Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]


-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining vazifasi



Download 228,72 Kb.
bet2/99
Sana31.03.2022
Hajmi228,72 Kb.
#520859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
Jinoiy-ijroiya kodeksi

2-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining vazifasi
Jinoyat-ijroiya qonunchiligining vazifasi jazo ijrosini ta’minlash, mahkumlarni axloqan tuzatish, jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining amal qilishi
Jinoyat-ijroiya qonunchiligi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi.
Jazoni ijro etish va mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari amalda bo‘lgan qonunchilikka muvofiq qo‘llaniladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-son “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 43-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
4-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi va xalqaro-huquqiy hujjatlar
Jinoyat-ijroiya qonunchiligi xalqaro huquqning jazoni ijro etish va mahkumlar bilan muomalada bo‘lishga taalluqli prinsiplari va normalarini inobatga oladi.
Jinoyat-ijroiya qonunchiligining normalari mahkumlarni qiynoqqa solish va boshqa g‘ayriinsoniy yoki kamsituvchi muomala turlaridan himoya qilish to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarga zid bo‘lishi mumkin emas.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida jinoyat-ijroiya qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnomaning qoidalari qo‘llaniladi.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5-modda. Jazoni ijro etish asosi
Jazoni ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya yoki avf akti asos bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 528, 531 — 546 va 5361-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 76-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli “O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-son “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 228,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish