Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/266
Sana18.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#386759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266
Bog'liq
ilmiytadqiqotmetodologiyasipdf

   
 


Ko‘p  sonli  ta’riflarga  ega  bo‘lgan  fan  uch  asosiy  shakl-shamoyilda  namoyon 
bo‘ladi. U yo faoliyat shakli, yo muayyan fanga doir bilimlar tizimi yoki majmui, yo 
ijtimoiy  institut  sifatida  tushuniladi.  Birinchi  holda  fan  atrof  borliq  narsalari  va 
jarayonlarini amalda aniq, izchil va tadrijiy bilishga qaratilgan alohida faoliyat usuli 
sifatida namoyon bo‘ladi. Faoliyat sifatida fan maqsadlarni belgilash, qarorlar qabul 
qilish,  yo‘l  tanlash,  o‘z  manfaatlarini  ko‘zlash,  mas’uliyatni  tan  olish  maydonida 
amal qiladi. V.I.Vernadskiy fanning aynan faoliyat sifatidagi talqinini alohida qayd 
etgan edi: «Fanning mazmuni ilmiy nazariyalar, gipotezalar, modellar, u yaratuvchi 
dunyoning  manzarasi  bilan  cheklanmaydi,  uning  negizi  asosan  ilmiy  omillar  va 
ularning  empirik  xulosalaridan  tashkil  topadi,  tirik  odamlarning  ilmiy  ishi  uning 
asosiy jonli mazmunini tashkil etadi»
1

Fan  ob’ektivlik,  aniqlik,  haqiqiylik  mezonlariga  javob  beruvchi  bilimlar  tizimi 
sifatida  amal  qiluvchi  ikkinchi  talqinda  ilmiy  bilim  o‘ziga  erkinlik  hududini 
ta’minlashga,  mafkuraviy  va  siyosiy  yo‘nalishlarga  nisbatan  betaraf  bo‘lishga 
harakat  qiladi.  Olimlar  o‘z  umrini  baxshida  etuvchi  haqiqat  yo‘lidagi  izlanishlar 
hamma narsadan ustun turadi, fanning bosh omili va asosiy boyligi hisoblanadi.  
Fanning  uchinchi –  institutsional  talqini  uning  ijtimoiy  tabiatiga  urg‘u  beradi  va 
uning  borlig‘ini  ijtimoiy  ong  shakli  sifatida  moddiylashtiradi.  Umuman  olganda, 
fanning institutsional ko‘rinishi bilan ijtimoiy ongning boshqa shakllari: din, siyosat, 
huquq, mafkura, san’at va hokazolar ham bog‘liq.  
Ilmiy-nazariy bilim ishlab chiqarish bilan bog‘liq ijtimoiy institut yoki ijtimoiy ong 
shakli sifatidagi fan ilmiy tashkilotlar, ilmiy hamjamiyat a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqalar tizimini, me’yorlar va qadriyatlar tizimini tashkil etadi. Biroq o‘n minglab 
va  hatto  yuz  minglab  odamlar  o‘z  kasbini  topgan  institut  sifatidagi  fan  yaqin 
o‘tmishdagi  rivojlanish  mahsulidir.  Zotan,  faqat  XX  asrga  kelib  olim  kasbi  o‘z 
ahamiyatiga ko‘ra ruhoniy va qonunchi kasbi bilan tenglashdi.  
Fan haqidagi fan asoschilaridan biri J.Bernal fan tushunchasiga amalda ta’rif berish 
mumkin emasligini qayd etib, fanning mohiyatiga yaqinlashish imkonini beruvchi 
yo‘llarni belgilaydi. Shunday qilib, fan: 
1) institut; 
2) metod; 
3) ilmiy an’analarning shakllanishi; 
4) ishlab chiqarishning rivojlanish omili; 
5) e’tiqodlar va insonning dunyoga munosabatini shakllantiruvchi eng kuchli omil 
sifatida namoyon bo‘ladi
2
.  
«Amerika  etimologik  lug‘ati»da  fanga  «tabiiy  hodisalarni  kuzatish,  tasniflash, 
tavsiflash, tajribada sinash va nazariy tushuntirish taomillarini ko‘rsatish vositasi» 
deb ta’rif berilgan
3
. Bu ta’rif asosan amaliy xususiyat kasb etadi.  
E.Agatssi  fan  «ob’ektlar  haqidagi  fikr-mulohazalarning  oddiy  majmui  sifatida 
emas,  balki  ob’ektlarning  muayyan  sohasi  haqidagi  nazariya  sifatida»  qaralishi 
lozimligini  qayd  etadi
4
.  Bu  ta’rifda  ilmiy  va  oddiy  bilimni  farqlashga  da’vo,  fan 
                                                 
1
 Вернадский В.И. Проблема биохимии. – М., 1988. – 252-б.  
2
 Қаранг: Бернар Дж. Наука в истории общества. – М., 1956. – 18-б.  
3
 Қаранг: Холтон Дж. Что такое антинаука // Вопросы философии. 1992. №2.  
4
 Қаранг: Агацци Э. Моральное измерение науки и техники. – М., 1998. – 12-б. 


ob’ektni  o‘rganishni  uni  nazariy  tahlil  qilish  darajasiga  yetkazgan  taqdirdagina 
to‘laqonli xususiyat kasb etishiga ishora mavjud.  
Shunday  qilib,  fan  bilan  faqat  faktlar  majmuini  qayd  etish  va  ularni  tavsiflashni 
bog‘lash  mumkin  emas.  Biz  narsalar  va  hodisalarni  tushuntirish  va  ularni  taxmin 
qilish tamoyillarini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan taqdirdagina to‘laqonli fanga ega 
bo‘lamiz. Ko‘pgina olimlar ma’lum tamoyillar, soddalik mavjud bo‘lmasa, fan ham 
mavjud  bo‘lmaydi,  deb  hisoblaydilar.  Bu  bahsli  fikr.  Chunki  fanning  yetukligi 
nafaqat  soddalik  va  aniqlik,  balki  teran  nazariy,  konseptual  daraja  bilan  ham 
belgilanadi.  Agar  inson  mushohada  yuritishni  emas,  balki  unga  barcha  faktlar 
taqdim etilishini xohlayotgan bo‘lsa, u fanning dastlabki bosqichida emas, balki bu 
bosqichning nuqtai nazarida turgan bo‘ladi.  
Hozirgi vaqtda fan avvalo ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Bu 
fan  jamiyatda  amal  qiluvchi  rang-barang  kuchlar  va  ta’sirlarga  bog‘liq  ekanligi, 
ijtimoiy kontekstda o‘z ustuvor vazifalarini belgilashi, murosai madoraga moyilligi 
va o‘zi ham jamiyat hayotini sezilarli darajada belgilashini anglatadi. Shu tariqa ikki 
xil bog‘lanish qayd etiladi: fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniyatning dunyo 
haqida  haqiqiy,  aniq  bilim  olish  va  yaratishga  bo‘lgan  muayyan  ehtiyojiga  javob 
tariqasida  yuzaga  kelgan  va  o‘z  mavjudlik  jarayonida  jamiyat  hayotining  barcha 
jabhalari rivojlanishiga ancha kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Fan ijtimoiy-madaniy hodisa 
sifatida qaralishi shu bilan izohlanadiki, uning asoslarini o‘rganish to‘g‘risida so‘z 
yuritilgan  taqdirda  bugungi  kunda  biz  fan  deb  ataydigan  hodisaning  chegarasi 
«madaniyat» chegarasigacha kengayadi. Boshqa tomondan, fan o‘zining dastlabki – 
faoliyat  va  texnologiya  sifatidagi  talqinida  madaniyatning  birdan-bir  barqaror  va 
«haqiqiy» poydevori roliga da’vogar bo‘ladi.  
Ijtimoiylik munosabatlarining o‘zi odamlarning odamlar xususidagi munosabatlari 
va odamlarning narsalar xususidagi munosabatlari sifatida tushuniladi. Bundan fan 
ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniy munosabatlarning barcha jabhalariga kirib 
boradi, u odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy negizlaridan ham, narsalarni 
ishlab  chiqarish,  ayirboshlash,  taqsimlash  va  iste’mol  qilish  bilan  bog‘liq  barcha 
faoliyat  shakllaridan  ham  o‘rin  oladi,  degan  xulosa  kelib  chiqadi.  Hozirgi 
texnokratik asr qonuni shunday yangraydi: «Hamma narsa ilmiy, ilmiy asoslangan 
va ilmiy tekshirilgan bo‘lishi lozim». Fanning bunday yuksak maqomidan u inson 
hayotining  barcha  jabhalariga  rasman  faol  kirib  borishi  kerak,  degan xulosa kelib 
chiqadimi  yoki,  aksincha,  bu  fanga  insoniyat  hayotidagi  barcha  salbiy  jarayonlar 
uchun  mas’uliyat  yuklaydimi?  Bu  savol  ochiq  qolmoqda.  Shu  narsa  aniqki,  fan, 
ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida, doim jamiyatda shakllangan madaniy an’nalarga, 
qabul  qilingan  qadriyatlar  va  me’yorlarga  tayanadi.  Bilish  faoliyati  madaniyat 
borlig‘i bilan mushtarakdir. Bu fanning bilish faoliyati sub’ekti – inson materialiga 
ishlov berish, uni o‘zlashtirish va bilish jarayoniga jalb qilish bilan bog‘liq 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish