Odam embrionining rivojlanish bosqichlari. Gavdaning konstitutsion tiplari


Antropometrik nuqtalarning joylanishi



Download 1,28 Mb.
bet5/5
Sana14.06.2022
Hajmi1,28 Mb.
#671902
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi

Antropometrik nuqtalarning joylanishi.

Shart-li belgi


Nuqtalar nomi


Joylanishi

a

Cho`qqi nuqtasi


O`ng ko`zni pastki burchagi bilan quloq kesmasi gorizontaldan chetga chiqmagan holda boshning eng cho`qqi nuqtasi.



b

Bo`yin nuqtasi


Yettinchi bo`yin umurtqasining o`tkir o`simta uchi.



v

Bo`yin asosi nuqtasi


Bo`yinning aylana chizig`i yelka qiyaligi chizig`i bilan kesishgan nuqtasi.



g

O`mrov suyagining nuqtasi


O`mrov suyagining to`sh suyagiga birikkan yuqori nuqtasi.



d

To`sh suyagi yuqorisidagi nuqta


To`sh suyagi yuqorisidagi qirqimning o`rtasi.



e

To`sh suyagi o`rtasidagi nuqta


To`sh suyagini o`rta chizig`ida to`rtinchi juft qovurg`alar uchi birikkan sathda joylashgan.



j

Yelka akromial nuqtasi


Ko`krak akromial o`simtasining yon tomonidagi eng bo`rtgan nuqtasi.



z

Yelka nuqtasi


Ko`krak suyagi akromial o`simtasining yuqoridagi cheti bilan yelka bo`g`imi sohasini ikkiga bo`lgan vertikal tekislik kesishgan joyi.



i

Tirsak nuqtasi


Bilak suyagining tashqi tomonidagi yuqorigi uchi.



k

Ko`krak uchi nuqtasi


Ko`krak bezining uchi.



l

Qirra nuqtasi


Yonbosh suyagi qirrasining chetga eng ko`p chiqib turgan nuqtasi.



m

Tizza nuqtasi


Tizza qopqog`ining markazi.



n

Qo`ltiqning oldingi burchagi


Qo`l pastga tushirilgan holda qo`ltiq chuqurchasining orqadagi cheti hosil qiladigan yoyning eng baland nuqtasi.



o

Qo`ltiqning orqa burchagi


Qo`l pastga tushirilgan holda qo`ltiq chuqurchasining orqadagi cheti hosil qiladigan yoyning eng baland nuqtasi.



p

Dumba nuqtasi


Dumbaning eng bo`rtik nuqtasi.



r

Yel chizig`ining balandlik nuqtasi.


Biqinning ichga botib turgan joyida pastki qovurg`a bilan yonbosh suyagining oralig`ida joylashgan.




3 Odam gavdasi o`lchamlari va shaklini xarakterlovchi belgilar.
Odam gavdasining shakli murakkab. Uning o`lchamlarini aniqlashda turli usullardan foydalaniladi.
1 – usul.
Nuqtalar orasidagi masofani 3 tekisliklardan biriga proektsiyalab o`lchash ko`ndalang diametr yoki diametr deb ataladi. Bu ko`ndalang o`lchamlar gavda va uning alohida o`lchamlari uzunliklarini aniqlaydi. Gavdaning alohida o`lchamlari nuqtalarning yerdan o`lchangan balandligining ayirmasi kabi topiladi. Bundan tashqari, bu usulda old-orqa proektsion diametrlari bor. Bularning ko`krak, bel, emizak nuqta va h.k. past balandligidagi chiziqlar. Ko`ndalang proektsion diametrlar bo`lib, bular bel, son, ko`krak, bo`yin va h.k. diametrlardir. Bu o`lchamlarning hammasi chiziqli o`lchamlar deyiladi. Bu o`lchamlar 3 ta tekislik sistemasida aniqlanadi.

2 – usul.
Ikki nuqta orasidagi eng qisqa masofani topish. Bu o`lchashlar to`g`ri (skvoznoy) diametrlar nomini olgan. Masalan: 2 ta akromial nuqtalar orasidagi masofa – chanoq kengligining diametri hisoblanadi.

3 – usul.
O`lchash tana sirti bo`ylab o`tkaziladi, yoyli o`lchash. Bu bel, son, bo`yin va h.k. aylanasi. Bundan tashqari, bu yerga tana sirti bo`ylab, o`lchanuvchi ko`krak, orqa kengliklari, orqaning belgacha uzunligi kabi ko`ndalang va bo`ylama o`lchamlar kiradi. Bular antropometrik o`lchamlardir.


4.Odam tana va miya tuzilishidagi anomaliyalar
Ba'zi morfologik anomaIiyalar (o'zgarishlar) yuqorida qayd etilgan odam tanasi shaklini aniqlovchi barcha morfologik belgilar, normal variatsiyalar shaklida ko'rib chiqilgan. Lckin ba'zi bir belgilanish variatsiyalari borki, ular normadan tashqariga chiqadi. Belgilarning bunday o'zgarishi odatda organizmning noto'g'ri rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, anomal o'zgarishlar deb ataladi. Bunday anomaliyalarga gavda uzunligi, umurtqa qiyshiqligi, qanotsimon kuraklar va anomal ko' krak qafaslari kiradi. Gavda uzunligining anomaliyalari. Aholining gavda uzunligi ko'p hollarda erkaklarda 140-190 sm va ayollarda 130-180 sm atrofida bo'ladi. Uzunlikning erkaklarda 140 sm dan past, ayollarda 130 sm dan past bo'lishi va erkaklarda 190 sm dan baland, ayollarda esa180 sm dan baland bo'lishi patologiya hisoblanadi. Bo'ylar ko'rsatilgan chegaradan past yoki yuqori bo'lsa, shunga mos holda pakana (mitti) yoki ulkan (gigant) odamlar deb ataladi. Pakana odamlarning bir necha turi bor: haqiqiy pakanalar va liliputlar bo'lib, bu odamlar gavdasining hamma qismlarida ozmi-ko'pmi mlltanosiblik bo'ladi. Pakanalarning boshqa turi ham mavjud bo'lib, ularning gavda tuzilishi to'qimalar oziqlanishining ishdan chiqishi bilan xarakterlanadi. Ularda gavda tuzilishi buziladi va qo'l-oyoq kalta, tan a uzun va bosh katta bo'ladi. U/kan adam/ar yoki gigantlar ham bir necha turli bo'ladi. Shunday baland bo'yJi odamlar uchraydiki, ularning tashqi ko'rinishi, ayniqsa, yuzi yosh bolalarnikiga o'xshaydi. Baland 78 bO'ylilarning boshqa turida esa, ularning ayrim qismlari, masalan, qo'l kaftlari, oyoq kaftlari katta va yo'g'on bo'lishi kuzatiladi. Bu o'zgarishlar sababi tug'ma raxitdir. Umurtqa qiyshiqligi. Ba 'zi holda umurtqaning egikligi chegaradan chiqib ketadi. Umurtqa egik bO'lganda, orqaning shakli yumaloq bo'ladi, buning sababi tug'ma raxit va orqa mushaklaming bo'shligi bilan izohlanadi. Umurtqa pog'onasi ko'krak qismining keskin egikligi bukrilikka olib keladi. Bukrilik ko'krak bo'limidagi bir qancha umurtqalarning siljishidan kelib chiqqan og'ir xastalik natijasida sodir bo'ladi. Ko'krak qafasi bilan qovurg'alar bog'liqligi sababli ko'krak qafasi ham o'zgaradi. Umurtqaning old yoki orqaga qattiq egilganligidan tashqari umurqaning o'ngga va chapga qiyshayganligi ham uchrab turadi (39- rasm). Bunday o'zgarishlar skolioz deyiladi va buning ham sababi tug'ma raxitdir.

Anomal ko'krak qafaslari. Normal ko'krak qafashri orasida xo'rozsimon ko'krak qafaslari ham uchraydi. Bunday ko'krak qafasi yon tomonlardan qisilganligi qushlar ko' krak qafasini cslatib oldga qattiq turtib chiqqanligi bilan ifodalanadi. Bu hoI ham raxit alomatidir. Qanotsimon kuraklar. Orqaga qattiq turtib chiqqan kuraklar shunday nomlanadi. Buning sababi kuraklarni ushlab turuvchi mushaklarning bo'shligidir. Ko'pincha bunday tana tuzilishini astenik turdagi kishilarda uchratish mumkin .
Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish