O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  U ch   shoira.  She’rlar.  Toshkent,  1958;  Uvasiy  she’riyatidan.  Toshkent,  1980



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

1  U ch   shoira.  She’rlar.  Toshkent,  1958;  Uvasiy  she’riyatidan.  Toshkent,  1980; 

Zebunniso,  D ilshod,  Anbar  otin.  Toshkent,  1981,  Nodira.  Devon.  Ikki  tomlik. 

Toshkent,  1983  va  hokazo.

286



halol  kishi  bilan  suhbat  qurish  insonga  ma’naviy  kuch-quwat 

bag'ishlashini  tushuntirib  berdilar.  Ana  shunday  shirin  xayollar, 

hayotga  muhabbat,  kelajakka  umid,  yaxshi  kunlar,  farovon  tur­

mush  istagi  bilan  yashagan  shoiralar,  afsuski,  kundalik  turmushda 

batomom  teskari  odamlar  bilan  uchrashdilar.  Bunday  ikkiyuzlama 

turmush  tarzi  ijodkorlar  bag‘rini  tilkapora  qildi.

XIX  asr  sharoitida  Nodira,  Uvaysiy,  Dilshod  va  Anbar  otin 

ayolning  jamiyatda,  ayniqsa,  oilada  tutgan  o‘rnini  tushuntirishga 

harakat  qildilar.  Musulmon  ayollarining  jamiyatdan  ajralib  qol- 

gan  hayotini,  tenglikka  bo‘lgan  intilishlarini  bayon  qildilar.  Ayollar 

haq-huquqining  erkaklar  bilan  teng  bo‘lishini  talab  qilgan  shoi­

ralar,  avvalo,  onalar  haqida  fikr  yuritdilar.  Onalarning  insoni- 

yat  oldidagi  buyuk  xizmatlari,  xususan,  jamiyat  kelajagi  ular 

bilan  bog‘liq  ekanligini  tushuntirishga  urindilar.

Ular  dinlarni  hurmat  qilar,  ularni  umuminsoniy  qadriyat, 

deb  tushunar  edilar.  Barcha  dinlarning  olam  bilan  odam 

o'rtasidagi  o‘zaro  aloqadorligini  tushuntirishdagi  xizmatlarini  o‘ta 

qadrladilar.  Shunday  bo'lishiga  qaramasdan,  bunday  buyuk  umu­

minsoniy  qadriyat  obro‘-e’tiborini  tushirayotgan  ba’zi  dindorlar- 

ni  qattiq  tanqid  qildilar.

Xususan,  tasavvuf  hurfikrliligidan  ilhomlangan  Dilshod  o‘zining 

hajviy  she’rlarida  ayrim  din  rahnamolarining  badkirdor  qiliqlarini 

fosh  etdi.  So‘zi  bilan  ishi  bir  xil  bo'lmagan  dindorlar  ustidan 

kuldi.  Ularni  islom  qoidalari  musaffoligini  ta’minlashga  chaqirdi.

Uvaysiy,  Dilshod  va  uning  shogirdi  Anbar  otin  o‘z  davri- 

ning  mahoratli  muallimalari  edilar.  0 ‘z  shogirdlariga  nafaqat 

diniy,  balki  dunyoviy,  aqliy,  axloqiy  tarbiya,  hayotga  muhab­

bat,  kelajakka  ishonch,  umid,  turmush  quvonchlari-yu  tash- 

vishlariga  sabr-toqat  bilan  bardosh  berish  malakalarini  shakl- 

lantirishga  e’tiborlarini  qaratdilar.  Erkin  fikrlash,  chiroyli  so‘zlash 

sirlarini  o‘rgatar,  aql-farosatni  peshlovchi  topishmoqlardan  us- 

talik  bilan  foydalanardilar.

U lar  jam iyat  hayotidagi  qoloqlik  sabablarini  xonliklar 

o'rtasidagi  o‘zaro  urushlardan,  xon-u  beklar  o‘rtasidagi  toj-u 

taxt  uchun  bo'lgan  kurashlardan  izladilar.  Kishilar  ma’naviy- 

axloqiy  qiyofasidagi  qashshoqliklarni  ma’rifatsizlikdan  qidirdilar. 

Urushlarga  barham  berishni,  ijtimoiy  qoloqlikni,  ma’naviyatsizlikni 

tugatishning  birdan-bir  yo‘li  —  fuqarolarni  bilimli,  ziyoli  qilish- 

dir.  Bilim,  ziyo  odamlami  har  qanday  ijtimoiy  baxtsizliklardan 

qutqaradi,  jamiyatni  go‘zal,  farovon  qiladi,  deb  hisobladilar.



287


XIX  asrning  birinchi  yarmida  ijod  etgan  shoiralar  orasida 

Anbar  otin  o‘zining  falsafiy  fikr-mulohazalari  bilan  boshqa 

shoiralardan  ajralib  turar  edi.  Uning  «Qoralar  falsafasi»  asarida 

bayon  qilingan  inson  to ‘g‘risidagi  falsafiy  fikrlarning  teranligi 

buning  yaqqol  isbotidir.

Anbar  otin  fuqarolar  turmush  tarzidagi  salbiy  illatlami,  in­

son  xulq-atvori,  xatti-harakatidagi  g‘ayriinsoniy  qiliqlami  jamiyat 

hayotidagi  turli  noxushliklarni  aql-zakovat  imkoniyatlari  yorda­

mida  bartaraf  etish  mumkin,  deydi.  Chunonehi,  uning  fikriga 

ko‘ra,  «Agar  odamlar  aqllarini  vazir  bilib,  o‘z  vazirlarini  o‘zga 

vazirlar  ila  hamkor  qilib,  mashvarat  ila  harakat  qilsalar,  aqlli 

vazirlar  dunyoni  bosib  yotgan  qora  zulmatni,  hatto  zulumotni 

ham  bartaraf  etib,  sof  va  olamni  ravshan  qilishga  muyassar 

0

‘lurlar»1.



Anbar  Otin  «Qoralar  falsafasi»  asarida  jamiyatda  odamlar 

nasli-nasabi,  millati,  dini,  irqidan  qat’iy  nazar,  teng  bo'lmoqlari 

zarur,  deb  hisoblaydi.  Odamlarni  tani,  rangi,  irqiga  qarab  kam- 

sitmaslikka  da’vat  etadi.  Hindiston  va  Afrikadagi  qora  tanli  xalqlar 

hayotini  aks  ettiruvchi  lavhalar  bitar  ekan,  insonning  inso­

niyligi  uning  tashqi  qiyofasining  go'zalligi  bilan  emas,  balki 

m a’naviy-axloqiy  fazilatlari,  xususan,  insonparvarlik  g‘oyalariga 

sadoqati  bilan  o ‘lchanadi,  degan  g‘oyani  ilgari  suradi.  «Qoralar» 

tushunchasi  yordamida  zulm,  jabr-u  jafolarga  giriftor  bo‘lgan 

mehnatkash  xalqni  har  tomonlama  ulug‘laydi.  Ularni  jamiyatda 

mavjud  bo'lgan  barcha  moddiy  va  ma’naviy  boyliklaming  bunyod- 

kori,  deb  baholaydi.

Shunday  qilib,  XVI  asrdan  XIX  asrning  birinchi  yarmigacha 

bo‘lgan  davrdagi  musulmon  faylasuflarining  inson  to ‘g‘risidagi 

qarashlari  asosida,  bir  tom ondan  sunniylik  har  tomonlama 

ulug‘lagan  insonparvarlik  g‘oyalari  yotsa,  ikkinchi  tomondan, 

ratsionalizm  va  sensualizm  yotardi.  0 ‘z  navbatida,  barkamol 

insonni  ulug‘lovchi  insonparvarlik  g‘oyalarini  targ‘ibot  va  tash- 

viqot  qilish  Sharq  ma’rifatparvarligining  shakllanishi  uchun  asos 

bo‘ldi.  Sharq  ma’rifatparvarligining  vujudga  kelish  arafasidagi  o‘ziga 

xos  xususiyat  shundaki,  bu  davrda  Sharq  renessansi  sharoitida 

vujudga  kelgan  madaniy-ma’rifly  an’analar,  chunonchi,  barkamol 

inson  to ‘g‘risidagi  fikr-mulohazalar  davom  ettirildi,  yangi  dalil- 

lar  bilan  boyitildi.




Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish