Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Download 0,62 Mb.
bet4/160
Sana31.12.2021
Hajmi0,62 Mb.
#216033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Bog'liq
makroiqtisodiyot

RESURSLAR BOZORI

Pul daromadlari (ish haqi, renta, foiz, foyda)




Resurslar Yer, mehnat,

kapital



FIRMALAR

UY XO’JALIGI



Tovar va xizmatlar

Tovar va xizmatlar




Daromadlar

TOVARLAR VA XIZMATLAR BOZORI


Iste’mol xarajatlari




    1. chizma. Sof bozor iqtisodiyoti sharoiti “resurslar - mahsulotlar” va “daromadlar xarajatlar”ning doiraviy aylanishi modeli.


Har bir bozor o’zining ikkita qaror qabul qiluvchi sub’ektiga ega: sotuvchilar va xaridorlar. Bozorda qabul qilinadigan qarorlarning muvofiqligi har bir ne’matning muvozanat narxi va muvozanat miqdori bilan ta’minlanadi. Narx talab va taklif munosabatlari natijasi sifatida, uy xo’jaliklari va firmalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish uchun muhim axborot bo’lib hisoblanadi. Bunday axborot bir vaqtning o’zida jamiyatdagi noyob ne’matlarni taqsimlash muammosini echish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, non narxining oshishi - xaridorlar uchun nonni iste’mol qilishni cheklash to’g’risida signal bo’lsa, firmalar uchun nonni ishlab chiqarishni oshirish va non bozoridagi muvozanatni tiklash to’g’risida muhim axborot bo’lib xizmat qiladi.

Narxlar noyob resurslarni ratsional taqsimlashni ta’minlaydi, ne’matlarni ratsional iste’mol qilishga, xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Narx er, kapital va

resurslar egalarining daromadini aniqlaydi. Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalasini bozor hal qiladi. Muvofiqlashtirish masalasi bilan bog’liq xarajatlarga transaktsion xarajatlar deyiladi.

Bozor muvofiqlashtirishdan tashqari ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar qarorlarini vaqt bo’yicha tartiblashtiradi. Bu kelajakdagi ne’matlar (fyuchers) bozorining vujudga kelishi bilan bog’liqdir. Kelajakdagi ne’matlarning oldi- sotdisi, ularning narxlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishga, ularning kelajakda nisbatan noyobligi to’g’risida axborot beradi. Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar bunday narx axborotlariga ko’ra, o’zlarining joriy xo’jalik rejalarini qayta ko’rib chiqadilar va o’zlarining iqtisodiy harakatlarini tartibga soladilar.

Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning doiraviy oqimi modeli ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( ya’ni davlat ishtiroki mavjud bo’lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi firmalar va uy xo’jaliklari o’rtasida amalga oshiriladi (1-chizma).

Uy xo’jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha iqtisodiy resurslarni resurslar bozoriga etkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so’ngra esa ularni tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoriga etkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar - tovarlar va xizmatlar” oqimiga qarama qarshi yo’nalishda “daromadlar - xarajatlar”ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Ya’ni, uy xo’jaliklari o’zlari etkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar iste’mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar.



Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi jami taklifni, daromadlar va xarajatlar oqimi jami talabni ko’rsatadi. Davlat ishtiroki mavjud bo’lmagan yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o’zaro teng bo’lishi firmalarnining

yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo’jaliklarining yalpi daromadlari, yoki yalpi daromadlariga teng bo’lishi shaklida namoyon bo’ladi. Bu ko’rsatkichlar o’rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi, inflyatsiya va ishsizlik darajalarining ko’tarilib ketishiga sabab bo’ladi. Davlat aralashuvi mavjud bo’lgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko’rinish oladi.





    1. Download 0,62 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish