O ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro davlat universiteti Pedagogika institute Tabiiy-Gumanitar fanlar fakulteti Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi


Kurs ishining o ‘rganish darajasi: Kurs ishining maqsadi



Download 48,79 Kb.
bet2/5
Sana17.07.2022
Hajmi48,79 Kb.
#814804
1   2   3   4   5
Bog'liq
Buxoro shahar

Kurs ishining o ‘rganish darajasi: Kurs ishining maqsadi: Barkamol avlod ma`naviyatini shakllantiruvchi yagona manba tarbiyadir. Ma`rifat va bilimni shakllantiruvchi manba ta`lim, saboqdir. Oliy pedagogik ta`limning asosiy maqsadi ham shaxsni aqliy, ma`naviy-axloqiy, estetik, jismoniy rivojlanishi, talabalar yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning ijodiy imkoniyatlarini har tomonlama ro`yobga chiqarish, insonparvarlik munosabatlarini shakllantirishdan iboratdir.

YuNESKO Bosh konferensiyasining 1995 yil 16 noyabrda bo‘lib o‘tgan 28-sessiyasida Bag‘rikenglik tamoyillari to‘g‘risidagi Deklaratsiya qabul qilingan edi. Shundan buyon mazkur sana “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlab kelinadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad dunyo xalqlarini bag‘rikenglikka, tinchlikni asrab-avaylashga hamda ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikka erishishga chorlashdir.
1O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”.
(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasidan).
Shu ma’noda, mamlakatimizda istiqlol yillarida millatlararo ahillik va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash, ma’naviy-axloqiy tarbiyani kuchaytirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu barcha sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirish yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarning muhim asosi bo‘lib xizmat qilayotir. Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elatlar vakillari bir oila farzandlaridek, teng huquqlilik hamda o‘zaro hamjihatlik sharoitida yashab, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ta’lim olishlari, o‘z qiziqish hamda layoqatlari bo‘yicha kasb-hunar egallashlari, madaniyatlari, urf-odatlari, an’analarini saqlash va rivojlantirishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratib berilgan. Bunday yuksak darajadagi e’tibor natijasida ko‘p millatli xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosi qayta tiklandi, qadr topdi. Barcha millat vakillarining davlat boshqaruvi, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy jarayonlarda keng va erkin ishtirok etishi kafolatlandi. Hozirgi paytda 138 milliy madaniy markaz, shuningdek, 34 do‘stlik jamiyati faoliyati O‘zbekistondagi barcha millat hamda elatlarning tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari, an’ana va urf-odatlarini asrash hamda har tomonlama rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.Ular “xalq diplomatiyasi” mexanizmidan faol foydalangan holda, tinch hamda farovon hayotni asrash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar va madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish, chet eldagi hamyurtlarimiz bilan yaqin hamda o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga salmoqli hissa qo‘shayapti. Mamlakatimiz ta’lim muassasalarida o‘qish 7 tilda olib borilmoqda. Teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar 12 tilda efirga uzatilayotir, gazeta hamda jurnallar 10 dan ortiq tillarda chop qilinayapti. Aytish kerakki, mazkur yo‘nalishdagi islohotlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida butunlay yangicha ma’no-mazmun kasb etib bormoqda. Chunonchi, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat etib belgilangan. Bugun shu asosda aholi, ayniqsa, yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millatlar vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni, yaqin qo‘shnilarimiz bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ezgu ishlar olib borilayotir. Davlatimiz rahbarining joriy yil yanvar oyida respublikamizdagi milliy madaniy markazlar faollari bilan uchrashib, ular bilan dildan muloqot qilgani, takliflari hamda fikr-mulohazalarini eshitgani ham bag‘rikenglikning yuksak namunasi bo‘ldi. Qolaversa, Yurtboshimizning 2017 yil 19 maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Respublika baynalmilal madaniyat markazi hamda O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi. — Qo‘mita zimmasiga jamiyatda millatlararo totuvlik hamda bag‘rikenglikni ta’minlash, tinchliksevar siyosatni, mamlakat hayotining barcha sohasida erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlarni keng targ‘ib qilish, xalqaro hamjamiyat, shu jumladan, chet eldagi hamyurtlarimiz diasporasi bilan do‘stlikni mustahkamlashga doir davlat siyosatini izchil amalga oshirish vazifasi yuklatildi, — deydi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kamoliddin Eshonxo‘jayev. — Prezidentimiz g‘amxo‘rligi tufayli poytaxtimizning Bobur ko‘chasida joylashgan muazzam bino O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasiga berildi. Shuningdek, bu binoning yonida joylashgan bog‘ “Do‘stlik bog‘i” deb nomlandi. Bog‘ hududida O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millatlar vakillarining o‘ziga xos madaniyati, urf-odatlari hamda pazandachilik an’analarini namoyish etishi uchun sharoitlar yaratilayotgani barchamizni behad quvontirdi. Bu juda katta imkoniyat va ayni paytda yuksak mas’uliyatdir. Shu orqali xalqimiz turli millatlarga mansub madaniyatlar haqida kengroq ma’lumotga ega bo‘ladi. Ayni paytda milliy madaniy markazlarga amaliy hamda metodik yordam ko‘rsatib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, millati, irqi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, fuqarolar ongida ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlash, “O‘zbekiston — umumiy uyimiz” tamoyilini amalga oshirish bo‘yicha joylarda turli anjumanlar, uchrashuvlar, festivallar o‘tkazmoqdamiz. Ularda milliy madaniy markazlar vakillari faol qatnashayotir. O‘z navbatida, muqaddas zaminimizda turli millat hamda elatlar vakillarining an’ana va urf-odatlarini rivojlantirishi, milliy hamda diniy bayramlarini emin-erkin nishonlashi uchun ham zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Bularning barchasi o‘zaro hamjihatlikni yanada ta’minlashga xizmat qilayapti.
2— O‘zbek va qirg‘iz xalqlari azaldan bir daryodan suv ichib, yaqin do‘st hamda qo‘shni sifatida yashab kelgan. Tariximiz, madaniy va diniy qadriyatlarimiz, an’anayu urf-odatlarimiz mushtarak, — deydi O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi Rahmatulla Jabborov. — Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi hamda sa’y-harakatlari natijasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari yanada mustahkamlandi. Hukumatlar hamda hududlar darajasida delegatsiyalar tashriflari amalga oshirilayotgani ulkan samaralar berayotir. Chegaralardagi nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyati qayta tiklanishi natijasida aholi emin-erkin harakatlanishi uchun yengilliklar yaratilayapti. Bundan hamma behad xursand. Bugungi kunda respublikamizda qirg‘iz millatiga mansub 300 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qilmoqda. Shuni mamnuniyat bilan qayd etish joizki, ularning har biri O‘zbekistonni o‘z Vatani, uning rivojiga hissa qo‘shishni esa muqaddas burchi, deb biladi. Darhaqiqat, mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlar vakillari yaxlit holda O‘zbekiston xalqini tashkil etadi. Ular bir-birlari bilan hamjihat bo‘lib, yurtimiz ravnaqi yo‘lida sidqidildan mehnat qilmoqdalar. Zero, bag‘rikenglik tinchlikning bosh mezoni bo‘lsa, tinchlik yuksak taraqqiyot garovidir. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar markazida, avvalo, inson manfaati, uning huquq va erkinliklarini ta'minlash maqsadi turadi. Fuqarolar manfaatlarini faqatgina tinchlik va osoyishtalik, o'zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yaratish orqali ta'minlash mumkin. Bugun dunyo koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq inqirozga duch kelgan bir sharoitda ko'plab mintaqalarda millatlararo va konfessiyalararo ziddiyatlar kuchayayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Shu bois, boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish uchun birdamlikni saqlash muhim ahamiyatga ega. O ‘zbekistonda aholining ko'p millatli bo'lishiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning qulay omili sifatida qaralmoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash, dinlararo va millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish hisobiga xalqaro maydonda O'zbekistonning obro'si oshib bormoqda. Xususan, mamlakatimizdagi davlat ta'lim muassasalarida o'qitish etti tilda olib boriladi. 3O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o'z ko'rsatuvlarini o'n ikki tilda namoyish etmoqda, o'ndan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi qoshida 138 ta milliy madaniy markaz, bundan tashqari, 16 ta konfessiyaga tegishli 2300 ga yaqin diniy tashkilot faoliyat yuritadi. Bu borada yaxlit, chuqur o'ylangan siyosat va uni amalga oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilib, millatlararo va dinlararo totuvlikni qo'llab-quvvatlashga e'tibor qaratilmoqda. Bu islohot va o'zgarishlarning negizida konstitutsion huquq va kafolatlar yotganini alohida qayd etish lozim. SHundan kelib chiqib, bu borada quyidagi dalillarni keltirib o'tish zarur.
Birinchidan, turli millat va din vakillarining o'z salohiyatini to'laqonli amalga oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun konstitutsiyaviy kafolatlar belgilangan. Bunda, eng avvalo, fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, teng huquq va erkinliklarini, ularning qonun oldida tengligini ta'minlash alohida e'tiborga olingan. Mazkur sohada O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy tamoyillari sirasiga fuqarolarning teng huquqliligi, ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi, millat va elatlarning madaniy, til va diniy qadriyatlari, an'ana va urf-odatlarini o'zaro hurmat qilish kiradi. Konstitutsiyaviy kafolatlar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar, fuqarolarga jamoat va davlat qurilishida ishtirok etishni ta'minlaydi. Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasining millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni o'rnatish siyosati Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro huquqiy-me'yoriy hujjatlarga to'la mos keladi. Ikkinchidan, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash O'zbekistonning zamonaviy davlat sifatida rivojlanish strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda 2017-2021 yillarda ­O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mazkur sohaga alohida e'tibor qaratilmoqda. 4So'nggi to'rt yilda millatlararo munosabatlar va din sohasida 50 dan ortiq qonun hujjatlari va 40 ga yaqin qarorlar qabul qilindi. Bu huquqiy hujjatlarning aksariyati fuqarolarning dini va millatidan qat'i nazar, huquq va erkinliklarini kengaytirish, shu jumladan, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatini oshirishga qaratilgan.Masalan, diniy tashkilot faoliyatini tugatish to'g'risida qaror qabul qilish vakolatlari ijro hokimiyati — adliya organlaridan sudlarga o'tkazilib, ularning faoliyati erkinligining huquqiy kafolatlari mustahkamlandi. Diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish uchun davlat boji miqdori besh baravarga kamaytirildi, hisobotlarni taqdim etish davriyligi qisqartirildi. Bundan buyon diniy tashkilotlar faqat yilda bir marta hisobot taqdim etadi. Shuningdek, 2019 yilda millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati kontseptsiyasi tasdiqlandi. SHu bilan birga, diniy-ma'rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo'yicha bir qancha qarorlar qabul qilinib, unga ko'ra, mazkur sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish, turli millat va elatlar vakillari o'rtasida konstruktiv va o'zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish bo'yicha yangi tizim joriy etildi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzurida millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi tashkil etildi, Din ishlari bo'yicha qo'mita faoliyati takomillashtirildi. Uchinchidan, Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda millatlararo va konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish borasida institutsional yondashuv yo'lga qo'yildi. Jumladan, Prezidentimizning 2018 yil 16 apreldagi “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, Din ishlari bo'yicha qo'mita huzuridagi Konfessiya ishlari bo'yicha kengashning yangi tarkibi tasdiqlandi. Kengash tarkibi 9 nafardan 17 nafar a'zoga — O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar vakillari hisobiga kengaydi. e'tiborli jihati, kengash a'zoligiga a'zolari oz sonli diniy tashkilotlarning rahbarlari ham kiritildi. Jamoatchilik maslahatlashuv organi hisoblangan mazkur kengashning asosiy maqsadi 5O'zbekistondagi mavjud diniy-ijtimoiy jarayonlarni muhokama qilish hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasining asosiy vazifalari qatoriga davlat organlarining respublika hududida joylashgan milliy madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlari bilan o'zaro aloqasi va hamkorligini ta'minlash va yanada rivojlantirish kiritildi. Qo'mita qoshida fuqarolarning etnomadaniy talablarini o'rganish, aniqlash va qanoatlantirishga, millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga, milliy sabablarga ko'ra, ehtimoliy mojarolarning oldini olishga ko'maklashuvchi Jamoatchilik kengashi tuzildi. Bundan kutilayotgan asosiy natija — mazkur sohada davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdir. 6Mamlakatimiz hududida yashayotgan millatlar urf-odati hamda islom dinining madaniy va tsivilizatsion merosi, ma'naviy-falsafiy ahamiyatini chuqur o'rganish bo'yicha ishlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad — fundamental ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida diniy bag'rikenglik, millatlararo munosabatlarning tarixiy ildizlarini chuqur o'rganish va uni bugungi kun sharoitida rivojlantirishdan iborat. Bu borada Islom tsivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy nomidagi xalqaro tadqiqot markazlari tashkil etildi.Shu bilan birga, tegishli oliy ta'lim muassasalarida sifatli diniy ta'lim olish imkoniyati kengaymoqda. O'rta, oliy diniy ta'lim, magistratura, boshlang'ich doktorantura va doktoranturani o'z ichiga olgan diniy ta'limning besh bosqichli tizimi shakllantirildi. Islomiy ta'lim muassasalariga talabalarni qabul qilish kvotasi ikki baravar oshirildi. SHuningdek, Toshkent pravoslav seminariyasi va Toshkent xristian seminariyasi o'quv dargohlari ham o'z faoliyatini davom ettirmoqda. To'rtinchidan, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida muhim o'rin egallay boshladi. Hukumat xalqaro tashkilotlar hamda ushbu sohadagi mutaxassislar bilan konstruktiv muloqot va hamkorlik o'rnatishga alohida e'tibor qaratmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Zeyd Raad Al-Huseyn hamda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Milliy ozchiliklar bo'yicha Oliy komissari Lamberto Zanierning mamlakatimizga tashrifi chog'ida mazkur sohada olib borilayotgan islohotlar muhokama qilindi va xalqaro mutaxassislar tomonidan bu boradagi o'zgarishlarga yuqori baho berildi.E'tiborli jihati, 2017 yilda mustaqil ­O'zbekiston tarixida ilk bora mamlakatimizga BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining din va e'tiqod erkinligi bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Ahmad SHahid tashrif buyurdi. Uning tavsiyalari asosida 2018 yil 4 may kuni ­O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi din va e'tiqod erkinligini ta'minlash bo'yicha “Yo'l xaritasi” tasdiqlandi. Umuman olganda, xalqaro hamjamiyat mamlakatimizning millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash borasidagi faoliyatini yuqori baholamoqda va ­O'zbekiston tajribasiga katta qiziqish bilan qaramoqda. Xususan, O'zbekiston ­Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yil 19 sentyabr` kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida bag'rikenglik va o'zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta'minlash, e'tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslikka ko'maklashishga qaratilgan “Ma'rifat va diniy bag'rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklif etilishi va ushbu hujjatning 2018 yil 12 dekabrda qabul qilinishi bunga yaqqol misol bo'la oladi. Mazkur sohada olib borilgan islohotlar doirasida erishilgan muhim natijalardan biri sifatida 2018 yilda AQSH Davlat departamenti O'zbekistonni diniy erkinlik borasida “alohida tashvish uyg'otuvchi mamlakatlar” ro'yxatidan chiqarganini ko'rsatish mumkin.E 'tiborli jihati, 2020 yil 13 oktyabr` kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida bo'lib o'tgan saylovlarda O'zbekiston milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha kengashi a'zoligiga uch yil muddatga — 2021-2023 yillarga saylandi. Mamlakatimiz uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo 193 davlatdan 169 tasi ovoz berdi. Bu saylovda eng ko'p ovoz berilgan davlat O'zbekiston bo'ldi. Bu ham yurtimizda millati va dinidan qat'i nazar, inson huquqlarini ta'minlashga qaratilgan, shu jumladan, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik sohasida olib borilayotgan siyosatning e'tirofi desak, mubolag'a bo'lmaydi.Bularning barchasi O'zbekistonning xalqaro munosabatlarda ishonchli va mas'uliyatli sub'ekt sifatidagi roli mustahkamlanayotganidan dalolat beradi. Tabiiyki, diyorimizda umrguzaronlik qilayotgan turli millat vakillari oʻzlariga koʻrsatilayotgan beqiyos gʻamxoʻrlikliklarga javoban davlat boshqaruvi ishlarida, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy hayotda faol va erkin qatnashmoqdalar. Chunonchi, bugungi kunda senatorlar, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari, yirik korxona va tashkilotlar rahbarlari turli millat vakillaridan iborat. Shahar-qishloqlarimizdagi koʻplab oʻzini oʻzi boshqarish organlariga esa rus, tatar, qirgʻiz, qozoq, ukrain, arman, tojik va boshqa millatlarga mansub oqsoqollar rahbarlik qilishayapti. Oʻz navbatida, zimmamizga umrboqiy qadriyatlarimizni, ayniqsa, olijanoblik va bagʻrikenglik kabi insoniy fazilatlarni asrab-avaylash masʼuliyatini yuklaydi. Oʻzini shu tabarruk zamin farzandi deb bilgan boshqa yurtdoshlarimizni ham buyuk kelajagimiz yoʻlida birlashishga undaydi. Barchamizni yagona Vatanimiz hisoblanmish Oʻzbekistonning baxt-iqboli va istiqboli uchun qaygʻurishga, ajdodlarimizga munosib vorislar boʻlishga, milliy qadriyatlar va anʼanalarni mudom takomillashtirib, kelgusi avlodlarga meros qilib qoldirishga chorlaydi. Insoniyat uchun eng katta boylik tinchlikdir, tinchlikning manbai esa hamjihatlikdir. Oʻzaro totuvlik va doʻstlik, bagʻrikenglik va insonparvarlik tamoyillari barqaror goʻshadagina inson erkin-emin yashaydi, har qanday orzusiga erishadi. Shu jihatdan qaraganda, bizning eng katta boyligimiz, eng asosiy yutugʻimiz, Yurtboshimiz uqtirganidek, avvalo, Vatanimiz osmonining musaffoligi, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolararo ahillik va hamjihatlik, doʻstlik va birdamlik muhitidir. Bu neʼmatlarning qadriga yetish hamda turli millat va elatlar vakillari bir oila farzandlaridek ahil-inoq yashayotgan Vatanimizni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash, kimligimizdan qatʼi nazar, barchamizning muqaddas burchimizdir. Hozirgi notinch va tahlikali zamonda dunyo hamjamiyati oldida turgan, insoniyat duch kelayotgan murakkab muammolar, xavf-xatarlarni birgalikda bartaraf etishda, turli tahdidlarning oldini olishda barcha ezgu niyatli insonlarni, ayniqsa, qoʻshni mamlakatlar bilan birgalikda, nufuzli xalqaro tashkilotlarning saʼy-harakatlarini birlashtirishni bugun hayotning oʻzi taqozo etmoqda. Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlarining oʻzaro doʻstligi qanchalik mustahkam boʻlsa, davlatimiz ham shuncha mustahkam boʻladi. Millatlararo totuvlik, oʻzaro doʻstlik rishtalarini yana-da rivojlantirish haqida 2020-yil 29-dekabr kuni Prezidentimizning Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatida ham taʼkidlandi. Parlamentga Murojaatnomada Prezidentimiz tomonidan koʻtarilgan masalalar orasida xududimizda yashab kelayotgan koʻpmillatli xalqimizning azaliy doʻstona munosabatlarini yana-da mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslari shu sohada davlatimiz rahbari olib borayotgan oqilona siyosatining namunasi ekanligini yana bir karra isbotlaydi.

Download 48,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish