Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]



Download 228,72 Kb.
bet20/99
Sana31.03.2022
Hajmi228,72 Kb.
#520859
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   99
Bog'liq
Jinoiy-ijroiya kodeksi

30-modda. Jazo muddatini hisoblash
Axloq tuzatish ishlari muddati mahkum ishlagan va uning ish haqidan ushlab qolingan davr mobaynidagi yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Mahkum ishlab bergan kunlar miqdori sud tomonidan belgilangan jazo muddatining har oyiga to‘g‘ri keladigan ish kunlari miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. Agar mahkum ana shu miqdordagi ish kunlarini ishlab bermagan bo‘lsa va ishlanmagan kunlarni jazo muddatiga qo‘shib hisoblash uchun ushbu Kodeksda belgilab qo‘yilgan asoslar bo‘lmasa, axloq tuzatish ishlarini o‘tash mahkum belgilangan ish kunlari miqdorini to‘liq ishlab berguniga qadar davom etadi.
Ish vaqti jamlab hisobga olinadigan korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan mahkumlarning jazoni o‘tash muddati ish soatlarining normal miqdoriga amal qilingan holda, hisobga olinadigan davrdagi ish vaqti muddatidan kelib chiqib hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 123-moddasi.
Jazoni o‘tash muddati korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati jazolarni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan, boshqa joylarda o‘taladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar uchun esa — ular jazoni o‘tash uchun yuborilgan korxona, muassasa, tashkilotda ish boshlagan kundan boshlanadi.
Mahkum ishlamagan, ammo qonunga muvofiq uning ish haqi saqlanib turgan vaqt, shuningdek mahkum ishsiz deb topilgan vaqt axloq tuzatish ishlarini o‘tash muddatiga qo‘shib hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 60, 67, 165, 166, 167, 219, 237-moddalari.
Jazoni o‘tash muddatiga quyidagilar qo‘shib hisoblanmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanmaydigan kasallik vaqti;
(30-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002-yil 28-fevraldagi 71-sonli “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash chegarasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
qamoq tariqasidagi ma’muriy jazoni o‘tash vaqti, boshqa jinoyat sodir etganligi munosabati bilan qamoqda saqlangan vaqt.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 29-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 245-moddasi, “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi” yo‘riqnomaning 50 — 54-bandlari (ro‘yxat raqami 2922, 28.08.2017-y.).

Download 228,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish