«ogahiyning poetik mahorati»


Ohkim hijron o‘tidin quyib jonim o‘zga nav’



Download 324,29 Kb.
bet14/41
Sana14.04.2022
Hajmi324,29 Kb.
#550932
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
majmua Ogahiyning poetik mahorati

Ohkim hijron o‘tidin quyib jonim o‘zga nav’,
O‘rtadi ofoqni o‘tliq fig‘onim o‘zga nav’.
... Manzurning xat va zulfida bu uch matla’durkim, bir-biriga javob voqe` bo‘lubdur, qofiya va radif ul hazratning bu manba mujtahid tab’ining ixtiroidur. Avvalg‘i matla’ budurkim:
Sabzai xatting ichida o‘ylakim jondur nihon,
Huqqai la’ling aro ham durri g‘altondur nihon”.
Keltirilgan dalillar radif kashfiyotiga e’tibor hamma davrda kuchli bo`lganini tasdiqlaydi. Muhammadrizo Ogahiy ham o‘z she’riyatida ilgari qo‘llanmagan ko‘plab yangi va nafis radiflarga asoslanib uning
Chun bukun yetti qo`lum ul sho‘x dildor ilgiga,
Go‘iyokim yetti ilgim baxti bedor ilgiga.

Bashar xayli vujudi bog‘ig‘a devor xil’atdur,


Binoiy obro‘si tarixg‘a me’mor xil’atdur.

Qo‘yibman to taalluq mahbasi ichra qadam yolg‘uz,


Chekarman har nafas g‘am shahnasidin ming sitam sitam yolg‘uz

matla’li kabi ko‘plab g‘azallari, muxammaslaridagi radiflar shular jumlasidandir.


Ogahiy o‘zining ikki so‘zli radiflaridan ko‘pini yangi radiflar sifatida qo‘llagan. Shoir bitgan 382 g‘azalning 229 tasida bir so‘zli radif ishlatilgan bo‘lsa, 42 g‘azal radifi ikki so‘zli edi. Ular orasida

Vah, ne balodur, bilmadim, ey dilrabo, qosh-u ko‘zing,


Kim, bir nazarda soldi o‘t jonim aro qosh-u ko‘zing.

Keldi bukun ketib ko‘han ayyom toza yil,


Bo‘ldi jahong‘a fayzi xudo toza yil.

Ul pari mujgonim-u qilmish namoyon ikki saf,


Yo balo xayli tuzubdur qasd etib jon ikki saf

kabi matla’li g‘azallar ko‘p. Shoirning

Chu qildi oraz-u qadding tamosho bulbuli qumri,
Gul ila sarv sori boqmas aslo bulbuli qumri

matla’li g‘azalida ot turkumidan ikki so‘zni radif o‘rnida qo‘llagan bo‘lsa,


Kelib nagoh meni ul qoshi yo o‘lturmay o‘lturdi,
Otib mujgon o‘qin, aylab jafo o‘lturmay o‘lturdi

bayti bilan boshlanuvchi g‘azalda ikki shakldosh fe’lni bo‘lishli va bo‘lishsiz tarzda qo‘llab bu sohadagi o‘zining noyob mahoratini namoyish etgandi.


Ogahiy an’anaviy juft so‘zli radiflarga murojaat etgan holda

Manga zulm aylab ul qotil ayon ohista-ohista,


Chekib tiyg‘ini aylar qasdi jon ohista-ohista

matla’li g‘azalini bitgan bo‘lsa, juft so‘zli yangi radif asosida

Qachon sursa samand ul shahsuvor aylona-aylona,
Borur ko‘nglum anga beixtiyor aylona-aylona
deb boshlanuvchi g‘azalini yaratgan edi.
Ogahiy ikki so‘zli radiflar qo‘llashning xilma-xil imkoniyatlari mavjudligini amalan isbot qilib, kutilmagan kashfiyotlar yaratadi. Uning har baytda ikkitadan qofiya va ikkitadan ikki so‘zli radifga asoslanib yozilgan ana shunday noyob badiiy obidalardan sanaladi.
Bog‘ ichradur gul bir taraf, devona bulbul bir taraf,
Noz-u tag‘oful bir taraf, faryod-u g‘ulg‘ul bir taraf.
Tuz bazmi ishrat bog‘ arokim, bas nishot afzodur,
Ruxsorai gul bir taraf, jo‘yi sunbul bir taraf.
Gulshanda ishrat qilg‘oli elga salot om erur,
Afg‘oni bulbul bir taraf, ham xandai gul bir taraf
Kabi serjilva to‘qqiz baytdan tashkil topgan ushbu g‘azal chindan ham noyob kashfiyot edi.
Ana shunday kashfiyotlardan yana biri shoirning

Toki ul qotilg‘adur sandon ko‘ngul, xunxor ko‘z,


Javru zulmidin manga vayron ko‘ngul, xunbor ko‘z.
Ko‘z yuzin ko‘rgach, ko‘ngul bordi anga yuz shavq ila.
Ishq yo‘lida magar sulton ko‘ngul, sardor ko‘z.
Kelsa ul shah qilg‘usi bosh-u ayoqig‘a aning
Jonim-u ashki durin qurbon ko‘ngul, isor ko‘z

kabi ta’sirchan baytlardan tashkil topgan g‘azal edi. Ogahiy ushbu asarda ikki qofiya va ikki radif qo‘llab, she’riyatimiz uchun yangi bo‘lgan usulni adabiyotimizga olib kirdi.


Ogahiy she’riyatida uch so‘zdan tashkil topgan radiflar ham anchagina qo‘llangan: shoir 2 ta g‘azalini ana shunday radiflar zaminida yaratgan edi. Bular

To namoyon ayladi jonon qad-u ruxsor-u lab,


Qildi olam ahlini hayron qad-u ruxsor-u lab

matla’li g‘azaldagi kabi ta’dil san’ati qo‘llangan uch so‘zli radifli, yana

Ey, yuzing shavqi tanimdin oldi jon, bir bo‘sa ber,
Vey, labing zavqi tanimdin oldi jon, bir bo‘sa ber

bayti bilan boshlanuvchi zulqofiyatayn san’ati qo‘llangan g‘azaldir.


Shoir adabiyotimizdagi 4-5 so‘zli radiflarni qo‘llash sahoasida ham o‘z qalamini sinab,
Ashkima gar kanora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun netay,
Ohima ham shumora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun netay.

Ey sho‘x, qosh-u ko‘zinga olam gado, man ham gado,


La’li labi durposhinga olam gado, man ham gado

ma’tlali g‘azallar kabi benazir asarlar yaratdi.


Ogahiy ikki so‘zli radiflarni takrorlash usulini ham qo‘llagan holda

Qachonki, ul pari ko‘zdin nihon o‘ldi, nihon o‘ldi,


Ishim Majnun kibi oh-u fig‘on o‘ldi, fig‘on o‘ldi
matla’li g‘azalini bitgan edi.
SAVОL VA TОPSHIRIQLAR:



  1. Masnaviy dеb nimaga aytiladi?

  2. “Ta’viz ul-оshiqin” dеvоnidagi masnaviylar haqida gapiring.

  3. Tariхiy va tarjima asarlar tarkibidagi masnaviylar haqida gapiring.

  4. Ijtimоiy-siyosiy masnaviylar haqida so‘zlang.





Download 324,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish