Nuriddinova xalima mavzu: metafora va uning badiiy matnda ifodalanishi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana27.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#585335
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Andijon davlat universiteti filologiya fakulteti tilshunoslik ka

oltin – nodir ma‘dan, oltin soat, oltin uzuk.
1-misolida oltin va ma‘dan giponimik (tur-jins) material buyum munosabatlari bilan 
bog‗langan. 
2-3 misollarda so‗zlarning o‗zaro aloqaga kirishuvchi o‗zbek tili uchun me‘yoriy 
sintagmatik 
holatdir. 
Chunki 
so‗z birikmalarida so‗zlarning me‘yoriy sintagmatik 
munosabatlarga kirishi uchun har ikkala bog‗lanadigan so‗z orasida o‗xshash va bir-birini talab 
etuvchi semalar bo‗lishi shart va zarur. Masalan, shirin qovun, shirin tatiladigan ma‘lum 
predmetda mujassam bo‗lishni talab qilganidek, qovun ham ta‘m-maza aniqlovchilari bilan 
aniqlanishi talab qiladi va bunday birikish me‘yoriydir. 
Bunday birikishda har ikkala so‗z nutqiy ma‘nolari lisoniy denotativ va konnotativ 
ma‘nolarga juda yaqin turadi. Agar o‗zaro birikkan so‗zlar tarkibida bir-birini rad etuvchi 
semalar bo‗lsa, so‗zlardan har ikkalasi ham lisoniy ma‘no tarkibidagi semalarni chetlashtiradi va 
chetlashgan semalarning o‗rni kuchli konnotatsiya bilan to‗ldiriladi: 
oltin bosh, oltin qo‗l

Material – buyum so‗z birikmalari tipida qurilgan bunday so‗z birikmalarida buyumning 
denotativ ma‘nodagi materiali bilan aniqlovchi atab kelgan material mos kelmaydi. Natijada 
―oltin‖ so‗zidagi ma‘dan semasi chetlashtiriladi. ―Qo‗l‖ aniqlanmishi ma‘dandan kelib chiquvchi 
– yumshoq, sarg‗ish attributlarini chetlashtiradi. ―Oltin soch‖ birikmasida, aksincha, naq shu 
ma‘no kuchaytiriladi. Oltin so‗zida ma‘dan va uning belgilari kabi denotativ semalar 
chetlashtirilgach, kamyoblik denotativ semasi va qadrli-qimmatlilik kabi semalar kuchaytiriladi. 
Yuqoridagilarni jamlab aytish mumkinki, metaforaning yuzaga kelishi quyidagi unsurlarni talab 
qiladi: 
1. Obyektiv yoki subyektiv borliqdagi narsalar orasida (keng ma‘noda) o‗xshashlik. 
2. Shu o‗xshashlikning lisoniy aksi bo‗lgan mutanosib semalar. 
3. Narsalardan birining nomi nutqiy sharoit uchun yo‗qligi. 
Ana shu unsurlar ta‘minlaganda, nomning metaforik ko‗chishi yuzaga keladi. Demak, 
―Metafora – obyektiv (yoki subyektiv) borliqdagi o‗xshashlikning lisoniy aksi bo‗lmish 
mutanosib semalar asosida bir narsa nomining ikkinchi bir narsa nomi o‗rnida qo‗llanishi‖. 
Metaforani nom ko‗chishining boshqa usullaridan farqlovchi ―obyektiv va subyektiv 
o‗xshashlik‖ ka asoslanish belgisi bir qarashda juda yaqqoldek tuyulsa-da, uning nazar 
mohiyatiga nazar tashlash bu ancha murakkab hodisa ekanligini ko‗rsatadi. Bu ikki omil bilan 
belgilanadi. 
1. Metaforada ko‗chimning ko‗chish bazasi doim ham to‗la, aniq bo‗lavermaydi. 
Masalan, oltin bosh, ko‗chayotgan so‗z ―oltin‖ aynan qaysi so‗z o‗rinda kelayapti – noaniq. 


14 
Balki qimmatli, aqlli, dono va hokazo so‗zlardir. Ammo bu noaniq. Sanab o‗tilgan so‗zlarning 
har birida ―oltin‖ bilan mutanosib sema bor.
2. O‗xshatish subyektiv hosil qilinganda esa, hosil qiluvchidan boshqa shaxs uchun 
o‗xshashlikni tiklash qiyin kechadi va hatto umuman mumkin bo‗lmaydi. Masalan, biron kishi 
o‗zi uchun suyukli shaxsni ―chumchug‗im‖ deb atasa, chumchuqni yotirmaydigan,
tanimaydigan shaxs bu metafora asosini topa olmaydi va bunday atash asosida mazax yoki 
mehr yotganini farqlamaydi. 
Demak, metafora asosida turuvchi o‗xshatish metafora tabiatiga ta‘sir o‗tkazar ekan. 
Shuning uchun ham: 
Metafora 
– 
o‗xshatish 
ochiq 
bo‗lganda, 
tushunarli, 
o‗xshatish 
hosil
qilinganda tushunarsiz, o‗xshatish yo‗qolganda, sezilarsiz bo‗ladi. 
O‗xshashlikning yo‗qolishi metaforik qo‗llanuvchi so‗zlarni oddiy nomlarga aylantiradi. 
Qadim Rimda biror mansabga saylanayotgan shaxs saylovchilar oldida oq kiyimda namoyon 
bo‗lgan va kandidat deb atalgan. Hozirda kandidat biror mansab (daraja, unvon) ga da‘vogar 
shaxsning, u qanday rangli kiyimda bo‗lishidan qat‘iy nazar, nomi. Yuqoridagilardan 
ko‗rinadiki, metafora hosil bo‗lishi uchun 3 ta asos talab etilar ekan. Metaforaning o‗xshatish 
asosiga qurilganligini hisobga olib, bu jihatni quyidagicha belgilash mumkin: 
tema – qiyoslanatgan narsa, ifoda vositasi – temaga qiyos bo‗lgan narsa, 
qiyos uchun asos – temaga ham, ifoda vositasiga ham tegishli bo‗lgan umumiy belgi
1

Metaforik ko‗chayotgan nom va uning bazasi (ko‗chish o‗rni) orasidagi munosabatlar 
turli-tuman bo‗lishi mumkin. 
Metafora gapiruvchining quyidagi ehtiyojlaridan kelib chiqadi. ―...birinchidan, bir narsani 
nomlash, ikkinchidan, nomlanganda ham nomning ―gapiradigan‖ bo‗lish zaruriyati‖. Bu yerda 
nomlash atamasi ostida bir-biridan mohiyatan farq qiluvchi ikki xil hodisa nazarda tutiladi: 
1. Nomsiz narsani nomlash. 
2. Nomli narsaga qayta nom berish (ikkilamchi nominatsiya). 
Nomsiz narsani nomlash zaruriyatini tushuntirib o‗tirishga hojat yo‗q. Chunki nom inson bilimi 
faoliyatining eng zaruriy uzvidir. Ammo ikkilamchi nomlash zaruriyati nimadan kelib chiqadi? 
Bu zaruriyat mavjud bo‗lgan nom so‗zlovchi nuqtai nazaridan ayni nutqiy sharoitni ta‘minlay 
olmay qolganda yuzaga keladi. Ikkilamchi nomlash quyidagi jihatlari bilan ahamiyatlidir: 
Birinchidan, nutqni qisqa va lo‗nda qiladi, qiyoslang: 
Saida – sinchalak // Saida – betinim, nozik, shaddod qiz. 
Ikkinchidan, nutqni aniqlashtiradi: 
1
Қобулжонова Г.К. Метафоранинг системавий лингвистик талқини: Филол.фанлари номзоди ... автореф. –Тошкент, 
2000. –Б. 12.


15 
O‗razqul – ayiq // O‗razqul – yo‗g‗on, basavlat odam. 
Ikkinchi jumlada uning yo‗g‗on va basavlatligi unga berilayotgan aniq bahoni 
ko‗rsatmaydi. ―Ayiq‖ esa uning bu belgilaridan tashqari, bu belgilarining yoqimsizligini ham 
ko‗rsatadi. Agar muayyan so‗zda jarayon (ikkilamchi nominatsiya) da qatnashish imkoniyati 
bo‗lmasa, u bu jarayonda qatnasha olmaydi. Bunday imkoniyat esa so‗z sememasi (ma‘nosi) 
ning tarkibiy qismlari - semalarining nisbiy mustaqillikka erisha olish qobiliyatidir. Ya‘ni 
ikkilamchi nominatsiya uchun zaruriy semalar yorqinlashadi, mustaqillashadi va mutanosib 
semaga ega bo‗lgan boshqa so‗z bilan sintagmatik (bevosita yoki bilvosita) aloqaga kirishadi. 
Natijada ikkilamchi nominatsiya yuzaga keladi. Masalan, oyoq so‗zi quyidagi semalarga 
ajratiladi:
1)
insonga xos a‘zo; 
2)
eng quyi; 
3)
tayanch. 
Stolning ―oyog‗i‖ brikmasida 1, 3 – semalar xiralashgan va 2 – sema yorqinlashib, 
nisbatan mustaqillikka erishgan va ikkilamchi nominatsiyani ta‘minlagan. Demak, so‗zning 
ko‗chma ma‘nosi ikkilamchi nominatsiya natijasi emas, so‗zning ko‗chma ma‘noga erisha olish 
imkoni ikkilamchi nominatsiya asosidir. Bundan anglashiladiki, metafora uchun lisoniy asos 
so‗zning semantik strukturasida ekan. Inson ongida metaforik ko‗chim hosil bo‗lishi 
bosqichlarini esa shartli ravishda quyidagicha ajratish mumkin: 
1.
Nomsiz (shartli) narsa (keng ma‘noda)ni nomlash zaruriyati. 
Nomning so‗zlovchi nazarida ayni nutqiy sharoitga mos kelmasligi ushbu nom denotatini 
vaqtincha nomsiz qilib qo‗yadi va ikkilamchi nomlash jarayoni yuzaga keladi. (Bu haqda 
to‗xtalib o‗tdik). Shuningdek, haqiqatdan ham nomsiz narsani nomlash zaruriyati ham 
metaforaga asos bo‗la oladi: uzuk ko‗zi, stol oyog‗i, tog‗ etagi, ... 
Inson nomsiz (yoki nomini bilmaydigan) narsani uchratganda, o‗ziga tanish boshqa 
narsalar bilan qiyoslaydi va o‗xshashining nomi bilan atay boshlaydi. A.A.Potebnya bu hodisani 
tretium komparatium deb yuritadi. 
2.
Nomsiz narsada motivlarni ajratish. 
Yuqorida aytib o‗tilganidek, inson nomsiz narsani uchratganda, o‗ziga tanish nomlar 
bilan qiyoslay boshlaydi va albatta qiyoslash natijalarini parchalaydi. Masalan, uzukka 
o‗rnatilgan qimmatbaho toshda quyidagi motivlarni ajratish mumkin: yumaloq, yaltiroq, chiroyli, 
kosaga joylashgan (albatta, bu xil ajratish shartli, har bir nomlovchi turli xil motivlarni o‗z 
tasavvur doirasiga qarab ajratadi). 
3. Motivlarni turli nomlar sememasi komponentlari (semalar) bilan qiyoslash. 


16 
Unga tanish narsalardan ko‗z ham shunga yaqin motivlarga ega: shakli yumaloqqa yaqin, 
inson yuzining ko‗rkini ta‘minlovchi a‘zolardan biri, kosaga joylashgan. Bu o‗rinda shuni 
nazarda tutish lozimki, uzuk ko‗zi nisbatan ibtidoiy (primitiv) metafora bo‗lib, unda obyektiv 
motivlar va lisoniy semalar mutanosibligi kuzatiladi. Ammo har bir metaforada ham shunday 
bo‗lavermaydi. Yuqorida keltirilgan ―chumchuqcham‖ metaforasi bilan qiyoslang. U xil 
holatlarda motivlar qiyosi semalar bilan amalga oshiriladi. 
4. Ikkilamchi nomlash. Demak, uzukka o‗rnatilgan toshni ko‗z deb atash mumkin 
(Ammo shuni ta‘kidlab o‗tish zarurki, bu xil nomlash kamida minimal kontekt so‗z bo‗lishini 
talab qiladi). 
Xulosa qilib aytganda, metaforaning yuzaga kelishi to‗rt bosqichda borar ekan.
Metaforani tushunish yoki ochish uch bosqichda olib boriladi. Tushunish va ochish 
o‗zaro bir xil bosqichlarda kechsa ham, bu bosqichlarning ichki yo‗nalish maqsadi bir-biridan 
farq qiladi. Tushunish shu nutq akti a‘zosi (tinglovchi) uchun ham, tadqiqotchi-nazariyotchi 
uchun ham ahamiyatli. Ochish faqat nazariyotchi uchun qiziqarli bo‗lgan jarayondir. Ya‘ni oddiy 
tinglovchi uchun metaforani tushunish kifoya qilsa, tadqiqotchi-tilshunos uchun uni tushunish 
jarayoni ham e‘tiborga sazovor. Metaforani tushunish (ochish)ning quyidagi bosqichlarini 
farqlaymiz: 
Metaforani tanish: Matnda uchragan hukm uning obyektiv borliqdagi bilimlari asosidagi 
hukmlardan farq qila boshlasa, bu uning qandaydir ko‗chimni uchratganidan darak beradi. 
Valixon so‗fi – muloyim supurgi ... Valixon so‗fi – odam, binobarin, u supurgi bo‗la 
olmaydi.
Qayta qurish. Bu jumboq (odamni supurgiga tenglashtirish) ni yechish jumlani ko‗proq 
tushunarli shaklga solib qayta qurishni talab qiladi. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish