Nurlanish maydonining doza xarakteristikalari Muminov Mehrojiddin Quronboyev Oybek Reja



Download 291,92 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi291,92 Kb.
#763006
Bog'liq
Nurlanish dozlari Muminov Mehrojiddin

Nurlanish maydonining doza xarakteristikalari

Muminov Mehrojiddin

Quronboyev Oybek

Reja:

Nurlanish haqida tushuncha

Tabiiy yoki sunʼiy sharoitda tirik organizmga infraqizil, koʻrinadigan va ultrabinafsha nurlarning biologik taʼsiri - nurlanish deyiladi.

Tirik organizm kosmik nurlar va ion nurlari bilan ham nurlanadi. Davolash maqsadida tirik organizm ultrabinafsha, ultraykurri chastotali nurlar bilan sunʼiy nurlantiriladi. Nurlanishning total (toʻla), lokal (qisman), tez (qisqa vaqt ichida), xronik (uzoq vaqt davomida), tashqi, ichki va boshqa xillari mavjud. Nurlarning biologik taʼsiri Nurlanish dozasi, xili, energiyasi va organizmning fiziologik holatiga bogʻliq.

Nurlanish dozalari

Nurlanish dozalari — nurlarning biror muhitga taʼsirini belgilovchi miqdorlar. Bir necha turlari mavjud. Yutilgan doza — nurlanayotgan muxitning massa birligiga yutiladigan Nurlanish energiyasir; ionlashtiruvchi nurlar (rentgen 7-nurlar, a - va r -zarralar, neytronlar, kosmik nurlar va h. k.)ning muhitda yutilgan dozalari radlarda ifodalanadi. Nurlantirish dozasi — Nurlanish miqdorini ifodalaydigan va havoning tonlanishi bilan oʻlchanadigan miqdor, rentgen va u-nurlari rentgenlarda, boshqa ionlashtiruvchi nurlar esa ber larda ifodalanadi. Biologik doza — nurlarning organizmga biologik taʼsirini ifodalovchi miqdor; ber (rentgenning biologik ekvivalen-ti)larda oʻlchanadi. Integral doza— nurlanayotgan hajm boʻyicha toʻla yutilgan ionlashtiruvchi nurlarning umumiy dozasi; gramm-rentgen yoki gramm-radlarda oʻlchanadi.

Doza va uning turlari

Ionlantiruvchi nurlanishlarning obyektga ta'sirini miqdoriy tushunchasi qabul qilingan. Doza baholash uchun "doza" quyidagilarga ajratiladi:

- ekspozitsion doza;

- yutilgan doza;

- ekvivalent (teng qiymatli) doza;

- samarali ekvivalent doza.

Ekspozitsion doza

Ekspozitsion doza (X) - bu elementar hajmdagi havoni ionlantiruvchi nurlanish bilan nurlantirganda hosil boʻladigan bir xil belgili barcha ionlar jamlama zaryadi (dQ)ning shu hajmdagi havo massasi (dm)ga boʻlgan nisbatidir: X = dQ/dm Ekspozitsion dozaning SI tizimidagi oʻlchov birligi kulon/kilogramm (KI/kg). 1 Kulon/kilogramm massasi 1 kg boʻlgan havoda har bir belgi uchun 1 Kl elektr zaryadi jamlamasiga teng ionlar hosil qilinuvchi nurlanishga teng. Ekspozitsion dozaning tizimdan tashqari birligi - rentgen (R). Bir rentgen 0°C havo haroratida va me'yoriy atmosfera bosimi 760 mm sim. ust. (1013 gPa) boʻlganida 1 sm' havoda mos ravishda 2,08. 10' juft ionlar hosil boʻlishiga tengdir. Tizimdagi va tizimdan tashqaridagi birliklar nisbati quyidagi koʻrinishga ega: | IR = 2,58. 10 KI/kg= 0,258 mKI/kg Nurlantirilayotgan jismda turli xil nurlanishlar oqibatida ro'y berayotgan oʻzgarishlar yutilgan energiya kattaligiga bogʻliq boʻladi. Shu tufayli nurlantirilayotgan jismga ta'sir etayotgan nurlanish darajasini aniqlovchi eng qulay tavsifnoma yutilgan nurlanish dozasi hisoblanadi. U har qanday nurlantirilayotgan moddaning massa birligida ionlantiruvchi nurlanish qanday miqdorda yutilganini koʻrsatadi.

Yutilgan doza

Yutilgan doza (D) – bu elementar hajmdagi modda ionlantiruvchi nurlanish tomonidan berilgan o'rtacha energiya (dE)ning uning shu hajmdagi massasiga boʻlgan nisbatidir. IN yutilgan dozasi radiatsion taʼsir darajasi, ya'ni tabiatning jonli va jonsiz jismlari nurlantiri- lishidan kutiladigan oqibatlarni aniqlovchi asosiy fizikaviy kattalikdir. Ta'kidlab oʻtish joizki, yutilgan doza nurlanishning oʻzini emas, balki uning muhitga boʻlgan ta'sirini ifodalaydi. SI tizimida yutilgan dozaning oʻlchov birligi sifatida grey (Gr) qabul qilingan. 1 Gr- shunday dozaki, bunda 1 kg massali har qanday moddaga 1 J ga teng IN energiyasi uzatiladi, ya'ni: 1 Gr 1J/ 1kg Yutilgan dozaning tizimdan tashqari birligi – rad; 1 rad. nurlanish turidan qat'iy nazar 1 g har qanday modda tomonidan yutilgan 100 erg energiyadir.

1 Gr 100 rad 1 rad = 100 erg/g = 10*DJ/kg = 102 Gr (1/100 Gr) %3D

Ekvivalent doza

Ekvivalent (teng qiymatli) doza (H) Insonga koʻpchilik holatlarda o'tkaziladigan kichik dozadagi muddati uzaytirilgan nurlanish sifatida ifodalanuvchi radiatsion ta'sirni tavsiflash uchun kiritilgan ekvivalent doza kattaligi biron-bir tarkibdagi IN insonning muayyan bir a'zosiga uzluksiz ta'sir etib turganda inson salomatligiga yetkazilishi ehtimol boʻlgan ziyonni baholashga imkon beradi. Ekvivalent doza - oʻrtacha yutilgan doza (D), toʻqima yoki a'zoda hosil qilgan biron turdagi ionlantiruvchi nurlanish (T) ning muayyan nurlanish turi uchun chamalash koeffitsiyenti (WR) ga koʻpaytmasiga teng.

SI da ekvivalent dozaning oʻlchov birligi Zivert

Samarali ekvivalent doza

Samarali doza, bu – a'zo yoki toʻqimadagi ekvivalent doza (H.) ning ushbu a'zo yoki toʻqima (T) uchun muvofiq toʻqimalar vaznli koʻpaytiruvchisi WT ga koʻpaytmasining summasidir (ekvivalent dozaning vaznli koʻpaytiruvchilari stoxastik samaralar yuzaga kelganida a'zolar va toʻqimalarning turlicha ta'sirchanligini hisobga olish uchun qoʻllaniladi)

The end


Download 291,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish