O 'zbekistonning ekologik siyosati



Download 1,17 Mb.
Sana13.07.2022
Hajmi1,17 Mb.
#790652
Bog'liq
25 вариант



25 вариант








  1. O 'zbekistonning ekologik siyosati

Y er kurrasida yuzaga kelayotgan ekologik nobop m uhitning chuqur-
lashuvida ozm i-ko'pm i O 'zbekistonning ham ishtiroki bor. M am lakatim iz-
da yashayotgan 26 m illiondan ziyod aholining yarm idan к о 'pi ekologik
xavfli bo'lg an m uhitda istiqom at qilmoqda. Orol dengizi va uning alrofida
ro 'y bergan ekologik inqiroz holati sovet davrining noekologik agrar va

iqtisodiy siyosatining natijasidir. Shuning uchun ham davlatim iz, shaxsan


Prezident 1.A .K arim ov ekologik m asalalam i iqtisodiy, siyosiy va ijtim oiy
islohotlar bilan uyg'unlashtirgan holda olib borishni lozim deb topm oqda1.
E kologik siyosat - davlatning a tro f tabiiy m uhitni m uhofaza qilish,
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat kom plekslarini
qayta tiklash borasida olib borayotgan ichki va tashqi fa o liy a t majmui.
M ustaqillik sharofati tufayli O 'zbekistonda quyidagi taktik va strate-
gik ekologik y o 'nalishlar ishlab chiqilgan: «7999-2005-yillarda O 'zbekis-
ton Respublikasining atrof-m uhitni m uhofaza qilish ishlari dasturi»,
"2006-2010-yillarda O' zbekiston Respublikasining atrof-m uhitni m uhofa­
za qilish ishlari dasturi", «O 'zbekiston Respublikasida tabiatni m uhofaza
qilish va barqaror rivojlanishni ekologik ta ’minlashning m illiy harakatlar
rejasi», «O 'zbekiston Respublikasida atrof-m uhit gigiyenasi bo'yicha
m illiy harakatlar dasturi», «Biologik rang-baranglikni saqlash bo'yicha
m illiy strategiya va harakatlar rejasi», "Respubhkada ekologik ta'limni
rivojlantirish va ekolog ka d rla m i tayyorlash, qayta tayyorlash hamda
malakasini oshirish tizim ini yanada takom illashtirish istiqbollari dasturi
va konsepsiyasi haqida" va boshqa m e'yoriy hujjatlar.
Ushbu ekologik dastur, konsepsiya va rejalarda hozirgi kunda ham da
kelajakda m am lakatim izda jam iyat va tabiat о rtasidagi m unosabat shakli
qanday bo'lishi, uning ekologik konsepsiyasi, m aqsadi va prinsiplari bel-
gilab berilgan. Ekologik m aqsad va vazifalarni am alga oshirishning taktik
va strategik harakatlar dasturi va yo'nalishlari ko'rsatib o'tilgan.
O'zbekiston R espublikasi ekologik siyosatining asosiy m aqsadi -
fu q a ro la m in g hayotiv zarur ehtiyoji bo'lgan ekologik xavfsiz muhitni
ta'm inlash uchun m am lakatim izda a tr o f tabiiy m uhitni m uhofaza qilish,
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat kom plekslarini
qayta tiklash, ya'ni tabiat bilan ja m iya t o'rtasidagi iqtisodiy-ekologik
m unosabat shakl ini qo'llashdir.
O 'zbekistonning ekologik siyosati negizida fuqarolam ing qulay atrof
tabiiy m uhitga ega b o 'lish huquqini ta'm inlash yotadi. M am lakatim izda
davlatning ekologik siyosati m uam m olari taniqli huquqshunos olim
SH .H .Fayziyev tom onidan o'rganilgan. Uning m onografik tadqiqotlarida
davlat ekologik siyosatining yuridik tabiati, m ohiyati asosiy yo'nalishlari,
o 'z ig a xos xususiyatlari, ijtim oiy-iqtisodiy jihatlari, fuqarolam ing atrof
tabiiy m uhitga ega bo'lish huquqini ta’m inlashning davlat huquqiy mexa-
nizm i m asalalari yoritilgan.


  1. Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonlarning atrof-muhitga bo’lgan ta’siri

o’sib boradi. Inson tabiat bilan, ya’ni o’simliklar hamda hayvonot dunyosi hamda
yer osti va yer usti boyliklari bilan o’zaro muloqotda bo’ladi.
Ekologik muammolar kengayib, ularni hal etish dolzarb vazifa bo’lib qolgan
hozirgi davrda bu muammolarni hal qilishda insoniyat uchun asosan ekologik ong
va ekologik madaniyatning o’rni beqiyosdir.
Tabiat va inson o’rtasidagi munosabat ma’lum bir qonunlar orqali boshqariladi,
ularga rioya qilmaslik ertami kechmi, albatta ekologik halokatga olib keladi. Bu
muammo o’zining insoniyatga keltirayotgan va keltirishi mumkin bo’lgan fojiali
oqibatlari jihatidan yadro urushi halokatidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Albatta,
ilmiy-texnikaviy rivojlanish natijasida, turli soha ilm va texnologiyalarining
taraqqiyoti, yangi energiya manbalari va kimyoviy moddalarning paydo bo’lishi,
tabiiy resurslardan yovuzlarcha foydalanish natijasida havo, suv ifloslanadi,
insoniyatni boquvchi yer yaroqsiz holga kelib, oqibatda uni yashash muhitidan
mahrum etadi.
Hozirgi davrda insoniyat, u qanday xavf qarshisida kelib qolganligini tushunib
yetdi, atrof-muhitga inson faoliyati tufayli yetkazilayotgan zarar qanday natijalarga
olib kelganligini yaqqol his etdi.
Inson faoliyatining natijasida atrof muhitga ancha sezilarli o’zgarishlar ro’y
bermoqda. Bular asosan hozirgi kunda mavjud bo’lgan ekologik xavfsizlik
klassifikatsiyasida bo’lgan: umumsayyoraviy, mintaqaviy, milliy, lokal ekologik
xavfsizliklar mamlakatimiz hududini ham chetlab o’tmadi. Bu xavflardan ozon
qatlami muammolari, ya’ni yemirilishi, iqlimning o’zgarishi, cho’llanish, toza
ichimlik suvi tanqisligi, Orol dengizi muammosi, hayvonot va o’simlik dunyosi
turlarining qisharib borishi, o’simlik dunyosining noqonuniy kesilib borishi, yer
degradatsiyasi, suv resurslari tanqisligi, atmosfera ifloslanishi shular jumlasidandir.
Ekologik fojialarning bu darajadagi jadallashib borishida ekologik ong va
ekologik madaniyat alohida o’rin tutadi.
Ekologik ong va ekologik madaniyatning asosiy vazifasi xalqimiz ekologik
madaniyatini oshirish orqali huquqiy fuqarolik jamiyati tamoyillari asosida
tabiatdan foydalanishni yo’lga qo’yish, tabiatni muhofaza qilish sohasida Davlat
nazorati bilan bir qatorda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, xalqimiz ongi va madaniyatida ona Vatanimiz tabiatiga bo’lgan mehr-muhabbatini oshirish, uni
asrab-avaylash va kelgusi avlod uchun zarur hayotiy sharoitlar qoldirishimiz
kerakligini ko’rsatishdir


  1. Aћoli sonining yildan yilga oshib borishi sanoat va transportning rivojlanishi, fan texnikaning taraќќiy etishi, insonning biosferaga ko'rsatayotgan ta'sir doirasini kengaytirib bormoќda. Bu esa o'z navbatida u yoki bu ekologik muommolarning kelib chiќishiga sabab bo'lmoќda.

Ekologik muommo deganda insonning tabiatga ko'rsatayotgan ta'siri bilan boѓliќ ћolda tabiatning insonga aks ta'siri, ya'ni uning iќtisodiyotiga, ћayotida xo'jalik aћamiyatiga molik bo'lgan jarayonlar, tabiiy ћodisalar bilan boѓliќ (stixiyali talofatlar, iќlimning o'zgarishi, ћayvonlarning yalpi ko'chib ketishi va boshќalar) ћar ќanday xodisa tushuniladi. Ekologik muammolar 3 guruћga bo'linadi.

1. Umumbashariy (global)

2. Mintaќaviy (regional)

3. Maћalliy (lokal)

Dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen yoki sof antropogen xodisalar umumbashariy muammolar deb ќaraladi. Ana shunday umumbashariy muammolarga ba'zi bir misolar keltirish mumkin:

Issiќxona samarasi. Ya'ni atmosfera tarkibida issiќxona gazlarining (karbonat angidridi, metan, azot chala oksidi va shu kabilarning) ko'payishi natijasida er yuzi isib, iќlim o'zgarib bormoќda. Bu to'ѓrida iќlim va uni o'zgarishi bo'limida batafsil ma'lumotlar keltiriladi.

Ozon ќatlamining siyraklanishi. Ozon ќatlami atmosferaning muћim tarkibiy ќismi ћisoblanadi, u iќlimga va er yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saќlab turadi. Ozon ќuyosh nurlari ta'sirida kislorod, azod oksidi va boshќa gazlar ishtirokida ћosil bo'ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib ќolib, er yuzidagi tirik organizmlarni ћimoya ќiladi. Ultrabinafsha nurlarning ortishi tirik organizmlarga salbiy ta'sir etadi. Ultrabinafsha nurlar ta'sirida nurlanish odamlarda terining kuyishiga olib keladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta'sirida kelib chiќayotganligi aniќlangan.

Ћozirgi davrda xlorftormetanlar (freonlar)dan keng foydalanish tufayli ћamda azotli o'ѓitlar, aviatsiya gazlari, atom bombalarini portlatishlar atmosferada etarli miќdorda ozon to'planishiga imkon bermayapti. Shuning uchun maishiy turmushda sovutkichlarda ishlatiladigan freondan foydalanishni ќisќartirish va yaќin yillarda uni ishlab chiќarishni butunlay to'xtatish ko'zda tutilgan.

Chuchuk suv muammosi. Chuchuk suvning biosferadagi roli juda katta. Gidrosferada chuchuk suv miќdori juda oz bo'lib, u 2,8 % ni tashkil etadi. Chuchuk suv zaћirasi asosan ќutblardagi muzliklardir.

Jamiyatning rivojlanishi bilan aћolining chuchuk suvga bo'lgan talabi ortib bormoќda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3 – 3,5 km3 suv sarflanmoќda. XXI asrga borib ushbu ko'rsatkich 1,5 – 2 marta ortish imkoniga ega. Daryolarning umumiy yillik oќimi er yuzi bo'yicha 50 ming km3. Ammo bunday foydalanishda chuchuk suv etishmasligi aniќ.

Ќurѓoќchil mintaќalarda daryolardan to'liќ foydalanilganda ularning suvi etmay ќolmoќda. 1980 yillarda bunday ћolat Afrika, Avstraliya, Italiya, Ispaniya, Meksika davlatlari, Nil, Sirdaryo, Amudaryo va ba'zi bir boshќa daryolarda kuzatila boshlandi. Daryolarning sanoat va maishiy zaћarli moddalar bilan ifloslanishi o'sib bormoќda. Sanoat yiliga 160 km3 sanoat oќova suvlarini daryolarga tashlaydi. Bu ko'rsatkich daryolarning umumiy suv miќdorining 10 % ni, ba'zi rivojlangan mamlakatlarda 30 % ni tashkil etadi. Daryo toza suvlarida yildan yilga ћar xil erigan moddalar, zaћarli kimyoviy moddalar va bakteriyalarning miќdori ortib bormoќda.

Pestitsidlardan foydalanish muammosi. Ushbu zaћarli moddalar guruћi begona o'tlar, zararkunanda ћasharotlar va boshќa ћayvonlar, o'simliklarda kasalliklarni keltirib chiќaruvchi mikroorganizmlarga ќarshi kurashda foydalaniladi. Pestitsidlardan ќishloќ xo'jaligida, o'rmonchilikda, aviatsiya yordamida sepish keng ko'lamda atrof-muћitni ifloslanishiga olib keladi. Ћar yili dunyo bo'yicha ћosildorlikni oshirish maќsadida 131 mln tonna mineral o'ѓit va ќishloќ xo'jalik ekinlari zararkunandalariga ќarshi kurashish uchun 1 mln tonna pestitsidlar ishlatiladi. Yaќin yillargacha O'zbekiston ћududida agrolandshaftlarning ћar bir gektariga ishlatiladigan pestitsidlarning o'rtacha miќdori 54 kg atrofida bo'lgan. Bu ko'rsatkich Rossiyada 1-2 kg ni, AЌSh da 2-3 kg ni tashkil etgan. Pestitsidlar atmosferada uzoќ masofalarga tarќalishi, shuningdek, suv orќali dala, daryo, ko'llardan o'tib dunyo okeanlarida to'planadi. Eng xafvli joyi shundaki ular ekologik oziќ zanjiriga ќo'shilib, tuproќdan va suvdan o'simliklarga, undan ћayvonlarga va ќushlarga niћoyat oziќ va suv bilan odam organizmiga o'tadi. Pestitsidlarning tirik tabiatda va odamga ko'rsatayotgan zarari jiddiy, shu bilan birga ular tashќi muћit omillariga nisbatan barќaror moddalar ћisoblanadi.

Mineral xom-ashyoning ko'p ishlatishi, asosan, Yer sharida aholi sonining o'sishi va hozirgi kishilarning hilma-xil ehtiyojlarining ortib borishi bilan bog'liqdir. Revolyusiyadan oldingi Rossiyada asosiy foydali qazilmalarning qazib chiqarilishi 1975 yildagi raqamlar bilan solishtirsak, quyidagilarni ko'ramiz: shu davrda neft qazib chiqarish 40 marta, tabiiy gaz chiqarish 100 marta, ko'mir 20 marta, temir ro'dasi 24 marta o'sdi va hokazo. So'ngi asrda erda 100 mlrd. toshko'mir yoqilg'i va havoga 3 mlrd. tonna kul chiqarildi. Hozirda yiliga 1,5 mlrd. tonnaga yaqin katta yoqilg'i yoqilayotir.

Hozirgi vaqtda yiliga 100 mlrd. tonnaga yaqin ro'da va mineral xom-ashyolar qazib olinmoqda, 300 mln. tonnadan ortiq mineral o'g'it ishlab chiqarilmoqda. Xolbuki, texnologiyaning o'ta takomillashmaganligidan hozir olingan metanlarning deyarli yarmi va kimyoviy xom-ashyoning uchdan bir qismi nobud bo'layotir.

BMT ning (1972) statistik ma'lumotiga qaraganda dunyoda yiliga 3231100 ming tonna ko'mir, 2646290 ming tonna neft, 600200 ming tonna temir ro'dasi, 75180 ming tonna boksit, 3660 ming tonna xrom ro'dasi, 7300 ming tonna mis, 3350 ming tonna qo'rg'oshin ro'dasi, 5430 ming tonna ruh rudasi, 159200 ming tonna tuz, 118500 ming tonna fosfaritlar, 1181 ming tonna uran, vismut, simob, molebdin, nikel, kumush, kaliy, volfram, vanadiy va boshqalar qazib olingan. Bu ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, foydali qazilmalardan foydalanish juda ham tezlashib shu darajaga etdiki ko'pgina mamlakatlarda ba'zi bir qazilma boyliklarning zapaslari tugash arafasida turibdi.

Mutaxassislar bergan ma'lumotlarga ko'ra agar dunyoda foydali qazilmalardan hozirgi sur'atda foydalanilsa, u taqdirda oltin 33 yilda, vismut 34 yilda, volfram 35 yilda, ruh 36 yilda, surma 33 yilda, qalay 40 yilda, asbest 42 yilda, uran 47 yilda, mis 66 yilda, simob 71 yilda, ko'mir, neft, gaz 150 yilda boshqa ko'pgina mineral resurslar 100-200 yilda tugab qolishi mumkin. Shu sababli, Dune sanoatining mineral xom-ashyoga bo'lgan talabini qondirish uchun geologik qidiruv ishlarini kengaytirib, Yangi konlarni topish hisobiga ular zapaslarini bir necha marta ko'paytirish kerak.

Ammo hozirning o'zida rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda Yaponiyada, Angliyada, Germaniya, Italiya, Gollandiya, Belgiyada va boshqa davlatlarda qazilma boyliklarini etishmasligi sezilib qoldi.

Shunday qilib, yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, aholining o'sishiga nisbatan mineral xom-ashyodan foydalanish sur'ati tezlashib ketmoqda. Bu esa ba'zi bir foydali qazilmalarni tugab qolish xavfini vujudga keltirmoqda.


  1. Foydali qazilmalar metal foydali qazilma va nometal foydali qazilmalarga bo'linadi. Metal foydali qazilmalarga sof metallar qora rangli metal ro'dalari (temir va marganes rudalari, xlomit, boksit, miss, qo'rg'oshin, rux, nikel, volfram, molibden, kaliy, surma rudalari) nodir metallar rudalari kiradi.

Nometal foydali qazilmalarga tog'-kon kimyoviy (fosforit, apatit, har xil tuzlar, oltingugurt, barit, gips, brom va yod birikmalari va boshqalar) xom-ashyolari, qurilish materiallari, xom ashyosi, qimmatbaho va texnik toshlar (marmar, yashma, tog' xrustali, garanit, korund, olmos va boshqalar) yonuvchi metallar (neft, tabiiy gaz, ko'mir) hamda gedrotermal suvlar kiradi.

Mineral resurslardan oqilona foydalanishda ularni qazib olish jarayonida iloji boricha isrofgarchilikni kamaytirishga erishi muhim ahamiyatga ega. Chunki hozirda mineral resurslarniqazib olishda ko'p miqdorda zarur xom Ashe isrof bo'lmoqda. Isrofgarchilik ayniqsa neft, ko'mir, kaliy tuzi, qurilish materiallari, qora va rangli metallar, tog'-kimyo xomashyolarini qazib olishda ko'plab ro'y bermoqda. Neft qazib olish texnologiyasining ba'zi davlatlarda pastligi tufayli isrofgarchilik ko'p bo'lib, uning ancha qismi er ostida qolib ketmoqda.

Isrofgarchilik ayniqsa, eski neft konlarida, xususan AQSh ning ba'zi konlarida 75% ga etmoqda. Dunyoda hozir juda ko'p neft konlarida neftning 56% er osti qatlamlarida qolib, faqat 44% tortib olinmoqda. Buning ustiga neftni qazib olish va tashish jarayonida ham uning bir qismi nobud bo'lmoqda.



Ko'mir qazib chiqarishda ham nobudgarchilik juda katta. Aslida ko'mir qazishda "planlashtirilgan" nobudgarchilik 40% dan oshmasligi kerak. Lekin ba'zi korxonalarda bu plan buzilmoqda. Buni Oxangaron ko'mir koni misolida yaxshi ko'rish mumkin. Bu ko'mir konida qalinligi 1,5 metrdan ortiq bo'lgan ko'mir qatlamlari olinib, undan yupqa ko'mir qatlamlari keraksiz jinslar bilan birga chiqarib tashlanmoqda. Natijada har yili bir necha 100 ming tonna ko'mir nobud bo'lmoqda.

Qazilma boyliklarini qam isrof bo'lishini yana bir yo'li qazib olingan yoki qayta ishlangan xom ashyolarni tashishda isrofgarchilikka kam yo'l qo'yishga erishishdir. Ma'lumki, qazib olingan yoki qayta ishlangan xom-ashyolarni ortishda, tushirishda, temir yo'l vagonlari va avtomobillarda tashishda ularning ma'lum qismi nes-nobud bo'ladi. Ko'mirni, sementni, alibasterni, oxakni ochiq vagonlarda tashishda ularning bir qismini shamol uchirib, temir yo'lni ifloslab nes-nobud qilardi. Nobudgarchilikka yo'l qo'ymaslik uchun keyingi vaqtlarda aniq vagonlarda tashishga o'tildi.
Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish