Olimlar haqida



Download 0,99 Mb.
bet5/16
Sana31.12.2021
Hajmi0,99 Mb.
#252536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Fizik olimlar haqida

Evanjelista Torichelli





E vanjelista Torichelli (italyancha - Evangelista Torricelli) – italyan matematigi, fizik. Galileo Galileyning shogirdi. Fizikada atmosfera bosimining kashf etilishi tarixi va atmosfera bosimini o‘lchagan ilk olim sifatida mashhur. Torichelli shuningdek, mexanika va boshqa bir qancha ilmiy-texnikaviy yo‘nalishlarda Galileyning izlanishlarining davomchisi bo‘lgan.

Evanjelista Torichelli 1608 yilning 15-oktyabrida Italiyaning Faensa shahrida tug‘ilgan. Otasidan erta ajralgan Torichellini ilm ko‘rgan ruhoniy bobosi tarbiyaladi. Bobosi keyinroq Torichellini iezuitlar maktabiga bergan; 18 yoshida esa matematikadan bilim olishi uchun Rimga yuboradi. Rimda Torichelli, Galileyning izdoshi va maslakdoshi bo‘lgan olim Bendetto Kastelli (1577-1644) bilan yaqin aloqada bo‘lib, do‘stlashadi. Torichelli u orqali Galileyning mexanikaga oid ishlari bilan ilk marotaba tanishadi. Galileyning ishlari yosh Torichellida juda katta taassurot uyg‘otadi. Aynan Galileyning asarlari ta’siri ostida, 1640-yilda Torichellining « Harakatni tabiiy tezlantiruvchi haqida» nomli asari nashrdan chiqadi. Ushbu asar haqida xabar topgan Galiley, yosh Torichellini o‘z huzuriga, Archetri shahriga taklif etadi. Torichelli Galileyni o‘zi uchun ustoz deb bilgan. 1642 yilda Galiley vafot etgach, uning ilmiy ishlarini davom ettirish uchun aynan Torichelli eng munosib nomzod deb topiladi va uni Florensiya universitetining matematika va fizika kafedrasiga rahbarlikka tayinlashadi.

Evanjelista Torichelli Galileydan so‘ng, uning olib borgan tadqiqotlari bo‘yicha, shuningdek boshqa fan sohalaridagi mustaqil ilmiy g‘oyalari bilan katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Xususan uning Dekartdan mustaqil ravishda, logarifmik spiralning yoyi uzunligini aniqlagani, sikloida va parabolaning kvadraturasi borasidagi ishlari, matematika tarixida o‘zining munosib o‘rniga egadir. Shuningdek uning mexanikaga oid izlanishlari ham, o‘z davri fizikasi uchun muhim ahamiyat kasb etgan. Torichellining «Erkin tushayotgan va tashlangan jismlarning harakati haqida» nomli asarida, og‘irlik markazining harakatlanishi tamoyillari haqidagi g‘oyalarni rivojlantiradi hamda, ballistikaga oid bo‘lgan qator masalalarni hal etadi. Bulardan tashqari, Torichelli, uchburchak tekisligida joylashadigan va undan uchburchakning uchlarigacha bo‘lgan masofalarning yig‘indisi eng kichik bo‘ladigan nuqtani aniqlaganligi bilan ham tarixda nom qoldirgan. Muayyan texnik-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan, bunday nuqtalar hozirda Torichelli nuqtasi deb yuritiladi. Torichelli nuqtasi, ayniqsa konchilik, metallurgiya va shunga o‘xshash yirik sanoat korxonalaridagi ichki logistika ishlarida muhimdir. Biroq, yuqoridagi ilmiy yutuqlarning barchasidan ko‘ra, Evanjelista Torichellining nomini ilm-fan tarixiga qat’iy muhrlagan fakt sifatida, eng avvalo uning atmosfera bosiminiong mavjudligini isbotlab berganligi tan olinadi (1644-yil).  Atmosfera bosimining kashf etilishi hodisasiga muvofiq ravishda esa, Torichellining ixtirosi bo‘lgan atmosfera bosimini o‘lchash asbobi – simobli barometr ham paydo bo‘lgan edi. Simobli barometrning ishlash tamoyili va tayyorlanishi haqidagi masalalarni, olim o‘zining 1644 yilda Florensiyada nashrdan chiqqan «Geometriya operasi» nomli asarida bayon qilib bergan. Torichellining ixtirochilik ishlari bu bilan cheklanib qolmaydi. U yasagan mikroskoplar ancha mukammalligi bilan shuhrat qozongan bo‘lib, shuningdek u teleskoplar uchun linzalar yasash borasida ham usta sanalgan. Iste’dodli olim Evanjelista Torichellining ko‘plab ilmiy ishlari, uning erta vafoti tufayli to‘xtab qolgan. Torichelli 1647 yilning 25 oktyabrida Florensiyada olamdan ko‘z yumgan. Uning nomini abadiylashtirish maqsadida, bosim o‘lchov birligi uchun torr atamasi biriktirilgan; shuningdek Oydagi kraterlardan biriga Torichelli nomi berilgan.



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish