O’lchash vositalarining turini tasdiqlash sinovi mundarija


O‘lchash vositalarini metrologik attestatlash va qiyoslash



Download 134,29 Kb.
bet7/7
Sana09.07.2022
Hajmi134,29 Kb.
#760457
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’LCHASH VOSITALARINING TURINI TASDIQLASH SINOVI

2.2. O‘lchash vositalarini metrologik attestatlash va qiyoslash.
Eksplutatsiyaga kam sonli O‘V kiritish metrologik attestatsiya orqali amalga oshiriladi. O‘V metrologik attestatsiyani O‘z Rst 8.011 bilan reglamentlangan. O‘Vning MA Davlat metrologiya xizmati va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatining akkreditlangan organlari tomonidan o‘tkaziladi. MA ijobiy natijalariga ko‘ra O‘V Davlat reyestrda Registratsiya qilinadi va unga MA to‘g‘risida sertifikat beriladi.
O‘z DSt 8.006:1999 GSI Uz [Akkreditatsiya na pravo ispitaniy, MA, proverki sredstv izmereniy] standartida O‘Vni sinash va metrologik attestatsiyalashga akkreditlash huquqining talab va tartiblari keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotlarning sifati va xavfsizligi” to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, texnik vositalar va shu jumladan O‘V eksplutatsiya jarayonida oziq-ovqat mahsulotlari bilan kontaktda bo‘lsa, O‘z.R. sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sinashga tortiladi. Shunga ko‘ra ko‘rsatilgan O‘V turni tasdiqlash yoki MAga gigiyenik sertifikat bo‘lgan holdagina tortiladi.
DMT va N doirasidagi O‘V va standart namunalar faqat turi tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi sertifikatga yoki metrologik attestatsiyalanganligi to‘risidagi sertifikatga ega bo‘lsagina qo‘llanishga qo‘yiladi. Bu sertifikatlar Texnik jixatdan tartibga solish tomonidan beriladi, O‘V qaysi mamlakatda tayyorlanganligidan qat’i nazar.
Eksplutatsiya jarayonida O‘V xossalari o‘zgaradi. Shunga ko‘ra ularning parametrlari davriy ravishda aniqlanib turishi zarur. Protseduralar ning natijalari mos hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi, bu hujjatlar O‘V yaroqligini tasdiqlaydi.
Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo‘llaniladigan sohada foydalaniladigan yoki foydalanishga mo‘ljallangan o‘lchash vositalari metrologik attestatlanadi. Bunda quyidagilar attestatlanadi:
– donalab ishlab chiqariladigan O‘V;
– chet mamlakatlardan donalab keltiriladigan O‘V;
– o‘zining byevosita vazifasi bo‘yicha qo‘llanilmaydigan yoki xilni tasdiqlashda o‘rnatilgan qo‘llanish sharoitlaridan farqlanuvchi sharoitlarda qo‘llaniladigan, vatanda yoki xorijda ishlab chiqarilgan, xili tasdiqlangan O‘V;
 xilni tasdiqlashda o‘rnatilganlardan farqlanuvchi individual metrologik tafsilotlarni o‘rnatishga imkon beruvchi texnik imkoniyatlarga ega, seriyalab ishlab chiqarilgan O‘Vning dona nusxalari;
 ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda tayyorlangan va metrologik attestatlashni o‘tkazishni tashqi llashtirishga va tartibiga umumiy talablarni o‘rnatishda.
O‘lchash vositalarini metrologik attestatlash – donalab ishlab chiqarilgan (yoki xorijdan donalab nusxalarda keltiriladigan) o‘lchash vositalarini, bularning xossalarini sinchiklab tadqiq qilish asosida, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qo‘llanishga huquqli ekanligini metrologik xizmat tomonidan tan olish.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llaniladigan sohaga kirmaydigan o‘lchash vositalari ham metrologik attestatlanishi mumkin. Bunday attestatlash ixtiyoriy asosda o‘tkaziladi.
Metrologik attestatlash O‘Vning metrologik tafsilotlarining haqiqiy qiymatlarini aniqlash va (yoki) ularning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladi.
O‘Vni metrologik attestatlashning asosiy vazifalari:
– O‘Vning davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida o‘z vazifasiga muvofiq qo‘llanilishiga huquqli ekanligini o‘rnatish;
– attestatlanadigan O‘V metrologik tafsilotlarining O‘Vni yaratishga texnik topshirikda o‘rnatilgan yoki O‘Vdan foydalanuvchi (attestatlashni buyurtiruvchi)ning attestatlash-ga topshirig‘i (so‘rovnomasi)ga binoan o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini baholash;
– O‘Vning hakiqiy metrologik tafsilotlarini aniqlash;
– O‘V texnik tafsilotlarining xavfsizlik talablariga, gigiyenik va xos sinovlar jarayonida o‘rnatilgan boshqa maxsus talablarga muvofiqlikning to‘liqligini baholash.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qo‘llaniladigan va xilni tasdiqlash protsedurasidan o‘tmagan barcha o‘lchash vositalari majburiy ravishda metrologik attestatlanadi.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasidan tashqarida qo‘llaniladigan, xilni tasdiqlash protsedurasidan o‘tmagan o‘lchash vositalari birlamchi kalibrlanishi lozim.
O‘Vni metrologik attestatlash ularni eksplutatsiyaga qabul qilish (eksplutatsiya sharoiti o‘zgargan) bosqichida yoki O‘zbekiston bojxona chegarasidan o‘tish, O‘Vni chet eldan olib kirish bosqichida o‘tkaziladi.
Metrologik attestatlashdan o‘tgan O‘V davriy, zarur bo‘lganda esa navbatdan tashqari yoki inspeksion qiyoslanadi.
O‘Vni metrologik attestatlashni davlat metrologik xizmati yoki O‘Vni attestatlash huquqiga akkreditlangan yuridik shaxslar o‘tkazadi.
Xavfsizlik talablariga, gigiyenik yoki maxsus talablarga muvofiqligini sinash lozim bo‘lgan O‘V mos sinovlarni o‘tkazgandan keyin metrologik attestatlanadi.
Metrologik attestatlash quyidagi tartibda o‘tkaziladi: Attestatlashni o‘tkazishga manfaatdor yuridik (jismoniy) shaxs (keyinchalik – Buyurtmachi) O‘Vni metrologik attestatlash huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs (keyinchalik – Bajaruvchi) ga so‘rovnoma topshiradi.
Attestatlash natijalari ijobiy bo‘lganda attestatlashni o‘tkazgan yuridik shaxs (bajaruvchi) attestatlash natijalari to‘g‘risida Texnik jixatdan tartibga solish Agentligiga xabar beradi va unga O‘Vni attestatlash bayonnomasi, dalolatnomasi, tavsifi va attestatlash sertifikatining nusxalarini o‘n besh kun muddat ichida taqdim etadi.
Metrologik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodimlar attestatlanishi lozim. Xodimlarni attestatlashda malaka darajasining faoliyatining ushbu turiga muvofiqligi aniqlanadi. Bunda metrologik tekshiruv va nazoratning muayyan turini bajarishga metrologik bilimlar va amaliy ko‘nikmalarning mavjudligi aniqlanadi.
Davlat metrologik xizmatlariga attestatlangan xodimlarni jalb etishni talab qiluvchi metrologik faoliyat turlari quyidagilardan iborat:
– o‘lchash vositalarini sinash;
– o‘lchash vositalarini qiyoslash;
– o‘lchash vositalarini metrologik attestatlash;
– sinash vositalarini attestatlash;
– o‘lchashlarni bajarish metodikalarni metrologik attestatlash;
– yuridik shaxslarni akkreditlashda ishtirok etish;
– me’yoriy va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish;
– davlat metrologik nazorati.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llaniladigan sohadan tashqarida, yuridik shaxs o‘rnatilgan tartibda attestatlangan xodimlarni talab etuvchi faoliyat turlarini mustaqil ravishda aniqlaydi.
3.O‘lchash vositalarini qiyoslash.
O‘lchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash va tasdiqlash ularni qiyoslash va kalibrlash orqali amalga oshiriladi.
Davlat tekshiruvi va nazorati sohasida foydalaniladigan, qiyoslanishi lozim bo‘lgan O‘Vning ro‘yxati Texnik jixatdan tartibga solish Agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘V ni Davlat qiyoslashini davlat metrologik xizmati idoralari o‘tkazadi, lekin O‘V ni qiyoslash huquqi yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlariga ham topshirilishi mumkin.
Boshqa davlatlarda bajarilgan O‘V ni qiyoslash natijalari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida tan olinadi.
Eksplutatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta’minlangan va import bo‘yicha sotib olinadigan O‘V ni qiyoslashni tashqi l qilish ka o‘tkazish bo‘yicha asosiy nizomlar O‘z DSt 8.003:2005 "O‘z O‘DT. O‘lchash vositalarini qiyoslash. Asosiy nizomlar" da bayon etilgan.
Eksplutatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta’mirlangan va import bo‘yicha sotib olinadigan barcha O‘V davlat qiyoslashidan o‘tishi lozim.
O‘V birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert qiyoslashdan o‘tkaziladi.
Ishlab chiqarishdan yoki ta’mirlashdan chiqqan va import bo‘yicha keltiriladigan O‘V birlamchi qiyoslashdan o‘tkaziladi. O‘V ning har bir nusxasi birlamchi qiyoslashdan o‘tkaziladi. O‘V yalpi ishlab chiqa¬rilganda tanlab qiyoslash ruxsat etiladi. Tanlab birlamchi qiyoslash qoidalari, o‘tkazish tartibi bu O‘V ni qiyoslash metodikasida ko‘rsatiladi.
Eksplutatsiyada turgan yoki operativ saqlanayotgan O‘V qiyoslashlararo oraliq vaqtlardan keyin davriy qiyoslashdan o‘tkaziladi. Davriy qiyoslash vaqti o‘lchash vositasining bu davr ichida yaroqliligini ta’minlashni hisobga olgan holda aniqlanadi va belgilanadi.
Davriy qiyoslashlar o‘rtasidagi vaqt:
davlat qiyoslashiga taqdim etilgan o‘lchash vositasiga davlat metrologik xizmati idoralari tomonidan belgilanadi.
Davlat davriy qiyoslashi namunaviy va ishchi O‘V ni qiyoslash grafiklari (shartnomalari) da belgilangan kalendar muddatlarda o‘tkaziladi.
Eksplutatsiyada turgan va saqlanayottan O‘V uchun navbatdan tashqari qiyoslash quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
 qiyoslashlararo davrning yarim vaqti o‘tgandan keyin o‘lchash vositasidan butlovchi sifatida foydalanilganda;
 qiyoslash tamg‘asi, plombasi, shikastlanganda yoki O‘V ning birlamchi yoki davriy qiyoslashdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar yo‘qolganda;
 agar qiyoslash tamg‘asining yoki o‘lchash vositasining qo‘llanishga yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatning amal qilinish muddati tugagan bo‘lsa, saqlashdan olinib eksplutatsiyaga kiritishda;
 qiyoslashlararo vaqt ichida haridga chiqarilmagan O‘V ni tayyorlovchi korxona iste’molchiga yetkazib berishda.
O‘lchash vositasining holati va qo‘llanilishini davlat nazoratidan va mahkama tekshiruvidan o‘tkazishda O‘V ning qo‘llanishga yaroqli ekanligini aniqlash uchun inspeksion qiyoslash o‘tkaziladi. O‘V ni inspeksion qiyoslash natijalari davlat yoki mahkama tekshiruvi dalolatnomasida aks ettiriladi.
Davlat qiyoslashidan majburiy ravishda o‘tkaziladigan vositalar:
- davlat metrologik xizmatlarining va tadbirkorlik sub’yektlarining namunaviy o‘lchash vositalari;
- o‘zining bevosita vazifasiga muvofiq namunaviy O‘V sifatida yoki tayyorlashga buyurtnoma shartlari bo‘yicha ishlab chiqarilgai O‘V;
- nurlanishni ionlovchi va tarkibida nurlanishni ionlovchi manba bor bo‘lgan O‘V;
- priborlarni ta’mirlovchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlari chiqargan, ta’mirdan keyin boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga berish uchun mo‘ljallangan O‘V;
- milliy va xalqaro sport rekordlarini qayd qilish bilan bog‘liq o‘lchash vositalari;
- davlat arbitraj idoralarn tomonidan ekspertiza o‘tkazishda, shuningdek bojxona tekshiruvida o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan O‘V;
- o‘lchash uchun ishchi O‘V sifatida qo‘llaniladigan, o‘lchash natijalari:
- tabiatni muhofazalash;
- sog‘liqni saqlash;
- mehnat xavfsizligini ta’minlash;
- barcha turdagi transportning harakat xavfsizligini ta’minlash;
- ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning xavfsizligini ta’minlash;
- aloqa tizimlarini ta’minlash;
- xo‘jaliklararo o‘zaro hisoblashlar;
- savdoning barcha turlari;
- aholiga pulli xizmatlarning barcha turlari uchun qo‘llaniladigan O‘V.
O‘lchash vositalarini qiyoslash davlat yoki mahkama qiyoslovchisi malakasi berilganligi to‘g‘risida amaldagi guvohnomasi bor shaxslar tomonidan bajariladi.
O‘V yaroqligini o‘rnatish maqsadida va ularning me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha operatsiya (tadbir)larni birlashmasiga O‘Vni qiyoslash deyiladi. Qiyoslashda metrologik harakteristikalarni baholashdan tashqari zaruriy hollarda O‘Vning xavfsizlik harakteristikalari ham baholanadi.
O‘V qiyoslash DMNning zaruriy turi bo‘lib, DMXning akkreditlangan organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmati orqali amalga oshiriladi. O‘V qiyoslash bo‘yicha asosiy talablar O‘zDSt 8.003:2004. O‘lchash vositalarini qiyoslash. Asosiy talablar. Birliklar o‘lchamini metrologik zanjirning barcha bo‘g‘inlari bo‘yicha etalonlardan yoki namuna o‘lchash vositalaridan ishchi o‘lchash vositalari ishonchligi uzatish qiyoslash sxemalarda keltirilgan aniq tartib asosida amalga oshiriladi.
Qiyoslash sxemasi – bu o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan hujjat bo‘lib, fizikaviy kattaliklar birliklarining o‘lchamini Davlat etalonlari yoki namuna o‘lchash vositalaridan ishchi o‘lchash vositalariga aniq uzatish vositalari va usullarini reglamentlaydi.
Davlat va tarmoq metrologik xizmatlari bo‘yicha 1) davlat; 2) tarmoq va 3) lokal qiyoslash sxemalari mavjuddir.
1. Davlat qiyoslash sxemasi mamlakatda berilgan kattaliklarni o‘lchovchi barcha o‘lchash vositalariga taalluqlidir.
2. Tarmoq qiyoslash sxemasi – tarmoq ichidagi qiyoslanishni kerak bo‘lgan o‘lchash vositalariga taaluqlidir.
3. Lokal qiyoslash sxemasi mazkur, davlat yoki tarmoq metrologiya xizmatlari bo‘yicha qiyoslanish kerak bo‘lgan o‘lchash vositalariga taalluqlidir.
Davalat qiyoslash sxemalari davlat standarti sifati ishlab chiqiladi va tadbiq qilinadi.
Tarmoq qiyoslash sxemasi normativ hujjat yoki tarmoq standartidir. Bu sxema davlat standarti bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Lokal qiyoslash sxemasi normativ texnik hujjatlar yoki territorial davlat metrologiya xizmati organ mahkamasi bilan kelishilgan tashqi lot standartidir.
O‘V qiyoslash qat’iy reglamentlangan prosedura bo‘lib, Texnik jixatdan tartibga solish tomonidan tasdiqlangan metodikaga mos holda o‘tkaziladi. Qiyoslashning haqqoniyligiga qiyoslashni amalga oshiruvchi – qiyoslovchi (poveritel) javob beradi. Qiyoslovchilar o‘rnatilgan tartibda qiyoslash bo‘yicha tayyorgarlik va attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Qiyoslash natijalari O‘Vga ottisk (ishonch tamg‘asi) qo‘yilishi va qiyoslash guvohnomasi bilan tasdiqlanadi.


XULOSA
O'Vning turini tasdiqlash - bu metrologiya bo'yicha Milliy organ qarori bilan o'lchash vositasi turini mamlakat territoriyasida qo'llanilishini qonuniy tan olinishidir. O'V ning turi deganda, bir maqsad uchun mo'ljallangan, bir ish tamoyiliga va bir hil konstrukciyaga va yagona texnik hujjatga ega bo'lgan o'lchash vositalari kompleksi tushuniladi. Davlat tekshiruvi va nazorati qo'llaniladigan sohalarda foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan va import bo'yicha keltiriladigan o'lchash vositalari (O'V) davlat sinovlaridan o'tkazilib, ularning turi tasdiqlanishi yoki metrologik attestatlanishi lozim. Davlat sinovlarini o'tkazish, turini tasdiqlash va O'V ni Davlat ro'yhatiga kiritish ishlarini Texnik jixatdan tartibga solish Agentligi bajaradi.


Аdаbiyotlаr:


1. Аbduvaliyev А.А., “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” Darslik “Sharq” 2018.607-B.
2. Аbduvaliyev А.А., Latipov V.B., Umarov А.S., Djabbarov R.R., Аlimov M.N., Boyko S.R., Xakimov O.Sh. Osnovi standartizatsii, metrologii, sertifikatsii i upravleniya kachestvom. –Toshkent: NIISMS, 2017., 555 s.
3. Parpiyev M.P., Raxmonova G.S., Inogamova N.S., “O’lchash xatoliklari”. O’quv qo’llanma. “Top Image Media”. 2019. 125 b.
4. Parpiyev M.P., Raxmonova G.S., Xaydarbekova M.M., Аxmedova X.X. “Metrologiya”. O’quv qo’llanma. “Top Image Media”. 2019. 382 b.
Download 134,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish