O zbekistonda oliy ta lim sifatini oshirishga qaratilgan me`yoriy hujjatlar kirish


Ta’lim jarayonidagi muammolar va ularning yechimlari



Download 138,79 Kb.
bet2/19
Sana03.07.2022
Hajmi138,79 Kb.
#735512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Kirish. O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan

Ta’lim jarayonidagi muammolar va ularning yechimlari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’lim sifatini oshirishga, respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda ta’lim muassasalarining faol ishtirokini ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan muammolar sifatida quyidagilarni
birinchidan, oliy ta’lim tizimida o‘qitishni tashkil etish jarayoni, ta’lim olayotgan talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob bermasligi;
ikkinchidan, professor-o‘qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik ko‘nikmasini baholashning zamonaviy tizimi mavjud emasligi;
uchinchidan, oliy ta’lim muassasalariga kirish test savollari abiturientning mantiqiy fikrlash qobiliyatini aniqlash imkonini bermayotganligi iqtidorli yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishdagi muammolar;
to‘rtinchidan, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining o‘rnatilmaganligi ushbu sohada ko‘plab muammolarning, eng avvalo, korrupsiya holatlarining saqlanib qolishi;
beshinchidan, oliy ta’lim muassasalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va tizimli o‘zgarishlardagi ishtiroki hamda tashabbuskorligi sezilmayotganligi, ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati qoniqarsiz ekanligi;
oltinchidan, respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga, keng jamoatchilikka tuchuntirishda oliy ta’lim muassasalarining faol ishtirokini yo‘lga qo‘yilmaganligi;
yettinchidan, oliy ta’lim muassasalari innovatsion va texnologik g‘oyalar bilan fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmaganligi, tegishli sohalarda mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli o‘rganish, tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha taklif kiritish borasida professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalarning tashabbus ko‘rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmaganligi.
Talabalar, ota-onalar, yoshlar ittifoqining OTMdagi faollari, kadrlar buyurtmachilari, professor-o‘qituvchilar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat Jamoatchilik Kengashi:
Jamoatchilik kengashning asosiy vazifalari:
- ta’lim sifati, professor-o‘qituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish;
- oliy ta’lim muassasalariga professor-o‘qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo‘yicha tavsiyalar berish;
- talabalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning pedagog kadrlar haqidagi fikrini to‘liq o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
- oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va muassasaning tegishli Kengashi muhokamasiga kiritishni aytib o‘tadi: Prezidentimizning ushbu qo‘yatgan vazifalaridan kelib chiqib, ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir o‘qituvchi o‘z oldiga quyidagi savolni qo‘yishi va unga javob berishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi: “O‘qituvchi auditoriyaga kirishdan avval o‘z oldiga qanday maqsad va asosiy vazifalarni qo‘yadi?, qo‘yilgan maqsad va vazifalari bir-biri bilan qanday bog‘liq? Ushbu qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishganlikni qanday tekshirish mumkin?”. Bundan kelib chiqadiki, ta’lim jarayonini namunali tashkil etish, ta’limning sifatini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Har qanday darsning strukturasi uchta asosiy ko‘rsatkichga ega. Bular tarkib, ketma-ketlik va elementlar bog‘liqlikligi hisoblanadi. Odatda darslarda strukturaning muayyan turdagi elementlari jarayon va mantiq elementlari o‘zgarmas bo‘lganligi uchun doimiy bo‘lishi mumkin, boshqa tomondan o‘quv materialining mazmunni, auditoriyaning faolligi, foydalanilayotgan asbob va o‘quv materiallaridan bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Shuning uchun strukturaning mikroelementlari darsning har qanday bosqichida didaktik vazifalarning hal qilish yo‘llari va vositalari hisoblanadi. O‘qituvchi darslikning biror mikrostrukturasini to‘ldirishga rahbarlik qiladi va talaba bilan o‘zaro ta’sirlashuv jarayonini shakllantiradi. Natijada didaktik jarayonda o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro aloqalari o‘sib boradi. Darsning yakuniy natijasi ikkinchi yangi maqsadni vujudga keltiradi. O‘qish jarayonida darsning barcha komponentlari o‘zgarib boradi va kurs tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bir biriga bog‘liqliklar tizimli davom etishi kerak. Bizga ma’lumki, har qanday tizim yaxlitligi, maqsadga muvofiqligi, elementlarning o‘zaro aloqasi va ierarxik bo‘ysunishi kabi xususiyatlarga ega.
Dars jarayonini tashkil qilishda olimlar ikki xil ijtimoiy-pedagogik va psixologik-didaktik shart-sharoitni inobatga olishni tavsiya etadi. Ijtimoiy-pedagogik shart sharoitlarga o‘qituvchining ijodiy ishlari, o‘quv jarayoniga zarur resurslar, talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro ishonch munosabatlari kiradi. Psixologik-didaktik shart sharoitga talabalarning bilim darajasi, ularning o‘qitish metodlari va formalaridan aktiv foydalana olish qobiliyatlari va h.k. lar kiradi. O‘qituvchi bu ikkala shart sharoitni inobatga olgan holda bundan tashqari, mantiq asosida darsni tashkil qilishning maxsus qoidalariga ham rahbarlik qiladi. M.M. Potashnik o‘qituvchi dars jarayonini tashkil etishda o‘ngga yaqin metodologik talablarni bajarishni belgilab beradi.
G‘arbiy Evropa davlatlarida bitiruvchilar tayyorlash yagona mezon asosida amalga oshiladi. Bu mamlakatlarda o‘quv jarayonini tashkil qilish bizdagi ta’lim jarayonidan farq qiladi. G‘arbiy Evropada keyingi o‘n yillarda ta’lim standarti rolini o‘quv rejalari, dasturlari va darsliklar bajaradi. Bizda o‘quv jarayonini asosini davlat ta’lim standarti belgilaydi. Hozirgi standartlashtirish jarayonini shakllanishi davrida birinchi navbatdagi ob’ektlar tarzida quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • ta’lim xizmatlari;

  • ta’lim mazmuni;

  • talabalar yutuqlarining diagnostikasi;

  • ta’lim muassasalarining akkreditatsiyasi va attestatsiyasi;

  • pedagogik kadrlar attestatsiyasi;

  • ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalarini ta’lim faoliyatiga joriy qilinishi.

Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishni unifikatsiyalash, ularni tasdiqlash tartibini aniqlash va ta’lim jarayoniga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998 yil 5 yanvarda 5-son “Davlat ta’lim standartlari to‘g‘risidagi Nizom” ni tasdiqlovchi qaror qabul qilingan.
Ta’lim jarayonini tubdan isloh qilish uchun yangi mazmundagi va zamona talabiga javob beradigan o‘quv adabiyotlari, uslubiy qo‘llanmalar yaratish va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishni taqozo etadi. Ta’lim tizimidagi kamchiliklar Shu jumladan fizika fanini o‘qitish uslubiyatini ham chetlab o‘tmadi. Respublika DTM ning axborotida qayd etilishicha, keyingi yillarda abiturentlarning fizika fanidan to‘plagan ballari fanlar orasida oxirgi o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Bunday ahvol Respublikada fizika fanini o‘qitish uslubiyatida jiddiy kamchiliklar mavjudligidan darak beradi. Bu muammoni hal etishning yagona yo‘li fizikani o‘qitishga ilmiy yondashuv-sistemali tahlil usuli hisoblanadi. Rivojlangan xorijiy davlatlarning ta’lim tizimida sinovdan o‘tib o‘zining hayotiyligini ko‘rsatgan yangi pedagogik texnologiya (YaPT) bizning ta’lim tizimimizda yaqinda kirib kela boshladi. Fizikani o‘qitishda YaPT ni joriy etish o‘qituvchidan zamonaviy didaktik usullar (induksiya, deduksiya, sistema, model, analogiya)ni keng qo‘llashni taqozo etadi. Ikkinchidan ta’lim jarayoni murakkab, takomillashib boruvchi, ochiq, boshqariladigan dinamik va nochiziqli sistema hisoblanadi. Bu sistemaning asosiy elementlari bo‘lib o‘qituvchi, o‘quvchi, darsliklar, o‘qitish uslubiyati va xokazolar hisoblanadi. Bu elementlarning har biri o‘z navbatida murakkab sistema hisoblanadi. Ushbu elementlar o‘rtasida funksional bog‘lanish mavjud. Funksional bog‘lanishlarni tahlil qilib uning zaif tomonlarini aniqlash va uni bartaraf etish orqali fizikani o‘qitishning samaradorligini oshirishga erishish mumkin.
Buning uchun fizika o‘qituvchisidan fizika fanidan fundamental bilim va uni o‘qitishning zamonaviy uslubiyatidan yetarli bilimga ega bo‘lish talab etiladi. Hozirgi kunda fizika fanini o‘qitish uslubiyatiga bag‘ishlab yozilgan darsliklar zamonaviy talablarga mutlaqo mos kelmay qoldi. Shuning uchun fizikani o‘qitish uslubiyati fanidan zamonaviy talablarni e’tiborga olib, darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar yaratish dolzarb muammo hisoblanadi.

Download 138,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish