Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti


Fanning  «neytralligi»  va  «ijtimoiy  buyurtma»



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/266
Sana18.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#386759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   266
Bog'liq
ilmiytadqiqotmetodologiyasipdf

Fanning  «neytralligi»  va  «ijtimoiy  buyurtma».
 
Fan,  ijtimoiy-madaniy  hodisa 
sifatida,  ko‘p  sonli  munosabatlar,  shu  jumladan  iqtisodiy,  ijtimoiy-psixologik, 
mafkuraviy,  ijtimoiy-tashkiliy  munosabatlarni  o‘z  ichiga  oladi.
  Fan  jamiyatning 
iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun o‘z imkoniyatlarini 
bevosita bunyodkor kuch 
funksiyasida
 
ro‘yobga 
chiqaradi. 
Bunda 

odamlar 
xo‘jalik-madaniy 
rivojlanishining  muhim  omili  sifatida  amal  qiladi.  XVIII-XIX  asrlardagi  sanoat 
to‘ntarishi natijasida yuzaga kelgan yirik mashinali ishlab chiqarish fanning bevosita 
bunyodkor kuchga aylanishi uchun moddiy negiz bo‘lib xizmat qildi. Har bir yangi 
kashfiyot ixtiro uchun asosga aylanadi. Ishlab chiqarishning rang-barang tarmoqlari 
fanning turli tarmoqlari ma’lumotlarining bevosita texnologik qo‘llanilishi sifatida 
rivojlana boshlamoqda. Bu tarmoqlarga tijorat keng kirib kelmoqda. Boshqa erkin 
kasblardan farqli o‘laroq, fan bir lahzada iqtisodiy foyda keltirmaydi va bevosita naf 
ko‘rish  bilan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  bog‘liq  emas,  shu  sababli  tirikchilik  uchun 
mablag‘lar  topish  muammosi  olim  uchun  har  doim  juda  muhim  bo‘lgan.  Hozirgi 
zamon  fanining  rivojlanishiga  ko‘p  miqdorda  mablag‘lar  kiritish  va  bunda  ular 
o‘zini tez oqlashiga umid qilmaslik talab etiladi.  
Jamiyatning  mafkuraviy  ehtiyojlariga  javob  berib,  fan  siyosat  vositasi  sifatida 
namoyon  bo‘ladi.  Markscha  mafkura  fanni  to‘la  va  yalpi  nazorat  qilgani, 
kibernetika,  genetika,  matematik  mantiq  va  kvant  nazariyasiga  qarshi  kurash  olib 
borgani  XX  asr  fani  tarixidan  yaxshi  ma’lum.  Markscha  fan  rivojlanishining  bu 
jihatiga baho berar ekan, E.Agatssi shunday xulosa chiqaradi: «Mafkura fanni unga 
mafkuraviy  fikrlashga  nisbatan  ustunlikni  ta’minlagan  ob’ektiv  bilim  imijidan 
mahrum  etishga  harakat  qildi...  Markschilar  fan,  ayniqsa  ilmiy  faoliyat  amaliy 
sohalarda  va  hokimiyat  bilan  munosabatlarda  (pragmatik  daraja)  ijtimoiy  jabhaga 
bog‘liq  ekanligini  qayd  etardilar,  bundan  tashqari,  fanni  texnologiya  bilan 
tenglashtirishga moyil edilar»
5
.  
Rasmiy  fan  jamiyatning  asosiy  mafkuraviy  mo‘ljallarini  qo‘llab-quvvatlash, 
mavjud  hokimiyat  va  mafkura  o‘zining  imtiyozli  mavqeini  saqlashiga  yordam 
beruvchi  intellektual  dalillar  va  amaliy  vositalar  taqdim  etishga  doimo  majburdir. 
                                                 
5
 Қаранг: Агацци Э. Моральное измерение науки и техники. – М., 1998. – 2-б. 


Bu  jihatdan  fan  mafkuradan  «ruhlanishi»,  uni  o‘zida  mujassamlashtirishi  lozim. 
T.Kun ta’biri bilan aytganda, «olimlar boshqotirmalarni yechishni o‘rganadilar va 
buning  orqasida  katta  mafkura  turadi»
6
.  Shu  sababli  fanning  betarafligi  haqidagi 
xulosa doimo qizg‘in munozaraga sabab bo‘ladi.  
Mafkurani o‘zlashtirish ongsiz darajada, birlamchi ijtimoiylashuv jarayonida yuz 
beradi,  shu  sababli  fan,  garchi  u  har  qanday  mafkuradan  butunlay  xoli  bo‘lishga 
harakat  qilsa-da,  mafkura  ta’siridan  hech  qachon  to‘la  xalos  bo‘la  olmaydi. 
Mafkuraning  xususiyatlari  qatoriga  mafkurachilar  uning  haqiqatni  ataylab  buzib 
ko‘rsatishi,  dogmatizm,  murosasizlik,  falsifikatsiyalanmaslikni  kiritadilar.  Fan 
mutlaqo  qarama-qarshi  tamoyillarga  amal  qiladi:  u  borliqni  aniq  va  to‘g‘ri  aks 
ettirishga harakat qiladi, raqobatdosh nazariyalar bilan ko‘pincha murosaga keladi, 
hech  qachon  erishilgan  natija  bilan  kifoyalanmaydi  va  falsifikatsiyalanishga 
moyildir.  
Mafkura fanga munosabatning quyidagi modellariga amal qiladi: 
1) qoralash;   
2) befarqlik (u yoki bu fan o‘z holicha rivojlanishiga yo‘l qo‘yib beradi); 
3)  rahnamolik  va  ekspluatatsiya  qilish.  Bunda  muayyan  yo‘nalishlarni 
rivojlantirish,  rivojlanish  jarayonini  sekinlashtirish  yoki  to‘xtatishga  qaratilgan 
mexanizmlar ishga solinadi.  
Jamiyat  muttasil  ta’sirining  sezilishi  bugungi  kunda  fan  «ijtimoiy  buyurtma»ni 
bajarishga majburligi bilangina izohlanmaydi. Texnologik ishlovlarning qo‘llanish 
oqibatlari uchun katta axloqiy mas’uliyat har doim olim zimmasiga yuklanadi. Aniq 
fanlarga  nisbatan  maxfiylik  xususiyati  juda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu, 
xususan,  harbiy  sanoat  sohasida  maxsus  buyurtmalarni  bajarish  bilan  bog‘liq. 
Darhaqiqat, shunday texnologiyalar va ishlovlar mavjudki, insoniyat uchun ulardan 
foydalanish o‘ziga o‘zi ziyon yetkazish yoki o‘zini o‘zi qirg‘in qilish bilan barobar.  
Fanni belgilovchi ijtimoiy-psixologik omillar ilmiy tadqiqot kontekstiga tarixiy va 
ijtimoiy  ong  haqidagi  tasavvurlarni,  olimning  shaxsi  va  ma’naviy  qiyofasi, 
bilishning  kognitiv  mexanizmlari  va  uning  faoliyatini  rag‘batlantiruvchi  omillar 
haqidagi  mulohazalarni  kiritishni  taqozo  etadi.  Ular  fanni  sotsiologik  o‘rganish 
majburiyatini  yuklaydi,  chunki  fan,  ijtimoiy-madaniy  hodisa  sifatida,  o‘z 
rivojlanishining  nafaqat  ijobiy,  balki  salbiy  oqibatlari  bilan  ham  tavsiflanadi. 
Faylasuflar  fanning  qo‘llanilishi  o‘zining  axloqiy  va  insoniy  mazmunini 
yo‘qotishidan  ehtiyot  bo‘lishga  chaqiradilar.  Bu  holda  fan  qattiq  tanqid  ob’ektiga 
aylanadi, olimlar faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish muammolari muhim ahamiyat 
kasb etadi.  
Ijtimoiy-madaniy  hodisa  sifatidagi  fanni  tushuntirishning  mushkulligi  shu  bilan 
izohlanadiki,  fan  o‘z  erkinligidan  voz  kechmaydi  va  ijtimoiy  munosabatlar 
kontekstiga  butunlay  singib  ketmaydi.  Fan,  hech  shubhasiz,  «kommunitar 
(kollektiv)  korxona»dir.  Biron-bir  olim  o‘z  hamkasblarining  yutuqlariga, 
odamzotning  umumiy  xotirasiga  tayanmasligi  mumkin  emas.  Fan  juda  ko‘p 
odamlarning hamkorligini talab qiladi, u intersub’ektivdir. Davrimizga xos fanlararo 
                                                 
6
 Американский философ Джованна Боррадори беседует с Куайном, Дэвидсоном, Патнэмом, Нозиком, Данто, 
Рорти, Кэйвлом. – М., 1998. – 200-б. 


tadqiqotlar har qanday natija kollektiv kuch-g‘ayratining mahsuli ekanligiga urg‘u 
beradi.  Biroq  kommunitarlikning  ijtimoiylikdan  farqini  tushunish  uchun 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish