Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


modda. Tamaki mahsulotini transportda belgilanmagan joylarda



Download 2,15 Mb.
bet107/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

modda. Tamaki mahsulotini transportda belgilanmagan joylarda iste’mol qilish

Mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poezdlarda, daryo kemalarida belgilanmagan joylarda, shahar atrofiga qatnaydigan poezdlarning vagonlarida (shu jumladan tamburlarida), shahar ichida, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslarda, shuningdek taksilarda, yo‘nalishli taksilarda hamda shahar elektr transportida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, —
eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Havo kemalarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, —
eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(122-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-396- sonli Qonuni tahririda O‘R QHT, 2015 y., 52-son, 645-modda)

  1. modda. Transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish

Poezdlarning vagonlari, avtomobilь va shahar elektr transportidan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish —
eng kam ish haqining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

  1. modda. Transportda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish Transportda belgilangan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish — fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha,

mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.

  1. modda. Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish

Oldingi tahrirga qarang.
Haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yo‘lovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga, xuddi shuningdek mototsikl haydovchilarining motoshlemlardan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi, —
eng kam ish haqining beshdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(125-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 26
apreldagi O‘RQ-289-sonli Qonuni tahririda O‘R QHT, 2011 y., 17-son, 168-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Haydovchilarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan yoxud foydalanish man etiladigan darajada nosozligi bo‘lgan, xuddi shuningdek ishlayotganida tashqariga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, shuningdek shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarini boshqarishi, —
eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Haydovchilarning tormoz tizimida, rulь boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi bo‘lgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi, —
eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Haydovchilarning shaharlararo va xalqaro yo‘lovchi tashishni amalga oshiradigan avtobuslarni nazorat asboblarisiz (taxograflarsiz) yoki taxograflarni o‘chirgan holda boshqarishi, —
eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(125-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 26 apreldagi O‘RQ-289-sonli Qonuniga muvofiq ikkinchi — to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2011 y., 17-son, 168-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan echib olingan transport vositalarini boshqarish —
(125-modda to‘rtinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 13
dekabrdagi O‘RQ-125-sonli Qonuni tahririda O‘R QHT, 2007 y., 50-51-son, 504-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(125-modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 26
apreldagi O‘RQ-289-sonli Qonuni tahririda O‘R QHT, 2011 y., 17-son, 168-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat raqam belgisi yasama yoki o‘zga usullarda o‘zgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo‘lmagan transport vositasini boshqarish —
eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(125-modda oltinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 26
apreldagi O‘RQ-289-sonli Qonuni tahririda O‘R QHT, 2011 y., 17-son, 168-modda)
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalarini ishdan tashqari vaqtda ulardan foydalanish shartlariga muvofiq keladigan tarzda maxsus jihozlanmagan joyda saqlash —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa

  • ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

(125-modda ettinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 26
apreldagi O‘RQ-289-sonli Qonuni tahririda O‘R QHT, 2011 y., 17-son, 168-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu
Kodeksning 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131,
133, 134, 135, 1351, 136, 139, 140, 141-moddalarida transport vositalari deyilganda barcha turdagi avtomobillar va traktorlar, boshqa xil o‘ziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, shuningdek mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalarini tushunmoq kerak.
(125-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 26 apreldagi O‘RQ-289-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011 y., 17-son, 168-modda)

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish