Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]



Download 228,72 Kb.
bet15/99
Sana31.03.2022
Hajmi228,72 Kb.
#520859
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99
Bog'liq
Jinoiy-ijroiya kodeksi

252-modda. Jazolarni ijro etish inspeksiyasining majburiyatlari
Jazolarni ijro etish inspeksiyasi:
mahkumlarning hisobini yuritishi;
mahkumlarga jazoni o‘tash tartibi va shartlarini tushuntirishi;
mahkum tomonidan jazoni o‘tash shartlariga rioya etilishini nazorat qilishi;
majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslar jazoni o‘taydigan joyda (obyektda) tashkilotlar (organlar) tomonidan hukm talablarining bajarilishini nazorat qilishi;
mahkumlar ishlagan vaqt hisobini yuritishi va tashkilotlarning (organlarning) majburiy jamoat ishlari o‘taladigan joylar (obyektlar) bo‘yicha mahkumlar ishlagan vaqt hisobga olinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni solishtirib chiqishni vaqti-vaqti bilan amalga oshirishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqida nizom”ning 24-bandi.
253-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining majburiyatlari
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
jazolarni ijro etish inspeksiyasiga mahkumlar majburiy jamoat ishlarini o‘tashi mumkin bo‘lgan joylarning (obyektlarning) ro‘yxatini va majburiy jamoat ishlarining turlarini kelishuv uchun taqdim etadi;
mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlarini o‘tash uchun zarur sharoitlar tashkil etilishini ta’minlaydi;
majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslarning mehnatini qo‘llash samaradorligini o‘rganadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqida nizom”ning 29-bandi.
254-modda. Tashkilot (organ) ma’muriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari
Mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlari o‘taladigan joydagi (obyektdagi) tashkilotning (organning) ma’muriyati:
majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarni tashkil etishi;
ishlarni bajarish uchun tegishli sharoitlarni ta’minlashi;
mahkumlarni jazoni o‘tash soatlariga mos bo‘lgan ish hajmi bilan ta’minlashi;
mahkumlar tomonidan o‘zlari uchun belgilangan ishlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
jazolarni ijro etish inspeksiyasiga mahkumlar tomonidan ishlab berilgan soatlar miqdori, ular bajargan ishlarning sifati va mahkumlarning xulq-atvori haqida ma’lumotlar taqdim etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
mahkumlar majburiy jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan taqdirda, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda zararning o‘rnini qoplash choralarini ko‘rishi shart.
(254-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqida nizom”ning 26-bandi.

Download 228,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish