Oila tarbiyasi Reja: Oila bu Vatan ichra kichik Vatandir



Download 180,03 Kb.
bet3/4
Sana17.07.2022
Hajmi180,03 Kb.
#811600
1   2   3   4
Bog'liq
Beknazarova Maftuna.

Yusuf Xos Hojib—oʻzining ,,Qutadgʻu biligʼʼ kitobida ,, Boshqa odamlarga foydasi tegmaydigan inson—oʻlikdirʼʼ,—deb yozadi. Shoirning fikricha, farzand koʻrish va unga tarbiya berish har bir inson uchun buyuk baxtdir. Ularsiz hayotning maʼnosi yoʻq. Lekin bu narsa ota-onaga juda katta masʼuliyat yuklaydi-ki, uning uddasidan chiqmoq har bir ota-ona uchun ham farz, ham qarzdir. Shuning uchun ham Yusuf Xos Hojib oilaviy tarbiyani bola axloqiy taraqqiyotining asosi, deb hisoblagan: ,,Agar bolaning xulqi yomon boʻlsa, bunda bolaning aybi yoʻq. Hamma ayb—otasida. Shuning uchun ham ota-ona, ayniqsa, ota farzandlar tarbiyasiga, bilim olishiga eʼtiborli boʻlmogʻi lozimdirʼʼ.
Kaykovus— 63 yoshida oʻgʻliga atab ,, Qobusnoma ʼʼ asarini yozib, unda oʻzining bola tarbiyasi, oilaviy hayot, shaxs kamoloti masalalarini bayon etdi. Kitobdagi asosiy gʻoya—yoshlarni ota-onani hurmat qilishga, eʼzozlashga, ilmli boʻlishga chaqirishdir. Uning bu boradagi fikrlari pandnomaning ,,Ota-ona haqqini bilmoq zikridaʼʼ bobida bayon etilgan: ,,Har bir farzand-ki, oqil va dono boʻlsa, ota-ona mehr-muhabbatini ado etmakdin bosh tortmagay ʼʼ ,—deya yozib oʻtadi. U kishi bu borada ,, Nimani eksang, shuni oʻrasan ʼʼ,—degan maqolni ishlatib, u oilada bola tarbiyasining berilishi ana shu muhim maqol asosida qurilsa, maqsadga muvofiq boʻladi, deb hisoblaydi. Turmush madaniyatini, odob-axloq, sevgi-muhabbat borasida oʻziga xos takrorlanmas fikrlar sohibi buyuk shoir, davlat arbobi Mir Alisher Navavoiyning umrining soʻngida yozilgan asariga ,, Mahbub ul qulubʼʼ (,, Qalblarning sevgisiʼʼ) deb nom qoʻyilishi ham bejiz emas. Chunki bu asarida Navoiy bobomiz insonlarga qalbidagi eng kerakli oʻgitlarni bayon etib, ularni turmushdagi, oilaviy hayotdagi turli hodisalar va vaziyatlardan chiqishiga imkon beruvchi yaxshi fazilatlar, ularni tarbiyalash masalalariga diqqatini qaratadi.
Markaziy Osiyodagi eng qadimiy manbaa hisoblangan ,,Avesto ʼʼ da ham nikoh-oila munosabatlari, oila tarbiyasi, farzandni voyaga yetkazishlarga ham toʻxtalib oʻtgan. Zardushtiylik dinida ham oila muqaddas sanalgan. Unda xiyonat qilish yoki farzandlar tarbiyasiga eʼtiborsiz boʻlish katta gunoh sanalgan. ,,Avestoʼʼda shunday deyiladi: a) agar er va xotindan biri aqli noqis boʻlsa, yaʼni aqliy jihatdan nosogʻlom boʻlsa, bunday oilani ajratish lozim. Chunki ulardan nosogʻlom farzand dunyoga kelishi mumkin. Jamiyat uchun esa har tomonlama sogʻlom va barkamol, tarbiyali farzandlar kerak; b) er va xotindan biri xiyonat koʻchasiga kirsa, bunday oila jamiyat uchun xavfli. Chunki bu farzandlar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun ham bu oilani barham toptirish yaʼni ajratmoq kerak; c) oilada arzimas muammolar yaʼni qaynona kelin kelishmovchiliklari, er va xotinning tortishuvlari natijasida ikki taraf oʻzaro ajrashish qaroriga kelishsa, yoshi ulugʻlar buni oldini olish uchun ularni murosaga chaqirishadi. Chunki oila atalmish bebaho neʼmat qiymatsiz muammolar, janjallar oqibatida darz ketmogʻi mumkin emas. Oilani qadim-qadimdan ota-bobolarimiz eʼzozlashgan. Barcha davrlarda ham kitoblarda ham aziz sanalgan va uni asramoq, avaylamoq, yuksaltirmoq, farzandlarni toʻgʻri tarbiyalash aytilgan. Hattoki, qonunlarimizda ham oilaga toʻxtalib oʻtilgan. Misol uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi oilaga bagʻishlangan. Bu bob oʻz ichiga 63dan 66gacha boʻlgan moddalarni oladi.

Bundan tashqari ,,Oila kodeksi ʼʼda ham oiladagi erkak va ayolning burch-majburiyatlari, tengligi, farzandlariga munosabati, farzandlariga munosabati, farzandlarning ota-onasiga muomalasi va majburiyatlari aks ettirilgan. Ularga amal qilmogʻimiz shart.
Yaʼni oilada yaxshi tarbiya koʻrgan farzand kelajakda oʻz oilasiga ham gʻamxoʻr, kuyinchak boʻladi. Jamiyatimiz uchun ham foydali, zarur shaxs boʻlib yetishadi. Zero, oila tarbiyasi bolaning kelajagi, hayot yoʻli uchun birinchi va asosiy mustahkam poydevordir. Bu poydevorning meʼmorlari esa ota va onadir. Chunki aynan ota-onagina farzandlariga yoshlikdan yaxshi oʻrnak boʻlmogʻi lozim. Ana oʻshanda bola ham ulardan andoza olib voyaga yetadi. Bola misli yozilmagan oq qogʻoz. Unga ota-ona nimani qay usulda yozishsa, kelajakda oʻzlari oʻsha satrlarni oʻqishadi. Bundan tashqari farzand ota-onasi bilan bilan birgalikda ustoz va murabbiylaridan ham to’g’ri ta’lim olmog’i zarur. Yana shu ham aytib o’yishim kerakki, o’qituvchi pedagoglar ham o’z shogirdlariga munosib tarbiya bermog’i zarur. O’qituvchi bolani tarbiyasi va ta’limi bilan birgalikdan sog’ligiga ham qattiq e’tibor bermog’i shart. Bu o’sib kelayotgan yosh avlodning kelajagi uchun judayam muhim. Faqat o’qituvchigina emas sinf xona ham talab darajasida bo’lishi shart. Ya’ni xona yorug’ va toza bo’lishi zarur. Albatta dasrlar ma’lum bir tartib asosida o’tilishi barchamizga sir emas.Ya’ni darslar o’tish tartibi quyidagicha:


Download 180,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish