Olimlar haqida



Download 0,99 Mb.
bet7/16
Sana31.12.2021
Hajmi0,99 Mb.
#252536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Fizik olimlar haqida

Lyudvig Eduard Boltsmann


  Lyudvig Eduard Boltsmann (nemischa Ludwig Eduard Boltzmann) – Avstriyalik fizik-nazariyotchi. Molekulyar-kinetik nazariya hamda, statik mexanika asoschisi. Uning ilmiy ishlari asosan, gazlarning kinetik nazariyasi, kapilyar hodisalari, elastiklik, optika, matematika va albatta termodinamika sohalariga bag‘ishlangan.

Lyudvig Boltsmann 1844 yilning 20-fevralida, Avstro-Vengriya imperiyasining poytaxti bo‘lgan Vena shahrida tug‘ilgan. Ularning oilasi avvaliga Vels, keyin esa Linz shaharlariga ko‘chib o‘tishgan bo‘lib, Boltsmann boshlang‘ich va o‘rta ta’limni aynan Linz gimnaziyasida olgan. 1866 yilda Vena universitetiga o‘qishga kirib, mashhur fizik olimlar – Loshmidt va Stefan qo‘l ostida ta’lim oladi. Aynan shu yili u, gazlarda tashqi potensial maydonda joylashgan ideal gazning impuls bo‘yicha ham, koordinata bo‘yicha ham bir tekis taqsimlanishi (Boltsmann taqsimoti) formulasini keltirib chiqargan edi. 1867 yildan boshlab, o‘zi o‘qiyotgan universitetda, fizik olim Yozef Stefanning assistenti bo‘lib ishlay boshlaydi. Ikki yillik assistentlik faoliyatidan so‘ng, uni Grats universitetiga, matematik fizika bo‘yicha professor lavozimiga ishga taklif qilishadi va Boltsmann ushbu oliygohda ma’ruzalar o‘qiy boshlaydi. Boltsmann Gratsdalik chog‘ida, o‘zining nomi bilan ataluvchi, fizik kinetikaga taalluqli bo‘lgan, nomuvozanatli jarayonlar uchun mikroskopik nazariyaning asosiy tenglamasini keltirib chiqardi. Bundan tashqari, izolyatsiyalangan sistemadagi entropiyaning ortishi qonuniyatini ifodalovchi va H-teorema deb nomlanuvchi teoremani keltirib chiqardi. O‘sha yildagi uning yana bir ilmiy yutuqlaridan bir sifatida, termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni, yopiq sistemaning entropiyasini va muayyan makroholatni yuzaga keltiruvchi mikroholatlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan soni miqdori bilan bog‘lagan tarzdagi statistik tavsifini ko‘rsatib berganligini qayd etish lozim. Ushbu ilmiy muvaffaqiyatlar, Yevropa ilmiy jamoatchiligi orasida Boltsmannga katta shuhrat keltirdi. 1873 yilda u Vena universitetiga, matematika professori lavozimiga tavsiya etildi va ish boshladi. Biroq, ko‘p o‘tmay uni yana Gratsga chaqirishadi va u yerda yangi tashkil qilingan Fizika institutining direktori va amaliy fizika fanlari professori lavozimlariga tayinlanadi.

Boltsmanning yana bir muhim ilmiy ishi nurlanishlar termodinamikasi bilan bog‘liqdir. 1884 yilda u mutlaq qora jism uchun, Maksvell nazariyasida taxmin qilingan hodisa – muvozanatli nurlanishning bosimi hamda, energiyasi zichligining o‘zaro proporsionalligining qonuniyatini keltirib chiqardi. Ushbu qonun avvalroq, ya'ni, 1879 yilda Boltsmanning hamkasbi va ustozi Stefan tomonidan, mulohazalarni umumlashtirish yo‘li bilan keltirib chiqarilgan bo‘lib, hozirda har ikkala olim sharafiga Stefan-Boltsmann qonuni deb ataladi.

Mashhur nazariyotchi fizik bo‘lib tanilgan Lyudvig Boltsmanni 1890 yilda Myunxen universitetiga, nazariy fizika kafedrasi rahbarligiga tayinlashadi. 1895 yilda uni Avstriya Fanlar Akademiyasiga a’zolikka qabul qilinadi. Aynan shu yili Boltsmann, Myunxendagi 5 yillik faoliyatdan so‘ng, yana Vena universitetiga, nazariy fizika professori lavozimiga (Stefanning o‘rniga) qaytadi. Biroq unga ilmiy va pedagogik faoliyat bilan barqaror shug‘ullanishga jiddiy to‘siq bo‘luvchi ayrim omillar yuzaga keladi. Gap shundaki, o‘sha vaqtlarda, Vena universitetida, Boltsmann jiddiy yoqlaydigan va o‘z ilmiy ishlarining asosi sifatida tan olgan ta’limot – atomlar haqidagi g‘oyalarni keskin rad etuvchi olimlardan biri – Ernst Max ham ishlar edi.  Ular orasidagi ilmiy-g‘oyaviy qarama-qarshilik tufayli, Boltsmann 1900 yilda Leyptsig universitetiga o‘tib ketadi. Lekin u yerda ham Boltsmanni, Ernst Maxning tarafdorlaridan bir bo‘lgan g‘ayri-atomist olim Vilgelm Ostvald qarshi oladi va to‘xtovsiz g‘oyaviy tortishuvlarga sabab bo‘ladi. 1902 yilda Boltsmann yana Venaga qaytadi va endi u, Maxning xalaqitlaridan holi ravishda, nazariy fizika kafedrasida rahbarlik qila boshlaydi. Bu vaqtda Max ham faoliyatini tugatgan edi. Universitet rahbariyati, Max egallagan lavozim va kafedrani ham Boltsmannga topshiradi.

O‘z davrining nazariyotchi fiziklari orasida katta obro‘ qozongan Lyudvig Boltsmanni, Yevropa va AQSHning ko‘plab nufuzli oliygohlariga ma’ruzalar o‘qishga taklif etishar edi. Boltsmanning ilmiy nufuzining ortishi bilan, ko‘plab ilmiy jamiyat va akademiyalarga saylanishi kuzatiladi. Chunonchi u, 1899 yilda Peterburg Fanlar Akademiyasiga xorijiy muxbir-a’zo sifatida saylangan edi.

Boltsmanning amaliy-tajriba fizikasi sohalaridagi ishlari ham diqqatga sazovordir. Xususan, u Maksvellning elektromagnetizm nazariyasini amaliy tajribalardagi tekshiruvlari, turli moddalarning dielektrik doimiylari va sindirish ko‘rsatkichlari, hamda, dielektriklarning qutblanishi hodisalariga doir ko‘plab amaliy-tajriba sinov ishlarini olib borgan.

1906 yilga kelib, olim og‘ir xastalikka – astma kasalining o‘tkir shakliga duchor bo‘ladi. Undan tashqari, Boltsmanning molekulyar-kinetik nazariyasi atrofidagi kuchli bahs-munozaralar va keskinliklar, olimning asab tizimi va ruhiy holatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatgan edi. Shu munosabat bilan 1906 yilda olim, ma’ruzalar va ilmiy faoliyatni vaqtincha to‘xtatib, davolanish uchun Italiyaning Duino shahriga yo‘l oladi. U kuchli asabiy zo‘riqish va kasallik berayotgan jismoniy azoblar ichida, chuqur ruhiy tushkunlik holatiga tushib qoladi. Natijada esa, ajoyib fizik-nazariyotchi olim Lyudvig Eduard Boltsmann, 1906 yilning 5-sentyabrida, Duini shahri mehmonxonasida, o‘z joniga qasd qilish bilan hayotni tark etadi.

Lyudvig Eduard Boltsmanning nomi, fizikadagi qator tushunchalarda, xususan, Stefan-Boltsmann qonuni, Boltsmann doimiysi, Boltsmann taqsimoti, Boltsmann kinetik tenglamasi, hamda, Boltsmann H-teoremasi singarilarda o‘z mustahkam o‘rniga ega bo‘lgan. Undan ko‘p sonli ilmiy risolalar va fundamental ishlar meros qolgan bo‘lib, olimning eng asosiy ishlari hamda ma’ruzalari, Germaniya va Avstriyada «tanlangan asarlar to‘plami» tarzida bir necha marta nashr qilingan.

Lyudvig Boltsmann 1906 yilda Venada dafn etilgan. Uning sharafiga o‘rnatilgan yodgorlikda, Boltsmann doimiysini ifodalovchi S=klogW tenglamasi o‘yib yozilgan va shu tarzda olimning fan oldidagi buyuk xizmatlari e’tirof etilgan.

Kammerling-Onnes Heyke


  Heyke Kammerling-Onnes (gollandcha Heike Kamerlingh Onnes) – golland fizik va kimyogari. Tarixda ilk bora, past haroratlar fizikasida amaliy natijalarga erishgan olim hisoblanadi. Uning o‘z davri uchun rekord hisoblangan 0.9 K haroratga erishgani va bu orqali suyuq geliy olish usulini kashf etgani uchun, fizika bo‘yicha 1913-yilgi Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Shu tufayli ham uning ilmiy doiralardagi hazilomuz unvoni «Janob Mutlaq nol» bo‘lgan.

Kammerling-Onnes 1853 yilning 21-sentyabr kuni, Gollandiyaning Groningen shahrida tug‘ilgan. O‘rta ta’limni o‘z shahridagi maktabda tamomlagach, 1870 yilda Groningen universitetining fizika va matematika bo‘limiga o‘qishga kiradi. Keyinroq oliy ta’limni Geydelberg universitetida, mashhur olimlar Kirxgof va Bunzenlar qo‘l ostida davom ettiradi. 1873 yilda u yana Groningenga qaytib keladi. 1878-1882 yillar davomida Kammerling-Onnes, Delfta universitetida ma’ruzalar o‘qiy boshlaydi. 1882 yilda uni, Gollandiyaning eng mashhur oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lmish Leyden universitetiga, amaliy fizika fanlari professori lavozimiga taklif etishadi va Kammerling-Onnes ushbu lavozimni qabul qilib oladi.

Kammerling-Onnesning doktorlik dissertatsiyasi o‘ziga xos mavzuda bo‘lib, unda olim Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishini g‘ayrioddiy usul bilan isbotlashga uringan. 1883 yilda himoya qilingan mazkur dissertatsiya, yirik ilmiy doiralarda katta qiziqish va munozaralarga sabab bo‘lib, olimga ilk muvaffaqiyatlar uchun katta yo‘l ochib bergan edi. Bu orada uning ilmiy qiziqishlari doirasi, gazlarni siqish va ularning past haroratlardagi xossalarini o‘rganish masalalariga qaratilib, olim laboratoriya sharoitlarida mutlaq nol haroratga erishish uchun ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni boshlaydi. Ushbu maqsadda uning shaxsiy tashabbusi bilan, 1894 yilda Leyden universiteti qoshida kriogen texnologiyalari laboratoriyasini tashkillanadi va laboratoriyaning eng birinchi direktori etib, aynan Kammerling-Onnes tayinlanadi. Laboratoriyaning ilmiy-amaliy ehtiyojlari uchun, olimning o‘zi o‘sha yildayoq maxsus yangicha qurilma – gazlarni siqib-suyultiruvchi ilmiy-tajriba dastgohini yasaydi. Mazkur qurilmaning ishlab chiqarish samaradorlik ko‘rsatkichlari shu darajada yuqori bo‘lganki, undan keyingi bir necha o‘n yilliklar davomida ham yetarlicha foydalanish mumkin bo‘lgan ekan. Kammerling-Onnes, o‘zi tayyorlagan qurilma va laboratoriyada, tarixda ilk bora suyuq kislorod va suyuq neon moddalarini olishga muvaffaq bo‘lgan. 1906 yilda esa suyuq vodorod olishni ham uddalagan[1].

1908 yilga kelib olim, tarixda ilk bora suyuq geliyni olishga erishadi va bir vaqtning o‘zida, o‘sha davr uchun eng past haroratni, ya'ni, 0.9 K ni hosil qiladi. Ushbu tajribaning asosiy maqsadi mutlaq nol haroratga erishish bo‘lmay, balki, o‘ta past haroratlarda moddalarning xossalarini tadqiq qilish bo‘lib, jumladan uning asosiy muddaolari: o‘ta past haroratlardagi elementlarning yutish spektrlari; turli birikmalarning fosforoessensiyalari; suyultirilgan gazlarning qovushqoqlik ko‘rsatkichlari; hamda, moddalarning magnit xossalarini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga olgan.

1911 yilga kelib, Kammerling-Onnes, simobning elektr o‘tkazuvchanligi 4.1 K haroratda birdaniga keskin kamayishini aniqladi. Ushbu hodisa fizikada o‘ta-o‘tkazuvchanlik nomni olgan. Bir yil o‘tib, u suyuq geliyning o‘ta oquvchanlik xossasini kashf etdi. Ushbu masalalar yuzasidan tekshiruvlarni davom ettirib, 1913 yilda, kuchli magnit maydoni ham toklar ta’sirida o‘ta-o‘tkazuvchanlikning buzilishi hodisasini aniqladi. Aynan shu yili Heyke Kammerling-Onnesni, «Natijasi suyuq geliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilishiga sabab bo‘lgan, o‘ta past haroratlardagi moddalarning xossalarini tadqiq qilgani uchun» fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ko‘riladi. Past haroratlar fizikasida erishgan yutuqlari sharafiga u, hamkasblari orasida «Janob Mutlaq nol» taxallusi bilan atala boshlaydi.

Olimning past haroratlar fizikasida faqat nazariyot bilan cheklanib qolmasdan, balki, mazkur soha yutuqlarini amaliyotga tadbiq etish borasida ham amalga oshirgan ishlari tahsinga sazovordir. Chunonchi u, sovutgichli vagonlar (refrijeratorlar) hamda, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash tizimlarini loyihalash-muhandislik ishlarida faol ishtirok etgan.

Kammerling-Onnesning fan oldidagi sharafli xizmatlari uchun, uni ko‘plab nufuzli akademiya va ilmiy muassasalarning faxriy a’zoligiga saylashgan bo‘lib, masalan u Berlin universitetining Faxriy Doktori, Amsterdam Qirollik Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi, shuningdek, Kopengagen, Gettingen, Galle, Uppsala, Turin va Vena Fanlar Akademiyalarining faxriy a’zoligiga saylangan. Bulardan tashqari olim, fan oldidagi xizmatlari uchun, London Qirollik Jamiyatining «Rumford» medali, Franklin universitetining «Franklin» medali, hamda, Italiya Milliy Fanlar Akademiyasining «Metuchchi» medallari bilan taqdirlangan.

Heyke Kammerling-Onnes, 1926 yilning 21-fevral sanasida Leydenda vafot etgan.

Uning o‘zi tashkillagan ajoyib ilmiy laboratoriyasi va  ko‘p sonli mutaxassis shogirdlari, keyingi davrlarda ham ilm-fanning turli sohalarida yangidan-yangi yutuqlarga erishib, Kammerling-Onnes maktabining nufuzini yanada ortishiga sabab bo‘lishdi. Xususan uning eng iqtidorli shogirdlaridan bir bo‘lgan olim Villem Hendrik Keezom, 1926 yilda, tarixda ilk bora qattiq holatdagi geliyni olishga erishgandir.

Hozirda, Heyke Kammerling-Onnes tashkil etgan Leyden kriogen laboratoriyasi, uning nomi bilan ataladi; shuningdek, o‘sha laboratoriyada, olimning o‘zi loyihalagan mashhur kriogen qurilmasi namoyishga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu qurilmaga ham, uning nomi berilgan. Bundan tashqari, Oydagi kraterlardan biri, Kammerling-Onnes sharafiga, uning nomi bilan ataladi.

 



Uilyam Tomson (lord Kelvin)


U ilyam Tomson, Lord Kelvin (inglizcha William Thomson, 1st Baron Kelvin) – buyuk ingliz fizigi, mexanik. Termodinamikaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan olimlardan biri. 1824 yilning 26 iyun kuni, Britaniya Imperiyasi, Irlandiya davlatining Belfast shahrida, bir vaqtning o‘zida ham fermer ham Belfast Akademik Instituti matematika o‘qituvchisi bo‘lgan, Jeyms Tomson (1776-1849) oilasida dunyoga kelgan. Uilyam Tomson, avvaliga Shotlandiyaning Glazgo ixtisoslashtirilgan kollejida ta’lim olgan, keyingi o‘qishini Kembrijdagi avliyo Peter kollejida davom ettirib, uni 1845 yilda tamomlagan.

1846 yilda, 22 yoshli Uilyam Tomson, Glazgo universitetining nazariy fizika kafedrasida dars bera boshlaydi. U talabalik yillaridayoq, Furye qatorlarini fizikaning issiqlik bilan bog‘liq masalalariga tadbiqi bo‘yicha olib borgan ajoyib tadqiqotlari bilan, ilmiy doiralarda o‘ziga xos nufuzga erishgan edi. U o‘zining 1842 yilda nashrdan chiqqan «Issiqlikning bir jinsli jismdagi harakati va uning matematik elektr nazariyasi bilan bog‘liqligi» nomli ilmiy tadqiqotida, elektr toki va issiqlikning tarqalishi hodisalari orasidagi o‘xshashliklarni tekshirib chiqqan edi. Uning ushbu tadqiqoti «Kembrij matematika jurnali»da chop etilgan. Aynan shu yildagi «Issiqlikning chiziqli harakati» nomli boshqa bir ishida u, geologiya masalalariga Yerning issiqlik xossalarini ko‘ra tahlil qilish orqali yondoshib, unda Yerning va tirik organizmlarning paydo bo‘lishi evolyutsiyasi haqida, biolog va geologlar bilan bahs boshlaydi. Shuningdek u, 1845 yildan e’tiboran, Parijdagi nufuzli ilmiy jurnallarda, o‘zining elektrostatikaga bag‘ishlangan turkum maqolalari bilan muntazam chiqish qila boshlaydi.

1849 yilda esa, keyinchalik Uilyam Tomsonning eng asosiy ilmiy yo‘nalishi bo‘lib qolgan – termodinamikaga oid izlanishlarini e’lon qila boshlaydi. Ularning ilk namunalari Edinburgda chop etilgan bo‘lib, unda olim, Jeyms Joulning tadqiqotlarini tahlil qilgan tarzda, Sadi Karnoning «Alanganing harakatlantiruvchi kuchi va bu kuchni rivojlantira oladigan mashinalar haqida mulohaza» asarida bayon etilgan tamoyillarni, keyingi davrda erishilgan ilmiy natijalar asosida qayta ko‘rib chiqadi va tanqidiy yondoshuv asnosida ularni to‘ldiradi. Uning mazkur ishlarida, termodinamikaning ikkinchi bosh qonunining dastlabki talqinlaridan biriga ta’rif berilgan edi. 1852 yildagi ishlarida u, Joul bilan hamkorlikda ideal gaz qonuniyatlari borasida qator amaliy tajribalar o‘tkazadi. Ularning ushbu tajribalari, ilm-fan olamida, ideal gaz nazariyotidan real gazlar nazariyasiga o‘tishdagi muhim bosqichlardan bir bo‘lgan. Uilyam Tomsonning 1855 yilda olib borgan termoelektr hodisalariga bag‘ishlangan izlanishlari, kuchli amaliyotchi-tajriba orttirish maktabining yuzaga kelishiga turtki bo‘lgan. Bunda, ilmiy-amaliy tajribalarga Glazgo universiteti talabalari ham keng jalb etilgan bo‘lib, shuningdek, Glazgodagi ilk fizika-elektrotexnika laboratoriyasining ish boshlashi ham aynan o‘sha tajribalar davomida tashkil qilingan edi.

O‘sha yillari, transatlantika telegraf tarmog‘i o‘tkazish va ishga tushirish bo‘yicha keng miqyosli ishlar olib borilayotgan edi. Biroq, aloqachi-muhandislarning bu boradagi ilk urinishlari samarasiz ketib, okeanaro telegraf kabellaridan elektr signallarini uzatishda keskin uzilishlarga duch kelishmoqda edi. Tomsonning, elektr kabellardagi elektr tebranishlarining uzatilishiga oid nazariy xulosalariga ko‘ra, yuqoridagi muammo bartaraf etilgan edi. Buning uchun olimning o‘zi, transatlantika kabelini, okean orqali o‘tkazish ekspeditsiyasida ishtirok etgan. Ushbu ekspeditsiya davomida u, dengiz va okeanlar tubining chuqurligini aniqlovchi asbob – lot; hamda, kompas uskunalarini takomillashtirish borasidagi ajoyib ratsionalizatsiya ishlarini ham bajargani ma’lum.

Umuman olganda, Uilyam Tomsonning, muhandislik va maishiy texnika vositalarini ixtirochisi va takomillashtiruvchisi sifatidagi xizmatlari tahsinga loyiqdir. Xususan aynan lord Kelvin, tarixda ilk bora amper-tarozilarni yasagan bo‘lib, bugungi kunda ham, tok kuchining etalon asosiy, shunday tarozilarda yuzaga keladigan fizik hodisaga asoslanadi. Undan tashqari, olimning, ko‘zguli galvanometr, siyohni sifon yordamida uzatuvchi ondulyator, kvadrant va mutlaq elektrometr kabi ixtirolari, o‘z davri uchun g‘oyat katta ilmiy-texnikaviy ahamiyat kasb etgan edi. Shuningdek, hamma uchun tanish bo‘lgan suv quvurlari jo‘mraklarining kranlarini ham Tomson patenti bilan ishlab chiqarilgan.

Shunday bo‘lsa-da, Uilyam Tomsonga haqiqiy ilmiy shon-sharaf keltirgan ishlar, uning termodinamika sohasida olib borgan izlanishlari, xususan, mutlaq nol harorat va mutlaq harorat shkalasining o‘rnatilishi bo‘lgan. Termodinamikadan tashqari, uning to‘lqinlar nazariyasi va gidrodinamikaga oid ishlari, termoelektr hodisalari, dinamik geologiya va jismlarning elastikligi borasida olib borgan izlanishlari yuksak e’tirofga molikdir. Termoelektr hodisalari olib borilgan tadqiqotlarida u, keyinchalik o‘z nomi bilan atalgan «Tomson effekti» hodisasini – elektr tokining issiqlikni tashish jarayonini ochib bergan edi.

Uilyam Tomsonning yuksak ilmiy salohiyati, o‘z davrida munosib baholangan bo‘lib, uni ilmiy doiralarda hanuzgacha «Viktorian fizikasi qiroli» (ya’ni, qirolicha Viktoriya zamonasi fizikasi qiroli) deb atashadi. Qirolicha Viktoriya, Uilyam Tomsonning ilm-fan oldidagi xizmatlari uchun 1866 yilda zodagon unvoni bilan, 1892 yilda esa, baron Kelvin unvoni bilan taqdirlagan. Shu tufayli ham Uilyam Tomsonni, manbalarda lord Kelvin tarzida yodga olinadi.

Lord Kelvin, o‘z faoliyati davomida qator ilmiy asarlarni chop ettirgan bo‘lib, ulardan eng mashhurlari «Tabiiy falsafa risolasi», «Elektrostatika va magnetizm haqida qayta nashrlar», «Matematik va fizik mulohazalar», «Ma’ruzalar» kabilari, ko‘p sonli qayta-qayta nashrdan chiqqan. Lord Kelvin Britaniya Ensiklopediyasi uchun ham fizikaga oid bir necha maqolalar tayyorlagan.

Uilyam Tomson sharafiga, uning unvoni nomi bilan, Xalqaro Birliklar Tizimi SI dagi, termodinamik harorat birligi – Kelvin atalgan. Shuningdek, mutlaq harorat shkalasi ham olim nomi bilan, kelvin shkalasi deb yuritiladi.

Buyuk olim Uilyam Tomson 1907 yilning 17-dekabrida, Shotlandiyaning Largs shahrida vafot etgan.



Rudolf Yulius Emmanuil Klauzius


R udolf Yulius Emmanuil Klauzius (nemischa: Rudolf Julius Emanuel Clausius) – asl ismi Rudolf Gottlib (Rudolf Gottlieb) – olmon fizigi, mexanik, matematika. Termodinamika fani asoschilaridan biri.

U 1822 yilda, Germaniya imperiyasining Kyoslin (hozirgi Koshalin) shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotni Berlin universitetida olgan. Klauziusning dastlabki ilmiy ishi 1850 yilda  nashrdan chiqqan bo‘lib, «Issiqlikning harakatlantiruvchi kuchi va undan issiqlik nazariyasi uchun keltirib chiqarish mumkin bo‘lgan qonunlar haqida» deb nomlangan. Unda Klauzius, Karnoning issiqlikni ishga aylantirish haqidagi hamda, Mayer va Gelmgoltslarning energiyaning saqlanish qonuni borasidagi fikrlarini tizimlashtirilgan shaklda tahlil qilib, mazkur masalalarni o‘zining ko‘plab yangicha nazariy g‘oyalari bilan boyitadi. Xususan, uning o‘zi «issiqlik aksiomasi» deb atagan va fanda, termodinamikaning ikkinchi bosh qonunining eng dastlabki ko‘rinishidagi ta’riflaridan biri bo‘lgan «issiqlik sovuq jismdan harorati balandroq jismga o‘z-o‘zidan o‘tishi mumkin emas» tarzidagi tasdig‘ini keltiradi. Hozirda bu ta’rif Klauzius ta’rifi deb yuritiladi. Keyingi bir nechta asarlarida, Klauzius, o‘z ta’rifini yanada aniqlashtirdi va boshqa muhim faktlar bilan o‘z nazariyasini yanada boyitdi.

Ushbu asarning o‘ziyoq, u muallifning ilk ilmiy ishi bo‘lishiga qaramasdan, Klauziusga katta shuhrat keltirdi. Uni, asar nashrdan chiqqan yilning o‘zida Berlin Qirollik Artilleriya va Harbiy Muhandislik maktabiga, professor ilmiy unvoni bilan ishga tayinlanadi. 1855 yildan esa, Shveytsariya Politexnika maktabining matematik fizika kafedrasi professori bo‘lib ishlay boshlaydi. Klauzius shuningdek, bugungi termodinamikaning ajralmas qismi bo‘lgan entropiya tushunchasini fanga kiritgan olim hisoblanadi. Aynan uning 1865 yilda nashrdan chiqqan «Issiqlikning matematik nazariyasining ikkinchi bosh qonunining, qo‘llash uchun qulay bo‘lgan shakllari haqida» nomli asarida, entropiya atamasi ilk bor qo‘llaniladi va unga ilmiy ta’rif beriladi. Mazkur asar butun Yevropa bo‘ylab, ilmiy jamiyatlar va akademiyalarda katta e’tirofga sazovor bo‘lgan. Aynan 1865 yilda, Klauziusni, olib borayotgan samarali ilmiy tadqiqotlari uchun Fransuz Fanlar Akademiyasiga a’zolikka qabul qilinadi. 1867 yilda, endilikda ilmiy nufuzi eng yuksak doiralarda ham tan olingan olim, avvaliga Vyurtsburg universiteti, keyinroq – 1869 yilda esa, Bonn universiteti professori lavozimlariga erishadi.

Rudolf Klauzius, o‘z tadqiqotlarini, kitob shaklida nashr etish bilan cheklanib qolmasdan, ular bilan davriy nashrlarda, asosan ilmiy jurnallarda muntazam chiqish qilib borgan. Uning termodinamikadan tashqari, optika, elektr hodisalari va jismlarning elastikligi borasida ham olib borgan izlanishlari diqqatga sazovordir. U mexanika uchun muhim tushunchalardan bir bo‘lgan virial atamasini fanga kiritgan (1870).

Rudolf Klauzius, haqli ravishda, termodinamika fanining asoschilaridan biri hisoblanadi. U 1888 yilning 24-avgustida Bonnda vafot etgan.

German Lyudvig Ferdinand fon Gelmgolts


G erman Lyudvig Ferdinand fon Gelmgolts (nemischa: Hermann Ludwig Ferdinand von Helmholtz ) – buyuk olmon vrachi, fizik, psixolog va fiziologi. 1821 yilning 31 avgustida, Berlin yaqinidagi Potsdam shaharchasida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta’limni Potsdam gimnaziyasida olgan va 17 yoshida, gimnaziyani tamomlab, Qirollik tibbiyot-jarrohlik institutiga o‘qishga kirgan. Institutni 1842 yilda, doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoyasi bilan tamomlagan. Qirollik tibbiyot-jarrohlik instituti bitiruvchilari uchun, mamlakatda majburiy 8 yillik harbiy xizmat mavjud bo‘lib, Gelmgolts 1843 yildan boshlab, Potsdamning o‘zida harbiy vrach bo‘lib xizmat qila boshlaydi. 1847 yilning 23 iyulida, Berlin fizika jamiyati majlisida, o‘zining mashhur «Kuchning saqlanishi haqida» nomli ma’ruzasini o‘qiydi. U keyinchalik alohida risola tarzida ham chop etilgan. Mazkur risolada u, Joul, Mayer va Karnolarning ishlarida yoritib berilgan, energiyaning saqlanish tamoyilini umumlashtirib, o‘z g‘oya va xulosalari bilan boyitib, tarixda birinchi marta energiyaning saqlanish tamoyili – termodinamikaning birinchi bosh qonunini ta’riflab beradi. Shundan so‘ng, 1848 yilda, Aleksandr Gumboldtning tavsiyasiga ko‘ra unga harbiy xizmatdan muddatidan avval ozod etiladi. U Berlindagi Badiiy Akademiyaga anatomiya o‘qituvchisi bo‘lib ishga kiradi; bir vaqtning o‘zida, anatomiya muzeyida assistent bo‘lib ishlay boshlaydi. Mazkur yillar davomida u, mustaqil ravishda, nerv tolalarining rivojlanish jarayonlari, ko‘rish va eshitish organlarining fiziologiyasini tadqiq qiladi. 1849 yilda uni, ustozining tavsiyasiga ko‘ra, fiziologiya va umumiy anatomiya professori unvoni bilan Kyoningsbergga yuboriladi. 1855 yilda u Bonnga ko‘chib o‘tib, anatomiya va fiziologiya kafedrasining mudiri lavozimiga tayinlanadi. 1858 yilda esa, Geydelbergdagi fiziologiya kafedrasi rahbarligi ham unga topshiriladi.1871 yilda, u Berlin universitetining fizika kafedrasiga, fizika professori lavozimiga tayinlandi. Gelmgolts ishga kirishgach, hukumat bilan hamkorlikda, mazkur kafedra bazasida yangicha ilmiy muassasa - Fan saroyi  (hozirda Berlin universitetining fizika instituti) tashkillaydi va uning oyoqqa turishiga katta mehnatlar sarflaydi. U mazkur muassasaga 1788 yilgacha rahbarlik qilgan. 1788 yilda, mamlakat parlamentining hamkorligida, Sharlottenburgda Imperial fizika-texnika idorasi tashkil etiladi va unga Gelmgolts prezident etib saylanadi. U yangi lavozimga o‘tgach, Berlin fizika institutida ma’ruzalar o‘qishda davom etadi.

Gelmgolts nafaqat o‘tkir zehnli olim va malakali rahbar, balki, kuchli pedagog, mohir ixtirochi sifatida ham bo‘lgan. Gelmgoltsning tibbiyotga oid ixtirolaridan - ko‘z to‘r pardasini tekshirish uchun oftalmoskop (1850 yilda) va, ko‘z olmasining egriligini o‘lchovchi oftalmometr (1851 yilda)lar XIX asr ikkinchi yarmi oftalmologiyasi uchun benazir tibbiy anjomlar hisoblangan. Shuningdek, fizika sohasida ham, bir jinsli magnit maydon hosil qilish uchun, bir biridan, o‘zining radiusiga teng masofada, bir o‘qda joylashtirilgan ikkita solenoiddan iborat bo‘lgan Gelmgolts g‘altagi va akustik signallarni tahlil qilish hamda past chastotali tovush to‘lqinlarini nazorat qilish va sozlashga mo‘ljallangan Gelmgolts rezonatori kabilarini misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek u, tibbiyot va fizikadan tashqari, o‘zining atmosferada yuz beruvchi hodisalar – uyurmalar, bo‘ron va momaqaldiroqlar, hamda, muz qatlamlarining tabiatini o‘rganish borasidagi ilmiy tekshirishlari bilan, ilmiy meteorologiya fanining shakllanishi jarayoniga ham o‘z hissasini qo‘shgan. Gidrodinamikaning fan sifatida shakllanib chiqishida ham Gelmgoltsning munosib o‘rnini e’tirof etish kerak. U suyuqliklarda uyurmalarning hosil bo‘lishi qonuniyatlarini birinchi bo‘lib asoslab bergan edi.

German Gelmgoltsning fan oldidagi buyuk xizmatlarini e’tiborga olib, 1888 yilda unga, imperator Fridrix III, zodagonlik unvonini berdi. 1891 yilda esa, yangi imperator Vilgelm II tomonidan, «Haqiqiy maxfiy maslahatchi» mansabi hamda, Qora Burgut ordeni bilan mukofotlandi va unga Excellenz – «Janobi oliylari»  unvonini berildi. Olim, shu yilning o‘zida, Fransiyaning eng oliy mukofoti – «Faxriy legion» yulduzi ordeni bilan mukofotlangan. Shuningdek 1935 yilda, Xalqaro Astronomiya Ittifoqining qaroriga ko‘ra, Oydagi kraterlardan biriga Gelmgolts nomi berilgan.

German Lyudvig Ferdinand fon Gelmgolts 1894 yilning 8 sentyabrida, Sharlottenburgda vafot etgan


B enua Pol Emil Klayperon


Benua Pol Emil Klayperon (fransuzcha Benoît Paul Émile Clapeyron) – farang muhandisi va fizik olimi. Temir yo‘l tarmoqlari, ko‘prik qurilishi va yo‘lsozlik masalalari bo‘yicha ko‘plab ilmiy-amaliy ishlar muallifi. Ideal gaz holati tenglamasini keltirib chiqargan olim.

Pol Klayperon 1799 yilning 26-fevral sanasida Parijda tug‘ilgan. Avvaliga 1816-1818 yillar davomida Parij Politexnika maktabida tahsil olgan. 1820 yilda Sankt-Peterburgdagi Aloqa yo‘llari muhandisligi institutda professor bo‘lib ishlayotgan do‘sti Gabriel Lamening oldiga jo‘naydi va u yerda 10 yil davomida ishlab, yo‘lsozlik va ko‘priklar qurilishi bo‘yicha loyihalarda muhandis sifatida ishtirok etadi. 1930 yilda Parijga qaytgach, Fransiya bo‘ylab qurilayotgan yangi temir yo‘l tarmoqlari va ko‘priklar va yo‘llar qurilishida muhandis, loyihachi va nazoratchi sifatida ishtirok etadi. Xususan ilk fransuz temir yo‘l tarmoqlari bo‘lmish Parij-Versal va Parij-Sen Jermen yo‘nalishlari aynan Klayperon nazorati bilan qurilgan edi.

Pol Klayperonning fizik olim sifatidagi ishlari asosan issiqlik, plastiklik va qattiq jismlarning muvozanat holatlari masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, uning termodinamika borasidagi izlanishlari ayniqsa mashhur bo‘lgan. Sadi Karnoning «Alanganing harakatlantiruvchi kuchi va bu kuchni rivojlantira oladigan mashinalar haqida mulohaza» birinchi bo‘lib jiddiy ilmiy ahamiyat qaratgan va uning g‘oyalariga matematik asos bergan ilk olim aynan Pol Klayperon bo‘lib, ushbu g‘oyalardan kelib chiqib u, termodinamika uchun dastlabki grafik uslublarni – indikator diagrammalarni, xususan, p-V koordinatalar sistemasini kiritgan edi. 1834 yilda Klayperon, Boyl-Mariott, Gey-Lyussak va Avogadro qonunlarining umumlashtirilishi natijasidan, ideal gaz holati uchun tenglama keltirib chiqardi. (Ushbu tenglama D.I. Mendeleyev tomonidan 1874 yilda yanada umumlashtirilgan bo‘lib, Mendeleyev-Klayperon tenglamasi deb yuritiladi.) Shuningdek u jismning erish va qaynash harorati va bosimi orasidagi bog‘liqlikni o‘rnatuvchi  va 1851 yilda Klauzius tomonidan nazariy asoslab berilgan tenglamani (Klayperon-Klauzius tenglamasi) keltirib chiqargan.

Pol Klayperon 1858 yilda Parij Fanlar Akademiyasiga, boshqa bir mashhur olim Koshining o‘rniga a’zolikka saylandi. Hozirda uning nomi, Eyfel minorasining birinchi qavatiga joylashtirilgan «Fransiyaning buyuk olimlari» ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, olim shuningdek Sankt-Peterburg fanlar akademiyasining ham a’zoligiga ega bo‘lgan.

Klayperonning termodinamikaga bag‘ishlangan qator asarlari mavjud, xususan, «Qattiq zarrachalarning ichki muvozanati haqida» hamda, «Issiqlikning mexanik nazariyasi haqida» asarlari shular jumlasidandir. Bundan tashqari, Klayperonning yo‘lsozlik, qurilish va jamoatchilik ishlari masalalariga bag‘ishlangan asarlari o‘z davrida katta mashhurlikka ega bo‘lgan.

Benua Pol Emil Klayperon 1864 yilning 28-fevral sanasida Parijda vafot etgan.





Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish