Oila huquqi fanidan yakuniy nazorat uchun test savollari



Download 23,07 Kb.
Sana11.03.2022
Hajmi23,07 Kb.
#490904
Bog'liq
oila huquqi (1)


Oila huquqi fanidan yakuniy nazorat uchun test savollari
1.O'zbekiston Respublikasining amaldagi Oila kodeksini tizimini aniqlang:
8 bo'lim, 30 bob , 238 modda;
24 bob, 7 bo'lim, 302 modda;
10 bo'lim, 36 bob, 250 modda;
6 bo'lim, 36 bob, 240 modda.
2. Nikoh tuzishga mone'lik qiluvchi holatlarni aniqlang:
nikohlanuvchilarning to'g'ri shajara bo'yicha qarindosh ekanligi
er-xotinning qarindosh ekanligi va loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar
nikohga kirayotganlardan birining chet fuqarosi ekanligi;
nikohga kirayotganlarning ota-onasining noroziligi;
3. Oila huquqida to'liq muomala layoqati necha yoshdan boshlanadi?
18
16
21
17
4. Vasiylik necha yoshgacha bӯlgan shaxslarga belgilanadi?
14 yoshgacha;
6-12 yoshgacha;
5-14 yoshgacha;
10-16 yoshgacha bo'lgan bolalarga.
5. Quyidagilardan kimlar vasiy bo’lib tayinlanishi mumkin emas?
ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki ota-onalik huquqlari cheklangan shaxslar;
ma’muriy jazo chorasi qo’llanilgan shaxslar
qarindoshlaridan boshqa shaxlar mumkin emas;
muqaddam jinoyat sodir etganlar;
6. Quyidagi holatlardan qaysi biri ota-onalik huquqidan mahrum etishga asos bo'lmaydi?
ota-onalardan birining uzoq vaqt safarda bo'lishi;
ota-onadan birining surunkali ichkilikbozlikka berilganligi;
bolalari bilan o'ta shafqatsiz muomalada bo'lishi;
ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bo'yin tovlashi.
7. Quyidagi holatlardan qaysilari shaxsni ota-onalik huquqidan mahrum qilishga sabab bo’lmaydi?
Ehtiyotsizlikdan jinoyat sodir etganlar;
ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to'lashdan bo'yin tovlasa;
ota-onalik huquqini suiiste'mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo'lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta'sir ko'rsatsa;
o'z bolalarining hayoti yoki sog'lig'iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog'lig'iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo'lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
8. Necha yoshdan boshlab voyaga yetmaganlar mustaqil sudga murojaat qilishlari mumkin?
14 yosh.
10 yosh;
12 yosh;
16 yosh;
9. Quyidagi printsiplardan qay biri O'z R Oila kodeksida nazarda tutilmagan?
demokratizm printsipi
erkak va ayolning teng huquqliligi
oilaviy munosabatlarda fuqarolarning teng huquqliligi;
bolalikning muhofaza qilinishi;
10. Oilaviy munosabatlarni tartibga solishda qanday hollarda mahalliy urf-odat va an'analar qo'llaniladi?
Oilaviy munosabatlarni tartibga solishga oid normalar bo'lmaganda;
har qanday hollarda;
Oila qonunchiliga ko'ra bunday holatlar nazarda tutilmagan;
Voyaga yetmaganlar manfaatlariga doir munosabatlarni tartibga solishda.
11. O'zbekiston Respublikasida qachon «Oila yili» deb e'lon qilingan?
1998 yil;
2001 yil;
1994 yil;
1999 yil.
12. Oilaviy munosabatlardan kelib chiqadaigan talablarga da'vo muddati qanday?
ushbu talablarga muddat joriy qilinmaydi.
10 yil;
1 yil;
3 yil bo'lib, ushbu muddatlar faqat voyaga yetmaganlar manfaatlari bilan bog'liq oilaviy munosabatlar qo'llaniladi;
13. Davom ettiring: Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko'rikdan o'tish hajmi va tartibi –
O'z R Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi;
O'z R Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi;
hududiy FXDYo organlari tomonidan belgilanadi;
14. Homiylik necha yoshli bolalarga belgilanadi?
14-18 yoshgacha.
10 – 16 yoshgacha;
12-16 yoshgacha;
14-16 yoshgacha;
15. Quyidagilardan kimlarga homiy belgilanmaydi?
muomalaga layoqatsizlarga;
yetim bolalarga;
muomala layoqati cheklanganlar;
yoshi 50 dan oshgan shaxslarga.
16. O'zbekiston Respublikasining «Bola huquqlarining kafolatlari» to'g'risidagi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan qachon qabul qilingan?
2007 yil 23 noyabr;
2007 yil 1 dekabr;
2007 yil 29 avgust;
2008 yil 7 yanvar.
17. Er-xotin o'rtasida qachondan boshlab huquq va majburiyatlar vujudga keladi?
nikoh FHDYo organlarida ro'yxatga olingan paytdan boshlab;
nikohdan o'tish uchun FHDYoga ariza berilgan kundan boshlab;
nikoh tuzilganligi to'g'risidagi nikoh guvohnomasini qo'llariga olgan kundan boshlab;
nikohlanuvchilar tibbiy ko'rikdan o'tib, bu boradagi hujjatlarni taqdim etgan paytlaridan boshlab.
18. Voyaga yetmagan necha yoshdan ota-onalik huquqini mustaqil amalga oshiradilar?
16 yosh;
14 yosh;
17 yosh;
15 yosh.
19. Quyidagilardan kimlar farzandlikka olishi mumkin?
ehtiyotsizlikdan jinoyat sodir etganlari uchun muqaddam hukm qilinganlar;*
ota-onalik huquqi cheklangan shaxslar;
asab kasalliklari bilan ro'yxatda turuvchilar;
muomala layoqati cheklangan deb topilganlar.
20. O'lim sodir bo'lganligi haqidagi ariza o'lim sodir bo'lgan kuni yoki murda topilgach, necha kundan kechiktirmay berilishi lozim?
o'sha kuni;
7 kun;
5 kun;
3 kun.
21. Nuqtalar o'rniga kerakli so'zlarni qo'ying: «Jins o'zgarganda dalolatnoma yozuviga tuzatish kiritish faqat kimning xulosasiga asosan amalga oshiriladi»?.
Sog'liqni saqlash organlari.*
Ichki ishlar organlari;
O'zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi;
O'z R Adliya Vazirligi;
22. Oilaga tarbiyaga olingan bolalarga quyidagi huquqlardan qaysi biri tegishli emas?
tutingan ota-onasining farzandlari bilan bir qatorda meros olish.
pensiya, ijtimoiy to'lovlarni olish;
uy-joyga bo'lgan mulk huquqi, nafaqa olish;
qarindoshlar bilan ko'rishish huquqi, uy-joy olish huquqi;
23. Quyidagilardan qay biri fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlar bo'lib hisoblanmaydi?
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limlari va vasiylik, homiylik organlari.
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limlari, fuqarolar yig'ini raislari
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limlari, fuqarolar yig'ini oqsoqollari
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limlari, hokimliklar
24. Davom ettiring: «Vasiy yoki homiylik bo'yicha majburiyatlarni bajarish uchun vasiy yoki homiy … -
tuman, shahar hokimining qarori bilan tayinlanadi
fuqarolik ishlari bo'yicha sudlar tomonidan tayinlanadi
O'z R Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tayinlanadi
faqat tuman shahar tibbiyot birlashmalari tomonidan tayinlanadi.
25. Ota-onadan voyaga yetmagan ikki bola uchun alimentning mikdori qaysi javobda tug'ri ko'rsatilgan?
1\3*
1\4
1\2
50 foiz
26. Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining ……kam bo'lmasligi kerak. Nuqtalar ӯrniga kerakli sӯzlarni qo’ying.
26,5 foizidan
yarmidin
30 foizidan
25 foizidan
27. Nuqtalar o'rniga kerakli so'zlarni qo'ying: «Tug'ishgan aka-uka va opa-singil qarindoshlikning ….. darajasida, tog'a va amaka,amma va xolla o'z jiyanlari bilan qarindoshlikning …., darajasida turadilar».
ikkinchi ….uchinchi
birinchi ….. ikkinchi
uchinchi ….. to'rtinchi
to'rtinchi …beshinchi
28. Nuqtalar o'rniga kerakli so'zlarni qo'ying:
Sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan nikoh …….boshlab haqiqiy emas deb topiladi.
nikoh tuzilgan vaqtidan
nikohdan o'tishga ariza bergan kundan
haqiqiy emasligi aniqlangan kundan
bu haqida boshqalarga ma'lum bo'lgan kundan
29. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo'yicha qonunchilikning qo'llash amaliyoti tug'risida»gi Qarori qachon qabul qilingan?
2011 yil 20 iyul
2000 yil 22 iyun
2011 yil 20 iyun
2011 yil 29 avgust
30. Davom ettiring: «Agar sud ota-ona ham, bolani o'z qaramog'iga olgan shaxs ham bolaga lozim darajada tarbiya berishni hamda uni kamolotga yetkazishni ta'minlay olmaydilar deb topsa, bolani …….».
vasiylik va homiylik organiga olib beradi
uning bobo-buvisiga olib beradi
yaqin qarindoshlariga olib beradi
mehribonlik uylariga olib beradi.
31. Sud qanday vaqt mobaynida ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi hal qiluv qarorining ko'chirmasini fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart?
hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan so'ng uch kun
hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan so'ng bir oy ichida
hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan so'ng
hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan so'ng 7 kun ichida
32. Kimlar farzandlikka olishni bekor qilishni talab etish huquqiga ega?
ota-onasi, vasiylik va homiylik organi, prokuror
faqat prokuratura
faqat bolaning o'z ota-onasi
faqat voyaga yetmaganlar ishi bilan shug'ullanuvchi komissiyalar
33. Nuqtalar o'rniga kerakli so'zlarni qo'ying: «Nikohning haqiqiy emas deb topilishi shunday nikohdan tug'ilgan yoki nikoh haqiqiy emas deb topilgan kundan keyin ….. kun ichida tug'ilgan bolalarning huquqlariga ta'sir etmaydi».
300
360
320
341
34. Ota-ona bilan necha yoshga to'lgan voyaga yetmagan bolalar o'rtasida umumiy mulk huquqi vujudga kelishi mumkin?
14 yosh
12 yosh
16 yosh
17 yosh
35. O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksi necha bob va necha moddadan iborat?
30 bob va 238 moddadan
20 bob va 200 moddadan
25 bob va 250 moddadan
30 bob va 234 moddadan
36. BMT tomonidan 1989yil 20-noyabrda qabul qilingan me’yoriy hujjat qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
Bola xuquqlari to'g'risidagi konventsiya
Inson xuquqlari Umumjaxon deklaratsiyasi
Xalqaro shartnomalar to'g'risidagi qonun
Fuqarolik, oilaviy, jinoiy ishlar bo'yicha huquqlar va huquqiy munosabatlar to'g'risidagi konventsiya
37. Oilaviy munosabatlarda da'vo muddatini qo'llashda sud qaysi me'yoriy hujjatga amal qiladi?
O'zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksiga
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga
O'zbekiston Respublikasining oila kodeksiga
O'zbekiston Respublikasining Sudlar to'g'risidagi qonuniga (1998 yil 30 apreldan)
38. Nikox tuzish nikoxlanuvchilarning FXDYo organlariga ariza berganlaridan qancha vaqt o'tgach amalga oshiriladi?
1 oy o'tgach
2 oy o'tgach
3 oy o'tgach
Ariza bergan kunning ertasiga
39.Familiya tanlash xuquqi ............
Er va xotinga tegishli bo'lgan shahsiy huquq xisoblanadi
Erga tegishli bo'lgan shahsiy huquq xisoblanadi
Xotinga tegishli bo'lgan shahsiy huquq xisoblanadi
FXDYo xodimini huquqi hisoblanadi
40. Nikoh shartnomasi er xotinning qanday munosabatlarini tartibga sola olmaydi?
Mulkiy munosabatlarni
Shaxsiy munosabatlarni
Shaxsiy nomulkiy munosabatlarni
Mulkiy va nomulkiy munosabatlarni
41. Nikox yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topish Oila kodeksining nechanchi moddasida keltirilgan?
Oila kodeksining 51-moddasida
Oila kodeksining 41-moddasida
Oila kodeksining 42-moddasida
Oila kodeksining 47-moddasida
42. Ota-onalik huquqini cheklash to'g'risidagi da'vo qaysi xuquq subьektlari tomonidan qo'zg'atiladi?
Bolaning yaqin qarindoshlari, umumta'lim muassasalari, prokuror
Bolaning yaqin qarindoshlari
Prokuror, vasiylik va xomiylik organi
Umumta'lim muassasalari
43.Qaysi hollarda er va xotin FXDYo organi tomonidan nikohdan ajratiladi?
Tenglik, rozilik, mulkiy nizolarning mavjud bo'lmasligi, voyaga yetmagan bolalar bo'lmagan taqdirda
Er-xotinning talabi bilan
O'rtada voyaga yetmagan bolalar bo'lmasa
Ota-onaning talabi bilan
44.Qaysi organlar vasiylik va homiylik organlari bo'lib hisoblanadi?
Xalq ta'limi, ijtimoiy ta'minot va sog'liqni saqlash bo'limlari
Fukarolarni o'zini o'zi boshqarish organlari
Xokimliklar
Sudlar
45.Nikoh yoshi kimning talabi bilan qisqartilishi mumkin?
Tuman yoki shahar hokimining qarori bilan
Shahar hokimining qarori bilan
FXDYo organining ruxsati bilan
Sudning hal qiluv qarori bilan
46.Nikoh so'zi nimani anglatadi?
Nikoh so'zi arabcha so'zdan olingan bo'lib, qo'shilish degan ma'noni anglatadi
Nikoh so'zi oila qurish degan ma'noni anglatadi
Oila degan ma'noni
Nikoh so'zi er-xotinlik munosabatini bildiradi
47.O'n yoshga to'lgan voyaga yetmagan bolaning ismi yoki familiyasini o'zgartirish uchun...........?
Bolaning roziligi kerak
FXDYo organining roziligi kerak
Ota-onasining roziligi kerak
Xokimiyatning roziligi kerak
48.Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar qaysi javobda to'g'ri keltirilgan?
Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar Oila kodeksining 16-moddasida belgilanib qo'yilgan
Nikoh tuzish uchun o'zaro roziliklikning mavjud bo'lmasligi
Nikoh yoshiga yetmaslik
Sohta nikox
49.Nikoh qachon haqiqiy emas deb topiladi?
Oila kodeksi normalari bilan belgilab qo'yilgan nikoh tuzish tartibi va shartlari buzilib tuzilgan taqdirda
Nikohlanuvchi shaxslar tibbiy ko'rikdan o'tmaganida
Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar mavjud bo'lganida
Nikohlanuvchilar o'zaro rozi bo'lmaganida
50.Oila huquqida shaxsiy munosabatlarga nisbatan da'vo muddati tadbiq qilinadimi?
Shaxsiy munosabatlarga nisbatan da'vo muddati umuman tadbiq etilmaydi
Tadbiq qilinadi
Ba'zi bir xollarda tadbiq qilinadi
Umumiy asoslarga ko'ra fuqarolik kodeksi normalarida belgilanib qo'yilgan da'vo muddati tadbiq etiladi
51.Oila huquqida mulkiy munosabatlarga nisbatan da'vo muddati necha yil qilib belgilangan?
3 yil
1 yil
4 yil
5 yil
52.Oila huquqida to'la muomala layoqatini nima belgilaydi?
Nikohga kirish, emansipatsiya
Nikohga kirish
Nikohning haqiqiy emasligi
Nikohning tugatilishi
53.Er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari bu.......?
Oilada er va xotining tengligi, familiya tanlashi,bolalar tarbiyasi va oila turmush masalalarini hal qilishi,mashg'ulot turini, kasb va turar joy tanlash huquqlari
Er-xotinning oilada tengligi
Faqatgina er yoki xotinga tegishli bo'lgan ularning shaxsiy huquq va majburiyatlari
Nikoh shartnomasida belgilab qo'yilgan shaxsiy huquq va majburiyatlari kiradi
54.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi bobi oilaga bag'ishlangan?
14 bobi
10 bobi
15 bobi
16 bobi
55.Vasiylik va homiylik organlari bu........
Xalq ta'limi bo'limlari, ijtimoiy ta'minot, sog'liqni saqlash bo'limlari
O'zini o'zi boshqarish organlari
Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalar
Prokuratura
56.Oila kodeksi necha bo'lim, necha bob va necha moddadan iborat?
8 bo'lim, 30 bob, 238 moddadan iborat
3 bo'lim, 9 bob, 300 moddadan iborat
12 bo'lim, 29 bob, 242 moddadan iborat
17 bo'lim, 30 bob, 243 moddadan iborat
57.Er-xotinning har birini xucuciy mulkiga nimalar kiradi?
Nikohga qadar er yoki xotinga tegishli bo'lgan va ularga meros, hadya tariqasida berilgan har qanday mol-mulklar, shuningdek, kelinning sepi va boshqalar faqatga er yoki xotinga tegishli bo'lib, ularning xususiy mulki hisoblanadi
Er va xotin tomonidan foydalaniladigan va tasarruf etiladigan har qanday mol-mulklar
Uy-joylar, dala hovlilar, avtomashina, kvartira va boshqalar kimning nomiga rasmiylashtirilgan bo'lsa, o'shaning xususiy mulki hisoblanadi
Er va xotin tomonidan foydalaniladigan va tasarruf etilmaydigan har qanday mol-mulklar
58.Nikohning tugatilishi uchun asos bo'lib nima xizmat qiladi?
Er-xotindan birining vafoti yoki vafot etgan deb elon qilinishi, shuningdek, muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning vasiysi bergan arizasiga muvofiq ajralish yo'li bilan tugatiladi
Erning muomala layoqatini cheklanishi
Xotinning muomala layoqatini cheklanishi
Er va xotinning alohida yashashlari
59.Oila huquqi normalariga binoan shaxsga berilgan to'la muomala layoqati qachon bekor qilinadi?
Nikoh haqiqiy emas deb topilganda
Nikohdan ajralganda
Nikoh tugatilganda
Muomala layoqati cheklanganda
60.Ota-ona va bolalar o'rtasidagi mulkiy huquq va majburiyatlar nimalardan iborat?
Ota-onalar va bolalarning alohida-alohida, umumiy va xususiy mulklaridan
Faqatgina xususiy mulklaridan
Umumiy ulushli mulklardan
Birgalikdagi mulklaridan
61. Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish shakllari qanday?
Oilaga tarbiyaga berish, farzandlikka berish, vasiylik va homiylik tayinlash va h.k.
Qarindoshlarnikiga joylashtirish
Oilaga tarbiyaga berish
Faqatgina farzandlikka berish
62. Oila huquqida shaxsiy munosabatlarga nisbatan da'vo muddati necha yil qilib belgilangan?
Da'vo muddati tadbiq qilinmaydi
5 yil
3 yil
10 yil
63.Oila huquqida mulkiy munosabatlarga nisbatan da'vo muddati qanday?
3 yil
5 yil
7 yil
1 yil
64.Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan nikoh munosabatiga kirishish mumkinmi?
Mumkin
Mumkin emas
Faqatgina jazoni ijro etish muassasining rahbarining roziligi bilan
Nikoh munosabatiga kiruvchi shaxsning talabi bilan
65. Er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlariga nimalar kiradi?
Er-xotinning familiya tanlash huquqi, bolalar tarbiyasi va oila turmush masalalarini hal qilishi, er-xotining mashg'ulot turi, kasb va turar joy tanlash huquqlari
Er-xotinning faqatgina o'ziga tegishli bo'lgan huquq va majburiyatlari
Er-xotinning familiya tanlash huquqi
Faqatgina o'qish va kasb tanlash huquqi
66. Nikohning tugatilishi bu…………
Er-xotindan birining vafoti yoki vafot etgan deb e'lon qilinishi, shuningdek, er-xotindan birining yoki har ikkalasining bergan arizasiga muvofiq ajralish yo'li bilan tugatilishi
Nikohning haqiqiy emasligi
Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikohni tugashi
Konkubinat nikoh
67.Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni bo'lish to'g'risidagi talablariga nisbatan necha yillik da'vo muddati qo'llaniladi
3 yillik
6 oylik
1 yillik
Da'vo muddati qo'llanilmaydi
68. Nikohdan sud tartibida ajratilganda nikohning tugatilish vaqti
Ajralish FHDYo organlarida qayd etilgan paytdan boshlab
Hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan
FHDYo organlariga sudning hal qiluv qaroridan ko'chirma yuborilgandan so'ng
Sudga ariza berilgandan so'ng
69. Necha kun ichida sud nikoh tuzilganligi ro'yxatga olingan joydagi FHDYo organiga nikohdan ajratish to'g'risdagi hal qiluv qaroridan ko'chirma yuborishi shart
10 kun ichida
20 kun ichida
12 kun ichida
7 kun ichida
70. Haqiqiy emas deb topilgan nikoh qaysi vaqtdan haqiqiy emas deb topiladi:
Nikoh tuzilgan vaqtidan boshlab
Sudga ariza berilgan paytdan
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan
FHDYo organlariga sudning hal qiluv qaroridan ko'chirma yuborilgan paytdan
71. Bolaning otasi yoki onasi deb yozilgan shaxs shu yozuv to'g'risida necha yil mobaynida sud tartibida e'tiroz bildirishi mumkin:
1 yil mobaynida
3 yil mobaynida
5 yil mobaynida
2 yil mobaynida
72. Necha yoshdan boshlab bolaning qonuniy huquq va manfaatlari buzilganda bola mustaqil ravishda sudga murojaat qilish huquqiga ega
14 yoshdan
to'g'ri javob yo'q
16 yoshdan
Voyaga yetgan paytdan boshlab
73. Necha yoshga to'lgan bolaning ismi yoki familiyasi o'zgartirishga uning roziligi kerak
10 yoshga
16 yoshga
14 yoshga
Voyaga yetgan bolaning
74. Berilgan xollardan qaysi biri ota-onalik huquqidan mahrum etishga asos bo'la olmaydi
Ota yoki onasi kasal bo'lsa
Ota-onalik majburiyatlarni bajarishdan bosh tortilsa
Aliment to'lashdan bo'yin tovlasa
Mutasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo'lsa
75. Qaysi yoshdan boshlab ota- ona va voyaga yetmagan bolalar o'rtasida birgalikda umumiy mulk huquqi vujudga keladi:
14 yoshdan
6 yoshdan
18 yoshdan
10 yoshdan
76. Bolaning tug'ilishini qayd etish majburiy bo'lib kaysi muddatda amalga oshirilishi lozim
1 oy davomida
7 kun davomida
3 kun davomida
10 kun davomida
77. Oilaviy huquqlar kim tomonidan himoyalanadi
Sud tomonidan
Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan
Mehnat jamoasi tomonidan
Fuqarolar tomonidan
78. Umumiy qoyida bo'yicha oilaviy munosabatlarga nisbatan da'vo muddati
Joriy qilinmaydi
To'g'ri javob yo'q
1 yil davomida joriy qilinadi
3 yil davomida joiy qilinadi
79. Ko'rsatilgan xollardan qaysi biri ariza berilgan kunining o'zida nikoh tuzishga asos bo'la olmaydi
To’y bazmi shu kunga tayinlanganligi
Bola tug'ilishi
Xomiladorlik
Bir tarafning kasalligi
80. Nikoh yoshi ko'pi bilan qanchaga kamaytirilishi mumkin
1 yilgacha
2 yilgacha
6 oygacha
3 yilgacha
81. Otalik (onalik) to'g'risida e'tiroz bildirish uchun da'vo muddati
bir yil
18 yil
uch yil
6 oy
82. Quyida ko'rsatilgan xolatlaridan qaysi bir nikohlanuvchi shaxslar tomonidan nikohni qayd etishda beriladigan arizaning mazmuniga kiritilmaydi
Kasallik haqida ma'lumot
Yashash joyi
Nikohlanuvchilarning tug'ilgan vaqti
Nikohlanuvchilarning yoshi
83. FHDYo organlari nikohni qayd etish uchun belgilangan bir oylik muddatni qanchaga uzaytira oladilar
Ko'pi bilan 3 oyga
Ko'pi bilan 1 oyga
Ko'pi bilan 7 kunga
Ko'pi bilan 2 oyga
84. Er-xotin mashg'ulot turi, kasb, va turar joyni tanlashi
To'g'ri javob yo'q
Ota-onasi tomonidan amalga oshiriladi
Mahalla fuqarolar yig’ini tomonidan amalga oshiriladi
Vasiylik va xomiylik organlari tavsiyasi bilan amalga oshiriladi
85. Quyida ko'rsatilgan mol-mulkning qaysi turi umumiy mulkka kirmaydi
Meros tariqasida olgan mulki
Tadbirkorlik faoliyatidan orttirgan daromadlari
Pensiyalar
Nafaqalar
86. Er yoki xotinning roziligi olinmagan bo'lsa er xotin bitimni haqiqiy emas deb topish talabi bilan
Bitim amalga oshirilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan kundan boshlab bir yil davomida murojat qiladi
Bitim amalga oshirilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan kundan boshlab olti oy davomida murojat qiladi
Bitim amalga oshirilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan kundan boshlab ikki yil davomida murojat qiladi
Bitim amalga oshirilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan kundan boshlab uch yil davomida murojat qiladi
87. Nikohni haqiqiy emas deb topish tartibi
Sud tartibida
Prokuratura tomonidan hal qilinadi
FHDYo organlari tartibida
Vasiylik va xomiylik organlari tomonidan hal qilinadi
88. Shaxsiy mol-mulkka kirmaydigan mol-mulkni ko'rsating
Er-xotinning zebu-ziynatlari
Kiyim-bosh
Poyabzal
Xotinning tikuv mashinkasi
89. Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni bo'lish to'g'risidagi talablariga nisbatan
Uch yillik da'vo muddati qo'llaniladi
Bir yillik da'vo muddati qo'llaniladi
Olti oylik muddati qo'llaniladi
Ikki yillik da'vo muddati qo'llaniladi
90. Nikoh shartnomasi qachon o'zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin
Istalgan vaqtda o'zaro kelishilgan xolda
Er-xotin vafot etsa
Tuzilganidan so'ng bir yil davomida kelishilgan xolda
Tuzilganidan so'ng uch yil davomida kelishilgan xolda
91. Nikohdan sud tartibida ajratish amalga oshirilayotgan bo'lsa er-xotinga yarashish uchun qanday muhlat tayinlanishi mumkin
Olti oygacha
Uch oygacha
Bir yilgacha
O'n oygacha
92. Voyaga yetmagan bolalarning hususiy mulkini kim boshqaradi va tasarruf etadi
Ota-ona, farzandlikka oluvchilar, vasiylar va xomiylar
Faqat ota-ona
Vasiylik va xomiylik organlari
Sud
93. Bola necha yoshga to'lgan bo'lsa uning ismi yoki familiyasi faqatgina uning roziligi bilan o'zgartiriladi
10 yoshga
14 yoshga
7 yoshga
16 yoshga
94. Ota-onalik huquqlari va majburiyatlari qachon tugaydi
18 ga to'lmasdan to'la muomala layoqatiga ega bo'lganda
To'g'ri javob yo'q
14 yoshga to’lganda
Ota-onalik huquqi cheklansa
95. O’zbekistin Respublikasi oila kodeksi qachon qabul qilingan?
1998-yil 30-aprel
1994-yil 5-avgust
1996-yil 11-dekabr
1999-yil 20-aprel
96. O’zbekistin Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddalari oila huquqiy munosabatlariga bag’ishlangan/
63-66-moddalar
58-60-moddalar
73-76-moddalar
54-58-moddalar
97. Nikohni haqiqiy emas deb topish …… tomonidan amalga oshiriladi. Nuqatalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying
Sud
Prokuror
FXDYo
Xomiylik va vasiylik organi
98. Necha yoshga to’lgan bolaga nisbatan ota-onalik huquqining tiklanishi faqat uning roziligi bilan yo’l qo’yiladi?
10
12
14
16
99. Nikoh tuzishga monelik qiluvchi holatlar O’zbekistin Respublikasi qaysi me’yoriy huquqiy aktida belgilangan/
Oila kodeksida
Fuqarolik kodeksida
Soliq kodeksida
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksda
100. Nikoh shartnomasi qanday tuziladi?
Yozma shaklda va notarial tartibda tasdiqlanadi
Og’zaki shaklda
Yozma tuziladi va mahallada tasdiqlanadi
Og’zaki guvohlar ishtirokida
101. Er-xotin qonunda yo’l qo’yadigan barcha mulkiy-shartnomaviy munosabatlarga o’zaro….
Kirishishga haqli
Kirishishga haqli emas
To’g’ri javob yo’q
Kirishishga cheklangan holda haqli
102. Erning vafot etgan deb e’lon qilishi oqibatida….
Nikoh tugaydi
FXDYo orqali ajrashishga asos bo’ladi
Sud tartibida ajralishga asos bo’ladi
To’g’ri javob yo’q
103. Qaysi hollarda er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to’g’risida ish qo’zg’atishga haqli emas?
Xotini xomilador bo’lsa
Xotini safarga ketganda
Xotini talaba bo’lsa
Xotini mustaqil daromadga ega bo’lmasa
104. Olti oylik bolasi bor xotin nikohdan ajratish to’g’risidagi ish qo’zg’atishga …….
Xaqli
Xaqli emas
Erining roziligi bilan xaqli
Xomiylik va vasiylik organlarining roziligi bilan xaqli
105.Nikohdan ajratish to’g’risida hal qiluv qarori chiqarish vaqtida sud hal etmaydigan masala….
Er va xotinning shaxsiy mulklarini bo’lish
Bolalarga aliment undirish
Birgalikdagi mulkni bo’lish
Voyaga yetmagan bolalar ota-onasining qaysi biri bilan yashashini aniqlash
106. Quyidagilardan kim vasiy bo’lib ta’yinlanishi mumkin?
Voyaga yetgan, jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs
Muomalaga layoqatsiz shaxs
Mustaqil ichkilikbozlikka mubtalo bo’lgan shaxs
Ota-onalik huquqi cheklangan shaxs
107. Qaysi hollarda nikohlanuvchi shaxslarning roziligi bilan ular tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi
50 yoshdan
40 yoshdan
45 yoshdan
60 yoshdan
108. Erning nomiga rasmiylashtirilgan umumiy ko’chmas mol-mulkni tasarruf etish uchun…..
Xotinning notarial tartibda roziligi kerak
Mahalla fuqarolar yig’inini roziligi kerak
Ota-onasini roziligi kerak
Farzandlarini roziligi kerak
109. Er va xotinning umumiy mulki hisobidan voyaga yetmagan bolalar nomiga qo’yilgan omonatlar…
Bolalarga tegishli
Erga tegishli
Xotiniga tegishli
Bobosiga tegishli
110.Bolalar parvarishi bilan band bo’lgan, mustaqil daromadga ega bo’lmagan xotin umumiy mol-mulkka nisbatan…..
Teng huquqqa ega
Teng huquqqa ega emas
1/4 qismiga haqli
1/3 qismiga haqli
111. Er-xotin soxta nikoh qayd qildirgan va ………. nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin
Oila qurmagan bo’lsalar
Umumiy ro’zg’or yuritsa
Birga yashayotgan bo’lsalar
To’g’ri javob yo’q
112. Sohta nikohni haqiqiy emas deb topishni kim talab qilishga haqli?
Prokuror
FXDYo xodimi
Mahalla faollari
Tuman hokimi
113. Bolalar ota-onasiga to’g’ri shajaradagi ………. darajadagi qarindosh hisoblanadi
Birinchi
Ikkinchi
Uchinchi
To’rtinchi
114. Otalikni belgilash FXDYo tominidan rad etilganda, o’zini bolani otasi deb tan olgan shaxs…….
Sud tartibida shikoyat qilishi mumkin
Mahalla fuqarolar yig’iniga shikoyat qilishi mumkin
Prokurorga murojat qilishi mumkin
To’g’ri javob yo’q
115. Otalikni sud tartibida belgilash kimning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi?
Ota-onaning biri
Shahar hokimi
Ichki ishlar organ boshlig’i
Mahalla oqsoqoli
116. Ota-onaning xohishiga ko’ra, bolaga………. familiyasi berilishi mumkin
Bobosining ismi bo’yicha
Mashhur shaxs
Otasining ismi bo’yicha
To’g’ri javob yo’q
117. Voyaga yetmagan bitta bola uchun ota-onadan undiriladigan aliment miqdori qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
¼
1/3
½
50 foiz
118. Voyaga yetmagan nechta bolaga aliment ota-onaning daromadini uchdan bir qismi undiriladi?
Ikkita
Beshta
Uchta
Bitta
119. Ota-ona voyaga yetgan bolasiga qanday hollarda aliment to’lashi shart
Mehnatga layoqatsiz bo’lsa
Talaba bo’lsa
Ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo’lsa
To’g’ri javob yo’q
120. Sud tomonidan aliment miqdori quyidagi holda kamaytirilishi mumkin
Ota(ona) nogiron bo’lib, moddiy jihatdan qiynalib kelayotgan bo’lsa
Ota(ona)lik huquqidan mahrum bo’lganda
Ota-onalik huquqi cheklangan bo’lsa
Hamma javob to’g’ri
121. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar…….. ota-onasiga ta’minot berishlari shart
Nogiron
Mehnat qilayotgan
Daromadga ega
Mehnatdan bo’yin tovlayotgan
122. Ota-ona aliment to’lashdan bo’yin tovlasa…..
Hamma javob to’g’ri
Ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin
Ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin
Jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin
123. Qaysi hollarda ota-onalik huquqini tiklashi mumkin emas?
Hamma javob to’g’ri
Bola farzandlikka olingan bo’lsa
10 yoshli bolani roziligi bo’lmasa
Ota-onaning hulq atvori, turmush tarzi o’zgarmagan bo’lsa
124. Ota-onalik huquqini cheklash to’g’risidagi ishlar qaysi organ tomonidan ko’riladi?
Sud
Prokuror
Xokim
Mahalla oqsoqoli
125. Sud bolalar tarbiyasi bilan bog’liq nizolarni ko’rishda qaysi organni jalb qilishi kerak
Vasiylik va homiylik organini
Mahallani yoshlar yetakchisini
Mahallaning hokim yordamchisini
Xotin-qizlar bo’yicha maslahatchisini
126. Voyaga yetmagan bolalarning qanday tartibda olgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi
Barchasi to’g’ri
Xadya
Meros
Shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida
127. Ota-ona va bolalar o’rtasidagi mulkiy nizolar……..
Sud tomonidan hal qilinadi
Hokim yordamchisi tomonidan hal qilinadi
Bola mehnat qilayotgan korxona ma’muriyati tomonidan hal qilinadi
Mahalla oqsoqoli tominidan hal qilinadi
128. Nikohdan ajralgan er(xotin) yetarli mablag’ga ega bo’lgan sobiq er(xotin)dan qanday hollarda aliment talab qilish huquqiga ega?
Hamma javoblar to’g’ri
Homiladorlik davrida
O’rtada bola tug’ilgan kundan boshlab 3 yil davomida
O’rtadagi nogiron bola 18 yoshga to’lguncha
129. Yetarli mablag’ga ega bo’lgan bobo va buvi zimmasiga nevaralariga ta’minot berish yuklatilishi mumkinmi?
Ota-onasi yo’q bo’lsa
Ota-onasi ajrashgan bo’lsa
Ota-onasi boshqa oila qurib ketgan bo’lsa
To’g’ri javob yo’q
130. Aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv………
Yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim
Og’zaki shaklda tuziladi
Yozma shaklda, guvohlar ishtirokida tuziladi
To’g’ri javob yo’q
131.Aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv o’zgartirilishi mumkinmi?
Taraflarning o’zaro roziligi bilan
Hokimning qarori bilan
Bir taraflama o’zgartirilishi mumkin
Hamma javob to’g’ri
132. Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq necha yoshdan kam bo’lmasligi shart
15
14
12
10
133. Farzandlikka olishda kimlar ustunlik huquqiga ega?
Hamma javoblar to’g’ri
Farzandlikka oluvchining qarindoshlari
O’gay ota
O’gay ona
Barchaga imtihonda omad tilaymiz yaxshi tayyorgarlik ko'ringlar. Nasib yuqori ball olaszlar degan umiddaman..!
Download 23,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish