlar podshosi deb atagan.
675.Alluvial tuproqlar deb qanday tuproqlarga aytiladi?
J: Daryolarning oqiziqlaridan loyqalaridan hosil qumlardan hosil
bo'lgan tuproqlarga aytiladi.
676. Bo'z tuproqlarni hosil qilgan ona jins nima?
J: Lyoss yotqiziqlari.
677.O'zbekistonda tabiat zo'nalarini qanday tartibda o'rganiladi?
J: Balandlik mintaqalari –vertikal zonallik asosida cho'l , adir, tog' yaylov va va h.z.
678. O'zbekistonning cho'l mintaqasi uning qancha qismini egallaydi?
J: 70 %
679.Tabiiy zo'nallik nima?
J: Tabiat komplekslarining ekvatordan shimoliy va janubiy qutblarga tomon almashib borishiga aytiladi
680. Bu zonallik nima deyiladi?
J: Geografik kenglikllar bo'yicha zonallik deyiladi.
681. Yana qanday zonallik bor?
J: Vertikal zonallik yoki balandlik mintaqalari deyiladi.
682. Vertikal zo'nallik deb nimaga aytiladi?
J: Tog'larda tabiat komplekslarining pastdan balandga ko'tarilgan sari almashib borishiga aytiladi .
683. Tog' mintaqasi qanday balandlik mintaqalarga yoki zonalariga bo'linadi
J: Cho'l, zonasi, ,adr, tog', al'p o'tloqlari,baland tog' qor va muzliklar mintaqasi.
684. Tog' mintaqasining o'zi qanday zonalarga bo'linadi
J: kengbargli mevali va mevasiz o'rmonlar zonasi,aralash o'rmonlar, va ignabargli o'rmonlar zonalariga bo'linadi
685. Bosfor bug'uzidan avtomobillarni o'tkazadigan qachon qurilgan?
J: 1973 yilda qurilgan .
686. Bu ko'prik Yevropa va Dunyoda qanday mavqeiga ega?
J: Bu ko'prik Yevropada eng katta va Dunyoda 4-o'rinda. 687. Cho'l o'simliklari qurg'oqchil tabiiy sharoitga moslashish xususiyatni belgilang?
J: Efemer o'simliklari qisqa bahor faslida avlod qoldirishga ulguradi, efemeroidlarning ildizlari uzun barglari mayda shira yoki pat bilan qoplangan
688. Ekologilik muammolarni hal qilishning nechta yo'li bor?
J: 3 ta yo'li bor.
689. 1-yo'li qaysi?
J: Bu turli chiqindilarni tozalash inshootlari qurish, zaharli tutunlarni (sulfat) oltingugurtli gazlarni chiqaruvchi yoqilg'ilarni kamroq foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash va juda baland mo'rili (200-300 m) tutun mo'rilar qurish kabi choralar ko'rish usuli.
690. 2-yo'li qanday?
J: Ishlab chiqarishda tubdan yangi zamonaviy texnologiya asosida (toza), chiqitlari kam yoki chiqitlarsiz ishlab chiqarish texnologiyadan foydalangan suvlardan foydalanishda daryodan olingan suv tozalanib, qayta ishlab chiqarishda foydalanish (aylanma) texnilogiyadan foydalanish.
691. 3-yo'li qanday?
J: Konda bu ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirishda chuqur o'ylab, hisoblab joylashtirish, geografik ekspertizadan o'tkazib joylashtirish, ayniqsa «iflos ishlab chiqarish» tarmoqlarini joylashtirishda shu prinsiplarga amal qilish.
692. «Iflos ishlab chiqarish» tarmoqlari qaysilar?
J: Bu kimyo zavodlari, neftkimyo, qora va rangli metallurgiya, qog'oz - tseluloza, issiqlik energetika korxonalari kiradi.
693. Atrof muhit muxofazasi global muammoga aylanib bormoqda. Tabiatning 3 muhiti: havosi, tuprog'i va gidrosferasi (suvi) ifloslanib bormoqda. Unga qo'shimcha yangi global muammolar butun insoniyatga xavf solmoqda.
694. Bular qaysilar?
J: Bu muammolar ozon tuynuklarini vujudga kelishi va «parnik effekti» ( issiqhona samarasi) degan muammolar xavf solmoqda.
695. «Ozon tuynugi» nima va qanday xavfi bor?
J: Sayyoramizning atmosferasi quyi qatlamini troposfera deyiladi, undan yuqorisini stratosfera. Ana shu ikki qatlam orasida yoki chegarasida yupqa azon pardasi deb ataladigan yupqa havo qatlami bor. 3 atomli kislorod O3 azon pardasi bor.
696.Uning qanday xizmati bor?
J: Bu parda Quyoshdan keladigan ultra binafsha nurlarni yutub Yerga o'tgani qo'ymaydi. U nurlar o'tsa Yerdagi tirik organizmlarning hujayralarini yemirib turli kasalliklarning ko'payishiga sabab bo'ladi.
697. Ozon tuynuklari sayyoramizning qaysi hududlarida vujudga kelgan?
J: Hozircha odam kam yashaydigan hududlarda Janubiy qutb doirasi va Shimoliy qutb doirasi va Sharqiy Sibir tepasida kuzatilgan.
698. Nima sababdan ozon tuynuklari hosil bo'lmoqda yoki ozon pardasi yupqalashmoqda degan savolga aniq javob yo'q. Birinchi taxmin olimlar fikriga ko'ra, atmosferaga turli sanoat chiqindilari, kimyoviy gazlar tarkibida ftorli, ftor va (xolodilnik) sovutish ustanovkalaridan chiqadigan gazlar, ozon bilan kimyoviy birikib oksidlanadi.
699. Va yana qaysiki kosmik fazoga uchirilayotgan ko'pdan-ko'p (turli maqsadlarda) raketa va kosmik apparatlar ham o'z hissasini qo'shadi degan fikrlar.
700. «Parnik effekti» (issiqxona samarasi) qanday muammoni ifodalaydi?
J: Ma`lumki issiqxona ustiga plyonka yopilgan bo'lib, Quyoshning issig'i ichkariga o'tadi, yoqilg'i yoqib isitilgan issiqni ham tashqariga chiqarib yubormaydi. Shuning uchun ham uning ichida yoz bo'ladi.
701. Atmosferadagi hodisaning nima aloqasi bor?
J: Ma`lumki insoniyat 1 yilda 4 mlrd tonna koks, ko'mir, «4 mlrd t. ko'proq neft va trln. Kub metr tab.gaz va boshqa yoqilg'ilar yoqiladi. Demak atmosferaga CO2 (karbonat angidrit) gazi yig'lib issiqxonadagi plyonka singari Yerdan ko'tarilayotgan nurlanish issiqligini koinotga chiqib ketgani qo'ymaydi. 702. Yiliga qanchadan o'shsa falokat yuz beradi?
J: Agar yiliga 0,1° C dan yoki undan ham kamdan o'shsa ham
sayyoramiz iqlimida falokat bo'lishi mumkin, chunki ko'p yillardan so'ng bu raqam katta raqamga aylanishi mumkin.
703. Nima uchun olimlar sayyoramiz iqlimi isib borayapti deb bong urmoqdalar?
J: Chunki Yer sharining muzliklari (Antarktidada,Jan. Amerikaning janubidagi muzliklar) erib kamayib bormoqda.
704.Sayyoramiz iqlimi agar haqiqatdan ham isiy boshlasa nima bo'ladi?
J: Tog'lardagi muzliklar va qorlar,Antarktida va Grenlandiya muzliklari eriy boshlasa, Dunyo okeani suv sathi ko'tarilib, yuzlab yirik shaharlar suv ostida qolishi mumkin.
705. Buning oldini olish uchun nima qilish kerak?
J: Buning uchun dunyo olimlari bosh qotirishib,texnika vositalarining neft va gaz, ko'mir kabi energiya vositalaridan,boshqa energiya manbalaridan foydalanish (noananaviy) energiya manbalarini izlamoqdalar.
706. Noananviy energiya manbalari qaysilar?
J: Quyosh energiyasidan foydalanish, shamol, yer osti (geotermal) energiyasidan, dengizlarning qalqish - qaytish energiyasidan, bioorganik energiya manbalaridan kabi energiya manbalaridan foydalanish.
707.Yana bitta fikr ham mavjud. Bu qanday g'oya?
J: Sayyoramiz hayotida juda ko'p iqlim o'zgarishlari bo'lgan. Paleozoy erasidan buyon 4 marta (600mln.yil) davomida muzlik va 4 marta oraliq issiq davri bo'lgan.
708. Hozir biz qaysi davrda yashamoqdamiz?
J: Hozir 4-muzlik davrining oxirida yashamoqdamiz.
709. Bu muzlik davrining tugashiga qancha vaqt qoldi?
J: Bu muzlik davrining tugashiga ham bir necha ming yillik vaqt kerak bo'ladi. Chunki muzlik davrining o'zi ham bir necha davrchalarga bo'linadi.
710. Bitta muzlik davri necha ming yil davom etadi?
J: 1850 yil
711. Ayrim zamonlarda yana qanday sabablarga ko'ra sayyoramiz iqlimi o'zgarishi mumkin?
J: Koinotda quyosh o'z orbitasida galaktika markazi atrofida harakatlanayotganda boshqa yulduz sistemalari tumanliklari quyosh nurini to'sishi mumkin yoki quyoshning o'zi apogeliy va perigeliy nuqtalarida Yerning iqlimi o'zgarishi mumkin,
712. Yana qanday sabablarga ko'ra o'zgarishi mumkin?
J: Kosmik kuchlar ta`sirida sayyoramizda tog' hosil qilish harakatlari, vulkanlar harakatlari kuchayishi oqibatida chang, tutunlar quyosh nurini to'sishi natijasida iqlim o'zgaradi.
713. Bunga dalillar bormi?
J: Bunga misol 2010 yilda Islandiya orolida vulkanlar otilishi Yevropani larzaga keltirdi. Juda ko'p toshqinlarga sabab bo'ldi.
714. Vulkanlarning bu ob-havo hodisalarga qanday aloqasi bor?
J: Buning uchun atmosferada bo'ladigan jarayonlarni tahlil qilish kerak. Okeanlar yuzasidan Quyosh qizdirishi tufayli suvlar bug'lanadi va havoga ko'tariladi. Havodagi suv bug'lari tomchiga (yoginga)aylanishi uchun sovishi va bu jarayon juda tezlashishi uchun havoda chang va tutun zarralari bo'lsa osonlashadi,tezlashadi.
715. Havodagi suv tomchisi nima?

J: Bu bulut, havodagi suv bug'lari balandga ko'tarilib sovib kondensatsiya jarayoni tomchilarga aylanadi, yani bulutlar hosil bo'ladi.Bulutlar hali mayda suv tomchilari ular borgan sari qo'shilib yiriklashib to'yinib yog'inga aylanadi.


716. Sayyoramiz iqlimi ming yillar davomida qil ustida turadi. Nima uchun?
J: Chunki atmosferaning tarkibi quyidagicha 78% azot, 21% kislorod 0,4% C02 karbonat angidrit, qolgani boshqa gazlar.Karbonat angidrit gazining hissasi 0,4 % dan oshsa, sayyoraning iqlimi o'zgaradi.
717. Nima uchun sayyoramiz iqlimi unchalik sezilarli o'zgarmaydi?
J: Chunki tabiat o'zini-o'zi davolaydi. Agar inson haddidan ko'p oshmasa: yoqilgí energiya manbalaridan juda ko'p foydalanmasa.
718. Ayrim gepotezalarning mazmuniga ko'ra kosmosdan kutilmagan «mehmon» meteor va meteoritlar kelib turadi. Agar ularning kattasi kelsa, falokat bo'ladi. Kuchli portlash, kuchli zilzila bo'ladi. Yana qanday falokatlar bo'lishi mumkin?
J: Sayyoramiz iqlimi ham o'zgaradi.Chunki ko'p miqdorda chang, tutun ko'tarilib quyosh nurini to'sishi oqibatida iqlim sovishi mumkin.
719. Yana yaxshiyamki 2 ijtimoiy sistema dunyoni egallash maqsadida juda katta miqdorda yadro qurolini bir-biriga qarshi tayyorlagan edi. U sistemalarning biri barham topdi. Bu insoniyatga nima beradi?
J: Buning evaziga insoniyat yadro urushi xavfidan qutuldi.
720. Agar yadro urushi yuz bersa nima bo'lardi?
J: Sayyoramizda hayot muzlardi. Chunki yuqorida ta'kidlaganimizdek, juda ko'p miqdorda havoga chang va tutun ko'tarilsa, yerda abadiy qish boshlanar edi, ya'ni hayot muzlardi.
721. Bunga dalil bormi?
J: Bunga misol: nemis-fashist bosqinchilari Moskva ostonalariga yaqinlashganida juda ko'p portlashlar, yongínlar, havoga ko'p tutun va changlar ko''tarilishi natijasida Quyosh nurlari to'silishi oqibatida Moskvada hech qachon kuzatilmagan 40-45° C sovuq bo'lib, Moskva va Stalingrad ostonalarida nemis askarlari sovuqqa chiday olmay chekinishga majbur bo'lishgan.
722. Jahon xo'jaligi nima?
J: Jahon xo'jaligi deganda, tarixan tarkib topgan jahon malakatlari iqtisodiy jihatdan o'zaro bog'langan milliy xo'jaliklari yigíndisiga aytiladi.
723. Jahon xo'jaligi qachon tarkib topdi?
J: Asosan, Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli, XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida tarkib topdi.
724. Uning vujudga kelishida qaysi omillar asosiy rol o'ynadi?
J: Asosan 3 ta (faktor) omil:
Mashinalashgan kapitalistik ishlab chiqarish;
Transport (dengiz va temiryo'l) rivojlanishi;
Jahon bozorining tarkib topishi.
725. Jahon xo'jaligining geografik ''modeli'' nima?
a) Jahon xo'jaligi dastlabki davrda G'arbiy Yevropada tarkib topdi, shuning uchun u davrni Yevromarkazli yoki (Yevrosentrik dunyo) deb atashgan bo'lsa
b) Keyinchalik markaz AQSH ga koch'di, demak ikki markazli dunyo bo'ldi va ikkinchi jahon urushidan so'ng
v) sobiq SSSR, Yaponiya, keyinroq Xitoy, Hindiston kabi mamlakatlar qo'shilib polisentrik (ko'p markazli) dunyo xo'jaligi tarkib topdi.
726. Jahon xo'jaligi qanday tarmoqlarga bo'linadi?
J: Jahon xo'jaligi quyidagi tarmoqlarga bo'linadi:
a) moddiy ishlab chiqarish tormoqlari
b) noishlab ishlab chiqarish tormoqlari
727. Moddiy tormoqlar deb qaysi tormoqlarga aytiladi?
J: Sanoa't, qishloq xo'jaligi, transport, savdo, aloqa, qurilish kabi xo'jalik tormoqlariga aytiladi.
728. Noishlab chiqarish tarmoqlariga qaysi tarmoqlar kiradi?
J: Ta'lim sistemasi (o'rta va oliy ta'limgacha), meditsina, tartibni saqlash sohalari, mamlakatni boshqarish, turli xizmat sohalari (sud, prokuratura va h.k).
729. Biz magalopolis, smogopolis tushunchalarini bilamiz, lekin fan-texnika inqilobi zamonida yana bitta yangi tushuncha ''texnopolis'' tushunchasi paydo bo'ldi. Bu nima degani?
J: Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda sanoa't bilan ilmiy tadqiyqot markazlari bog'lanib, buni G'arb mamlakatlari sanoat va ilmiy tadqiyqot komplekslari yoki texnopolislar deb atamoqdalar.
730.shunday ilmiy tadqiqot komplekslaridan birining nomini ayting?
J.AQSHning g'arbida Kaliforniya shtatida Selikon vodiysi
731. Dunyoda birinchi ro'bo'tlashtirilgan-avtomatlashtirilgan zavod qayerda?
J: Albatta Yaponiyada robotlar ishlab chiqaradigan zavod avtomobillar ishlab chiqaradi. U zavodda minglab ishchilar yo'q, u zavod kechasi ham chiroqsiz ishlayveradi. Kam sonli operatorlar nazorat qiladi.
732. Fan-texnika inqilobining xususiyatlaridan 1-si qaysi?
J. FTI ning ko'p qirraliligi.
733.Ikkinchi xususiyatichi?
J.Kashfiyot bilan uning hayotga tadbiq etish orasidagi vaqtning qisqarishi haqida aytiladi.
734. 3 –chi xususiyatichi?.
J.malakali ishchining qadrining oshishi.
735. 4-chi xususiyatichi?
J. FTIning maxfiy suratda harbiy sohada rivojlanishi.
736.FTI ning nechta tarkibiy qismi bor?
J. 4 ta tarkibiy qismga bo'linadi : 1-Fanning rolining oshishi, dunyo mamlakatlarining unga e'tiborining kuchayishi
737.2-chisi.Texnika texnologiya. Uning o'zi ikki yonalishga bo'linadi
738. Texnika va texnologiyaga qanday talablar qo'yilgan?
J: 1-chi jismoniy qo'l mehnatini kamaytirish.
2- materiallarni tejash
3-dan energiyani (yoqilg'ini) tejash .
739.Texnika texnologiyaning ikki yo'nalishi qaysilar?
J: 1-Evolyutsion rivojlanish yo'li
2- Inqilobiy rivojlalanish yo'li
740. Evolyutsion rivojlanish yo'li nima degani?
J. Evolyutsion rivojlanish degani texnika va texnologiyaning asta-sekin mukammallashib borishiga ya`ni ilgari avtomobillar juda sekin yurar va juda kam yuk ko'tarar, shuningdek poyezdlar ham,samolyotlar ham va hokazo barcha texnika vositalri ham juda qudratli ketdi. Texnika vositalarining sekin- asta borgan sari mukammalashib borishiga aytiladi
741. Revolyutsion yoki inqilobiy rivojlanish bu nima degani?
J. Fan-texnikaning misli ko'rilmagan sakrab rivojlanishi, turli avtomat priborlar radiotexnika, teleapparaturalar, elektron asbob uskunalar ,ayniqsa atom eneriyasining bo'yso'ndirishi, kosmik apparatlarning kashf qilinishi bu inqilobiy rivoj deyiladi. .
742.FTIning 3-tarkibiy qismi qaysi?
J.Ishlab chiqarish.
743.Ishlab chiqarishning o'zi nechta yo'nalishga ega?
J.6 ta yo'nalishi bor.
744.1-yo'nalishi nima?
J.Ishlab chiqarish tormoqlarini elektronlashtirish.57
745.2-yo'nalish nimani talab qiladi?
J. Ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish
746. 3-yo'nalish nima haqida?
J.Energetika xo'jaligini qayta qurish, energiyani tejashg asoslangan, boshqa energiya manbalaridan foydalanish, AESlardan foydalanishda juda ehtiyot bo'lish.
747. 4-yo'nalish qanday talablar qo'yadi?
J.Yangi materiallar ishlab chiqarish,hozirgi zamon ishlab chiqarishi qora va rangli metal konstrusion materiallarga yuqori talablar qo'ymoqda sintetik materiallarga ham
748. 5-yo'nalish talablari nima haqida?
J.Biotexnologiya sohasining tezlashuvi bu tormoq ham fan talab i/chiqarishlardan hisoblanadi .
749. 6-yo'nalish qanaqa talablarga asoslanadi?
J: Ishlab chiqarishning so'ngi yo'nalishi bo'lib bu sohani ishlab chiqarishning kosmiklashuvi, turli kosmik apparatlarning turli yerdagi ishlarning rivojiga va ko'pgina fanlarning rivojiga yordam bermoqda. Geodeziya kartografiya geologiya va boshqa sohalarda .
750.FTIning 4-chi tarkibiy qismi nima deb ataladi?
J: Mamlakatni, ishlab chiqarishni boshqarish ilmi . .
751. Soatsozlikda ko'p yillar davomida Shvetsariya va Lixtenshteyn mamlakatlar edi. Hozir kimlar yetakchi?
J: Hozir elektron soatlar ishlab chiqarishda Yaponiya va ular bir necha baravar ozib ketdi.
752. Hozirgi zamon avtomobillariga o'rnatilgan mikroprosessorlar ularga qanday qulayliklar yaratmoqda?
J: Avtomatik suratda trassada avtomobilning tezligini, boradigan joyning masofasini o'zi haydovchisiz o'zi tormoz beradi,yana mashinani qayerga qo'yishni o'zi aytadi.
753. Robotlar haqida nima bilasiz?
J: Robotlar Yaponiya va G'arb mamlakatlarida 5000 m chuqurlikda geologik tadqiqotlar olib boradi, Avstraliyada qo'ylarning junini oladi, suv ostida kemalarning korpuslarini payvand (svarka)laydi va yana ko'p vazifalar
754. Dunyoda birinchi parovoz qayerda ishlab chiqarilgan?
J: 1825 yilda Angliyada ishlab chiqarilgan, AQSHda, so'ng Fransiyada, Germaniyada va Rossiyada ishlab chiqarilgan
755. Rossiyada birinchi temir yo'l qayerni Peterburg bog'lagan?
J: Peterburg—Sarskoe seloga qatnagan.
756. Dunyoda birinchi metropoliten qayerda ishga tushgan?
J: 1863 yilda Londonda, Nyu-Yorkda 1868 yilda. Hozirgi, vaqtda 70 dan ortiq mamlakatda metro bor
757. Lekin qaysi shahar metrosi eng ko'p yolovchi tashiydi ?
J: Moskva shahri metrosi eng ko'p bir yilda 3 mlrd.yo'lovchi.
758. Dengiz suv ostidan materik sayozligidan (shellf) qismidan XX asr oxiriga kelib 100 dan ortiq mamlakat neft va tab. Gaz izlamoqda, 50 dan ortig'i foydalanmoqda. Lekin neft gaz necha metr chuqurlikdan olinadi?
J: Hozircha 100m chuqurlikdan.
759. Dengizlar quturib, hamla qilib chayqalib turganida, neft va gazni suv ostidan qanday qazib olinadi?
J: Suv ostidan neft-gaz izlaydigan burg'ulaydigan maxsus platformalar bor.
760. Bu platformalar dengiz hamlasiga qanday bardosh beradi?
J: Okean shelfi chuqurligi 100 m bo'lsa burg'ulash platformasining po'lat oyoqlariyu burg'ulash minoralari 400 m. dan ortiq,og'irligi 500-800 ming tonna.
761. Unda xizmatchilarning soni qancha kishi?
J: Xizmatchi larning soni 200 -300 kishi bo'lsa ular uchun yotoqxona oshxona bo'ladi .
762. Platformada yana nimalar bo'ladi?
J: Platformada yana bir nechta rezervuarlar, vertolyot qo'nadigan joy burg'ulash minora va uskunalari bo'ladi.
763. Shu burg'ulash platformani minglab km masofaga ko'chirib borish uchun maxsus kemalar kemalar qurilgan uni kemaga qanday yuklashadi?
J: Uni yuklash uchun kemani suvga to'ldirib uning yuzasini suvning sathi bilan baravarlashtiriladi va plaformaning juda uzun oyoqlarii yig'ib juda ehtiyotlik bilan kema ustiga chiqariladi va so'ngra kemaning ichidagi suvlar chiqarib tashlanadi va kema suv yuzasiga ko'tarilib yo'lga tushadi.
764. Jahon qishloq xo'jaligi odatdagi dehqonchilik,chorvachilik baliqchilikdan tashqari yana qanday tormoqlarga bo'linadi? J: Tovar qishloq xo'jaligiga ya`ni, eksportga mo'ljallangan foyda daromad keltiradigan va is`temol maxsulotlari ishlab chiqadigan tormoqlarga bo'linadi
765. AQSHning qishloq xojaligi intensiv tovar maxsulot ishlab chiqaradi. Masalan AQSH q/x da qancha xilma-xil mashinalarishlatiladi?
J: Uning bir o'zi jahondagi 160ga yaqin rivojlanayotgan mamlakatlar
dan ko'proq mashinalar ishlatiladi.
766.Jahon qishloq xojaligida 30 mln.ga yaqin xilma-xil mashinalar ishlatilsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 1/10 qismi ham yo'q . Ularda hosildorlik qanday?
J: Rivojlanayotgan mamlakatlarda hosildorlik 15-20 tsentner.
767. Rivojlangan mamlakatlarda hosildorlik qancha?
J: Ularda hosildorlik gektaridan 35—40 tsentnerdan
768. Rivojlangan mamlakatlarda mehnat unumdorligi qiyosiy qanday?
J: Rivojlangan mamlakatlarda 10- 15 marta yuqori.
769. Q/xo'jaligida FTI ta'sirida , «yashil inqilob» deb ataluvchi o'zgarishlar rivojlanayotgan mamlakatlarda ham ba`zilarida amalga oshmoqda bular qaysilar?
J: Meksika, Braziliya , Argentina, Filipin va Tailand kabi mamlakatlar.
770. Rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy ko'pchiligida qanday qishloq xojaligi? J: Qo'l kuchiga asoslangan yoki ekstensiv qishloq xojaligi, omoch, ketmon kabi kabi mehnat qurollari hukmron.
771. Yashil inqilob nima o'zi?
J: Bu qishloq xo'jalik tormoqlarini zamonaviy agrotexnika asosida rivojlantirish degani .
772. Yashil inqilobning uchta sharti yoki talabi bor. 1-dan yangi tez
pishar, hosildor navlar yaratib, yerdan bir necha marta hosil olish. ,
773. 2-dan qanday talablar bor ?
J: Irrigatsiya ishlaridan sun`iy sug'orish yo'li bilan maqsadga erishish
mumkin.
774. 3-dan qanday talablar bor? J: Qishloq xo'jaligida juda ko'p xilma-xil texnika vositalaridan, turli mineral o'g'itlar va kimyoviy ashyolardan foydalanish, bu hammasi ziroatchilikda.
775. Jahonda yiliga qancha bug'doy yetishtiriladi?
J: Hozir jahonda taxminan 2mlrd tonna bug'doy yetishtiiriladi
776. Bu bug'doy qancha kishini non bilan taminlaydi?
J: Taxminan yarim dunyoni.
777. Bug'doyning vatani qayer ekan?
J: Ayrim olimlarning fikriga ko'ra Old Osiyo va O'rta dengiz bo'yi mamlakatlaridan butun dunyoga tarqagan.
778. Jahonda bug'doy ekadigan mamlakatlarda hosilni yig’ib olish va ekish qachon amalga oshiriladi.
J: Matbuotning ma'lumotlariga qaraganda, sayyoramizda hamma oylarda ham bug'doyni ekib va o'rib turiladi.
779. Nima uchun yoki qanday qilib ?
J: Chunki sayyoramizda Shimoliy yarim sharda yoz bo'lsa, Janubiy yarim sharda qish bo'ladi va aksincha.
780. Dunyoda 70 dan ortiq mamlakat bug'doy ekadi, lekin asosan jahon bug'doyining asosiy qismini bir necha mamlakat hissasiga to'g'ri keladi. Bu qaysi mamlakatlar?
J: Bu mamlakatlar AQSH, Xitoy, Kanada, Rossiya, Avstraliya, Qozog'iston va Ukraina kabi mamlakatlar hissasiga to'g'ri keladi.
781. Dunyoda eng ko'p bug'doy eksport qiladigan mamlakatlar AQSH, Kanada, Avstraliya, Qozog'ston, nima uchun?
J: Chunki AQSH Markaziy tekisliklar xududida juda katta maydonga ekib katta hosil oladi va jahonda eng ko'p bug'doy eksport qiladi, va Kanada, Qozog'iston va Avstraliya maydoni katta aholisi kam mamlakatlar.
782. Insoniyatning ikkinchi noni bu guruch u yarim dunyoni boqadi. Sholini xitoyliklar bir necha ming yillardan buyon ekib keladilar. Sholining vatani qayer?
J: Sholining vatani ham Xitoy.
783. Hozir nechta mamlakat sholi ekadi?
J: Sholi ham bug'doy singari dunyoga 100 dan ortiq mamlakatda ekiladi.
784. Lekin sholining qancha qismi Sharqiy Osiyo mamlakatlari hissasiga to'g'ri keladi?
J: Bu mamlakatlarga dunyo sholisining 9/10 qismi to'g'ri keladi
785. Jahonning sug'oriladigan ekin maydonlarining qanchasi sholi bilan bilan band?
J: Deyarli 70 % ni sholi egallagan.
786. G'alla ekinlarining 3-si makkajo'xori bo'lib uning. Vatani qayer?
J: Uning vatani Meksika.Uni yangi dunyo kashf qilingach Yevropaga olib kelingan va butun dunyoga tarqalgan.
787. Eng ko'p makkajo'xori ekadigan mamlakatlar qaysilar ?
J: Dunyoda eng ko'p makkajo'xori yetishtiradigan mamlakat bu AQSH bo'lib dunyoning bir o'zi 60 foizdan ko'proq qismi to'g'ri keladi va yana Xitoy va Braziliya ko'p ekadi.
788. Bug'doy va makkajo'xorini asosiy asosiy yetishtiruvchi va eksport qiluvchi mamlakatlar bu AQSH, Kanada, Avstraliya, Fransiya, Qozog'iston,Argentina bo'lsa, importyorlar kimlar?
J: Asosan rivojlanayotgan mamlakatlar va MDHdavlari ham bor.
789. Dunyoda yetishtirilgan g'allaning 10- 15 foizi jahon bozorida sotiladi., qolganichi?
J: Qolgani o'z ehtiyojlarini qoplaydi .
790. Tovar maxsulotlar deb nimaga aytiladi?
J: O'z ehtiyojlaridan ortiqcha bo'lgan maxsulotga aytiladi.
791. Jahon ziroatchiligida g'alla ekinlaridan keyin ikkinchi o'rinda oziq ovqat ekinlaridan qaysi ekinlar turadi?
J: Moyli ekinlar turadir.
792. Jahonda foydalanilayotgan yog'larning qanchasi o'simliklardan olinadi?
J: Yog'larning 2/3 qismi o'simliklardan olinadi.
793. Bu moyli ekinlarni yetishtirishda qaysi mamlakatlar etakchi?
J: Jahon so'yasining ½ midan ko'pi AQSH hissasiga tog'ri keladi.
794. Jahon yer yong'oqning yarmi Hindiston hissasiga to'g'ri kelsa, zaytunni kim ko'p ekadi?
J: Zaytunning yarmi Italiya hissasiga to'g'ri keladi.
795. Ildiz mevalardan kartoshka uning vatani qayer?
J: Uning vatani Janubiy Amerika bo'lsa .
796. Hozir uni ko'proq qaysi mamlakatlar yetishtirmoqda?
J: Hozir uni ko'proq mo'tadil mintaqa mamlakatlari, ya`ni Rossiya, Polsha Xitoy kabi mamlakatlar ko'p yetishtiradi.
797. Shakar beruvchi ekinlar qaysi ekinlar?
J:Shakar qamish va qand lavlagi ekinlari.
798. Jahonda ishlab chiqarilayotgan shakarning qanchasi shakarqamishdan va qanchasi qand lavlagidan olinadi?
J: Shakarning 60 % shakarqamishdan olinsa, 40% shakar lavlagidan olinadi
799. Shakar qamish yetishtirishda qaysi mamlakatlar yetakchi?
J: Braziliya eng yetakchi bo'lsa, so'ngra Hindiston, Kuba, Kolumbiya kabi mamlakatlar.
800. Qand lavlagini qaysi mamlakatlar ko'p ekadi?
J: Bular Rossiya, Ukraina, Yevropa mamlakatlari, va AQSH kabi mamlakatlari.
801. Quvvat beruvchi ekinlar deb qaysi ekinlarga aytiladi?
J: Bu ekinlardan asosiysi choy, kofe, kakau ekinlari hisoblanadi .
802. Bulardan choy yetishtirishda qaysi mamlakatlar yetakchi?
J: Choy yetishtirishda Hindiston, Xitoy va Shrilanka kabi Janubiy Sharqiy va Janubiy Osiyo mamlakatlari.
803. Kofening vatani qaysi mamlakat ?
J: Afrikaning Efiopiya mamlakatining Kaffa o'lkasi hisoblanadi.
804. Kofeni qaysi mamlakatlar ko'p yetishtiradi?
J: Uning vatani Afrika bo'lsa ham, uni Jan.Amerikada Braziliya eng yetakchi va Kolumbiya, Meksika mamlakatlari.
805. Kakao esa Jan.Amerika ekini, uni qaysi mamlakatlar ko'p yetishtiradi?
J: Aksincha Afrika mamlakatlari ko'p yetishtiradi.
806. Kakao yetishtirishda qaysi mamlakatlar yetakchi?
J: Afrikaning Gvineya sohili mamlakatlari Gana,Gvineya mamlakatlari.
807. Jahonda eng ko'p ekiladigan ekinlardan bu tola beruvchi ekinlardan paxta bo'lib uning vatani qayer?
J: Uning vatani Jan. Amerika mamlakatlari, Meksika kabi mamlakatlar
808. Jahon bir yilda qancha paxta tolasi oladi?
J: Har yili jahonda 17-18 .mln.tonna tola olinadi.
809. Paxtani eng ko'p yetishtiruvchi mamlakatlar yoki regionlar?
J: Eng asosiy yetishtiruvchi mamlakatlari Yer sharining uch regiyonida joylashgan.
810. Bular qaysi Yer sharining qaysi regionlari?
J: 1-navbatda Osiyo mamlakatlari ,
2- Shimoliy Amerika
3- Afrika mamlakatlari.
811. Jahonda eng ko'p paxta yetishtiradigan mamlakat qaysi?
J: Jahonda eng ko'p paxta yetishtiradigan mamlakat bu Xitoydir
812. Boshqa tola beruvchi ekinlar qaysilar?
J: Bu ekinlar tolali zig'ir, jut, sizal kabi ekinlar.
813. Bu ekinlarni eng ko'p yetishtiradigan mamlakatlar qaysilar?
J: Zig'irni eng ko'p Rossiya va Belorus.
814. Jut va sizalni qaysi mamlakatlar?
J: Jutni eng ko'p yetishtiradigan mamlakat Bangladesh sizalni esa Afrika mamlakatlari
815. Dunyoda sintetik kauchuk ishlab chiqarilgunga qadar eng qimmatli ekin tabiiy kauchuk bo'lgan nima uchun?
J: Chunki undan rezina ishlab chiqarilgan.
816. Hozir u qayerda ko'p ekiladi?
J: Hozir asosan Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari Malayziya, Indoneziya, Tailand kabi mamlakatlar .
817. Dunyoda yetishtirilayotgan g'allaning qanchasi yemga ishlatiladi?
J: Deyarli yarmi yemga, chorvachilikka xizmat qiladi.
818. O'z navbatida faqat sanoat emas, qishloq xo'jalik ham atrof muhitning ifloslanishi hissasi katta.U tabiiy muhitning nimasiga zarar keltiradi?
J: Q/x tabiatning tuproq, suv va odamlarning zaharlanishiga sabab bo'ladi.
819. Har yili qancha mineral o'g'itlar va zaharli kimyoviy moddalar ishlatiladi?
J: Bir yilda 100 mln. tonnadan ko'proq min. o'g'it va 3mln.tonna zaharli yadoximikatlar ishlatiladi
820. Qishloq xo'jaligini kimyolashtirishning ahamiyati bormi?
J: Hosildorlikka va maxsulotning sifatiga, samaraldorlikka foydasi juda katta.
821. Lekin dunyoda pestisidlardan qancha kishi zaharmoqda? J: Pestitsidlardan 2mln.ga yaqin kishi zaharlanmoqda.
822. Jahon qishloq xo'jaligining asosiy tormoqlaridan biri chorvachilik u qanday tormoqlarga bo'linadi?
J: Qoramolchilik, qo'ychilik va cho'chqachilik, parrandachilik kabi tormoqlarga bo'linadi.
823. Hammasi bo'lib jahonda qancha qoramol va qo'ylar bor?
J: 4 mlrdga yaqin qora mollar 1,2mlrd, va qo'ylar soni 1,3 mlrd.
824. Chorvachilikning yana bir muhim tormog'i cho'chqachilik, uning soni qancha?
J: Dunyoda cho'chqalarning soni 900 mln.dan ko'proq.
825. Lekin dunyoda eng ko'p istemol qilinadigan go'sht qaysi go'sht?
J: Chunki qora mollar ham sut beradi, qo'ylarning asosan erkak qo'ylar so'yiladi
826. Jahon go'sht maxsulotining qancha foizini cho'chqa go'shti tashkil qiladi?
J: 40 % dan ko'prog'ini tashkil qiladi.
827. Cho'chqachilik dunyoning qaysi regiyonlarida rivojlangan?
J: Asosan aholi zich bo'lgan va yirik shaharlar sanoat markazlari yaqin bo'lgan regionlarda.
828. Ayniqsa qayerda, qaysi mamlakatda?
J: Jahon cho'chqalarining yarmi Osiyoda, eng avvalo Xitoyda.
829. Jahonda eng uzun devor qayerda deb so'rasa hech ikkilanmasdan Xitoy devori deb javob beramiz, lekin undan ham uzun to'siq devor bor u qayerda?
J: Lekin eng uzun to'siq devor Avstaliyada (900 km) qo'ylarni dingo itidan qo'riqlaydi.
830. Bu devorga kuchsiz tok o'tkazilgan. Bunday qo'yxona nima deyiladi.
J: Bu qo'yxona shipsteyshinz deb ataladi
831. Bu qo'yxonada qo'ylarni kim boqadi?
J: Bu qo'yxonada qo'ylarni hech kim boqmaydi.
832. Faqat qo'ylarni qachon bezovta qilinadi?
J: Faqat jun qirqim paytida yoki so'yish uchun
833. Bu qo'ylar kimniki?
J: Bu qo'ylar ayrim shaxsiy boylarniki yoki kompaniyalarga qarashli bo'ladi .
834. Bu qo'yxonadalarda qanchagacha qo'y bo'ladi?
J: 50 mingdan100 gacha qo'ylar bo'ladi.
835. Jahon qo'ychiligida Avstraliyadan tashqari yana qaysi mamlakatlarda rivojlangan? J: Xitoy, Yangi Zelandiya, Rossiya, Mug'iliston kabi mamlakatlarning ham mavqei ham ancha baland.
836. Lekin jahonni asosan qo'y go'shti bilan va jun, terisi bilan qaysi mamlakatlar ta`minlaydi?
J: Bu Avstraliya va Yangi Zelandiya.
837. Jahon qishloq xo'jaligining yana bir muhim tormog'i bu baliqchilik. Bir yilda qancha baliq ovlanadi?
J: Bir yilda 110 mln. tonnadan ko'proq.
838. Baliq ovlash bilan butun dunyo shug'ullanadi, lekin uning yarmi nechta mamlakat hissasiga to'g'ri keladi?
J: 6 ta mamlakat hissasiga to'g'ri keladi.
839. Bu mamlakatlar qaysilar ?
J: Bu mamlakatlar Yaponiiya, Xitoy, Rossiya, AQSH, Peru, ChIli davlatlari hissasiga to'g'ri keladi.
840. Baliq ovlaydigan maxsus kemalar va uni qayta ishlaydigan, ya`ni konserva kabi tayyor maxsulotga aylantiradigan maxsus zavod kemalar bo'ladi. Baliq ovlaydigan kemalarning soni jahonda soni qancha?
J: Bunday maxsus kemalarning soni 25 mingdan ortiq.
841. Zavod kemalar qanday jihozlangan?
J: Bu kemalarda bir necha yuz ayollar ishlaydi, ular uchun kemada yotoqxona oshxona kinoteatr sport maydonchasi hovuz hammom kabi sharoitlar yaratilgan
842. Zavod kemalar qayerda turadi?
J: Asosan baliq ovlovchi kemalar yakor tashlaydi.
843. Akvakultura va marikultura nima?
J: Dunyoda dengizdan olinayotgan mahsulotlarning 15 mln tonnasi ana shunday dengizlarda sun`iy ravishda baliq va boshqa dengiz hayvonlarini boqiladigan xo'jaliklariga aytiladi.
844. Akvakultura xo'jaligi bilan Xitoyliklar qachondan boshlab shug'ullanishgan?
J: Bundan 4000 yil oldin shug'ullanib kelishadi.
845. Jahonda hozir ular yetakchi, Osiyo mamlakatlarining akvakultura mahsulotlari yetishtirishda hissasi qancha?
J: 80 % dan ko'proq.
846. Akvakultura mahsulotlarining miqdori qancha?
J: Har yili 15-17 mln tonnadan ko'proq.
847. Jahon xo'jalik tarmoqlarining 3-chi yetakchi tarmog'i transportdir. Transport biror moddiy mahsulot ishlab chiqarmaydi, lekin nima uchun moddiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi?
J: Chunki na sanoat na qishloq xo'jaligi yoki boshqa xo'jalik tarmoqlari transportsiz rivojlana olmaydi.
848. Transportning ahamiyati nimada deb tushunasiz?
J: Transport dunyo mamlakatlari, qit`alarini bog'lash barobarida xalqaro mehnat taqsimotini vujudga keltiradi.
849. Dunyoning ba`zi hududlari ishlab chiqaruvchilarga, boshqa bir hududlari iste`molchilarga aylanadi. Bu degan so'z nima degan ma`noni anglatadi?
J: Demak ayrim hududlar ishlab chiqaruvchilarga va 2-chisi iste`molchiga aylanishi buni xalqaro ixtisoslashuv deyiladi.
850. Xalqaro ixtisoslashuvning amalga oshuvi nimasiz tasavvur qilib bo'lmaydi?
J: Ya`ni transportsiz (temir yo'l va dengiz transportisiz).
851. Transportning yanada samaraliroq ishlashida qanday yangilik juda qo'l keldi?
J: Hamma transport turlarida yuk tashishning konteynerlashtirish katta samara bermoqda.
852. Dunyo transportida yana qanday yangiliklar amalga oshmoqda?
J: Temir yo'l transportida super ekspress poyezdlar (300-500 km/soatiga) elektrovozlar, magnitli osmapoyezdlar va havo yostiqlari vositasida harakat qiladigan tezyurar kemalar va h.k.
853. Jahon temir yo'llarining uzunligi 1,3 mln km bo'lib, hozir nechta mamlakatda temir yo'l transportidan foydalaniladi?
J: Deyarli 140 mamlakatda foydalaniladi.
854. Dunyo temir yo'lining deyarli yarmi nechta mamlakatlar hissasiga to'g'ri keladi?
J: 10 ta mamlakat hissasiga to'g'ri keladi.
855. Bu mamalakatlar qaysilar?
J: AQSH, Rossiya, Kanada, Xitoy, Hindiston, Fransiya, Germaniya, Braziliya, Avstraliya, Argentina kabi mamlakatlar hissasiga to'g'ri keladi.
856. Jahon transportida eng katta ahamiyatga dengiz savdo flotining hissasi beqiyos. U bir yilda qancha yuk tashiydi?
J: Bir yilda 420 mln tonnadan ko'proq yuk tashiydi.
857. Jahonnning nechta mamlakatida savdo floti bor?
J: 160 dan ortiq mamlakatda savdo floti bor.
858. Eng asosiy yuk tashiydigan savdo flotiga ega mamlakatlar nechta?
J: Bunday mamlakatlar soni 10 dan oshiq emas.
859. Eng katta savdo flotiga ega mamlakatlar qaysilar?
J: Bular Liberiya, Panama, Gretsiya kabi mamlakatlar.
860. Liberiya va Panamaning o'zi hech qanday kema ishlab chiqarmaydi. Bu kemalar kimniki?
J: Bu kemalar AQSH, Yaponiya, Norvegiya,Germaniya, B.Britaniya, Italiya, Shvetsiya kabi mamlakatlar boylari va kompaniyalarga qarashli bo'lib, o'z mamlakatlarida katta soliq to'lashdan qochib bu mamlakatlar bayrog'i ostida suzishadi.
861. Dunyo okeanlari orasida eng ko'p yuk tashiladigani qaysi?
J: Eng ko'p yuk tashiladigan okeani, ikkinchi Tinch okean.
862. Dunyoda hammasi bo'lib nechta dengiz porti bor.?
J: Hammsi bo'lib 2700 dan ortiq port bor.
863. Lekin eng yiriklari qancha ?
J: Super portlar 30 dan ortiq.
864. Dunyo okeanlari va portlari orasida Atlantikaning hissasi qancha?
J: Deyarli yarmi Atlantika hissasiga to'g'ri keladi.
865. Fransiyaning Atlantika okean suvlarida «Normandiya», «Frans», Angliyaning «Kuin Meri», «Kuin Elizabet», Italiyaning «Mikelanjelo» va AQSH ning «Yunaytet Steyts» kemalari bir yilda qancha yo'lovchi tashigan?
J: Bir yilda 3mln. kishiga yaqin.
866. Bu kemalar o'rtasida «Kim Atlantikani tez suzib o'tadi» musobaqasi mukofoti bo'lgan. Bu mukofotni kim olgan?
J: «Yunaytet Steyts» kemasi olgan.
867. U qancha vaqtda suzib o'tgan?
J: U 3 sutkayu 10 soat 40 minutda suzib o'tgan
868. Hozir ana shu okenda suzib yuruvchi «saroylar» buzib tashlanmoqda nima uchun?
J: Chunki havo transporti ularni yo'qqa chiqardi.
869. Hozir havo transporti 1 yilda qancha yo'lovchi tashiydi?
J: Salkam 1,5 mlrd yo'lovchi tashimoqda.
870. Hozir jahon aholisining har nechtasi havoda uchmoqda?
J: Deyarli har 5 tasidan biri uchmoqda.
871. Hozir jahonda nechta yirik aeroport bor?
J: Hozir 5 mingdan ortiq aeroport bor .
872. Hozir Atlantika osmonida bir vaqtning o'zida qancha samolyot uchmoqda?
J: 100 dan ortiq samolyot uchmoqda.
873. Transportning xizmati nima bilan o'lchanadi?
J: Yuk (oboroti) aylanmasi bilan o'lchanadi.
874. Yuk aylanmasi (yuk oboroti) nima?
J: «Yuk oboroti» bu tashilayotgan yukning miqdori tonna bo'lsa tashilayotgan yukning masofasiga ko'paytirish hisobiga topiladi. Bu tonna/km bilan o'lchanadi. .
875. Yaqin kelajakda avtomobil transportida neftning kamayishi va ekologiya maqsadlarida qanday avtomobillarning hissasi oshishi mumkin?
J: Gazda yuradigan va elektro mobillarning hissasi oshishi mumkin.
876. Qaysi mamlakatda avtomobillar eng ko'p?
J: AQSHda . 877. AQSH da har necha kishida avtomobil bor?
J: AQSHda har1000 kishidan 600 tasida mashinasi bor.
878. Shimoliy dengiz tagidan yiliga qancha neft va t/gaz qazib olinmoqda?
J: 180 mln.tonna neft va 140mlrd kub metr t/gaz qazib olinmoqda.
879. Buncha neft va gaz Garbiy Yevropaning ehtiyojlarining qanchasini taminllaydi?
J: Neftga bo'lgan ehtiyojining 1/3 qismini, t/gazga bo'lgan ehtiyojining 2/3qismini ..
880. Osiyo qitasida nechta mamlakat bor?
J: 51 ta mamlakat,
881. 2-jahon urushigacha deyarli butun Osiyo mustamlaka edi, kimlarga qaram edi?
J: Asosan Angliya va Fransiya,Yaponiya , Gollandiya kabi mamlakatlar. 882. Osiyo va Afrika mamlakatlarining mustaqillikka erishida kimning xizmati katta?
J: Fashistlar Germaniyasi ustidan g'alaba qozongan sobiq SSSRning xizmati katta .
883. Bu mamlakatlarni SSSR qanday qo'lladi?
J: Ularning milliy mustaqillik uchun olib borgan kurashini ham siyosiy iqtisodiy ( harbiy) va manaviy qo'lladi.
884. Osiyo mamlakatlari hozir iqtisodiy rivojlanish xususiyatlariga ko'ra xilma-xil, shu sababli nechta guruhga bo'linadi?
J: Shuning uchun ularni 6 guruhga bo'lib o'rganiladi.
885. Bu qanday guruhlar:
1-guruh Yaponiya eng rivojlangan maml-t,
2-Osiyoni sanoatini rivojlanishiga qarab II guruhga qaysi davlatlar kiritilgan. : Xitoy Hindiston.
86. 3-g. Osiyo Yo'lbarslari yoki Osiyoning yangi industrial davlatlari qaysilar?
J: Jan.Koreya, Tayvan , Gongkong, Singapur kabilar
887. 4-guruh mamlakatlar qaysi mamlakatlar?
J: Fors qo'ltig'i neft eksport qiluvchi mamlakatlar
888. 5-guruh sanoati bir tomonlama ya’ni sust rivojlangan mamlakatlar qaysi davlatlar?
J: Mo’g’uliston , Pokiston ,Vetnam, Bangladesh , Iordaniya ,Sri-Lanka .
889. 6-guruh -iqtisodiyoti eng qoloq davlatlari qaysilar?
J: Bu mamlakatlar Osiyoning eng qoloq davlatlari Afg’oniston, Butan ,, Nepal,Yaman va Laos kabi davlatlari.
890. 3-guruh nimaga Yo'lbarslari nomi berilgan?
J: Sobiq mustamlaka mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishda Yaponiyaga o'xshab mo'jiza yaratib sakrab rivojlanmoqdalar.
891. Nima uchun, qanday omillar bularning sakrab rivojlanishiga sabab bo'ldi?
J: 1-dan ularning iqt. Geografik o'rni qulay dengizlar bo'yida, 2-dan ortiqcha mehnat resurslari.
892. va yana qanday ijobiy xususiyatlar hisobiga ?
J: Ular dindor xiyonat qilishmaydi, tartibli, ishga kechikib, yoki sababsiz ishdan qolishmaydi .
893. Rivojlangan mamlakatlar asosan nima uchun o'z korxonalarini bu mamlakatlarga qurishgan?
J: Eng asosiysi arzon ishchi kuchi ularni qiziqtirgan.
894. Arzon ishchi kuchi degani nima?
J: Rivojlangan mamlakatlar nima uchun o'zlarida emas bu mamlakatlarda sababi o'z ishchilariga nisbatan 3-4 baravar kam ish haqiga ham ular ishlayveradi .
895. Asosan sanoatning qaysi tormoqlarini joylashtirishgan?
J: Sanoatning asosan nozik, nafis murakkab sohalari kompyuter, elektronika, radiotexnika teleapparatura kabi xilma-xil eng murakkab mashinasozlik.
896. Eng avvalo qaysi davlatlar o'z korxonalarini joylashtirgan?
J.1-Yaponiya boshlagan, keyin AQSH va G'arbiy Yevropa davlatlari joylashtirgan.
897. Osiyo davlatlarining deyarli hammasi dengiz bo'ylarida joylashgan, bunday imkoniyatga nechtasi ega emas?
J: Bunday imkoniyatga 12 ta davlat ega emas, shu jumladan O'zbekiston ham .
898. Osiyoning eng asosiy t /boyligi nima?
J: Jahonni neft bilan ta`minlab, jahon xo'jaligining misli ko'rilmagan suratlar bilan rivojlanishiga sabablar bo'lmoqda.
899. Osiyo mamlakatlarining asosiy muammosi nima?
J: Aholisi juda ko'p Yer shari aholisining 60 foizdan ortiq qismi Osiyoda yashaydi, lekin ekin ekiladigan yer kam.
900. Osiyoning maydoni kattaku dersiz, lekin uning katta qismi baland tog'lar va suvsiz cho'llar egallagan nima kam?
J: Aksincha sug'oriladigan yerlar kam
901. Qaysi mamlakatlar bundan mustasno?
J: Xitoy va Hindiston mamlakatlari.
902. Osiyoda va jahonda aholisi eng zich mamlakat qaysi?
J: Bu mamlakat Bangladesh.
903. Bahgladeshning maydoni va aholsi qancha?
J: Uning maydoni Navoiy viloyatining maydonidan sal kattaroq lekin Qoraqalpog'istondan kichik, lekin aholisining soni 140 mln.kishi yashaydi.
904. Bangladeshda 1kv kmga necha kishi to'g'ri keladi?
J: 1000 kishidan ko'proq kishi.
905. Osiyo mamlakatlari orasida iqtisodiy mo'jiza yaratgan 1 ta Yaponiya emas, Koreya respublikasi jahonni qoyil qilib iqtisodiy mo'jizalar yaratmoqda u nimalarga erishdi?
J: Sanoat sohasida erishgan natijalarini eshitib ko'ring. Maydoni bor -yo'g'i 100 ming kv km aholisi 50mln. kishiga yaqin AESlarda el.energiya miqdoriga ko'ra 9-o'rinda, po'lat eritishda 7-o'rinda, dengiz kemalari ishlab chiqarishda 2-o'rinda .
906. Koreya respublikasining yana qaysi sohalarda yuqori ko'rsatkichlarga erishgan?
J: Kimyoviy tolalar ishlab chiqarishda 5- o'rinda, elektron sanoat maxsulotlar ishlab chiqarishda 6-o'ringa chiqdi.
907. Vaholanki u qanday mamlakat edi?
J: 2-chi jahon urushi davrida Yaponiiya mustamlakasi, undan so'ng deyarli 3 yil ikki Shimoliy va Janubiy Koreya aka-uka o'ldirishi urushi olib borishdi. 1950-1953 yillar.
908. Osiyo mamlakatlari orasida sug'orma dehqonchilik uchun nisbatan qulay sharoit qaysi mamlakatlarda mavjud?
J: Bu mamlakatlar Xitoy va Hindiston
909. Bu mamlakatlar faqat Osiyoda emas, balki dunyoda ham qanday mavqeiga ega?
J: Sug'oriladigan dehqonchilik yerlarning maydoniga ko'ra dunyoda ham yetakchi.
910. Osiyo mamlakatlari orasida yana shahar davlat Singapur (Sher shahar), bu shahar faqat dunyodagi katta port shaharlardan emas. Va yana nimalari bilan mashhur?
J: Sharqning G'arbga va G'arb mamlakatlari uchun Sharqiy darvozalikdan tashqari, kema remont, kemasozlik, neftni qayta ishlash kabi sohalar tugunida joylashgan.
911. Singapur yana qanday sohalarda markaziy o'rin tutadi?
J: Osiyoning elektoronika sanoati markazlaridan biri, xalqaro savdoning industrial markazlaridan biri va yirik moliya markaziga aylandi.
912. Osiyo mamlakatlaridan 4-chi guruhni tashkil qiladigan Fors qo'ltig'i mamlakatlari XX asr o'rtalaridan boshlab, qisqa muddat ichida tanib bo'lmas darajada o'zgarib industrial mamlakatlarga aylanib borishmoqda, nima hisobiga?
J: Asosan ularning yer osti va suv osti «qora oltin» koni ekan, uni qazib chiqarib va eksport qilish hisobiga
913. Hozir bu mamlakatlarda o'z xalqi kam ishlaydi. 7mln ga yaqin mehmon ishchi xizmatchilar yashaydi. Masalan Saudiya Arabistonida qancha mehmon ishchi bor?
J: O'zining mahalliy ishda ishlayotganlaridan ko'ra ular ko'proqni tashkil qiladi.
914. Xuddi shunday yana qaysi mamlakatlarda?
J.Quvaytda mehmon ishchilar 60% ni, BAAda mehmon ishchilar 90% ni tashkil qiladi.
915. Janubiy G'arbiy Osiyoda yoki Yaqin va O'rta Sharqda eng yirik davlatlar qaysilar?
J .Bu birinchi navbatda Turkiya respublikasi va Eron Islom respublikasi. Turkiyaning aholisi 75 mln. dan oshib ketdi. Eronning aholisi 70mln.ga yaqin
916. Bu ikki davlat rivojlanayotgan davlarlar hisobiga kirsa ham ,ular qanday mavqeiga ega?
J: Bu ikki davlatda ham sanoatning barcha tormoqlari jadal suratlar bilan rivojlanmoqda ayniqsa yoqilg'i energetika, metallurgiya mashinasozlik, kimyo kabi tormoqlari.
917. Turkiya respublikasi Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a'zo va yana qanday tashkilotlarga a'zo?
J: Turkiya undan tashqari BNT918. Osiyoning super davlati Xitoy bo'lib, uning aholisida mehnatga yaroqli kishilarning soni qancha?
J: Mehnat resurslarining o'zi 700 mln. kishidan ziyodroq bo’lib butun Garbiy Yevropa aholisiga teng.
919.Xitoy mehnat resurslarining qanchasini yoshlar tashkilqiladi?
J: 40% dan ko'prog'ini yoshlar tashkil qiladi
920. Xitoyda aholining urbanizatsia darajasi past 40% ga yetmaydi lekinularni G'arb davlatlariga qiyoslasakchi?
J: Xitoyda shaharliklar butunYevropa aholisidan ko'proq ekan.
921. Xitoy iqtisodiy jihatdan qanday qismlarga bo'linadi?
J: Xitoy iqtisodiy jihatdan 3 ta zonaga bo'linadi.
922. Bu zonalar qaysilar:1-G'arbiy zona mamlakat xududining 66% tashkil qiladi
2-markaziy zona maydoni 30%mamlakat maydonining egallagan.
3-zona Sharqiy bori-yog'i 10% xududini egallagan
923. Bu zonalar mamlakat aholi va sanoatida hissasi qanday?
J.1-G'arbiy zona sanoatda 13%, 2-Markaziy zona sanoatda 27%, Sharqiy 3-zona 60%
924. Bu raqamlar nima haqda so'zlaydi,?
J: Ya`ni Xitoyning aholisi ham, xo'jaligi ham asosan Tinch okean sohilida
joylashgan degani
925. Xitoyda asosiy g'alla ekini sholi ekani hammaga ma`lum u yerda sholining necha xil navi ekiladi?
J: Bilasizmi, 10 mingdan ortiq navi ekilar ekan .
926. Xitoy iqtisodiyotida qishloq xo'jaligining ahamiyati juda katta, ayniqsa ilgarigi «xalq kommunasi» deb atalgan xo'jalik sistemasidan oilaviy pudrat sistemasiga o'tilgan . Qachon o'tilgan?
J: 1990 yildan so'ng 450 mln. tonna g'alla yetishtirishga erishib Xitoy tarixida rekord hosil olingan
927. Xitoy uchun sholi faqat oziq-ovqat maxsuloti emas, bo'lmasa yana nima?
J: Uning o'zi asosiy noni bo'lsa, poxoli chorva uchun xashak undan qog'oz. Turli savatlar sumkachalar arqonlar va sholipoyalarda baliqlar ko'paytiriladi.
928. Shanxay Xitoyning eng katta shahri va sanoat markazi bo'lsa, Pekin poytaxti, dengizlardan ancha 176 km uzoqda. Pekinning asli nomi nima?
J: Beyszin-Shimoliy poytaxt degani
929. Pekinning markaziy qismi ichki «taqiqlangan» qismi qanday palatalardan iborat?
J: Oliy uyg'unlik palatasi To'la, uyg'unlik palatasi va Uyg'unlikni
Saqlash palatasi kabi saroylar va inshootlardan iborat bo'lib, ayrimlari muzeylarga aylantirilgan
930. Pekinning markaziy maydoni Tyananmin (samoviy sokinlik darvozasi) deb ataladi. Bu maydon nimasi bilan kishini hayron qoldiradi?
J: Bu maydonda bir vaqtning o'zida tantanalarda 2 mln kishi qatnashishi mumkin.
931. Ayrim davlat rahbarlarini tirikligida ko'klarga ko'tarib maqtashadi va o'lgandan so'ng uning ayblari topilib, rosa qoralashadi. Xitoy davlat arboblaridan o'rtacha lavozimda ishlab kelgan kishi o'lgandan so'ng Xitoyning eng ulug' kishisiga aylandi U kim o'zi?
J: Bu kishi marhum Den SIyo Pin .edi.
932. Nima uchun u kishi ulug'lanadi?
J: Chunki u kishi Xitoyni halokat yoqasidan qaytardi.
933. Qanday halokat edi ?
J: Chunki xx asrning 60-70 yillarida Xitoyda madaniy revolyutsiya qilamiz deb, har bir shahar har bir qishloq o'zining sanoat korxonalari bo'lishi kerak deb davlat mablag'lari bo'linib ketib ular bitmay og'ir inqirozga uchradi.
934. Den Siyo Pin nima qildi?
J: Bunday islohotdanvoz kechib, mamlakatni bozor iqtisodiyoti deb atalmish rivojlanish yoliga otkazdi.
935. Va natija nima boldi ?
J: Xitoy dunyoda iqtisodiy jihatdan tez rivojlanayotgan mamlakatga aylandi.
936. Osiyoning yana bir buyuk davlati Yaponiya uning qadimgi nomi nima bo'lgan?
J: Nippon—Quyosh chiqish mamlakati yoki Kunchiqar mamlakat
937. Yaponiya qayerda joylashgan?
J: U Osiyoning sharqiy chekksida Tinch okean sohilida Yapon orollarida joylashgan
938. Yapon orollariga qaysi orollar kiradi? J: 4ta yirik Xokkaydo, Xonsiyu , Sikoku va Kyu Siyu va 4000 ga yaqin mayda orollar Ryu Kyu va Nampo orollarida shimoldan janubga 3,5 ming km ga cho'zilgan.
939. Dunyoda eng uzun suv osti tunneli qayerda qurilgan?
J: Yaponiyada Sugaru bug'uzi ostidan (54km uz. 100m chuqurlik) Xokkaydo bilan Xonsyu orollarini bog'laydi.
940. Yaponiya maydoniga ko'ra O'zbekistondan, salkam 80 km2 kichik , lekin Yevropadagi Germaniyaga teng deyish mumkin uning ustunligi nimada?
J: U juda qulay geografik o'ringa ega,xalqi juda vatanparvar va mehnatsevar va intelektual malakali eng asosiysi oqilona boshqaruv hokimiyatga ega.
941. Yaponiyaning poytaxti Tokio qayerda joylashgan?
J: U Yaponiyaning eng katta oroli Xonsyuning sharqiy Kanto tekisligida joylashgan bo'lib, 1869 yildan boshlab poytaxt bo'ldi. Va Tokio nomini oldi ya`ni Shimoliy poytaxt nomini oldi.
942. Hozir Tokio dunyoning eng katta aglomeratsiyasi bo'lib, aholisi qancha?
J: 35,2 mln.kishidan ko'proq.
943. Tokio Tinch okean sohili bo'ylab 700 km. masofaga cho'zilgan Nagoya,(jan. poytaxt) Osako,Kobe kabi, aglomeratsiyalar tutashib qanday megalopolisni hosil qilgan?
J: Tokaydo megalopolisni hosil qilgan.
944. Avvallari Yaponiya deganda Fudzyama,. Sakura, geysha samuraylar ko'z oldingizga kelsa, hozirchi? J: Eng yirik AESlar,eng katta metallurgiya kombinatlari,super tankerlar, tez uchar osma poyezdlar va eng tejamkor avtomobillar keladi.
945. Yaponiya kichkina mamlakat lekin u qaysi sohalarda dunyoda yetakchi?
J: Yaponiya elektronika, robototexnika biotexnologiya kabi sohalarda yetakchi (lider).
946. Yaponiya dunyo sanoat maxsulotining 15 % ini ishlab chiqaradi. U dunyoda nechanchi o'rinda?
J: U faqat AQSH dan keyin turadi.
947. Yaponiya fanning rivojiga maktabdan boshlab e`tibor beradi u fan rivojiga bir o'zi qancha xarajat qiladi ?
J: Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya kabi mamlakatlari birgalikda qancha xarajat qilsa, Yaponiya bir o'zi shuncha sarf qiladi.
948. Yaponiya faqat sanoat sohasida revolyutsion to'ntarish qilmasdan qishloq xo'jaligi sohasida ham inqilobiy o'zgarishlar yuz bergan. Hozir g'alla ekinlaridan tashqari, bog'dorchilik, va ayniqsa qoramol, cho'chqachilik, parrandachilik kabi tarmoqlari rivojlangan bo'lsa ham yapon fuqarosi ingliz fuqarosiga nisbatan nimasi bilan farq qiladi?
J: Yapon fuqarosi 1 yilda yegan go'shti inglizning 1 oylik normasiga teng ekan.
949. Yapon biznesmeni «savdo qilish kerak yoki o'lishi kerak» deydi, nima uchun?
J: Chunki Yaponiya yer osti boyliklariga kambag'al shuning uchun xomashyolarni import qilmasdan va tayyor tovar mahsulotlarni eksport qilmasdan yashay olmaydi.
950. Yaponiyaning asosiy oroli Xansyu oroli qanday qismlarga bo'linadi?
J: Iqtisodiy rivojlanganlik, o'zlashtirilganlik xususiyatlariga ko'ra ikki qismga bo'linadi.
951. Qanday qismlarga bo'linadi?
J: «Bet qismi», «kungay qismi» Sharqiy Tinch okean sohil qismi va «orqa qismi», «Garbiy qismi»ga bo'linadi.
952. Bu mintaqalar (iqtisodiy) bir-biridan qanday farqlanadi?
J: Tinch okean sohili «kungay qismi» Yaponiyaning, sanoat yadrosi hisoblanadi.
953. Bu hudud Yaponiyaning qanday hududi?
J: Eng asosiy sanoat shaharlari, dengiz portlari, xilma-xil sanoat kombinatlari, «Sinkansen» o'ta tez yurar poyed yo'llari shu qismida.
954. «G'arbiy qism» - Yapon dengizi sohili qismi tog'li hudud, bu hudud o'rmonli manzarali ekologik toza, ayniqsa Fudsiyama vulkan tog'i Yaponlarning sevgan va sig'inadigan joyi, ayniqsa Nikko milliy bog'i joylashgan hudud. Nikko bog'i haqida qanday ibora ishlatiladi?
J: «Kim Nikkoda bo'lmabdi, u go'zallik haqida so'z aytolmaydi» deb yurishadi. Demak G'arbiy hudud hordiq chiqaradigan zavqlanadigan sihatgoh ekan.
955. Osiyoning yana bir buyuk davlati Hindiston. U Janubiy Osiyoda Hindiston yarim orolida va shimolda Himolay tog'lari bilan chegaralangan Hind-Gang past tekisligida joylashgan. U hududining kattaligiga ko'ra nechanchi o'rinda turadi?
J: 7-o'rinda turadi.
956. Hindiston dunyoning eng qadimiy davlatlaridan biri. Eng qadimiy tsivilizasiya o'choqlaridan biri, lekin u yaqin o'tmishda kimning mustamlakasi edi?
J: O'tmishda (salkam 200 yil) Angliya mustamlakasi edi.
957. U qachon mustaqillikka erishdi?
J: U 1947 yilda mustaqillik oldi va 1950 yilda Hindiston mustaqil respublikasi tashkil topdi.
958. Hindistonni Bobur bobomiz va uning avlodlari 300 yildan ko'proq vaqt davomida boshqarib tarqoq Hindiston davlatlrini yagona davlatga birlashtirdi, qachondan boshlab?
J:1530 yildan boshlab to XIX asr o'rtalarigacha.
959. Hindiston dunyoning eng ko'p millatli davlati ayrim manbalarda 300 dan ortiq millatlar yashaydi deyilsa,ayrim manbalarda 1600 dan ortiq(dialekt) lahjalar bor deyiladi, yagona Hind tilini 100mln.ortiq aholi tushunmas ekan, lekin qaysi tilni hamma biladi?
J: Ingliz tilini deyarli hamma biladi.
960. Hindiston aholisining 800% qismi induizm diniga mansub bo'lib, ular kastalarga bo'linadilar, Hindiston aholisining 11 % ni islom diniga mansub kishilar, ularning soni qancha?
J: 100 mln. kishini tashkil qiladi, qolgan 9% aholini xristian, budda diniga va boshqa din vakillari tashkil qiladi.
961. Hindiston sanoat maxsulotining hajmiga jahonda 10-11 o'rinda lekin aholi jon boshiga taqsimlaganda nechanchi o'rinni egallaydi?
J: U deyarli 100 dan ortiq mamlakatdan orqada.
962. Hindistonda q/xojaligi tormoqlarida tanaffus bo'lmaydi bizga o'xshab, ularda yozgi mavsum (harif) va qishki(rabi)ga bo'linadi. Qaysi oylar harif- yoz mavsumi?
J:(may-sentyabr) musson yomg'irlar fasli, ekinlar tez yetiladigan fasl
963. Rabi mavsumi qachon?
J: Oktyabrdan - mart, aprelgacha bo'lib, bufasl quruq mavsum shuning uchun ekinlarni sug'orish talab qilinadi, chunki shamollar quruqlikdan dengizga esadi. 964. Harif ( yozgi) mavsumda asosan yomg'irlar hisobiga Gang vodisida eng ko'p sholi ekilsa, rabi mavsumi (qish) mavsumda Panjob vodisida bug'doy ko'p ekiladi va sug'oriladi. Buning uchun g'arbda nima qurilgan?
J: Buning uchun g'arbda gidrotexnik inshoot Bxakra- Nangal qurilgan.
965. Hindiston yana qanday ekinlar yetishtirishda dunyoda yetakchi mavqeiga ega?
J: Paxta yetishtirishda dunyoda 3-o'rinda, shakar qamish yetishtirishda 2-o'rinda, choy yetishtirishda yetakchi o'rinlarni egallaydi.
966. Hisob-kitoblarga qaraganda Hindiston aholisi har soatda 2000 kishiga ,har sutkada 46 ming kishiga, har yili 17 mln. kishiga ko'payadi XXI asr o'rtalariga uning aholisi qancha bo'ladi
J: 2 mlrd dan oshib ketadi.
967. Yaponiyaning Xokkaydo orolida har yili fevral oyida Sapporo shahrining bosh ko'chasida qor festivali bo'ladi. Bu festival vaqtida ko'chaning har ikki betida 300 dan ortiq inshootlar qad ko'taradi nimadan?
J: Albatta qordan turli ertak qahramonlari, badiiy adabiyot obrazlar, turli arxitektura inshootlar.
968. Tokio shahri ko'chalari umumiy uzunligi 22 ming km bo'lib Yer shar aylanasining yarmigan uzun,uylarining soni 4 mln.dan ortiq ko'p qavatli uylar bor ko'chalarning nomi yo'q, unday bo'lsa izlangan manzil qanday topiladi?
J: Tokioda rayonning nomeri bor va manzil raqami ko'rsatilgan.
969. Tokio ko'chalarida qancha avtomobil harakatlanadi?
J: Uning ko'chalarida yarim million avtomobil harakatlanadi.
970. Dunyoda 30 ta super-gigant neft quduqlari bo'lsa, uning nechtasi Fors qo'ltig'i havzasida joylashgan?
J: Ularning 15 tasi shu havzada joylashgan
971. Shu super quduqlarning eng kattalari qaysilar?
J: Saudiya Arabistonidagi Gavar qudug'i va Quvaytdagi El -Burkan quduqlari.
972. Bu quduqlardan bir sutkada qancha neft qazib olishadi?
J: Bir sutkada 2000 tonnagacha.
973. Singapur butun Osiyoda tabiatni muhofaza qilishda tengi yo'q mamlakat, havosi toza zavod va fabrikalar ko'p bo'lishiga qaramay hammayoq chiroyli.U mamlakatda sigaret qoldig'ini ko'chaga tashlagan odam qanday jazo oladi?
J: 500 Singapur dollari jarima to'laydi
974. Xitoy tilida quyidagi so'zlarni o'rganing va «bey»-shimol, «nan»-janub, «dun»-sharq, «si»-g'arb, «shan»-tog', «yuan» va «nin»-tekislik, «xe» va «tsyan»-daryo, «xu»-ko'l, «yun»-bulut, «tyan»-osmon kabi so'zlardan foydalanib Xitoy nomlarini ma`nosini bilib oling. Masalan: Tyanshan-osmon tog', «Xuanxe»-Sariqdaryo, Yantszan-Moviy daryo, Nankin-Janubiy poytaxt va h.z.
975. Afrrika Yer sharining eng katta regionlaridan biri. Afrika mamlakatlari Ikkinchi Jahon urushigacha deyarli hammasi mustamlaka qaram edi. Mustaqillari nomiga mustaqil hisoblanardi. Hozir 57 ta mustaqil davlat bor. Faqat hammasi qanday mamlakatlar?
J: JAR dan tashqari hammasi rivojlanayotgan qoloq davlatlar deyish mumkin.
976. Qoloqlikning asosiy sababi nima?
J: Asrlar davomida va hozir ham mineral boyliklardan xomashyo yetkazib tashib ketishgan bo'lsa endi eksport qilishadi. Ishlov beruvchi tarmoqlar hali yo'lga qo'yilmagan, rivojlanmagan. JAR va Shimoliy Afrika davlatlaridan tashqari.
977. Ishlov berish sanoatini rivojlantirishmagan?
J: Chunki mustaqillikdan rivojlanish uchun mablag' va kadrlar zarur. Aholining asosiy qismi savodsizdir. Qo'shma korxonalar qurish uchun Janubiy Sharqiy Osiyodagi imkonyatlar yo'q.
978. Ko'pgina mamlakatlar iqtisodiy geografik o'rni ko'pchiligida noqulay, dengizlardan uzoqda, infra struktura transport tarmoqlari ham rivojlanmagan. Shu qoloqlikni tugatish uchun hukumatlar qanday choralar ko'rmoqdalar?
J: 1-chi navbatda tabiiy boyliklarni natsionalizasiya qilib davlat qo'liga oldilar. O'zlarida energetika, metallurgiya sanoatini barpo qilishga kirishmoqdalar, lekin hammasida emas.
979. Afrika mamlakatlarida eng qiyin muammolardan biri nima?
J: Aholi tez ko'payib, tabiiy o'sish boshqa regionlardan juda yuqori.
980. Bu muammoni hal qilish uchun qanday chora ko'rish kerak?
J: Davlatlar demografik siyosat olib borsalar ham natija kam, chunki diniy, qadimgi urf-odatlar yo'l bermayapti.
981. Tabiiy o'sish ayrim mamlakatlarda har ming kishiga 50 boladan to'g'ri keladi,bu degan so'z Yevropadan 4-5 marta tug'ilish yuqori ,buning oqibatida yana qanday muammo kelib chiqadi?
J: Oziq-ovqat muammosi, ochlik muammosi .
982. Bundan tashqari Sahroi Kabirning janubiy chekkasi chala cho'l qismini Saxeli deyiladi, tabiatga noto'g'ri munosabatda bo'lish qanday salbiy oqibatga olib keldi? J: (mollarni ortiqcha,ko'p boqish) oqibatida Sahroi Kabir kengayib, bosib kelmoqda.
983. Bunga qoshimcha yana qanday ofat muammoni yanada qiyinlashtirmoqda?
J: 1970-1980yillar davomida qurg'oqchilik,bir tomchi yomg'ir yog'masdan millionlab odamlarning yostig'ini qurutdi
984. Saxeli bu g'arbda Mavritaniyadan sharqda Efiopiyagacha cho'zilgan subregionda eng qiyin muammolardan yana biri o'tin masalasi---bu sohada kimlar safarbar qilinadi?
J: Bolalar va ayollar ular bir yilda 100 kundan 300 kungacha o'tin terish, yig'ish bilan ovora.Ovqat pishirish katta muammo.
985. Kongo daryosi okeanga Amazonkadan 5marta kam suv olib keladi, lekin nimasi bilan Amazonkadan ustunroq?
J: U quyi oqim qismida 300 km masofada uning nishobi 275 m. tashkil qiladi va 32 ta sharshara va toraygan daralar bor. Bu daryoning gidro energetik quvvati 80-90mln.kvt quvvati bor.
986. Bu nima degan so'z?
J: Butun AQSH ning hamma GES larining quvvati degan so'z.
987. Bu quvvatdan foydalanishadimi?
J: Hozircha yo'q, lekin kelajakda Inga nomli GES qurish loyihasi bor ekan
988. Butun dunyoda rivojlanayotgan mamlakatlardan eng qoloqlaridan 29 tasi Afrikaning tropik o'rmonlari kengliklarida joylashgan ekan,bu mamlakatlar dunyoning eng qanday qismi deb yuritiladi?
J: Yagona eng yirik ibtidoiy rayoni hisoblanar ekan
989. Bu eng mamlakatlarda eng katta muammo ekin ekiladigan yerkam, hali ham ormonlarga o't qo'yib yer ochishadi. Q/Xo'jaligida hali ham plug yo'q ularning tug'rosida motiganing rasmi bor, ularning ayrim qismlarida hali ham qanday hayot kechirishadi?
J: Ibtidoiy-yani terib yeyish va ov qilish bilan kun kechirishadi
990. Buning ustiga Afrikaning bu qismida yana qanday omil chorvachilikka xalaqit beradi?
J: Bu tsese pashshasi chorva mollariga katta zarar keltiradi, ayniqsa qora mollarga.
991. Afrikanlng shimoliy sharqida insoning eng qadimgi tsivilizatsiyasi o'chog'i Misr joylashgan. Bu mamlakat dunyoda eng sifatli ingichka tolali eng ko'p ekadi. Sababi nima?
J: Chunki Nil daryosiga dunyoda ham yiriklardan biri bo'lgan gidrotexnik inshootlardan bol'lgan .J.A.Nosir nomli ham suv ombori va GES qurildi.
992. Natijada Misr nimaga ega bo'ldi?
J: Natijada Misr (1971y) 800 ming ga yer sug'orilib, u yerlardan ikki-uch marta hosil olish imkoniga ega bo'ldi
993. Misrning aholisi 70 mln.kishiga yaqin,lekin bu aholi mamlakatda qanday joylashgan?
J: Juda notekis, bor-yo'g'i 4-5% xududini tashkil qiladigan Nil deltasida va quyi sohilida butun aholining 95%dan ko'prog'i yashaydi
994. Delta tushunchasini fanga buyuk olim Gerodot kiritgan, u Nilga nisbatan shunday degan, nima uchun ?
J: Chunki Nil quyilish qismida o'zining loyqa,qum oqiziqlari bilan uch burchak shakldagi quruqlik hosil qilgan, bu shakl greklarning delta harfiga o'xshaydi.
995. Afrika mamlakatlarida tropik qismida o'rmonlarga o't qo'yish, savanna qismida hayvonot olamining qirilib borishi, Sahroi Kabir va janubda Kalaxari, Namib cho'llarining kengayib cho'llashish jarayonlari Afrikada ekologik muammolarning kuchayib borishiga qarshi qanday choralar ko'rilmoqda?
J: Bu sohada ko'zga ko'rinarli ishlarni faqat JAR da, Keniyada katta-katta qo'riqxonalar barpo qilish bilan amalga oshirilmoqda.
996. 0-chi soat mintaqasi qaysi meridianlar orasida joylashgan?
J: 7,5° Sharqiy uzunlik bilan 7,5° G'arbiy uzunlik meridianlari orasida joylashgan.
997. Yerning qaysi nuqtasida hamma tomoningiz janub bo'ladi?
J: Shimoliy qutbda.
998. Sizning qoq tepangizda qutb yulduzini ko'rsangiz, siz qayerda bo'lgan bo'lasiz?
J: Shimoliy qutbda
999. Nima uchun Shimoliy qutb doirasi Arktika yoki Janubiy qutb doirasi Antarktika 66,5° kenglikdan o'tkazilgan?
J: Chunki shu kengliklarda kunduzning ham (yozda) va kechasining ham uzunligi (qishda) 1 sutkaga teng (24 soatga teng bo'ladi.
1000. Nima uchun 23,5° Shimoliy kenglik va 23,5° Janubiy kenglik shimoliy tropik va janubiy tropik deb ataladi?
J: Chunki Shmoliy yarim sharda 22 iyunda eng uzun kun bo'lganda Quyosh 23,5° Sh.k.da zenitda qoq tepada bo'ladi. Qishda janubiy yarim sharda 22 dekabrda 23,5° J.k. Quyosh zenitda bo'ladi va eng uzun kun va eng qisqa tun bo'ladi.
1001. Agar siz quyidagi jadvaldagi azimutlar bilan yursangiz, qaytish azimutlaringizni yozing?

30°

45°

60°

90°

120°

180°

270°

360°

J: Quyidagi azimutlarda qaytiladi:

210°

225°

240°

270°

300°



90°

180°

1002. Gorizontallar orasidagi farq 20 m bo'lsa, botiqning chuqurligini toping yoki tepalikning balandligini toping?

1003. Quyidagi ma`lumotlar asosida ustunli diagramma chizing. Diagramma 3 xil bo'ladi:
1) ustunli
2) doiraviy
3) chiziqli
Berilgan: Yer shari quruqlik va okean maydonlari foiz (%) hisobida hisoblab chiqib diagrammalarda tasvirlang.
Quruqlik 149 mln km2
Tinch okean 180 mln km2
Atlantika okean 93 mln km2
Hind okean 75 mln km2
Shimoliy Muz okean 13 mln km2

Ustunli diagramma


Shu ma`lumotlarni foiz (%) hisobida aniqlaymiz


Doiraviy diagramma



1004. Quyidagi ma`lumotlardan foydalanib havo haroratining yillik o'zgarish grafigini chizing.



1. yanvar -9°
2. fevral -5°
3. mart +9°
4. aprel +11°
5. may +18°
6. iyun +26°
7. iyul +29°
8. avgust +24°
9. sentyabr +21°
10. oktyabr +13°
11. noyabr +7°
12. dekabr -7°


1005. 1950-2000 yillarda butun dunyo shahar aholisining (urbanizatsiyalashuvi) o'sishi grafigini chizing, buning uchun 1 mlrd aholi o'sishi 1sm qilib o'sishi grafigini chizamiz.
Berilgan:
1) 1950yil 730 mln kishi
2) 1960 yil 1027 mln kishi
3) 1970 yil 1381 mln kishi
4) 1980 yil 1822 mln kishi
5) 1990 yil 2276 mln kishi
6) 2000 yil 3190 mln kishi



1006. Yer sharida g'alla ekinlarning yalpi hosili strukturasi diagrammasini chizing.
1. Bug'doy 30%
2. Sholi 26%
3. Makkajo'ri 23%
4. Suli 2%
5. Boshqa ekinlar 9%



1007. Farg'ona (vodiysidagi) iqtisodiy rayonidagi 3 ta viloyatdan qaysi birida urbanizatsiya darajasi yuqori ekanligini aniqlang?
1) Andijon viloyatining aholi soni 2157,7 kishi shahar aholisi 84750 kishi
2) Farg'ona viloyati aholisi soni 2639,2 kishi shahar aholisi 77520 kishi
3) Namangan viloyati aholisi soni 1896,6 kishi shahar aholisi 71480 kishi
Har bir viloyat aholisi sonini 100 % deb olsak shahar aholisi X% teng bo'ladi?

2157,7 –100% 847,5*100 84750


Andijon ---------------- x = --------------- = ------------ = 39,3%
847,5-x 2157,7 2157,7

2639,2 -100% 775,2*100 77520


Farg'ona --------------- x = -------------- = ---------- = 29,4%
775,2-x 2639,2 2639,2

1896,6-100% 714,8*100 71480


Namangan --------------- x = ------------- = ---------- = 37,7%
714,8-x 1896,6 1896,6
Urbanizatsiya darajasiga ko'ra Andijon yuqori, so'ng Namangan va Farg'ona viloyatlari.
.
1008. Frantsiya va Ispaniya chegaralar orasida qanday mitti davlat joylashgan?
J: Andorra davlati, uning maydoni Moskva shahar maydonidan 2 marta kam
1009. Italiya hududi ichida 2 ta davlat joylashgan, qaysi davlatlar?
J: San-Marino va Vatikan davlatlari
1010. Vatikan qanday davlat?
J: Vatikan teokratik davlat (diniy davlat).
1011.Vatikan qaysi din markazi hisoblanadi?
J: Dunyo katolik dinining markazi.
1012. Vatikan davlatini kim boshqaradi?
J: Rim papasi.
1013. Vatikan Italiyaning qayerida joylashgan?
J: Uning maydoni 44 gektar bo'lib, Rim shahrining 1 ta (kvartal) mabzesida joylashgan.
1014. Nima uchun u eng boy davlat?
J: Chunki unga dunyo katoliklari soliq to'laydi
1015. Ikkinchi davlati San-Marino davlati Italiyaning qayerida joylashgan?
J: Apenin yarim orolining shimoliy sharqida joylashgan.
1016. San-Marino aholisi nima bilan shug'ullanadi?
J: Asosan uzumchilik va meva yetishtirish bilan shug'ullanadi.
1017. Italiyaning g'arbiy O'rta dengiz sohili bo'yida Frantsiya bilan chegarada yana qanday mitti davlat joylashgan?
J: Monako mitti davlati joylashgan.
1018. Monako xalqi nima bilan shug'ullanadi?
J: Monakoda asosan dam oluvchilarga xizmat ko'rsatish bilan shug'ullanishadi.
1019. Monako yana nimasi bilan mashhur?
J: Monte-Karlo shahrida xalqaro kino festivallar o'tkazib turiladi.
1020. Monako asosan qaysi mamlakat hududida joylashgan?
J: Asosan Frantsiya hududida joylashgan.
1021.Monako davlati qaysi davlat himoyasida?
J: Monako Frantsiya davlatining himoyasida. Uning «Monako» nomli futbol jamoasi Frantsiya jamoalari bilan Frantsiya chempionatida qatnashadi va bir necha marta chempioni bo'lgan.
1022. Yuqorida biz Gollandiya mamlakati Shimoliy dengiz sathidan pastda, shuning uchun bu davlatni Niderlandiya deyishadi (nemischa «past mamlakat» deyiladi). Uning dengiz va daryolar deltasidan himoya qilish uchun nima barpo qilingan?
J: Mamlakat bilan bilan dengiz chegarasida damba barpo qilingan. Bu dambaning uzunligi qancha 3000 km dan uzunroq. Uni har yili balandligini qo'shib turishadi.
1023. Gollandiya dunyoda gulchilik bilan eng mashhur davlat. Poytaxtiga yaqin joylashgan Alsmere shahrida nima joylashgan?
J: Unda gul sotiladigan auktsion (bozor bo'lib) uning maydoni 30 ta futbol maydoniga teng keladi.
1024. Bu bozorda qancha gul sotiladi?
J: Unda bir yilda 1 mlrd dan ko'proq atirgul sotiladi.
1025. Niderlandiya nechta mamlakatga gul eksport qiladi?
J: 140 dan ortiq
1026. Islandiya mamlakati (orol davlat), asosan baliqchilik bilan shug'ullanadi. Bu mitti davlatning nechta baliq ovlaydigan kemasi bor?
J: 1000 dan ortiq.
1027. Bir yilda o'rtacha qancha baliq ovlanadi?
J: Bir yilda salkam 2,0 mln tonna.
1028. O'rtacha qanchadan baliq to'g'ri keladi?
J: Aholi jon boshiga 7 tonnadan to'g'ri keladi.
1029. Mamlakat aholisining qanchasi baliq ovlash va qayta ishlash bilan band?
J: Mehnat resurslarining 40 % i shu sohada band.
1030. Dunyoda eng birinchi avtostrada qayerda qurilgan edi?
J: 1925 yilda Italiyada
1031. Hozir ham Yevropada eng uzun avtostrada Italiyada. U Italiyuaning qaysi qismlarini bog'laydi?
J: Bu avtostrada Italiyaning Alp-Missini bo'g'izigacha bo'lib, uzunligi 1200 km. Bu avtostrada «Quyosh» deb ataladi.
1032. Bosfor bo'g'izidan Osiyo va Yevropani bog'laydigan avto ko'prik 1973 yilda qurilgan edi. U Yevropada va dunyoda qanday mavqeiga ega edi?
J: Yevropada birinchi, dunyoda 4- chi o'rinda turadi.
1033. Uning uzunligi qancha?
J: Uning uzunligi ! km dan ko'proq 1sutkada 20 ming avtomobil o'tadi.
1034. Ikkinchi ko'prik qachon qurildi?
J: Ikkinchi ko'prik 1988 yilda qurildi.
1035. Boltiq dengizidan Shimoliy dengizga Yutlandiya yarim orolini aylanmasdan qanday o'tish mumkin?
J: Kil kanali orqali orqali.
1036. Kil kanali kimga qarashli?
J: Kil kanali Germaniya ga qarashli bo'lib unga daromat keltiradi.
1037. Buyuk Britaniya bilan Fransiya o'rtasida 1986 yilda Lamansh bug'uzi tagidan temir yo'l tonneli qurishga kelishilgan edi,Bu tonnel qanday bo'lishi kerak edi?
J: Bu tonnel parallel ravishda ikkita tonnel bo'lishi kerak edi.
1038. Bu tonnelning uzunligi qancha bo'ladi?
J:Bu tonnelning uzunligi har biri 50 km dan va suv osti qismi 37 km
1039. Bu tonnellar qaysi shaharlarni bog'laydi?
J: Bu tonnellar London—Parij shaharlarini bog'laydi
1040. Tez yurar poyezdlar qancha vaqtda shaharlarni bog'laydi?
J: Bu poyezdlar shaharlarni 3 soatda bog'laydi va bir yilda 30 mln. yo'lovchini tashiydi.
1041. Xalqaro geografik ixtisoslashuv nima?
J: Xalqaro geografik ixtisoslashuv ayrim mamlakatlarning ma`lum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga yoki ma`lum xizmatlarni bajarishga ixtisoslashuvi va o'zaro ayriboshlashiga aytiladi.
1042. Xalqaro ixtisoslashgan tarmoq deb nimaga aytiladi?
J: Ayrim mamlakatlar ayrim mahsulot turlarini o'z ehtiyojidan ko'proq miqdorda ishlab chiqaradi va u mahsulotni eksport qilishiga, ayriboshlashiga aytiladi.
1043. Masalan qaysi mamlakatlar?
J: Masalan: Yaponiya bir yilda 13 mln avtomobil ishlab chiqaradi, bu esa o'z ehtiyojidan ikki barobar ko'p. Shuning uchun sotish yoki eksport qilish kerak, bu tarmoq Yaponiyaning xalqaro ixtisoslashgan tarmog'i
1044. Xuddi shunday yana qaysi mamlakatlarni bilasiz?
J: Kanada bug'doy yetishtirishda 7-o'rinda, lekin eksportda 2-o'rinda turadi. Xuddi shunday AQSH bug'doy yetishtirishda 2- o'rinda, lekin eksportda tengi yoq.
1045. Xalqaro ixtisoslashuv bu nimaning natijasi?
J: Bu xalqaro geografik mehnat taqsimot natijasi.
1046. xalqaro ixtisoslashish dunyoni nimaga majbur qiladi?
J: Dunyo mamlakatlarini o'zaro aloqa,savdo qilishga majbur qiladi.
1047. Eng katta miqyosdagi xalqaro ixtisoslashuv qaysi davlatlar o’rtasida
yuz beradi?
J: Rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakat o'rtasida
1048. Nima uchun bu ikki guruh mamlakatlar ortasida yuz beradi
J: Chunki Rivojlanayotgan mamlakatlarning ishlov berish sanoat tormoqlari hali rivojlanmagan,ular faqat xomashyo eksport qilaoladilar aksincha rivojlanganlar ishlab chiqargan tayyor maxsulotlarini sotaolmasalar yashay olmaydilar.
1049. Shuning uchun Yaponlarda qanday ibora bor?
J: Biznes qilish kerak, ya`ni sotish kerak, bo'lmasa o'lish kerak deydi.
1050. Bunday mehnat taqsimoti yoki savdo nimaga olib keladi?
J: Rivojlangan Kap. Mamlakatlari borgan sari boyib boradilar va rivojlanayotgan mamlakatlar borgan sari qarzga botadilar.
1051.Nima uchun bunday hodisa yuz beradi?
J: Chunki tayyor maxsulotlar (xilma-xil) mashina va i/chiqarish vositalai
1052. Bu mamlakatlar muammolarni hal qilish uchun qanday choralar ko'rmoqdalar?
J: Ular ham o'zlarida ishlov berish sanoatini barpo qilish uchun
choralar ko'rishmoqdalar.
1053. Bunga dalillar bormi
J: Bunga yaqqol misol O'zbekiston. Prezidentimiz bu muammoni qo'shma korxonalar qurish yoli bilan amalgam oshirmoqda.
1054. Bizda qanday qo'shma korxonalar bor?
J: Masalan : GM –O’zbekistan , SAM-Avto ,BUX- TEL, Shaqr-lift ,Zarafshon-NYUMON .
Amego-Sitora , Farmed,Marmar, Gufik, Avetsina
1055. Yana qanday choralar ko'rishmoqda?
J: Ilgari ko'pgina Rivojlanayotgan mamlakatlarning tab. boyliklari mustamlakachilar qo'lida edi.Endi o'z boyliklarini natsionalizatsiya
qilib o'zlari egalik qilishmoqda.
1056. U boyliklardan o'z manfaatlari yolida foydalanish uchun turli tashkilotlarga birlashmoqdalar, qanday tashkilotlarga?
J: Masalan OPEK tashkilotiga
1057. Mamlakatlar tezroq rivojlanishi uchun qanday omillarning ahamiyati katta?
J: Eng Birinchi omil xudud kattaligi.Xudud katta bo'lsa imkoniyatlar,tabiiy boylikliklar ko'p bo'ladi.
1058. Yana qanday omillarning roli katta?
J: Iqtisodiy geografik o'rin (IGO), yani dengizlar bo'yi, savdo trans magistrallari yaqinligi va h.z.
1059. Yana qanday omillar tasir qiladi?
J: Tabiiy sharoit (iqlim, rel'ef, sersuv daryolar kabi omillar ham katta
ahamiyatga ega.
1060. Londonning Xitrou aeroportidan bir sutkada qancha yolovchi uchib qo'nadi?
J: Deyarli 100 mingdan ortiq.
1061. Bu aeroportdan har kuni qa ncha samolyot uchib qo'nadi?
J: Har kuni 700 samolyot uchib ketib,uchib kelib qonadi.
1062. Avstraliyada birinchi olmos konlari qachon va qayerida topildi?
J: Avstraliyaning g'arbiy qismida olmos konlari 1976y. topildi?
1063. Avstraliya hozir olmos qazib olish bo’yich qanday mavqega ega?
J: jahoda yetakchi mavqega ega




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish