Odoblar xazinasi



Download 468 Kb.
bet43/47
Sana27.07.2021
Hajmi468 Kb.
#130136
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Adabiyot so'z sa'nati

SHUKRULLO

1. Shukrullo qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1921-yil, Toshkent shahri.

2. Shukrulloning ismi va familyasi? J: Shukrullo Yusupov.

3. “Javohirlar sandig‘i”, “Kafansiz ko‘milganlar”, “Tirik ruhlar” kabi nasriy asarlar muallifi kim? J: Shukrullo.

4. Shukrulloning so‘nggi 10-15 yil oralig‘ida e’lon qilingan asarlari? J: “Javohirlar sandig‘i”, “Kafansiz ko‘milganlar”, “Tirik ruhlar”.

5. Qaysi shoirning otasi G‘afur G‘ulom bilan yaqin tanish va suhbatdosh bo‘l-gan? J: Shukrulloning.

6. Shukrulloning otasining asl kasbi nima edi? J: Emchilik (xalq tabobati b-n shug‘ullanish).

7. Shukrullo qayerlarda tahsil olgan? J: Maktabda, pedagogika bilim yurtida, Toshkent Davlat pedagogika institutida.

8. Shukrullo qayerlarda ishlagan? J: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida, badiiy adabiyot nashriyotida.

9. Shukrulloning birinchi she’ri? J: “Baxt qonuni” 1939 –yil e’lon qilingan.

10. Shukrulloning birinchi she’riy to‘plami? J: “Birinchi daftar” 1949-yil.

11. Shukrulloning 40-yillarda chop etilgan to‘plam va dostoni? J: “Birinchi daftar”, “Qalb qo‘shiqlari” to‘plamlari va “Chollar” dostoni.

12. Shukrulloning nechta she’rlar va dostonlar to‘plamlari nashr etildi? J: 20 dan ortiq.

13. Shukrulloning vatanni kuylash, uning bunyodkor, fidoyi farzandlarini ulug‘-lash, xalqlar do‘stligi g‘oyalari ilgari surilgan to‘plamlari? J: “Hayot ilhom-lari”, “Umrim boricha”, “Inson va yaxshilik”, “Inson-inson uchun”, “Ikki qoya”, “Otash va gul”, “26-tongotari”.

14. Shukrulloning 70-80-yillarda yaratilgan, inson va xotira, odamiylik kabi tushunchalar ifodalangan to‘plamlari? J: “Zarralar”, “Suyanchiq”, “Yasha-gim keladi”, “Sening baxting”.

15. “Shukur qil, nolima, tashvishim ko‘p deb, Bilasanmi, tashvish tugaydi qachon?Intilish, izlanish, doim harakat, Shundan iboratdir tiriklik, hayot”. Ushbu misralar kimning qalamiga mansub? J: Shukrullo.

16. Shukrulloning bolalar u-n chop etilgan kitoblari? J: “Bahor sovg‘asi”, “Yulduzlar”.

17. Shukrulloning O‘zbekiston teatrlarida sahnalashtirilgan sahna asarlari? J: “Xatarli yo‘l”, “To‘ydan keyin tomosha”, “Tabassum o‘g‘rilari”, “O‘g‘rini qaroqchi urdi”, “Janjal”, “Unsiz faryod”.

18. Shukrulloning tarjimalari? J: Gyote, K. Gotsi, A. Blok, T. Shevchenko, A. Tvardovskiy, Q. Quliyev, Mustay Karim.

19. Shukrulloning 80-yillarda e’lon qilingan dostoni? J: “Asr bahsi”.

20. Shukrulloning qaysi dostonida yer kurrasiga, butun insoniyatning taqdiriga xavf solayotgan urushni, atom, vodorod bombalarini … qirg’in qurollarini yara-tuvchi kishilar qoralanadi? J: “Asr bahsi” dostonida.

21. Shukrullo qaysi asarida buyuk ilmiy-texnik kashfiyotlar tinchlikka, bunyod-korlikka xizmat qilishi kerak degan fikrni badiiy obrazlarda ifoda etadi? J: “Asr bahsi” dostonida.

22. Shukrullo 80-90-yillarda qaysi sohada tajribalar qilib ko‘radi? J: Badiiy proza (nasr).

23. Shukrulloning ustozlari va turli donishmandlar tilidan hikoya qiluvchi asar-lari? J: “Javohirlar sandig‘i”.

24. Shukrulloning prozadagi birinchi tajriba asari qaysi? J: “Javohirlar sandi-g‘i”.

25. Shukrulloning qaysi asari tezda shuhrat topib, turli tillarga tarjima etilgan? J: “Javohirlar sandig‘i”.

26. Shukrulloning xotira qissasi ? J: “Kafansiz ko‘milganlar”.

27. Shukrulloning qatag‘onlik yillarini aks ettirgan asari? J: “Kafansiz ko‘mil-ganlar” xotira qissasi.

28. Shukrulloning qaysi asarida erksizlik va adolatsizlik qoralanadi, kishilarni tarix saboqlaridan xulosa chiqarib olishga chaqiriladi? J: “Kafansiz ko‘mil-ganlar” xotira qissasida.

29. Shukrulloning so‘nggi yillarda e’lon qilingan va XX asr boshlarida mam-lakatimizda yuz bergan hodisalar xalqimizni savodli, ma’rifatli qilib, o‘zligini, o‘z haq-huquqlarini tanitib, siyosiy ozodlikka erishish u-n kurashgan ajdod-larimiz, xususan, birinchi o‘zbek yuristi Ubaydulla Ho‘jayev hayoti hikoya qilingan, qatag‘onga uchragan fojiali taqdirlar bitilgan romani? J: “Tirik ruhlar” romani.

30. Shukrulloning qaysi she’rida onasi o‘lganda yetib kelmagan, tirigida yo‘q-lamagan takabbur o‘g‘il qoralangan? J: “Qabr toshi”.

UMR HAQIDA ERTAK”

1. “Bolalik- yoshligimda, Bobom aytardi ertak” misralari qaysi asardan olingan? J: “Umr haqida ertak”, Shukrullo.

2. Shukrulloning xotirasidan chiqmaydigan ertak? J: “Umr haqida ertak”.

3. “ Baliqday suzgich ekan,Daryolarda o‘tishda. Yamoq ham tikar ekan,Mohir ekan har ishda” misralari qaysi asardan olingan? J: “Umr haqida ertak”, Shukrullo.

4. Shukrulloning qaysi asarida odamlar ozod, erkin vatanda yashasa, halol meh-nat qilib farovon hayotga erishsalar, shundagina yashadim deyishga haqlidirlar degan fikrni ilgari suradilar? J: “Umr haqida ertak”.

5. Shukrulloning “Umr haqida ertak” asarida kim haqda gap boradi? J: Say-yoh.

6. Shukrulloning “Umr haqida ertak” asarida sayyoh o‘lganlarning yoshini nechadan oshiq ko‘rmabdi? J: 3 yoshdan oshiq.

7. Sayyoh ko‘rgan dehqon necha yil yashagan? J: Yarim yil (asli yoshi 60 da).

8. Sayyoh ko‘rgan olim necha yil yashagan? J: Bir oy (asli yoshi 40 da).

9. Sayyoh o‘lganlarning yoshi haqida kimdan so‘raydi? J: Mozor Shayxidan.

10. Sayyoh vasiyatini kimga aytadi? J: Mozor Shayxiga.

11. “Yetib baloyi qazo O‘lar bo‘lsam men agar,Qabr toshimga faqat Shuni yozing birodarBu odam sayyoh bo‘lib Izlagan erkinlik, baxt.Maqsadiga yetolmay, Tug‘ilib o‘lgan bevaqt.” Ushbu vasiyat kimga tegishli? J: Sayyohga.

12. Sayyoh yurt kezib nima izlagan? J: Erkinlik va baxt.

13. Shukrulloning “Umr haqida ertak” asari necha qismdan iborat? J: 2 qism-dan.

14. Ertakning qaysi qismida sayyohning erkin va obod mamlakatda yashab qol-ganligi aytib o‘tiladi? J: 2-qismda.

15. “Umr haqida ertak” asarining ikkinchi qismi qahramonlari? J: Bobo, nabi-ra, sayyoh, chol.

16. Shukrulloning “Umr haqida ertak” asarida qanday g‘oya kelib chiqadi?

J: Inson o‘z umrini behuda, keraksiz narsalarga emas, aksincha, ezgu ish-larga, bunyodkorlikka, ulug‘ maqsadlarni amalga oshirishga sarflashi lo-zim.


Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish