O ‘ zb е kist о n r



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana05.01.2022
Hajmi0,81 Mb.
#318045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hozirgi ozbek nasrida ramziylik va falsafiylik e.azam ijodi misolida

  

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                

2

 

Норматов У. Умидбахш тамойиллар. 



Тошкент. «Маънавият», 2000. 47

-

бет.


 


 

I-BOB. 



HOZIRGI ADABIY JARAYON VA ERKIN A’ZAM IJODI

 

O’tgan  asrning  yetmishinchi  yillarida  adabiyotimizga  yangi  avlod  kirib 



keldi.  Iste’dodli  yozuvchi  Erkin  A’zam  ana  shu  avlodning  peshqadamlaridan  biri 

sifatida  faol  ijod  qilib  kelmoqda.  Adib  ijodi  bilan  tanishgan  kitobxon  ko’nglidan 

kamida  ikki  savol  o’tadi.  Birinchisi:  nega  yozuvchi  shu  paytgacha  roman 

yozmagan?  Ikkinchisi: yozuvchi qamrovni keng olib, teranlikni boy bermaganmi? 

Ma’lumki,  ijodkor  shaxsi,  asarlari  borasida  fikr  yuritish  asnosida,  adabiy  portret 

yaratishning  yo’sinlari  ko’p.  Biz  Erkin  A’zam  ijodini  yozgan  asarlariga  taqriz   

bitish 

yo’lidan 

borib 

yoritishni 



ma’qul 

ko’rdik. 

1977  yilda  yosh  yozuvchi  Erkin  A’zamning  to’rt  hikoyadan  iborat  “Chiroqlar 

o’chmagan kecha” to’plami  nashr etildi. Boshlovchi  ijodkor odatda  ma’lum  hayot 

malakasiga,  yozish  tajribasiga  ega  bo’lgach,  to’plam  tayyorlashga  kirishadi. 

Birinchi  to’plam  –  rag’bat,  ijod  olamiga  yo’llanma,  yosh  yozuvchi  hayotining 

unutilmas  voqeasi.  “Ijodning  yo’sini  ijodkor  shaxsning  tabiatida  pinhon  bo’ladi. 

Shaxsning  ijod  qilayotgan  vaqtdagi  holati  ijodiy  mahsulotning  tabiatini  belgilab 

beradi.  Muayyan  ijodkorgacha  shakllanib,  qaror  topgan  badiiy  an’ana  unga  ta’sir 

ko’rsatadi,  undan  ma’lum  tartiblarga  rioya  etishni,  shakllangan  badiiy  qoliplar 

doirasida  ijod  qilishni  taqoza  etadi.  Chinakkam  iste’dodning  qudrati  ana  shu 

qoliplarni  yorib chiqib, o’z qarashlarini o’rnata olishida namoyon bo’ladi”.

3

 Erkin 


A’zamning  birinchi  to’plamidagi  hikoyalarida  qishloq  va  shahar  hayoti,  yoshlik 

jo’shqinligi  va  izlanishlari,  yangicha  qarashlaru  milliy  udumlar  aks  etgan.  “Soy 

bo’yi,  chimzor…”  hikoyasining  qahramoni  Jalil  Norboyev  –  yosh  mutaxassis.  U 

yangi jamoaga ishga kelgan. Ish bor joyda bahs, tortishuv, goho asabbozlik bo’ladi. 

Norboyev ishidan, kasbidan nolimaydi, lekin, ajab, qachon qisinsa, dunyo ko’ziga 

tor ko’rinsa, qishlog’i, soy bo’yi esiga tushaveradi. “Terakzor soy burilgan joydagi 

jarlikka  kelib  tugaydi.  Jarlik  qirrasida  ildizlari  ochilib  soygacha  tushgan  bir  tup 

tug’dona  suvga  egilib  turibdi.  Pastda  buloq,  tubida  patak  ildiz  bosgan  mayda 

                                                

3

 



Йўлдошев Қ. Ёниқ

 

сўз. 



– 

Тошкент., “Янги аср авлоди”, 2006. 62

-

бет.


 


 

chag’ir  tosh.  Buloq  tegrasini  silliq  ko’kish  xarsanglar  qurshagan.  Chashma  suvi 



doim  muzday,  xarsanglar  esa  iliq  bo’lardi.  U  shoshilmay  yechinib,  buloq  suviga 

tikilganicha 

xarsang 

ustida 


uzoq 

o’tirardi”. 

Buloq  bo’yi…  Norboyev  qayerda  bo’lmasin,  qanday  kayfiyatda  yurmasin,  buloq 

bo’yi, mayda chag’ir toshlar, ko’kish xarsanglar yodiga tushadi, ularni qo’msaydi. 

“Chiroqlar o’chmagan kecha” hikoyasida yangi yilni kutib olish tasvirlanadi. 

Ijarada turgan talaba yoshlar Vali ota xonadonida yangi yilni kutadilar. Yangi yil – 

barchaning  bayrami:  hamma  xonadonga,  har  bir  inson  qalbiga  tashrif  buyuradi. 

Yoshlar yangi yilni ijara xonadonda kutib olayotganlarini unutadilar: a’lo kayfiyat, 

o’yin-kulgi,  yoshlik  shijoati  ularni  butunlay  rom  etadi.  Xonadon  egasi  Vali  ota  – 

yolg’iz.  Uning  kampiri  vafot  etgan,  bolalari,  nevaralari  negadir  kelishmadi. 

Otaning dard-dunyosi qorong’u.  Ammo,  u yoshlar kayfiyatini buzishni  istamaydi: 

o’zini majburlab yangi yilni yoshlar davrasida qarshilaydi. Yangi yilda yoqqan qor 

hammaning  kayfiyatini  ko’taradi.  Hikoyaning  “Chiroqlar  o’chmagan  kecha”  deb 

nomlanishida  ramziy  ma’no bor. Dastlabki hikoyalaridayoq Erkin  A’zam  hayotni, 

kishilarni sirtdan emas, ich-ichidan tasvirlash, ko’rsatishga intiladi. Yosh yozuvchi 

asarlarida  matnning  kuchliligi  diqqatni  tortadi.  “Atoyining  tug’ilgan  yili”  qissasi 

Erkin A’zamni keng kitobxonlar davrasiga o’ziga xos yozuvchi sifatida olib kirdi. 

Qissa lirik ruhi,  izchil  realizmi, pishiq-puxta xarakterlari bilangina emas, hayotga, 

kishilarga,  voqea-hodisalarga  tanqidiy  nigohi  bilan  diqqatni  jalb  etdi.  Qissa 

qahramoni  –  Barno,  Ra’no,  Nazira,  Vazira,  Jovli,  Rahmatilla,  Muhiddinlarning 

kursdoshi;  Ziyoxon  Ahmadxonov,  Dildora  Jo’rayeva,  Maxsumov,  Ubaydullayev 

singari  domlalarning  talabasi;  Beshog’ochdagi  bezori  bolalar  bilan  mushtlashib, 

yuz-ko’zi  yorilgan  bola.  Xullas,  Asqar  Shodibekov  Toshkentga  keldiyu  hammaga 

otning  qashqasiday  tanildi-qoldi.  U  o’ziga  xos  yigit:  g’irromlik,  soxtalik, 

maqtanchoqlik,  tantiqlik  bilan  chiqisha  olmaydi.  Asqar  Shodibekov  –  yong’oq. 

Ammo  shaldir-shuldur  qilaveradigan  puch  emas,  mag’zi  to’q,  mazali  yong’oq. 

Ahmadxonov,  masalan,  talabalarga  “Mashrabning  oti  nega  Mashrab?”  degan 

savolni  beradi.  Gulya,  Zulya,  Dilya,  Jovliboy,  Rahmatullalar  javob  izlaydilar. 

Asqar Shodibekovgina savol bema’niligini anglaydi. Avvalo, Mashrab – shoirning 



 

ismimas, taxallusi. Ikkinchidan, shoir Mashrab bo’lgani bilan biron narsa o’zgarib 



qoladimi?  Asqar  Shodibekov  masala  sirtida  sirg’almaydi,  ildiziga  boqadi. 

Ahmadxonovning  beburd  savoli  sabab  bo’lib,  u  o’zbek  mumtoz  adabiyotini 

sinchiklab o’rganadi. Masalalar  mohiyatiga kiradi. Asqar  Shodibekov –  muhabbat 

yoshidagi  yigit.  Ammo  unga  Barno,  Ra’no,  Vazira,  Naziralar  yoqmaydi.  Ular 

jiddiy  fikr  yuritishdan  yiroq  .  Qizlar  yaltir-yultir  kiyimlari,  antiqa  talaffuzlari 

bilangina  diqqatni  jalb  etadilar.  Jovliboylar  ham  o’ziga  xos  odamchalar.  Ular 

zudlik bilan kechagi kunlarini unutishga, asl mohiyatlarini yashirishga intiladilar. 

Asqar  Shodibekov  Beshyog’ochning  zo’rlari  mohiyatini  ham  bir 

mushtlashuvdan  keyin bilib  oladi. U akasi, yangasi, Ubaydullayev domla,  fransuz 

tili  o’qituvchisi  Dilora  Jo’rayevagagina  ixlos  qiladi.  Ular  bilan  samimiy 

gaplashadi. Asqar Shodibekov tasodifan Raxshona ismli qo’shnisiga mehr qo’yadi. 

Sirtdan  Raxshona  oddiygina,  parishonxotirgina,  chiroyi  ham  o’rtachagina  qiz. 

Ammo uning qalbida bir olam go’zallik bor. Asqar Shodibekov qizni bir ko’radi – 

e’tibor  beradi.  Ikki  bor  ko’radi  –  qiziqishi  ortadi.  Uchinchi  bor  ko’radi  –  sevib 

qoladi.  Shu  qizga  uylanmoqchiligini  akasiga  ishonch,  qat’iyat  bilan  aytadi.  Erkin 

A’zam  uslubida  kesatiq,  piching  seziladi.  Uning  kesatiqlari  o’ziga  xos.    Adabiy 

jarayonda  tabiat  –  jamiyat  –  inson  hayotida  kechayotgan  voqea  –  hodisalar, 

o’zgarishlar shaxs erki, millat hurriyati, Vatan istiqloli va istiqboli nuqtai nazaridan 

o’rganilmoqda,  estetik  baholanmoqda.  Shu  ma’noda,  inson  ko’ngli  barcha 

buhronlar  silsilasini  sintezlashtiruvchi  mehvar  bo’lib  qoldi.  Oftob  nurini  linzaga 

joylab, bir  nuqtaga  yo’naltirilsa tog’larni tolqonga, qoyalarni payrahaga aylantirib 

yuboradi.

4

  “Javob”  –  Erkin  A’zamning  1986  yilda  chop  etilgan  qissalar  va 



hikoyalardan  tashkil  topgan  to’plami.  To’plamga  “Otoyining  tug’ilgan  yili”, 

“Javob”  qissalari  hamda  “Shaytonchalar  ko’chasi”,  “Piyoda”  va  “Manana” 

hikoyalari kiritilgan. “Javob” – o’ziga xos qissa. Asar qahramonlari – Elchiyev va 

Mastura  ko’p  yillar  burun  “Otoyining  tug’ilgan  yili”  qissasida  xayrlashganimiz 

Asqar  Shodibekov  va  Raxshona  bo’lib  tuyulaveradi  menga.  Elchiyev  Asqarga 

o’xshagan  qishloqlik.  Toshkentda  o’qigan,  uylangan,  bola-chaqali  bo’lgan. 

                                                

4

 



Раҳимжонов Н. Истиқлол ва бугунги адабиёт. 

– 

Тошкент, “Ўқитувчи”, 2012. 22



-

бет.


 


10 

 

Elchiyev “singan” qahramon – jo’shib kurashmaydi, martabaga qiziqmaydi, “faqir 



kishi  panada”  degan  naqlga  amal  qilib  yashaydi.  Lekin  u  ojiz,  notavon  emas. 

Asqardagi  o’jarlik,  qaysarlik,  aytganidan  toymaslik  uning  ham  tabiatida  bor. 

Ammo  u o’zini  hamisha jilovlab  yashaydi. Ayagan ko’zga cho’p kirar, degan  gap 

bor.  Hech  narsadan  hech  narsa  yo’q,  arzimagan  sabab  bilan  to’rt  mast  barzangi 

Elchiyevni o’lasi qilib do’pposlaydi. Elchiyevning xo’rligi keladi: boshini qayerga 

urishni  bilmay  qoladi.  Odamni  ezib  yuboradigani  shundaki,  katta-katta  odamlar 

anovi boyvachcha barzangilarni ro’y-rost himoya qila boshlaydi. O’zbekchilikning 

nozik tomonlari ishga solinadi. Elchiyev umrini oilasiga – xotini, qizi Jasura, o’g’li 

Kamoliddinga  bag’ishlagan  edi.  Bolaligida  o’g’li  va  qizi  nihoyatda  shirin, 

mehribon bo’lishgan. Ayniqsa, o’g’li Kamoliddin juda yuvosh edi. U voyaga yetdi. 

Oliy  o’quv  yurtiga  kira  olmadi.  Armiyada  xizmat  qildi.  So’ng  ishlay  boshladi. 

Kamoliddin  ham  jisman,  ham  ruhan  o’zgardi.  Ko’chadan  beri  kelmay  qoldi. 

Ichadigan  bo’ldi.  Chatog’i,  opasidan  ham  yoshi  ulug’,  er  ko’rgan  Dinaga 

aylanishib  qoladi.  Unga  uylanmoqchiligini  aytadi.  Elchiyev  joniga  qasd  qiladi. 

Tasodifan tirik qoladi. Qissadagi asosiy voqea – shu. 

Sho’ro  adabiyotshunosligida  sujetning  tugun,  voqealar  rivoji,  kulminatsion 

nuqta,  yechim  singari  qismlari  bo’lardi.  Shu  nuqtai  nazardan,  Erkin  A’zamning 

“Javob”i,  Asqad  Muxtor  mazkur  kitobga  yozgan  “Bosh  tashvish”  nomli 

so’ngso’zida  aytganiday:  “Elchiyevning  qalbida  endi  kurash  ruhi  yetilganda  asar 

tugab  qoladi,  afsuski,  uning  kurashga  kirgani  va  kurash  jarayoni  ko’rsatilmagan”. 

Aslida  ham  shundaymi?  Menimcha,  qissaga  ikki  yozuvchi  turlicha  estetik  prinsip 

nuqtai  nazaridan  yondashgan.  Asqad  Muxtor  sotsialistik  realizmdagi  kurash, 

ziddiyatlar  to’qnashuvini  mukammal  o’zlashtirgan  adib.  Erkin  A’zam  ijodida  esa 

kolliziyalar  tasvirida  biz  uchun  yangilik  bo’lgan  tomonlar  uchraydi.  “Otoyining 

tug’ilgan  yilida”yoq  adib  voqealarni  ich-ichidan,  mohiyatidan  turib  tasvirlash 

yo’sinini tutgani ko’ringan edi. “Javob”da kurash Elchiyev ongida, ruhida uzluksiz 

oqim  tarzida  davom  etadi.  Qissa  sujeti  retroga  asoslangan.  Qahramon  o’ylaydi, 

xotirlaydi,  xayolan  ming  ko’chaga  kirib  chiqadi.  Elchiyev  o’ylarida  ruhiyatidagi 

holatlar  namoyon  bo’ladi.  Chuqurroq  qaralsa,  Elchiyev  qo’rqib,  cho’chib,  o’ta 



11 

 

ogoh  bo’lib  yashaydi.  U  olg’a  intilishdan  ko’ra,  erishganini  asrash-avaylashga 



ko’proq  e’tibor  beradi.  Uni  –  bilimdon  mutaxassisni  yuqori  lavozimga 

ko’tarmoqchi  bo’lishadi.  Qahramonimiz  o’zini  kamtaru  kamsuqum  tutib,  chetda 

qolaveradi.  Vaholanki,  hamqishloq  do’sti  Haydar  bilimda  ham,  aql  bobida  ham 

ancha  to’pori  edi.  Lekin  yeldi,  yugurdi,  birovni  “aka”,  birovni  “uka”  dedi,  o’zini 

fan  sohasiga  urdi,  nomzod,  doktor,  professor  bo’ldi.  Kechagi  to’pori  Haydar  – 

bugun 


“Haydar 

Samadovich”, 

Elchiyevni 

mensimaydi. 

Elchiyev 

sira 


tavakkalchilikni  yoqtirmaydi,  qismatga  ishonmaydi.  U  o’g’li,  qizini  qog’ozga 

o’ralgan  qandday  asraydi.  Lekin  bolalarni  hayot  o’z  domiga  tortdi.  Jasura  ham, 

Kamoliddin  ham  tamoman  boshqacha  odam  bo’lib  yetishdi.  Elchiyev  hamisha 

qisinib-qimtinib, g’ilofda yashab o’tayotganini angladi. Tarki odat amrimaholligini 

chuqurroq  his  eta  boshladi.  Hayotdan  ketishni  to’g’ri  yo’l  deb  bildi.  O’z  joniga 

qasd qilish musulmonchilikka, umuman, insoniylikka to’g’ri kelmasligini u o’ylab 

ko’rmadi. Shu jihatdan, Elchiyev – kommunistik mafkura, qo’rqoqlik falsafasining 

qurboniga  aylandi.  Mastura,  Jasur,  Kamoliddin,  hatto  qalbi  toza,  xayrixoh  Dina 

ham  Elchiyevga  achinadi.  “Javob”  qissasini  o’qib,  bitta  odamning  yuragida 

shuncha  gap  bor  ekanmi,  muallif  ularni  qayerdan  bildi,  qanday  yuzaga  chiqardi, 

deya o’ylanib qoladi kishi. “Javob”– Erkin A’zam ijodidagi muhim asarlardan biri. 

“Piyoda” hikoyasi ham alohida diqqatga molik. Hikoya qahramoni Berdiboy 

– Parda Qurbonning to’ng’ichi; Muzaffar, Gulchehra, Gulsanam va Samandarning 

og’asi.  Berdiboy  –  tajang,  o’jar.  U  qiz  bolaning  poytaxtga  borib  o’qishini 

istamaydi.  Uning  dastidan  onasi,  xotini  Oyro’zi,  singillariga  kun  yo’q:  o’tirsa 

o’poq, tursa so’poq, deydi. Sanam Toshkentga ketmoqchi, modelyer-bichiqchilikka 

o’qimoqchi  bo’ldiyu  Parda  Qurbon  xonadoni  tinchini  yo’qotdi.  Berdiboy 

otasinikiga  keldimi,  albatta,  janjal  chiqaradi:  ota-ona  asabiylashgan,  Sanam 

yig’lagan… Oxiri, ona o’g’lini quvib soladi. Berdiboy bir-ikki kundan keyin yana 

kelaveradi.  U  elektr  chiroqqa,  televizorga  ham  qarshi  edi.  Bora-bora  ko’nikdi. 

Ukasi  Muzaffarning  yashash  tarzini  yoqtirmaydi.  Muzaffar  birinchi  xotinidan 

ajralib,  yana  uylangan.  Yangi  kelinni  ko’rgach,  Berdiboyning  jini  qo’ziydi: 

ko’ylagi – kalta, piyoz po’stidan-da yupqa. Endi singlisi Sanam shaharga ketib, shu 



12 

 

kelin bilan bir xonadonda yashamoqchi. “Dunyoda shunday yozuvchilar bo’ladiki, 



ular  deyarli  butun  ijodlari  davomida  yoki  ko’pchilik  asarlarida  bir  jiddiy  hayotiy 

muammoni  yoxud  uning  muayyan  qirrasini  qayta  –  qayta  qalamga  oladilar, 

mohiyatini, yangi – yangi ma’nolarini har xil nuqtai nazardan badiiy talqin etishga 

intiladilar. 

Hikoyadagi  Berdiboy  o’tmishning  qoloq  kishisi  qilib  tasvirlangan.  Muallif 

keyinroq shu  hikoya asosida kinoqissa  yozdi.  Kino san’ati detallarning aniq, tiniq 

bo’lishini  taqozo  qiladi.  Hikoyada  Berdiboyning  zooveterinar  ekani  aytib  o’tilgan 

edi.  Kinoqissa  emlanayotgan  qoramollardan  biri  badaniga  suqulgan  shpris  bilan 

qochib  borayotgani  tasviridan  boshlanadi.  Berdiboyning  farosatsizligi  o’ylamay-

netmay  gapirib  yuboraverishida,  ro’zg’or  tutishida,  xotinini  qiynashida  ko’rinadi. 

Oyro’zi  aqlli-hushli,  gap-so’zlari  ma’nili  ayol.  Ammo  u  erining  soyasiga  aylanib 

qolgan,  hamisha  uning  ortidan  indamay  ketaveradi.  Holbuki,  u  qaynonasi,  ovsin, 

qayinsingillari  bilan  ochilib-sochilib  gaplashadi.  Berdiboy  hamma  narsadan 

kamchilik topishga, o’z so’zini o’tkazishga harakat qiladi. Lekin, qizig’i, u tabiatan 

kesak,  zerikarli  odam  emas.  Mana,  kuy  yangrayapti.  Berdiboy  zavq  bilan  raqs 

tushyapti.  Hamma  uning  o’yiniga  qoyil  qolyapti.  Raqs  manzarasi  qahramon 

haqidagi  qarashlarni  ostin-ustun  qilib  yuboradi.  Lekin  Berdiboyning  yuragida 

armon, ota-onasidan  gina bor. Bir  vaqtlar  Parda Qurbonni  tuman  markaziga  ishga 

chaqirganlarida  u  onasini  yolg’iz  tashlab  ketolmay,  Berdiboy  bilan  Muzaffarni 

qishloqda  qoldirib  ketgan  edi.  Ona  bolalarni  o’zi  bilganicha  “tarbiyaladi”. 

Berdiboy  ins-jinsga,  ajinalarga  ishonadigan,  yangi  udumlarga  dushmanlik  bilan 

qaraydigan  bo’ldi.  Bora-bora  u  qoloq,  o’jar,  tajang  bir  odamga  aylandi. 

Kinoqissada  ranglar  garmoniyasi,  tovushlar  simfoniyasi,  detallarning  tiniq  va 

serobligi,  hayotdagi  yangi  qirralar  yaqqol  ko’zga  tashlanadi.  Odamlar  ruhidagi 

o’zgarishlar  aniq  seziladi.  Yangi  zamonga  xos  savdo-sotiq,  tadbirkorlik, 

ishbilarmonlik,  maqsad  sari  intilishni  ko’rish  mumkin.  Xususan,  asar 

qahramonlaridan  biri  –  Rajab  bodi  Toshkentda  tup  qo’yib,  palak  yoza  boshlagan 

Muzaffar  bilan  aloqani  yaxshilashga  intiladi.  Erkin  A’zam  “Piyoda”  hikoyasini 

kinoqissaga,  “Pakananing  oshiq  ko’ngli”ni  ham  “Pakana”  kinoasariga  aylantirdi. 



13 

 

Badiiy  asarni  kinosan’atga  aylantirish  –  o’ziga  xos,  maxsus  jarayon.  Bunda 



yutuqlar qatori yo’qotishlar ham bo’ladi. Badiiy asar – arqog’i pishiq matn demak. 

Pyesa  spektaklga,  badiiy  asar  kinossenariyga  aylanganda,  baribir,  matnga  putur 

yetadi.  “Pakananing  oshiq  ko’ngli”  qissasi  bilan  “Pakana”  kinoqissasi 

qiyoslanganda,  farq  ko’zga  yaqqol  tashlanadi.  Kinoqissada  Pakana  Shamshodbek 

nomini  olgan.  Asarga  yana  bir  pakana  –  Dadilbek  kiritilgan.  Birining  bo’yi  151, 

ikkinchisining  “adl”  gavdasi  149.  Shamshodbek  uch  qiz,  Dadilbek  shuncha  o’g’il 

otasi.  Shamshod  fikrchan san’atkor,  yuragida dardi bor odam. Dadilbek –  bir qop 

yong’oq,  u  bilmagan  gap  yo’q.  Uningcha,  pakanalik  –  g’aroyib  ne’mat.  Hamma 

kashfiyot,  ne-ne  muhim  ishlarni  pakanalar  amalga  oshirgan.  Dadilbek  obrazi 

“Pakananing  oshiq  ko’ngli”  qissasini  kinokomediyaga  aylantirib  yuborayozgan. 

Qissa  inson  ruhini,  san’atkor  qarashlarini  yoritib  bergan  teran  asar,  unda  yuksak 

estetik daraja bor edi… 

Yozuvchi  ijodida  1988  yilda  nashr  etilgan  “Bayramdan  boshqa  kunlar” 

nomli  qissa  va  hikoyalardan  jamlangan  kitobi  alohida  qimmatga  ega.  Kitob 

ijodkorning avvalgi asarlaridan hajman katta, mazmunan teran. 

Adibning  “Bayramdan  boshqa  kunlar”  asarida  ma’lum  ma’noda  romanga 

xos konsepsiya seziladi. Muallif shaharliklarni ijtimoiy tabaqalarga ajratishga usta. 

Uslubida  fosh  qilish,  kesatiq,  piching  yetakchi  bo’lgan  adib  diqqatini  ko’proq 

yengiltak qiz-juvonlar – kapalaklar (uchib-qo’nib, gulzorda nozlanib, orolanib sayr 

etuvchilar)  hayoti  jalb  qiladi.  Qissada,  asosan,  uch  oila  vakillari  hayoti 

tasvirlangan. Barno, Bargida, Basira – Afro’za Kamolovnaning emin-erkin o’sgan 

qizlari.  Ularning  otasi  –  qarib  quyulmagan  chol  –  Mimo.  Barno  zamonabop 

Chinnibek  Qosimovga  tegib  olgan.  Bargida  sevmadi,  o’rtanmadi,  ziddiyatlarga 

kirishmadi,  lekin  Bakirga  ega  bo’ldi.  Bu  ayolda  rashk,  uyim-joyim  degan  tuyg’u, 

chin  huzurni  his  qilish  yo’q.  Qanday  xohlasa,  shunday  yashaydi.  Hech  kimga 

aytmasdan  onasinikiga  ketib  qolishi,  haftalab  erini  ko’rmasligi,  u  haqda 

o’ylamasligi  mumkin.  Bakir  qo’ng’iroq  qilsa,  gina-kuduratsiz:  “Qayoqlarda  qolib 

ketdingiz?  Nega  kelmaysiz?  Bugun,  albatta,  keling,  tadbir  bor”,  deyishi  mumkin. 

Eri tergagudek bo’lsa: “Nima bo’pti?” deb qo’ya qoladi. Uning asabi yo’qmi, deb 



14 

 

ham o’ylaysan kishi. Opa-singillar yig’ilib qolishsa, og’izlari gapdan bo’shamaydi. 



Ular hech  narsani ko’ngillariga qattiq olmaydilar.  Lekin… lozim bo’lib qolsa, har 

qanday  tubanlikka,  ayollik  makriga  erk  berishlari  mumkin.  Basira  jazmaniga 

achchiq  qilibmi,  ko’p  miqdorda  dori  ichib  qo’yadi.  Uni  hushiga  keltirish  uchun 

ona,  opa-singillari  o’lib-tiriladilar.  Mimo  –  sobiq  xonanda,  yengiltak  odam, 

qizlarning  otasi.  Ammo  oilada  uning  ota  sifatida  o’rni,  mavqyei  yo’q.  Bakir 

Bargida  bilan  yashar  ekan,  bu  xonadonning  chirib,  manqurtlashib  borayotganini 

aniq  kuzatadi.  Qissadagi  asosiy  qahramonlardan  biri  –  Safura.  U  Bargida,  Barno, 

Chinnibek, 

Basiralarning 

do’sti. 


Asarda 

xatti-harakatlar, 

ziddiyatlar, 

murakkabliklar,  ziyofatlar  markazida  Safura  turadi.  Safura  –  doimiy  navqironlik 

ramzi:  uning  yoshi  hecham  yigirma  oltidan  oshmaydi.  Nima  demasin,  “bravo”, 

“genasvali”, “o’key”, “salyut”, “mersi”, “chi gap”, “oybay”, “se lya vi”, “gudbay”, 

“chao”,  “raftem”,  degan  so’zlarni  qo’shib  aytadi.  Safura  biron  joyda  yolchitib 

ishlamagan.  Bir-ikki  ko’rsatuvda  rejissyorga  yordamchilik  qilgan.  “Ijodi”ning 

yulduzli oni shu, xolos. Ammo baxil emas. Ikki xonali bezatilgan uyini Bargidaga 

berib  qo’ygan.  Misha  tog’a  (Muftilla),  Jordes,  yana  allakimlar  Safura  tufayli 

Bargidalar  to’dasiga  qo’shilib  qolgan.  Maishatboz,  o’yin-kulgiga  ishqiboz, 

shahvoniy  hayotga  mukkasidan  ketgan  odam  borki,  Safura  uyushtiradigan 

bazmlarga  shamga  intilgan  parvonadek  yopishib  kelaveradi.  Safurada  to’pori 

Muftilladan, ikki dunyosi kuygan Mimodan, lo’ttiboz Chinnibekdan, bayramparast 

Barnoyu  Bargidalardan,  hatto  bo’sh-bayov,  yengiltakkina  Bakirdan  farq  qilaroq, 

o’rtanadigan qalb bor, muqaddas olov bor. U o’ynaydi, kuladi, birovlarga yaxshilik 

qiladi,  biroq  aldanayotganini  teran  anglaydi.  Muhimi,  vaqti-vaqti  bilan  muhitiga 

sig’may  qoladi,  “bayram”  to’la  kunlarini  dil-dilidan  la’natlaydi.  Bakir  bilan 

suhbatda  Safura  “yoriladi”:  “Boyagi  joyni  ko’rdingmi?  U  yerdagilarning  bari 

Safuraning  bolalari,  Safuraning  gunohlari.  Safuralarni  yer  yutsin!  –  U  tuyqusdan 

tagidagi  toshni  mushtlab  hiqillay  boshladi.  –  Men  toshman,  mana  shu  toshman! 

Qani,  birato’la  toshga  aylanib  qolsam!”.  Safura  kapalaklar  hayotini,  bayramli 

kunlarni,  bargidalarni,  o’zini  fosh  etadi.  Mimo,  Misha  tog’a,  Jordes,  Anvar 

xo’rozlar  ko’ngilochar  kechalarga,  kayf-safoga  ishqiboz.  Safura  iqroricha: 




15 

 

“Boshida  hammasi  yaxshi  ko’radi,  hammasiga  yoqasan.  Bilamiz  –  nima  uchun! 



Keyin  esa…  Ey,  hammang  bir  go’rsan!”  .  Bargidalar  to’dasini  Safura  tark  etib 

ketadi. Bakir Safurani sog’ina boshlaydi. Qissadagi o’gay buva, Ziyoviddin singari 

hayotning  tayanchi  bo’lgan  kishilar  timsoli  kitobxonni  rom  etadi.  Avtobuschi 

Bakirning  shahar  bo’ylab  kezishi,  bekatlar  nomini  burro-burro  aytishi  ham 

maroqli.  Bekatlar  Bakirning  qadrdonlari,  bamisoli  tirik  odamlar.  Ularning  taqdiri, 

atvori,  yoqimli-yoqimsiz  tomonlari  bor.  Bakir,  bir  qarasangiz,  Marina,  Bargidalar 

toifasidagi  odam,  bir  qarasangiz  –  beg’ubor,  bolatabiat  yigit.  Har  kuni  erta  bilan 

kasalxonaga  issiq  ovqat  ko’tarib  boradigan  qizcha,  “Toshkentning  mashhur 

tug’uruqxona”sida  tug’ilgan,  hali  o’zini  tanimasdan  yetim  bo’lib  qolgan  go’dak 

taqdiri  Bakirni  ezib  yuboradi.  Nasimning  otasi  jasadni  uzoq  Dehqonobodga  olib 

ketarkan,  Bakir:  “yo’l  bo’yi  musibatdorlarga  qo’shilib  babbarobar  unsiz  yig’lab, 

iztirob  chekib  borgan”.  Bu  yigit  opasi,  singlisi,  o’gay  buvasiga  mehribon. 

O’zbekcha  urf-odatlarni  o’rniga  qo’yadi.  Ayni  vaqtda,  u  birmuncha  yengiltak, 

bayramona  hayotga  o’ch  Marinayu  Bargidalar  shaydosi.  Xullas,  Bakir  –qissadagi 

murakkab  xarakterlardan  biri.  “Bayramdan  boshqa  kunlar”  to’plamiga  sakkiz 

hikoya  kiritilgan.  Ularning  hammasi  jonli,  tirik  timsollarga  ega.  Ammo 

“Anoyining jaydari olmasi” hikoyasi – Erkin A’zam ijodining nurli cho’qqilaridan 

biri.  Ramazon  –  hikoyachining  do’sti,  ko’ngli  buloq  suviday  top-toza,  beg’ubor 

yigit.  Ramazon  –  odamoxun,  fidoyi  do’st,  hayotsevar,  go’l-ishonuvchan, 

serg’ayrat, izzat-nafsli. U qayerda paydo bo’lsa, o’sha yerda xush kayfiyat, ishonch 

ruhi  keza  boshlaydi.  Boshqalarni  qo’yaturaylik,  muttaham  olibsotar  ham, 

Ramazonni sud qilayotgan yurist ayolu Beshyog’ochni yotqizib turg’izadigan Tosh 

bezori  ham  uni  yoqtirib  qoladi.  Ramazon  timsoli  –  Erkin  A’zam  ijodidagi  porloq 

mash’ala,  insoniylik  tug’i.  “Bayramdan  boshqa  kunlar”  to’plami  haqidagi 

mulohazalarni  shu  yerda  to’xtatmoqchi  edim.  Ammo  “Bog’bololik  Ko’kaldosh” 

hikoyasi,  undagi  Ko’kal,  yozuvchi,  tinglovchi  Najmiddin,  Mayram  tog’chi, 

mansabdor  o’tgan  Doniyorov  to’g’risida  so’zlamoq  lozimday  tuyulaverdi. 

Ko’klam  –  Ko’kal  –  Ko’kaldosh  gavdali,  sodda,  mehnatkash,  dunyoga  tasodifan 

kelib  qolgan  bepadar…  U  mehr  ko’rmagan.  Mayram  tog’chi  uni  qarg’agani-



16 

 

qarg’agan: ona ham bolasini shunchalar titrab-qaqshab duoibad qiladimi? Ko’kal – 



beparvo:  otasizligi,  onasining  qahr-g’azabi,  o’zidan  ancha  kichik  bolalar  bilan 

sinfdosh bo’lib qolgani unga go’yo ahamiyatsiz. U tinimsiz mehnat qiladi, kattalar 

iznidan  chiqmaydi,  lekin  gap  eshitaveradi,  kaltaklanaveradi.  Ko’kal  – 

bog’bololiklar  jumbog’i…  Najmiddin  bot-bot  yozuvchi  og’asidan  Ko’kal  haqida 

yozishni iltimos qiladi. Nihoyat, yozuvchi Ko’kal haqida hikoya bitadi. Asar o’ziga 

xos,  jozibali,  tez,  zavq  bilan  o’qiladi.  Erkin  A’zamning  “Guli-guli”  qissasini 

o’qigan  kitobxon  Mo’min  –  Maymunda  Ko’kalni  tanib  qoladi.  Ha,  Ko’kal  “Guli-

guli”dagi  Maymun…  Biroq,  “Bog’bololik  Ko’kaldosh”da  muallif  itoatkor, 

mehnatkash,  insofli  qahramon  timsolini  yaratgan.  Maymun  –  dovdirgina, 

betsizgina,  shahvoniy  hirsga  ruju  qilgan  hayvonsifat  kimsa.  Qissada  uning  onasi 

haqida  aytarli  gap  yo’q,  otasi  insofsiz,  johil  odam  bo’lgani  aytiladi,  xolos. 

Hikoyada Ko’kalni muallim bekordan-bekor urib ketadi. “Bepadar haromi!” deydi. 

Nega?  Muallim  –  Doniyorovning  ukasi,  og’asining  qilmishlarini  yaxshi  biladi. 

“…Mana shu Ko’kalning onasini – sabil qolgan yetimcha qizni tog’dan Doniyorov 

olib kelgan, birmuncha  muddat  xonadonidan joy  ham bergan…” Doniyorov  vafot 

etganida  dafnga  hamma  qatnashdi,  “yolg’iz  Mayram  tog’chi  kelmadi  azaga. 

Temirchi  erining  ko’zi  oldida,  undan  orttirgan  besh  bolasining  ko’zi  o’ngida 

sochlarini yoygancha hovli aylanib, tanho o’zi sadr tushganmish u…” 

Ko’kal  ham  Oytumanni  “xilvat  yong’oqzorga  boshlab  kirib”  o’ziniki  qilib 

olgan. Ammo bu boshqa hol, boshqa manzara. “Guli-guli” qissasida Maymunning 

maymunliklari,  Olma  kelin,  Musallam  kokildorning  xiyonati  haqida  yozilgan. 

Sharm-hayo,  insof-iymon  ko’tarilgan  joyda  fayz-futur,  qut-baraka  bo’lmaydi. 

Insonlarning  qornini  to’ydirish,  bilimli  qilish  yaxshi,  lekin  ma’naviyatli,  din-

diyonatli,  haromdan  jirkanadigan  etib  tarbiyalash  –  eng  asosiy  masala.  Erkin 

A’zam  asarlarida  Yozuvchi  (“Yozuvchi”),  Bolta  Mardon  (“Suv  yoqalab”), 

Elchiyev  (“Javob”),  Bahrom  (“Qarzdor”),  Jonibek  (“Farishta”),  Ramazon 

(“Anoyining jaydari olmasi”) singari nurli qahramonlar ko’p. 

“Bog’bololik  Ko’kaldosh”  hikoyasi  va  “Guli-guli”  qissasining  qiyosi 

yozuvchi laboratoriyasining sir-sinoatini anglashda muhim omildir.  



17 

 

“Badiiy asar ma’lum bir zamonda muayyan ijodkor tomonidan insho etiladi. 



Zamon, davr muammolari unda o’z ifodasini topishi kerakmi? Adabiyot jamyatga, 

davlat  mafkurasiga,  katta  –  kichik  siyosatga  xizmat  qilishi  lozimmi?  Adabiyot 

tarbiya  vositasimi?  Adabiyot  oddiy  va  oson  sohami?  Adabiyot  faqatgina  hayotga 

muhabbatdan  ta’lim  beradimi?  Badiiy  asar  ilmiy  talqini  har  doim  sotsial  muhit 

bilan bog’lanishi shartmi?..  

Mening  nazarimda,  keyingi  yillarda  o’zbek  adabiyotiga  yangi  bir  nafas, 

yangi bir  iqlim ob-havosini olib kirishga  intilayotgan  ijodkorlar tafakkurida charx 

urayotgan  bunday  savollarning  adog’i  yo’qdir”.

5

    Erkin  A’zamning  2001  yilda 



chop etilgan uch qissa, uch hikoyadan iborat “Pakananing oshiq ko’ngli” to’plami 

–  katta  muammolar,  yorqin  xarakterlar  kitobi.  “Pakananing  oshiq  ko’ngli”  qissasi 

ilk bor shu kitobda bosilgan. Keyinchalik u boshqa to’plamlarga kiritildi, kinoqissa 

qilindi.  Bu  –  o’ziga  xos,  ichki  ziddiyat,  murakkablik,  qiziqarli  tafsilotlarga  boy 

asar.  Pakananing  sirti,  tashqi  ko’rinishi  hazil-mutoyibaga  tortadi,  hangomabop. 

Bo’ying kaltaligi haqidagina shuncha ko’p gapni o’ziga xos uslubda gapirib berish 

mumkin ekan-da. Pakananing uylanishi, ota bo’lishi – alohida hangoma. Pakana va 

rassomlik.  Bu  jabhadagi  intilishlar…  Nihoyat,  Pakananing  oshiq  ko’ngli  tasviri: 

serjilolik,  sertuyg’ulik…  Pakananing  shirin  orzulari…  Xayoldagi  malaklaru 

hayotdagi  jo’n,  tashvishband  ayollar…  Xullas,  yozuvchi  Pakana  haqida  pishiq-

puxta  asar  yaratgan.  “Shoirning  to’yi”,  “Chapaklar  yoki  chalpaklar  mamlakati” 

qissalarida  ham  –  Erkin  A’zam  ijodining  o’ziga  xos  qirralari  namoyon  bo’lgan. 

Adib “Chapaklar yoki chalpaklar  mamlakati” qissasida pamflet ruh –  mohiyatidan 

unumli foydalangan. Qissada bamisoli vakuumdagi hayot tasvirlangan. “Shoirning 

to’yi” qissasi “Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati” bilan go’yoki Hasan-Husan, 

yalakatmag’iz.  “Shoirning  to’yi”  qissasidagi  voqealar  sotsializmning  so’nggi 

yillarida  ro’y  beradi.  Asar  imo-ishora,  ramz,  umumlashmalarga  boy.  Qatag’on 

qilinib,  keyinchalik  oqlangan  Otashqalb  shoirning  tavallud  to’yi  harbiy  asirlar 

tomonidan  qurilgan  mashhur  koshonada  o’tyapti.  Katta  zalda  hamma  jamuljam: 

                                                

5

 

Карим Баҳодир. Моҳиятнинг намоён бўлиши. Мустақиллик даври адабиёти. Адабий 



– 

танқидий мақолалар, 

бадиялар. 

– 

Тошкент, Ғафур Ғулом номидаги нашриёт 



– 

матъбаа ижодий уйи, 2006. 262

-

бет.


 


18 

 

Otashqalbni  qamatishga  “munosib”  hissa  qo’shgan  Oqsoqol  shoir,  Ajoyib  domla, 



Ma’shuqaxonim;  mavjud  mafkura  tizginini  mahkam  tutib  turgan  Mafkuraxonim; 

Tepakal,  Temiryo’lchi,  Jiyanbeka,  Zahmatkash  olim,  Jasur  shoir,  Darbon, 

Ta’qibkor,  Otashqalb  shoir  (ruhi).  Qissadagi  har  bir  obraz  umumlashma 

xususiyatga ega. Muallif  Otashqalbni  yo’q qilgan Oqsoqol shoir degandek esa-da, 

aslida,  Otashqalbni  mahv  etganlar  ko’p  bo’lgan.  Erkin  A’zam  Oqsoqol  shoir 

obrazini chizar ekan, Otashqalbning qamalishiga  hissa qo’shganlarning  qilmishini 

o’rni-o’rni bilan ko’rsatib boradi. Ajoyib domla  ham  umumlashma timsol. O’tgan 

asrning o’ttiz-qirqinchi yillaridagi qatag’onlarga shoiru adiblar qatori ana shunday 

domlalar,  amaldorlar,  san’atkorlar  hissa  qo’shgani  ma’lum.  Qissadagi  o’ziga  xos 

obrazlardan biri Mafkuraxonimdir. Sho’ro davrida, ayniqsa, milliy respublikalarda 

mafkuraviy 

ishlarga 

alohida 

e’tibor 


berilgan. 

Kommunistik 

mafkurani 

mustahkamlash  uchun  milliy  qadriyatlar  atayin  oyoqosti  qilingan.  Mafkura 

masalalari  bilan  yengiltak,  milliy  ildizdan  uzilib  qolgan  kishilar  shug’ullangan. 

Mana, qatag’on qilingan, xalq talabi bilan nomi, asarlari oqlangan Otashqalb shoir 

to’yi  o’tkazilyapti.  Hukumat  nomidan  to’yboshchilik  qilayotgan  Mafkuraxonim: 

“Qani,  domlaning  o’zlari  keldilarmi?”,  deb  qolsa  bo’ladimi?!  Hamma  bir-biriga 

qaragan,  hamma  xijolat”.  Shoirning  to’yida  hamma  to’lib-toshib  o’tiribdi, 

aytilayotgan  har  bir  gap  qalblarda  aks-sado  beryapti.  Birgina  Mafkuraxonim 

beparvo,  xayoli  boshqa  yoqda.  U  zalda  o’tirganlar  orasida  Tepakalni  –  sobiq 

jazmanini  ko’rib  qoladi.  Xayol  qurg’ur  uni  boshqa  yoqlarga,  shahvoniy  xotiralar 

bag’riga olib ketadi. Jasur shoir, Temiryo’lchi kuyib-yonib haqiqatni tiklayaptilar; 

Oqsoqol  shoir,  Ajoyib  domlalar  zo’r  berib  kechagi  ayblarini  xaspo’shlashga 

urinmoqdalar;  Mafkuraxonim  esa  butunlay  boshqa  narsalarni  o’ylab  o’tiribdi. 

Qissada Jiyanbeka, Otashqalb shoirning yoshlikdagi do’sti obrazlari bor. Jiyanbeka 

Otashqalbni  ko’rmagan,  she’rlarining  ashaddiy  muxlisi  ham  emas.  Hozir  shunday 

vaziyat  paydo  bo’ldiki,  Jiyanbeka  katta  amalga  minib  qolishi  mumkin.  U 

imkoniyatni  boy  bermaydi.  Otashqalbning  so’ngan  yulduzi  qayta  porlay 

boshlagach, uning do’stlari, jabr chekkanlar soni ortib qoladi. Anjumanda nogiron, 

abgor Otashqalb shoir timsoli paydo bo’ladi. Aslida, yig’ilganlarga Otashqalbning 



19 

 

keragi  yo’q. Ular Otashqalbga bag’ishlangan tadbirni o’tkazish  uchungina kelgan, 



xolos.  Tantanali  tadbir  chog’i  Jasur  shoir  va  Oqsoqol  shoir  avlodlari  aro  kurash 

ketadi.  Mana  shu  hodisa  hayotda  ro’y  bergan.  Ulug’  shoir  nomidagi  teatrda 

kechagi  avlod  bilan  bugungi  yoshlar  o’rtasida  ro’y-rost  kurash  bo’lib  o’tgan. 

Anjumanni  Mafkuraxonimu  boshqa  xonimchalar  boshqargan.  O’sha  yig’ilishda 

shakllanayotgan  avlod  o’z  imkoniyatlarini  bus-butun  namoyon  etgan  edi. 

“Pakananing  oshiq  ko’ngli”  to’plamiga  “Navoiyni  o’qigan  bolalar”,  “Bizning 

tog’a”,  “Ta’ziya”  hikoyalari  ham  kiritilgan.  Ularning  qahramonlari  har  xil  toifa, 

fe’l-atvordagi kishilar. “Navoiyni o’qigan bolalar” hikoyasida uch kursdosh – ikki 

oshiq  va  Malika  obrazi  yaratilgan.  “Aytishlaricha,  olim  biror  olamshumul 

kashfiyot  yaratsa,  uni  xalqqa  anglatmoq  uchun  bu  kashfiyotni  tafakkur 

yuksakliklaridan kundalik turmush zaminiga olib tushmog’i, mavhum va murakkab 

formulalar  tilidan  jo’n,  ko’nikilgan  tushunchalar,  oddiy  tasavvurlar  tiliga 

ko’chirmog’i lozim. San’atda esa buning aksi. Shoir ham olamshumul kashfiyotlar 

qiladi  –  betakror  ranglarga,  maftunkor  jilolarga,  sehrli  ma’nolarga,  durdona 

hikmatlarga to’la go’zal dunyo yaratadi. Biroq bu dunyoni anglamoq va anglatmoq 

uchun  jo’nlashtirib,  oddiy  maishiy  tilga  ko’chirib  bo’lmaydi.  Jo’nlashtirishimiz 

bilanoq  go’zallik  g’oyib  bo’ladi,  asarning  sehru  jodusi  yo’qoladi,  hozirgina  sizni 

larzaga solib turgan poetik misralar beta’sir so’z tizmalariga aylanadi”.

6

 

  Qish.  Sovuq.  Uch  kursdosh  yangi  yilni  kutib  olgach,  ko’chaga  chiqishadi. 



Malikani  uyigacha  kuzatishmoqchi.  Yo’lovchi  mashinalar  katta  pul  so’raydi.  Ikki 

do’stda esa pul yo’q hisobi. Xullas, bir mashina ularni olib ketadi. Bora-borguncha 

yoshlar  Navoiy  she’rlarini  o’qishadi.  Mashina  egasi  shinavanda  odam  ekan, 

o’qilayotgan  g’azallarga  mahliyo  bo’ladi.  Manzilga  yetgach,  pul  olmaydi.  Ikki 

do’st-kursdosh  Malikani  sevadi.  Qiz  hikoyachi  –  roviyni  yaxshi  ko’radi.  Janob  – 

Janobiddin  Sayfiddinov  do’stlari  yo’liga  g’ov  bo’lmaydi.  Umrini  Navoiy  ijodini 

o’rganishga bag’ishlaydi. Fan nomzodi bo’ladi. Lekin Janob tabiatiga chin oshiqlar 

fazilati singib ketgan. XXI asr bo’sag’asidagi jo’shqin, tezkor hayot Janobni chetga 

surib chiqara boshlaydi. Tasodifan u ruhiy xastaliklar shifoxonasiga keltiriladi, shu 

                                                

6

 

Шарафиддинов О. Ижодни англаш бахти. 



– 

Тошкент, “Шарқ

”, 2004. 14-

бет.


 


20 

 

yerda  vafot  etadi.  “Bizning  tog’a”  hikoyasida  kesatiq,  piching  kuchli.  Hayotda 



Muhammad G’azanfarga o’xshash “dig’onim dig’on” toifasidagi kishilar ko’p. Bu 

hikoyadan  “San’atkor”,  “Mayiz  yemagan  xotin”  (Abdulla  Qahhor)  singari 

asarlarning nafasi kelib turadi. 

Erkin  A’zamning  asarlarida  o’ziga  tortuvchi  ohangrabo  bor.  Muhimi  shuki, 

yozuvchi  asarlari  orasida  eskirib,  zamonga  mos  kelmay  qolganlari  kam.  Insonni 

tasvirlagan, uning qalbiga yo’l topgan asar hech qachon zavol ko’rmaydi. 

Erkin  A’zamning  2002  yilda  nashr  qilingan  “Kechikayotgan  odam”  nomli 

to’plami  hajman  katta  va  salobatli.  Unga  adibning  “Otoyining  tug’ilgan  yili”, 

“Javob”,  “Bayramdan  boshqa  kunlar”,  “Shoirning  to’yi”  qissalari,  “Piyoda”, 

“Pakana”  kinoqissalari  jamlangan.  Boshqacha  aytsak,  adib  sho’ro  davrida  yozgan 

asarlarini  mustaqillik  yillari o’zbek adabiyoti ro’yxatidan o’tkazgan.  Erkin  A’zam 

hamisha  inson  ruhini,  ziynatini  asos  deb  bilgani  bois,  asarlari  eskirmadi,  zamon 

tanlovidan  tushib  qolmadi.  O’tgan  asrning  oxiri  –  joriy  asrning  avvalida  badiiy 

asarni  ekran    sahnada  ko’rsatish,  eshittirish  imkoniyati  kengaydi.  Bu  jihat  Erkin 

A’zamovga  ham  taalluqli.  Adib  “Piyoda”  hikoyasini,  “Pakananing  oshiq  ko’ngli” 

qissasini  ekran  asariga  aylantirdi.  Uning  “Suv  yoqalab”,  “Zabarjad”,  “Qarzdor”, 

“Farishta”  asarlari  kinoqissa  shaklida  paydo  bo’ldi:  kitob  holida  o’qildi,  kino 

sifatida namoyish etildi. Badiiy asarni sahnada ko’rsatishning xos sir-sinoatlari bor. 

Erkin A’zam “Jannat o’zi qaydadir”, “Shajara” dramalarini yozdi.  

Xullas,  Erkin  A’zam  –  hozirgi  o’zbek  adabiyotida  hikoyanavis,  qissanavis, 

kinossenarist, dramaturg sifatida o’z o’rni va mavqyeiga ega ijodkor. 

 

 



 

 


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish