Ofis texnikalari va ularga texnik xizmat ko’rsatish



Download 0,56 Mb.
bet7/24
Sana30.03.2022
Hajmi0,56 Mb.
#518332
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Ta’minot manbayi – tarkibida ShKning alohida va tarmoqli elektr ta’minot tizimi mavjud bo‘lgan blokdir. Yuqorida keltirilgan bloklarning barchasi har qanday ShK ning asosini tashkil qiladi, ularsiz ShK to‘laqonli kompyuter deb hisoblanmaydi. 1.1-rasmda keltirilgan boshqa qurilmalar protsessor va uning xotirasiga nisbatan tashqi terminal qurilmalarga kiradi. Terminal qurilmalarga quyidagilar kiradi:
– foydalanuvchining muloqat vositalari;
– axborotni kiritish qurilmalari;
– axborotni chiqarish qurilmalari;
– aloqa va telekommunikatsiya vositalari.
Foydalanuvchining muloqat vositalari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • videomonitor (videoterminal, displey) – ShKga kiritilayotgan va chiqarilayotgan axborotlarni ekranda aks ettiruvchi qurilma;

– nutqli kiritish-chiqarish qurilmalari – tez rivojlanib borayotgan multimedia vositalari.
Kiritish qurilmalariga quyidagilar kiradi:
– klaviatura – ShKga sonli, matnli va boshqaruv axborotlarni qo‘lda (tugmalar yordamida) kiritish qurilmasi;
– grafk planshetlar (digitayzerlar) – planshet yuzasida maxsus ko‘rsatgichni (qalam) harakatlantirish yo‘li bilan grafk axborotni qo‘lda kiritish qurilmasi;
– skanerlar (o‘qish avtomatlari) – qog‘ozli va plonkali tashuvchilardan avtomatik tarzda o‘qish uchun va mashina yozuvidagi matnlarni, tasvirlarni, rasmlarni, chizmalarni ShKga kirituvchi qurilma;
– sensorli ekranlar – ShK ga displey ekranidagi tasvirning alohida elementlari, dasturlarni yoki buyruqlarni kiritishga mo‘ljallangan qurilma.
Chiqarish qurilmalariga quyidagilar kiradi:
– printerlar – axborotni qog‘oz yoki plenkali tashuvchilarga qayd qilish uchun mo‘ljallangan bosmaga chiqarish qurilmasi;
– grafik quruvchilar (plotterlar) – grafik axborotlarni (grafikalarni, chizmalarni va rasmlarni) ShKdan qog‘ozli tashuv chilarga chiqarishga mo‘ljallangan qurilma. ShK tarkibiga kiritish-chiqarish terminallari bilan bir qatorda murakkab hisoblash tizimlari va tarmoq kompyuterlari bilan bog‘lovchi (ulovchi) qurilmalarni kiritish ham mumkin. 1.1-rasmda bu turdagi ko‘p qo‘llanuvchi tarmoq adapter ko‘rsatilgan. Ma’lumotlarni uzatish va aloqa qurilmalariga analog-raqamli o‘zgartirgich (ARO‘) va raqamli-analog o‘zgartirgich (RAO‘), ma’lumot uzatish multipleksorlari, modemlar, tarmoqdagi o‘zaro aloqa standartlarini moslashtirish uchun mo‘ljallangan interfeysli plata va kartalar kabi qurilmalar ham kiradi. Yuqorida keltirilgan qurilmalarning ko‘pi multimediya ish tartibini ta’minlovchi vositalar guruhiga tegishli.
Multimedia – bu apparat va dasturiy vositalarning majmuasi bo‘lib, insonga, muloqat uchun tabiiy bo‘lgan muhitlardan: tovush, video, tasvir, animatsiyalardan foydalish yo‘li bilan kompyuter orqali muloqot qilish imkonini beradi.
Multimediya vositalariga nutqli axborotni kiritish va chiqarish qurilmalari; mikrofon va videokameralar, kuchaytirgichlar, ovoz kolonkalari bilan akustik va videotasvir tizimlari, katta video ekranlar; tovush va videoadapterlar, videomagnitofondan yoki videokameradan tasvirni qamrab oladigan va ShKga kiritadigan videoqamrov platalari; hozirda keng tarqalgan, bosma matnlar a rasmlarni kompyuterga avtomatik tarzda kiritish imkonini beruvchi skanerlar; nihoyat, tovushli va video axborotlarni yozish uchun qo‘llaniladigan, katta hajmli optik disklardagi tashqi xotira qurilmalari kiradi.


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish