Nutq uslublari (taqdimot). "Nutq uslublari" bo'yicha taqdimot. Nutq uslublari loyihasi…


Badiiy uslubning o`rganilishi va ayrim lingvistik



Download 254,7 Kb.
bet3/5
Sana28.05.2022
Hajmi254,7 Kb.
#613997
1   2   3   4   5
Bog'liq
Anavrov Davlatjon

Badiiy uslubning o`rganilishi va ayrim lingvistik

Xususiyatlari.
O`zbek tili badiiy uslubining shakllanishi uzoq davrlarga borib taqaladi. O`zbek mumtoz adabiyotining XV asrning ikkinchi yarmigacha yashab ijod qilgan ulug` ajdodlarimiz Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Nasriddin Rabg`uziy, Durbek, Qutb, Xorazmiy, Xo`jandiy, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Sayid Ahmad, Sakkokiy, Lutfiy, Gadoiy, Yaqiniy, Ahmadiy kabilarning asarlari, xususan, «Devoni hikmat», «Qutadg`u bilig», «Hibat ul-haqoyiq», «Qisasi Rabg`uziy», «Qissai Yusuf», «O`g`uznoma», «Xisrav va Shirin», «Muhabbatnoma» singari adabiy-tarixiy yodgorliklarda badiiy uslubning o`ziga xos jihatlari o`z aksini topgan.
Alisher Navoiy davrida o`zbek adabiy tili bilan bir qatorda uning badiiy uslubi ham yangi taraqqiyot bosqichiga ko`tarildi. Zahiriddin Muhammad Bobur badiiy uslubning shakllanishiga munosib hissa qo`shdi.

O`zbek tili badiiy uslubining funksional stillardan biri sifatida o`ziga xosligi tadqiqotchilar tomonidan, boshqa funksional uslublarga qaraganda, atroflicha yoritib berilgan. O`zbek tilshunos olimlaridan A.Sulaymonov, A.Shomaqsudov, I.Qo`chqortoyev, G`.Abdurahmonov, R.Qo`ng`urov, X.Doniyorov, B.O`rinboyev, M.Mukarramov, B.Yo`ldoshev kabi tilshunoslar badiiy uslubning funksional stillar doirasida alohida o`rin tutishini nazariy asoslab berishgan19.

Professor S.Karimov shunday xulosani bildirgan: “Badiiy uslubning boshqa funksional stillardan prinsipial farq qiluvchi lingvistik va ekstralingvistik belgilarining yaxlitligi mavjudki, bu yaxlitlik, monolitlik muhim bir vazifaga – estetik vazifani bajarishga qaratilgan.

Badiiy uslubni she’riy, nasriy va dramatik nutq uslublariga, ularni esa yana, o`z navbatida, janrlarga bo`lib o`rganish mumkin. Bunday tahlilning funksional uslublar tadqiqida maqsadga muvofiq ekanligini sharhlab, V.D.Bondaletov yozadi: «Funksional uslub nutq vositalarini tanlash va uyushtirishnnng umumiy yo`l-yo`riqlarini aniqlaydi. Uslublar tarmoqlari bu yo`l-yo`riqni muomalaning xususiy sharoitlari va vazifalariga mos ravishda aniqlashtiradi, janr esa til vositalarini tan-lashda ularning aniq sharoit va janr shakllari qonunlariga muvofiqligini chegaralagan holda o`z shartlarini o`rtaga qo`yadi».

A.I.Yefimov rus tilida badiiy-belletristik uslubning mavjudligini e’tirof etish bilan bir qatorda uni ikkiga bo`lib qaraydi: poeziya uslubi, proza uslubi. Ularning chegarasida esa lirik janrlar uslubi, satira uslubi, masallar uslubi bor deb ko`rsatadi. Fikrning jonli, betakror, individual tarzda bayon etilishi, ifoda tasvir vositalarining, jumladan, o`xshatish, metafora, metonimiya, epitetlarning, poetik sintaksisning faolligi, sinonimiya va ko`pma’nolilikning, tasvirda ko`p-planlilikning bo`lishi, antiteza, shakldoshlik, oddiy so`zlashuv, jargon-dialektal elementlarning, boshqa funksional uslubga xos birliklarning uchrashi, fe’llarning, sifatlarning, olmoshlarning ko`p qo`llanilishi va bularning barchasining katta bir vazifaga – obrazlilik va emosionallikka xizmat qildirilishi ana shu uslubiy belgilardir. Bunday uslubiy alomatlar funksional stillarning har birida ham bor . «Adabiy tilning har bir uslubi, – deb ta’kidlaydi I.Qo`chqortoyev. – o`ziga xos vositalarga ega bo`ladi. Lekin bundan ma’lum uslubga xos vositalar faqat shu uslub doirasidagina ishlatiladi degan fikr kelib chiqmaydi, albatta. Ilmiy uslubga xos vositalar badiiy uslubda, badiiy uslubga xos vositalar ijtimoiy-siyosiy uslubda ishlatilishi mumkin. Ma’lum uslubga xos degan so`z shu uslub uchun tipik, xarakterli degan ma’noni anglatadi, xolos»20.

Olimlarning ta’kidlashicha, bir uslubda uchraydigan birliklar va ularning sifatlari boshqa funksional stillarda ham mavjud bo`lishi mumkin. Ammo bunday paytlarda ham ular mutaxassis tomonidan payqab olinishi mumkin. O`zbek tilshunosligida funksional uslublarnnng ko`rinishlari bo`lgan og`zaki so`zlashuv, ilmiy, rasmiy-hujjat, publisistik uslublar monografik nuqtai nazardan o`rganilib, ularning tilshunoslikda mustaqil uslublar sifatida nazariy jihatdan asoslab berilgan.

O`zbek tilshunosligida badiiy uslubni nasriy, nazmiy va dramatik asarlar, xalq og`zaki ijodi namunalari misolida, qolaversa, har bir adabiy janr ko`rinishida o`rganish sohasida muhim tadqiqotlar yaratilgan.

Badiiy uslub o`zbek tili vazifaviy uslublari orasida o`ziga xos mavqyega ega bo`lib, ayni paytda, o`zining alohida ma’yorlariga ham ega. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo`lgan barcha lingvistik birliklarning, shu bilan birga, boshqa vazifaviy uslublarga xos bo`lgan elementlarning ham ishlatilaverishi va ularning muhim bir vazifaga – badiiy-estetik vazifani bajarishga xizmat qilishi badiiy uslubning asosiy xususiyati hisoblanadi. Tabiiyki, bunday imkoniyatlar boshqa vazifaviy uslublarda chegaralangan.

Til vositalarini qo`llashda keng qamrovlilik bo`lishi bilan birga bu uslub doirasida ularni ishlatishda ma’lum me’yorlarga ham amal qilinishi, fonetik, grammatik, leksik va frazeologik xususiyatlar doirasida o`ziga xosliklar boshqa uslublarga qaraganda aniqroq namoyon bo`ladi. Ushbu holatlar S.Karimov tadqiqotlarida atroflicha o`rganilgan. Jumladan, badiiy asar tilidagi fonetik o`zgarishlar asosan matnda tovushlarning qisqargan va orttirilgan (So`rma mendan, kim diloro / Do`stmi yo janona deb. E.Vohidov; Ne balolig` kun edikim. Oshino bo`ldim sango. Alisher Navoiy; Shabboda men seni ko`rmayman, / Qo`limga tutmayman. Zulfiya), ona tilimizning tarixiy taraqqiyot va she’riyat qoidalariga mos tarzda «z» ning «y» ga (So`yla quyosh nimalar bo`lgan, / Sen chiqqanda birinchi marta. H.Olimjon), «q»ning «g`»ga (Quyosh orqasidan –behisob chirog` / Nuriga kiradi mamlakat shu chog`. Zulfiya) o`tgan ko`rinish-larda me’yorlashgan. Shuningdek, badiiy uslubda, xususan, poetik nutqda hozirgi adabiy orfografik me’yor talablariga muvofiq kelmaydigan qaro, yamon, yaro, oshno, talosh singari so`zlar ham ishlatilaveradi.

O`zbek tili so`z turkumlarining grammatik shakllari turli adabiy, tarixiy hamda dialektal variantlarga ega bo`lib, ular hozirgi adabiy til me’yori nuqtai nazaridan, bir tomondan, qo`llanish chastotasiga ko`ra faol yoki aksincha bo`lsa, ikkinchi tomondan, ularda vazifaviy-uslubiy chegaralanish ham sezilib turadi. Bu xususiyatlar so`z yasovchi hamda ko`plik, egalik, kelishik, daraja, shaxs-son, zamon, mayl, nisbat kabi ma’nolarni ifoda etuvchi affikslarning nutqdagi ishtirokida, yordamchi so`zlarning turlicha ko`rinishlari va variantlarida namoyon bo`ladi. Ularning ma’lum qismida badiiy uslubga xoslanganlik mavjud. Masalan, -lar kesim tarkibida kelgan paytda hurmat (Dadam keldilar), kinoya, piching (Mulla Eshmat, kelsinlar) kabi ma’nolar so`zlashuv uslubiga xos bo`lsa, ta’kid, kuchaytirish, mubolag`a singari ma’nolar badiiy uslubda ko`proq ishlatiladi (Shu ko`zlar yulduzday abadiy kulsin, Bahor yo`llaringga to`shasin chechak. Zulfiya). Bu kabi holatlar ilmiy va rasmiy uslublarda ko`zga tashlanmaydi. Uslubiy xoslanish kelishik qo`shimchalari variant-larining tanlanishida seziladi. Masalan, qaratqich kelishigining –(i)m (Axir hayajonlar o`zligim manim, / Mayli qalbingga ham ko`chsin hayajon. K.Bahromova), -n (Qanday ko`rkam qizlar avlodin /Xassos didi va shoir dili. Zulfiya), -ing (Shavqimning shuhrasi boshing uza zar tora fido, / Ko`ngluming mahzani gul orazi gulnora fido. Joniy) tarzida qo`llanishi.

Ma’lumki, yozuvchining til mahorati, eng avvalo, sinonimik birliklar ustida ishlash mahoratidir. Sinonimik qatordan mos, kerakli birlikni tanlab olish ekspresssivlikni, subyektiv bahoni aniq ifoda etishning eng to`g`ri yo`li bo`lganligi tufayli u badiiy adabiyotda zarur lingvistik vosita sanaladi. Buning ustiga tilda sinonimik variantlar borligi uchun uslubiy me’yorni belgilash imkoniyati mavjud. A.Hojiyevning «O`zbek tili sinonimlarining izohli lug`ati» (Toshkent, 1974) ana shu sinonimik variantlarni farqlashda amaliy yordam beradi.

Frazeologizmlar asosan so`zlashuv va badiiy nutqqa xosdir. Ulardagi boshqa uslubga xos chegaralanishlar esa ma’lum muddat keyin yuzaga keladi. Masalan, birgina o`lmoq ma’nosini anglatadigan yuzga yaqin frazeologizmlar sinonimik qatorining paydo bo`lishi ularning vazifaviy chegaralanish imkoniyatini tug`diradi. Masalan, bu tizimga kiradigan olamdan o`tmoq, dunyodan o`tmoq, omonatini topshirmoq, qulog`i ostida qolmoq, jon bermoq shakllari so`zlashuv uslubida ishlatilsa, vafot etmoq, hayotdan ko`z yummoq, dunyodan ko`z yummoq, hayot bilan vidolashmoq kabilar ilmiy, ommabop va rasmiy uslublarda uchraydi. Alloh rahmatiga yo`l tutmoq, shahodat sharobini ichmoq, dorilfanodan dorilbaqoga rixlat qilmoq singarilar esa badiiy matnga tegishlidir.

Badiiy adabiyotda dialektizmlarning ishlatilishi adabiy til me’yoriga muvofiq kelmaydi. Badiiy uslubda adabiy til boyliklaridan foydalanibgina qolmasdan, undagi ko`plab birliklarning tilda me’yorlashuvi, adabiy tilning boyib, rivojlanib borishiga doimiy ravishda ta’sir o`tkazib turadi.


Download 254,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish