O ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro davlat universiteti Pedagogika institute Tabiiy-Gumanitar fanlar fakulteti Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni



Download 48,79 Kb.
bet3/5
Sana17.07.2022
Hajmi48,79 Kb.
#814804
1   2   3   4   5
Bog'liq
Buxoro shahar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni


Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.
Bugungi kunda respublikamizda faol “xalq diplomatiyasi” asosida chet eldagi vatandoshlarimiz bilan muntazam va o‘zaro foydali munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni va madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash orqali o‘z faoliyatini O‘zbekistonda yashab kelayotgan barcha millat va etnik diasporalarning tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari, milliy an’analari va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish tamoyillariga asosan olib borayotgan Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniy markazlar, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 ta do‘stlik jamiyatlari muvafaqqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. 7“Jahon tajribasidan millatlar yoki etnik guruhlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda an’anaviy uyg’unlik vujudga kelgan mamlakatlarda ko’p elatlilik omili davlatlarning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga samarali, rag’batlantiruvchi ta’sir etishini ko’rsatuvchi misollarni ko’plab keltirish mumkin. Bu mamlakatlarda etnik guruhlar va irqlar o’rtasida ma’lum muammolar mavjud. SHunga qaramay, ko’p elatlilik omili ularning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo’lidagi to’g’anoqqa aylanib qolmagan. Aksincha, taraqqiyotning jadallashuviga yordam bergan millatlarning va madaniyatlarning bir-biriga ta’sir ko’rsatishi bu davlatlarda yashayotgan xalqlarning ijtimoiy-aqliy boyishi uchun yaxshi manbaga aylangan. SHunday qilib, bu mamlakatlarda ko’p millatlilik omili demokratik o’zgarishlarni jadallashtirish va ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning fuqarolar jamiyati qurilishining ta’sirchan vasitasiga aylanib qolgan”. I.A.Karimov
I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni haqida, jumladan, shunday deydi: “Biz din bundan buyon ham aholini oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilishi tarafdorimiz. Lekin biz hech qachon diniy da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo’lishiga yo’l qo’ymaymiz. Chunki bu holni davlatimizning xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz”. Ma`lumki O`rta Osiyo, xususan O`zbekiston hududi qadim asrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo`lgan, xilma-xil dinlarga e`tiqod qiluvchi, bir-biriga o`xshash bo`lmagan bir necha xalqlar yashagan o`lkadir. O`zbekistonning jo`g`rofiy nuqtai nazaridan muhim savdo yo`llari chorrahasida joylashgani, ko`plab davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar qilgani turli xalqlarning diniy va ma`naviy hayotiga, shuningdek, Movarounnahrdagi urf-odatlar ham o`zga yurtlar madaniyati rivojiga salmoqli ta`sir ko`rsatgan. Bu esa o`ziga xos millatlararo ham jihatlik va diniy bag`rikenglikni shakllantirishdagi asosiy omillardan biri bo`lib xizmat qilgan. Bu haqda Prezidentimiz o`zlarining «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida: «Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo`lib keldi», deb qayd etganlari ham bejiz emas. Haqiqatan ham O`zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma`naviy yuksalishiga muayyan hissa qo`shdi. Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Turli millat va elat vakillari uchun esa bir qancha milliy-madaniyat markazlari faoliyat yurgazib kelmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatida Angren shahar rus milliy-madaniyat markazi, Olmaliq shahar ukrain milliy-madaniyat markazi, Oqqo`rg`on tumani koreys milliy-madaniyat markazi, Viloyat qozoq milliy-madaniyat markazi, Yangiyo`l shahar tatar milliy-madaniyat markazi kabilardir.  O`zbekistonda barcha diniy tashkilotlarga qonun doirasida teng sharoit yaratib berilgan. Ularning qonunga mos istaklari ro`yobga chiqarilmoqda. Bundan tashqari, O`zbekistonda bugungi kunda musulmonlar uchun 2000 dan ziyod masjid va 10 ta o`quv yurtlari faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Toshkent viloyati hududida esa 200 ortiq masjid rasmiy ro`yxatdan o`tgan. Ilmiy manbalar O`zbekiston — ilk diniy qarash va tasavvurlar yuzaga kelgan eng qadimiy o`lkalardan biri ekanidan dalolat beradi. O`lkamizda qadim zamonlardanoq zardushtiylik, budizm, yahudiylik, nasroniylik kabi murakkab ideologik tizimga ega bo`lgan dinlar tinch-totuv faoliyat olib borganlar. VIII asrda Markaziy Osiyoga kirib kelgan islom va mahalliy dinlarning, ularga xos qadriyat va odatlarning qorishishi yuz berdi. Markaziy Osiyo xalqlari islom diniga mahalliy diniy axloq g`oyalari, huquqiy me`yorlar va urf-odatlarni olib kirdilar. Prezidentimiz I. Karimov bu xususida shunday deganlar: ”Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshi ma`naviy uyg`onishning yana bir bitmas-tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan, tinch-totuv yashagan markaz bo`lib keldi. etnik sabr-toqat, bag`rikenglik hayot bo`ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me`yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati oldida bosh egibgina qolmay, uning eng qimmatbaho an`analarini, shu hududda mavjud bo`lgan davlatchilik an`analarini avaylab qabul qilganlar” Ayni shu zaminda ko`p asrlar mobaynida jahon madaniyatlari dunyo miqyosida bir-birini boyitgan. Bu yerda ko`chmanchi xalqlar o`troq xalqlar bilan, eronlik qabilalar bilan, musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar bilan ko`p asrlar birga yashab kelganlar. So`nggi ikki asr davomida ham o`zlarini «madaniyatli» va «ma`rifatli» hisoblab kelgan davlatlar ommaviy qirg`inlar va diniy ta`qiblar bilan o`zlariga dog` tushirgan bir paytda, O`zbekiston zamini xalqlar va madaniyatlar tinch joylashgan bir joygina bo`lib qolmay, balki quvg`in qilingan xalqlarga boshpana ham berdi.Hech kimga sir emaski, bugungi kunda turli dinlar va madaniyatlarga mansub davlatlar o`zaro yaqinlashmoqda. Bu hol ular orasidagi ijtimoiy, madaniy va diniy sohalardagi doimiy muloqotlarni taqozo etmoqda. Shu maqsaddan kelib chiqib 1945 yilda BMT ustavi «sabr-toqatli bo`lish va jahonda yaxshi qo`shnilar sifatida birgalikda yashash hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo`llab-quvvatlash uchun sa`y harakatlarimizni birlashtirish»ni o`z maqsadlaridan biri deb e`lon qildi. 1981 yil 25 noyabrda BMT Bosh Assambleyasining 361 55-rezolyutsiyasi din yoki e`tiqodga asoslangan sabr-toqatsizlik va kamsitishning barcha shakllarini tugatish to`g`risidagi deklaratsiyani e`lon qildi. Bosh Assambleya a`zo davlatlarni din yoki e`tiqod erkinligiga rioya qilish va uni kafolatlashga, din yoki e`tiqod erkinligi masalalarida bir-birini tushunish, sabr-toqatli va o`zaro hurmat qilishga ko`maklashishga hamda din yoki e`tiqoddan BMT ustaviga va BMTning boshqa tegishli hujjatlariga xilof bo`lgan maqsadlarda foydalanilishiga yo`l qo`ymaslikka da`vat etadi. «Tolerant» atamasining lug`aviy ma`nosi lotincha «tole gage» (chidamoq) so`zidan olingan. Tolerantlik biror narsani, o`zgacha fikr yoki qarashni, o`z shaxsiy tushunchalaridan qat`i nazar, imkon qadar bag`rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Diniy bag`rikenglik vijdon erkinligi va ma`naviyat jihatdan katta ahamiyat kasb etadi, u boshqa shaxs yo dinga hurmatni bildiradi. Turli din hamda konfessiya vakillari e`tiqodida aqidaviy farklar bo`lishiga qaramay, ularning yonma-yon va o`zaro tinch-totuv yashashini anglatadi. Bag`rikenglik— bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o`zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va to`g`ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e`tiqod vujudga keltiradi. Bag`rikenglik turli-tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat ma`naviy burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bag`rikenglik tinchlikka erishishni musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir. Bag`rikenglik yon berish, andisha yoki xushomad emas. Bag`rikenglik eng avvalo insonning universal huquqlari va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol munosabatdir. Har qanday vaziyatda ham bag`rikenglik ana shu asosiy qadriyatlarga tajovuzlarning bahonasi bo`lib xizmat qilmaydi. Bag`rikenglikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim. Bag`rikenglik inson huquqularini qaror toptirish, plyuralizm (shu jumladan, madaniy plyuralizm), demokratiya ,va huquqning tantanasi uchun ko`maklashish majburiyatidir. Bag`rikenglik aqida bozlikdan, haqiqatni mutlaqlashtirishdan voz kechishni anglatuvchi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarda o`rnatilgan qoidalarni tasdiqlovchi tushunchadir. Bag`rikenglikni namoyon qilish inson huquqlariga ehtirom bilan hamohang, u ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan sabr-toqatli munosabatda bo`lishni, o`z imon-e`tiqodidan voz kechish yoxud boshqalarning e`tiqodiga yon berishni anglatmaydi. U shuni anglatadiki, har kim o`z e`tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmog`i lozim. U yana shuni anglatadiki, odamlar o`z tabiatiga ko`ra tashqi ko`rinishi, qiyofasi, o`zini tutishi, nutqi, xulqi va qadriyatlari jihatidan farqlanishi e`tirofga loyiqligi barobarida, ular dunyoda yashashga va o`zlarining ana shu individualligini saqlab qolishga haqlidirlar. U yana shuni anglatadiki, bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas. Jamiyat – bu odamlar birlashuvining barcha shakllari va ularning o’zaro aloqalari va o’zaro ta’sirlalarining barcha usullari majmuidir. Jamiyat paydo bo’lgan beri din eng muhim ijtimoiy omillardan biri hisoblanadi. Dinning ijtimoiy fenomen sifatida talqin qilinishi, uning jamiyat hayotidagi real vazifalarini bajarishi hamda muayyan talablarga javob berishni anglatadi. Din ijtimoiy fenomen sifatida obyektiv omil sanalib, tashqi va majburiy tarzda kishilarga har qanday jamoatchilik instituti sifatida ta’sir o’tkazadi. Dinning jamiyatda bajaradigan bir qancha funksiyalar mavjud. Ba’zi mualliflar fikriga ko’ra dinning muhim funksiyalardan biri bu boshqaruv-nazorat funksiyadir1. Din ham jamoatchilik ongining boshqa shakli sifatida kishilar xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatadi. Din mazkur funksiyani muayyan qadriyat va me’yorlar tizimini yaratish asosida amalga oshiradi. Kishilar xulq-atvori boshqaruviga odat va an’analarni shakllantiruvchi diniy ibodatlar ham ta’sir ko’rsatadi. U ma’naviy va axloqiy qadriyat, marosim va udumlar tizimini o’z me’yoriga moslashtirib boradi. Boshqaruv-nazorat funksiyasining hayotiyligi muqarrardir. Mavjud funksiya doirasida asrlar davomida diniy axloq asoslari yaratilgan.Dinning ikkinchi muhim funksiyasi bu jipslashtiruvchi (integrativ) funksiyasidir. Dinning integrativ vazifasi jamiyat a’zolarini – ijtimoiy kelib chiqishi,mavqei, millati kabi xususiyatlaridan qat’i nazar – birlashtiruvchi kuchekanligida namoyon bo‘ladi. Integrativ yoki funksionalistik yondashuvning asoschilaridan biri E. Dyurkgeymning fikricha, din xuddi yelim kabi kishilarni umumma’naviy qadriyatlar, e’tiqod, urf-odat va an’analar asosida birlashtirishga, yaxlit bir majmuaga aylantirishga xizmat qiladi. E. Dyurkgeym, ayniqsa,diniy sig‘inish masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha, din sig‘inish orqali jamiyatni bir butun qiladi, shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlaydi va itoat etishga undaydi, ijtimoiy yaxlitlikni mustahkamlaydi,an’analarni qo‘llab-quvvatlaydi, kishida qanoat hosil qiladi.Ushbu funksiyalarni to’liqligicha amalga oshirishi uchun jamiyatda birdamlik, hamjihatlik, o’zaro hurmat kabi umuminsoniy qadriyatlar shakllangan bo’lishi kerak. Bunday qadriyatlarni shakllantirishda esa diniy bag’rikenglik hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayniqsa, ko’p millatlik mamlakatlarda dinlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik jamiyat taraqqiyoti uchun birlamchi omillardan biri hisoblanadi.Diniy bag’rikenglik jamiyat hayotida rivojida betakror rol o’ynashi hech kimga sir emas. Bunga bir nechta sabablar bor. Jamiyat barqaror rivojlanishi va unda tinch-totuv hayot ta’minlanishi uchun davlat nafaqat chegaralar daxlsizligi, shu bilan birga mamlakat ichidagi etnik mojarolarni oldini olish uchun diniy bag’rikenglikka alohida e’tibor berishi zarurdir. Chunki mojarolarning eng xavfli va tez avj oladigan diniy va etnik mojarolar hisoblanadi. Ularning yechimi uzoq vaqt talab etishi mumkin.Ko’plab jamiyatlar bir nechta etnik guruhlarlardan, millatlardan tashkil topadi. Tabiiyki, ularning dinlari ham turlicha bo’ladi. Ana shunday jamiyatlarda eng ahamiyatli narsa shundan iboratki, insonlar bir-biriga nisbatan tolerantlik, diniy bag’rikenglikni namoyish etish, bir hududda yashab turgan boshqa xalqlarning urf-odatlarini, an’analarini hurmat qilishi ushbu jamiyat rivoji uchun asos bo’ladi.Aks holda shaxlarlar o’zaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa munosabatlarga kirisha olmaydilar. Bu holat esa jamiyatning bir nuqtada qotib qolishga olib kelishi mumkin. Dunyoning eng dolzarb muammolaridan biri bu – xalqlar va dinlar o‘rtasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik g‘oyasidir. Ushbu tushuncha atrofida yer kurrasining barcha xalqlari, elatlarining jipslashish zaruriyati tug‘ildi. Chunki, faqat bag‘rikenglikkina dunyoni halokatdan, bo‘lajak fojealardan asraydi. Shu boisdan, YUNESKO 1995 yili Parijda «Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi» ni qabul qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan esa 1996 yildan buyon har yilning 16 noyabr sanasi «Bag‘rikenglik kuni» deb e’lon qilindi. Ushbu deklaratsiyada diniy bag’rikenglikning ijtimoiy jihatlariga alohida urg’u berilgan. Xususan, unda shunday deyilgan: “Bag’rikenglik bugungi kunda har doimgidan ham muhimroqdir. Biz iqtisodiy globallashuv jarayoni, aloqa vositalari tez rivojlanayotgan, integratsiya va o’zaro aloqadorlik, katta miqyosdagi migratsiya va aholining ko’chishi, urbanizatsiya va ijtimoiy tuzilmalar qayta shakllanayotgan asrda yashamoqdalar. Har bir mintaqa serqirradir va shuning uchun murosasizlik va nizolarning ko’payishi dunyoning barcha nuqtalariga tahdid qiladi. Bu tahdid global xarakterga ega bo’lgan sababli, uni milliy chegaralar doirasida cheklanib qolishi mumkin emas”.Dinlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik, vijdon erkinligi kabi tushunchalar o’zaro uzviy bog’liqdir. Vijdon erkinligi masalasi ijtimiy hayotda har doim muhim va murakkab hodisa bo’lib kelgan. Binobarin, uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi.Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning barkamolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shu bois bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhim. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o’z ifodasini topgan. 1948 yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o’z dini yoki e’tiqodini o’zgartirish erkinligini, o’z dini yoki e’tiqodiga o’zicha shuningdek, boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o’z ochiga oladi. Xususan, ushbu normativ hujjatda: Har bir inson biror bir kamsitishlarsiz, irqi, tili, jinsi, dini, siyosiy qarashlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishidan, moddiy ahvoli, qaysi tabaqaga mansubligi va boshqa holatlardan qat’iy nazar mazkur Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquqlar va erkinliklar sohibi bo’lishi kerak.Bundan tashqari bu masala yana bir murakkab hodisa – turli dunyoqarash, etiqodda bo’lgan kishilar o’rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta’minlanishini ham nazarda tutadi. Zero, odamlar doim turli dunyoqarash va e’tiqod bilan yashaganlar va yashadiylar. Har kimning o’z ichki dunyosi, o’z etiqodi bo’ladi.Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u ma’lum ijtimoiy vaziyatda albatta namoyon bo’ladi. Shuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, obyektiv va subyektiv omillarsiz tasavvur etish qiyin.8O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaning 31-moddasida "Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki hyech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi", deb yozib qo’yilgan. Demak, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik har kimning shaxsiy ishidir.O ‘zbekiston hududi qadimdan turli dinlarga e’tiqod qiluvchi ko’p millatli mamlakat sifatida ajralib turgan. Yurtimizda zardushtiylik, yahudiylik, xrisitianlik va islom diniga e’tiqod qiluvchi aholi emin erkin yashab kelgan. Tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha, yurtimiz hududida diniy sabab bois birorta nizolar bo’lmaganligi xalqimizning diniy bag`rikenglik borasida katta tajriba to’plaganidan dalolat beradi. Tarixiy sharoit, jarayonlar bu zaminda tom ma’nodagi bag`rikenglik tamoyillarining barqaror shakllanganligi, uning natijasida tinch, osuda hayot, ilmiy ma’rifiy yuksalish, taraqqiyot ta’minlanganligini ko’rsatadi. Diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarida ham diniy bag`rikenglik targ`ib qilingan g`oyalarni uchratamiz. Jumladan, alloma Abu Mansur al-Moturudiyning “Tilovat ahli sunna” asarida Qur’oni karim oyatlaridan birini tafsir etib, “Cherkov va sinogoglarni vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham musulmon o’lkalarda shu davrgacha ular saqlanib qolgan. Bu masalada ilm ahli orasida ixtilof yo’qdir”, degan fikrni bildirgan. 
XV asr boshlarida Temur saroyida bo’lgan Kastiliya elchisining guvohlik berishicha, Temur Samarqandda turli din vakillarini yig`adi, ularga iltifot ko’rsatadi hamda xristian diniga e’tiqod qiluvchi mehmonlarning turli ehtiyojlarini bajarish uchun alohida mas’ul shaxs tayinlaydi. Ular bilan do’stona aloqalarni mustahkamlashni tayinlaydi.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki, Ma’naviyat bor joyda unga qarshi qaratilgan kuch ham bo‘ladi. Chunki ma’naviyatga fazilatlar majmuasi deb qarasak, illatlar yig‘indisini ma’naviyatsizlik hisoblaymiz. Afsuski, fazilatlar ham, illatlar ham bir shaxsning o‘zida namoyon bo‘lishi mumkin. Shuning uchun komil inson g‘oyasi kishining o‘zidagi fazilatlarni umrining oxiriga qadar takomillashtirish, illatlarni esa bartaraf etib borishni taqozo etadi.Dunyoda ma’naviyatni ravnaq toptirishni istaydigan, faoliyatini batamom shunga qaratadigan kuchlar bo‘lgani kabi ma’naviyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarshi qaratilgan guruhlar ham mavjud. Ularning ma’naviyatga qarshi yo‘naltirilgan xatti-harakatlari majmuasini «ma’naviy tahdidlar» deymiz. Bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchisiga o‘tish hech qachon oson kechmagan. Ana shunday urakkab jarayonda muayyan ma’noda mafkuraviy bo‘shliq paydo bo‘ladi. Muayyan kuchlar bu bo‘shliqni egallashga jon-jahdi bilan harakat qilishadi. 2000 yilning 6 aprelida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mamlakat ziyolilari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, milliy mafkura konsepsiyasini yaratishni topshirdi. Qisqa fursatda O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining ishchi guruhi tomonidan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi tayyorlandi. Ana shu risolada hozirgi kunda jamiyatimiz hayotiga jiddiy xavf tug‘diradigan barcha mafkuraviy tahdidlar alohida qayd etilgan. Demak, insonlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirish, uni ana shu tahdidlardan asrash uchun bir lahza bo‘lsin, kurashdan to‘xtamaslik kerak ekan. Ma’naviy tahdidlarning mohiyatini teran anglash,ularga qarshi kurashda tarbiyaviy jarayonlar uzviyligini ta’minlash uchun joylarda Ma’naviyat targ’ibot markazlari qoshida g’oyaviy tarbiya manitoringini olib borish bo’limlarini tashkil etish maqsadga muvofiq shuningdek jamoatchilik asosida olim,mutaxassislarni jalb etish yo’li bilan mahallalarda doimiy faoliyat yuritadigan va g’oyaviy tarbiyaga yo’naltirilgan “Munozara”klublarini tashkil etish zarur.


Taqriz
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o ‘qituvchusi _________________
______________________________________mavzudagi
Kurs ishiga

Download 48,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish