Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Download 379,72 Kb.
bet3/9
Sana31.12.2021
Hajmi379,72 Kb.
#219653
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BОSH MIYA USTUNINING- ХARAKAT TIZIMLARI.

2.1.Bоsh miya ustunining- хarakat tizimlari: uzunchоq miya vestibulyar yadrоlarining rо’li, miya ko’prigining rеgikulyar yadrоlari, o’rta miya, miyachaning po’stloq va yadrоlari

Bosh miya hayvonot olamining taraqqiyoti davomida rivojlanib borgan. Bosh miya bo’laklarining rivojlanishi va vaznining ortishi turli hayvonlarda turlicha bo’ladi. Masalan, baliqlarda va qushlarda bosh miyaning miyacha qismi yaxshi rivojlangan. Sut emizuvchi hayvonlarda bosh miya yarim sharlari yaxshi rivojlangan bo’lib, miya sopini o’rab oladi. Evolyutsion rivojlanishda markaziy nerv sistemasiningayrim qismlari tabaqalanib boradi. Yuksak darajada tuzilgan maymunlarda va odamda bosh miyaning katta yarim sharlar bo’lagi juda rivojlangan bo’lib, bosh miya vaznining 80% ni tashkil etadi.

Bosh miya embrionning rivojlanishida dastlab miya kanalining oldida dastlabki uchta pufakcha hosil qiladi:

Oldingi


O’rta

Rombsimon.

Embrion 3 haftaligida birinchi va uchinchi pufakchalar 2ga bo’linadi, natijada pufakchalar soni 5ta bo’ladi. Bu beshta pufakchadan bosh miyaning beshta qismi rivojlanadi. Birinchi pufakcha oldingi miya deyilib, bundan bosh miya katta yarim sharlari rivojlanadi. Ichidagi bo’shliq yon qorinchalarga aylanadi. Ikkinchi pufakcha oraliq miya deyilib, bundan ko’rish bo’rtiqlari, bo’rtiq osti qism rivojlanadi. Bosh miyaning vazni 20 – 30 yoshda eng katta bo’lib, so’ng asta – sekin kamaya boradi.

Bosh miya (encephalon) - uni urab turgan pardalar bilan bosh suyagining ichida joylashgan. Bosh miya asosan uch qism (ustki katta qismi - katta miya, miyacha va miya pogonasi)dan iborat.







1.1 - расм. Бош мия (cerebrum). Бош мия катта ярим шарларининг ён қоринчалари проекцияси. Юқоридан кўриниши.

I - пешона қисми; 2 - марказий жўяк; З - ён қоринча; 4 - энса қисми; 5 - ён қоринчани орқа шохи; 6 - IV қоринча; 7 - мия сув ўтказгичи; 8 - III қоринча; 9 - ён қоринчани марказий қисми; 10 - ён қоринчани пастки шохи; 11 - ён қоринчани олдинги шохи.



1.2 - расм. Бош миянинг (cerebrum) тузилиши: Сагиттал кесим. Медиал томондан кўринишши.
1 - бош мия ярим шарлари; 2 - қадоқ тана; 3 - олдинги (оқ) улоқ; 4 – мия мажмуаси; 5 - гипофиз; 6 – оралиқ мия бўшлиғи (III қоринча); 7 – таламус; 8 – мия эпифизи; 9 – ўрта мия; 10 – кўприк; 11 – мияча; 12 – узунчоқ мия.

Bosh miyaning pastki yuzasi - tubi bosh suyagi asosining ichki yuzasiga tegib turgani uchun tekis bo’lmagan tuzilishga ega. Miya tubining oldida miya yarimshari peshona qismining pastki yuzasida xidlov yuli kurinadi. Miya tubidan 1g juft bosh miya nervlari chikkan. Ular oldindan boshlab quyidagi tartibda chikadi 1 juft - xidlov nerv ipchalari, g juft – ko’ruv nervi, III juft - kuzin xarakatlandiruvchi nerv, IV juft - galtak nervi, Ujuft - uch shoxli nerv, VI juft- uzoklantiruvchi nerv, VII juft - yuz nervi, VIII juft daxliz - chiganok nervi, IX juft til - yutkin nervi, X juft adashgan nervi, XI juft - kushimcha nervi, XII juft - til osti nervlari.


1- Bosh miyaning tashqi ko’rinishi.

1-uzunchoq miya, 2-miyacha, 3-bosh miya yarim sharlarining ko’rinishi.

Bosh miyaning rivojlanishi.

Embrionning dastlabki tarakkiyoti davrida miya naychasining old qismi tezrok rivojlanib, ikki joyidan torayib uchta (oldingi, urtadagi va orkadagi rombsimon) miya pufakchalariga uz navbatida ikkitadan pufakchaga bulinib, jami beshta bosh miya pufakchani vujudga keltiradi. Bosh miyaning 5ta miya pufakchasidan bosh miyaning aloxida qismlari rivojlanadi

1.Rombsimon pufakchadan uzunchok miya rivojlanadi.

2.Ortki miya pufagidan kuprik va miyacha rivojlanadi.

Urta miya pufagidan miya oekchalari va turt tepalik rivojlanadi.

3.Oralik miya pufagidan kuruv tepaligi, tepalik osti soxasi va tashki

tanalar rivojlanadi.

4.Oxirgi miya pufagidan bosh miya yarimshari va uning qoplamasi taraqqiy etadi.

Markaziy asab tizimining koordinatsiya qiluvchi (uyg‘unlashtiruv chi) roli

Organizmning xilma-xil faoliyati, o‘zgarib turadigan va turli kombinatsiyalarida ko‘rinadigan barcha reflektor harakatlar, odamning mehnat jarayonida qiladigan juda nozik harakatlari, faqat markaziy asab tizimining koordinatsiya qiluvchi faoliyati tufayligina yuzaga chiqishi mumkin.

Reflektor yoyni kuzdan kechirganimizda ikki neyronli va uch neyronli yoy chizmasi bilan tanishdik. Butun organizmda ham qo^zg^lgan nerv hujayrasi qaysi neyronga bog‘langan bo‘lsa, qo‘zg‘alish o^sha neyronga o'tad i va shunday qilib, xuddi zanjirdan o‘tganidek muskulga yetib boradi deb izoxlash mumkin bo‘ladi. Haqiqatda har bir reflektor akt markaziy asab tizimining g‘oyatda murakkab reaksiyasi hisoblanadi. Ayrim paytda har bir organizmga ko‘p va xilma-xil ta’sirotiar kelib turadi. Markaziy asab tizimining koordinatsiya qiluvchi faoliyati shundan iborat: organizm bu ta’sirotlarga javoban shu xildagi refleksni yuzaga chiqaradiki, bu refleks muayyan paytda organizmning u yashab turgan sharoit bilan bir muvozanatga kelishini ta’minlaydi. Ana shu javob aktida butun organizmdagi ayrim organlar yoki organ tizimlari bir-biri bilan bog‘langan qismlar sifatida baravar yoki ketma-ket birgalashib ishlaydi.

Organizmning harakat qilishdek uyg‘unlashgan faoliyati shunga bog‘liqki, organizm bilan ta'sirotga javoban hamma muskullarini yoki qanday bo'lmasin muskullarni emas, balki qat’iyan ma’lum muskullar guruhini qisqartiradi. Organizm shu tariqa harakat qilganda yurak-tomir tizimi, nafas organlari va boshqa tizimlaming faoliyati o‘zgaradi, modda alrnashinuvini tezligi ham o‘zgaradi. Ana shu jarayonlaming hammasi harakat aktini yuzaga chiqarish uchun eng yaxshi sharoit tug‘diradi.

Murakkab ravishda uyg‘unlashgan harakat aktining yuzaga chiqishida po‘stloq ostidagi tuzilmalar (orqa miya, uzunchoq miya, miyacha va shu kabilar) gina emas, balki bosh miya po‘stlog‘i ham qatnashadi. Masalan, mehnat jarayonida qilinadigan harakatlari yoki sportchi qiladigan harakatlami uyg‘unlashtirishda va shunga o‘xshashlarda bosh miya po‘stlog‘ining shartli reflektor holati ayniqsa katta ahamiyatga egadir.

Gap shundaki, odamdagi harakatlarning juda ko‘p shakllari shartli reflektor harakatlarning juda ko‘p formaning kichik bir gruppasigina shartsiz reflektor harakatlardan iboratdir.

Yuqorida aytilganidek, organizm retseptorlarining ta’sirlanishiga javoban, umuman xilma-xil muskullarni qisqartirmaydi, balki qat’iyan ma’lum muskullar bilan bog'langan ba’zi nuqtalari tormozlanib, boshqa muskullar bilan bog‘langan nuqtalari qo‘zg‘algan bo‘lsa, shunday hodisa ro‘y berishi mumkin.

Markaziy asab tizimida bir-biri bilan bog‘langan ikki jarayon, ya’ni qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari doimo bir-biriga ta’sir etib turadi.

Bosh miya po‘stlog‘ining ba’zi nuqtalarida qo‘zg‘alish jarayoni kelib chiqishi bilan boshqa nuqtalarida tormozlanish jarayoni kelib chiqadi, shuningdek bosh miya po‘stlog‘ining ba’zi nuqtalarida tormozlanish jarayoni paydo bo‘lsa, boshqa nuqtalarida qo‘zg‘alish jarayoni kelib chiqadi.

Markaziy asab tizimida qo‘zg‘aJish va tormozlanish jarayonlari uzluksiz ravishda bir-biriga ta’sir etib turadi, shunga ko‘ra, g‘oyatda murakkab, uyg‘un harakatlar refleks yo‘ii bilan yuzaga chiqadi.

Har qanday bo‘g‘imda ikki guruh muskullari borligi tufayli harakatlana oladi. Bu muskullar bo"g‘imdan oshib o‘tgan bo‘ladi va qisqarganda harakatni yuzaga chiqaradi. Bir juft muskullar yordami bilan faqat bukiladigan va yoziladigan eng oddiy bo‘g‘imni olaylik. Shu muskullardan biri qisqarib, bo‘g‘imni bukadi, ikkinchisi qisqarib yozadi.

Qo‘l-oyoq bukilganda bukuvchi muskul qisqarib, ayni vaqtda yozuvchi muskulni tortib cho‘zadi, deb o‘ylasa bo‘lar edi. Ammo yozuvchi muskulning payi suyakdan ajratib qo‘yilsa, yozuvchi muskulning baribir bo'shashishi tekshirishlarda ma’lum boidi. Bu tajriba markaziy asab tizimining turli funksiyalarini o‘taydigan muskullar (bu misolda bukuvchi va yozuvchi muskullar) bilan bog‘langan qismlarida qo‘zg‘alish jarayoni ham yuz beradi degan taxminni tasdiqladi. Qo'l va oyoq bukilganda yozuvchi muskullar markazida qo‘zg‘alish kelib chiqadi, lekin shu bilan bir vaqtda yozuvchi muskullar markazida tormozlanish jarayoni roЈy beradi. Bir qo‘l yoki oyoqdagi muskullarning markazlari o‘rtasidagina emas, qarama-qarshi ikki qo‘I oyoqdagi muskullarning markazlari o‘rtasida ham muayyan o‘zaro munosabatlar borligi keyingi tekshirishlarda to‘lig‘icha aniqlandi.

Odam yurganda goh bir oyog‘i, goh ikkinchi oyog‘i bukiladi: ayni vaqtda bir tizza bukilib, ikkinchi tizza yoziladi. Muayyan paytda chap tizza bukilgan, o‘ng tizza esa yozilgan deyaylik, shunga ko‘ra, chap oyoqning bukuvchi muskullarining markazi qo‘zg‘alish holatida bo‘ladi. Qarama- qarshi tomonda teskari hodisa kuzatiladi; o‘ng oyoqdagi yozuvchi muskullarning markazi qo‘zg‘alib, bukuvchi muskullarning markazi tormozlangan bo‘ladi.

Dastlab N.Ye.Vvedenskiy kashf etgan shunday bir-biriga bog‘liq innervatsiya barqaror va doimiy bir narsa emas. Bosh miya ta’sirida bu munosabatlar sharoitga qarab o‘zgarishi mumkin. Odam yoki hayvon zarur bo‘lganda ikkala oyog‘ini bir vaqtda bukishi, sakrashi mumkin va hakazo.

Bosh miya shartli reflekslar asosida ishlash yo‘li bilan mavjud nisbatlarni o‘zgartirib, yangi kombinatsiyalar barpo eta oladi, odamning mehnatda murakkab harakatlarni qilishi yoki suzishda, akrobatik mashqlarda va shu kabilarda tegishli harakatlarni bajarishi bosh miyaning shu qobiliyatiga bog‘liq.

A.A.Uxtomskiy dominanta tamoyilini kashf etganligi munosabati bilan koordinatsiyaga oid ba’zi masalalar yanada oydinlashadi. Muayyan paytda markaziy asab tizimida ustun turgan qo‘zg‘alish o‘chog‘ini A.A.Uxtomskiy dominanta deb atagan edi. Ustun tumvchi bunday qo'zg'alish o‘chog‘i boshqa markazlarga keluvchi qo'zg'alish to‘lqinlarini o‘ziga jalb qilib, shular hisobiga kuchaya oladi. Bu paytda boshqa markazlarda tormozlanish jarayoni boshlanadi. Shunga ko‘ra markaziy asab tizimida ustun turuvchi qo‘zg‘alish o‘chog‘i bo‘lganda koordinatsion nisbatlar o‘zgaradi. Markaziy asab tizimiga keluvchi qo'zg'alish hamisha o‘zi vujudga keltiradigan javob reaksiyasini yuzaga chiqarmay, dominantaga xos bo‘lgan javob reaksiyasini yuzaga chiqaradi.

Masalan, hayvonning ovqat yutish harakatlarini bajarib turganida bosh miya po‘stlog‘idagi harakatlantiruvchi zonaning ayrim nuqtalari ta’sirlansa, tegishli muskullar qisqarmay, ovqat yutish harakatlari kuchayadi.

Hayvonot dunyosi rivojlangan sari bosh miya po‘stlog‘ining aliamiyati tobora oshadi. Tuban darajadagi hayvonlarda, masalan baqada murakkab harakatlarning yuzaga chiqishi uchun faqat orqa miyaning butun boiishi kifoya bo‘lsa, yuqoriroq darajadagi hayvonlarda harakatlar koordinatsiyasining yuzaga chiqishi uchun bosh miya hal qiluvchi ahamiyatga ega boia boshlaydi. Odamda esa harakatlami bosh miya po‘stlog‘i idora etadi.

Odamdagi harakatlarning koordinatsiyasida bosh miyaning po‘stloq ostidagi bo‘limlari, ya’ni o‘rta miya, miyacha va shu kabilar ham qatnashadi. Ammo odamda harakatlar bosh miya po‘slog‘ining ta’siri bilangina murakkab tarzda uyg‘unlashadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, bosh miyaning po‘stloq ostidagi tuzilmalari, masalan, miyacha faoliyati buzilganda harakatlar koordinatsiyasi muayyan tarzda buziladi.

Uyg‘unlashgan murakkab harakatlar yuzaga chiqishi uchun markaziy asab tizimining hamma bo‘limlari kelishib ishlashi kerak. Bosh miya po‘slog‘i esa ana shu bo‘limlaming kelishib ishlashini ta’minlaydi.




Download 379,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish