Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


MAVZU: Milliy urf-odatlar, an’analar va marosimlar –



Download 2,15 Mb.
bet108/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

MAVZU: Milliy urf-odatlar, an’analar va marosimlar –


ma’naviyat ko‘zgusi

O‘zbekiston xalqi o‘z tarixiy taraqqiyoti davomida yaxshi kunlarni ham, og‘ir mustabid tizimga tobe bo‘lgan davrlarni ham boshidan o‘tkazdi. Qanday sharoitlar bo‘lmasin, uning mehmondo‘stlik, insonparvarlik, vatanparvarlik, oilaparvarlik kabi miliy-tarixiy qadriyatlari hech qachon zavol topmagan.


Davlat va jamiyat yangilanayotgan, o‘zligiga qaytayotgan bir vaqtda:
- qadimiy va zamonaviy xalqqadriyatlarini doimo yodda tutish hamda rejalashtirish;

    • oilani miliy qadriyatlar asosida mustahkamlash;

    • ulug‘ ajdodlarimiz merosini ularga hurmat ruhida o‘rganish va shular orqali jamiyat mafkurasini mustahkamlash eng muhum ma’naviy vositadir. Miliy ong, tarixiy ong, tarixiy xotiraning bir-biriga va dunyoqarashga ta’sir etadigan yana bir jihati miliy birlik, hamjihatlik, hamdardlik, hamkorlik tuyg‘usidir, bu esa miliy g‘oyaga, mafkuraga tayanib, buyuk maqsadlar sari qo‘lni qo‘lga berib xizmat qilishdan iboratdir.

An’analar urf-odat, rasm-rusumlar, bir-birilariga juda yaqindan bog‘liq bo‘lib butun insoniyatga xos tushunchadir. SHo‘rolar hukmronligi davrida ko‘p urf-odatlar, an’ana va rasm-rusumlarimiz eskilik sarqiti, deb poymol qilindi, bu esa ta’lim-tarbiya ishiga va o‘zbek millatiga rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Urf-odatlar an’analar har bir millat va elatning tarixi, turmush tarzi, ma’naviyati ta’sirida o‘ziga xos ravishda shakllanib, rivojlanadi. Har bir millat, har bir davrdagi o‘ziga xos xususiyat hayot tarzi, madaniyati, fani, adabiyoti va boshqa sohalarda erishgan yutuqlarini avlodlarga etkazadi. Miliy urf odat, rasm-rusum va an’analar barcha millatlarda mavjud. Qudachilikka o‘zbeklarda nihoyatda katta e’tibor qaratiladi. Erning o‘z ayoliga, ayolning o‘z eriga munosabati, ularning o‘z farzandlariga munosabati, qarindosh- urug‘chilik qoidalari, qo‘ni-qo‘shnichilik, “hovli olma, qo‘shni ol” qoidasiga tayanuvchi yaxshi qo‘shnichilik, hashar, to‘y-tomoshalar, xotira, ehson marosimlari, kelinga munosabat, kelinning qaynota, qaynonasiga bo‘lgan munosabatlari kabi miliy urf - odatlar va rasm-rusumlar o‘zbek millatini boshqa millatlardan ajratib turadi.
An’ana, rasm-rusum va urf-odatlar jamiyatdagi boshqa narsalar singari eskiradi va asta-sekin iste’moldan chiqadi. Ammo bu jarayon nihoyatda murakkab kechadi. CHunki asrlar davomida o‘rgangan odatlarni to‘satdan chiqarib tashlash oson emas. Ba’zilari tez, ba’zilari esa sekinlik bilan jamiyat e’tiboridan chetda qoldai. Bularning bu xususiyati ularning ong bilan
bog‘liqligidadir. Urf odat, rasm-rusum va an’analarga hurmat o‘z millatiga hurmat bajo keltirish demakdir.
An’ana va urf-odatlar tarixiy mazmunga ega, ya’ni moddiy turmush sharoiti ta’sirida yuzaga keladi, vaqt o‘tgani sari ular barqarorlasha borib, ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib o‘tadi. An’ana, urf-odat va marosimlar insonlar hayotini boyitadi. SHu bois har qanday jamiyat, har qanday ijtimoiy tizim ularga ehtiyoj sezadi, zero, aynan ular yordamida odamlar orasida o‘zaro munosabatlar keng tus oladi, axloqning muayyan qoida va mezonlari vujudga keladi.
An’ana, urf-odat va marosimlar o‘z ichiga san’atning bir necha turlarini mujassamlashtiradi. SHu jihatdan misol tariqasida bir paytning o‘zida bir necha san’at turlari: shoirlik, xonandalik, musiqa, raqs, xalq amaliyoti va boshqalarni jamlaydigan to‘y marosimlarini keltirish mumkin. To‘y marosimlarining boshlanishidayoq xalq og‘zaki ijodi, adabiy mahorat, notiqlik san’ati namoyon bo‘ladi.
Jamiyat hayotidagi ulkan o‘zgarishlar, ommaviy axborot vositalari, mavqei kun sayin ortib borayotgani, urf-odat va an’analarni o‘rganish masalalari ayricha tus olayotganiga qaramay, ularning jamiyat hayotidagi, shaxs ma’naviyatidagi ahamiyati zarracha kamayayotgani yo‘q. Albatta, an’ana, urf-odat va marosimlar o‘z vazifasini to‘g‘ri o‘tashi uchun ular bevosita xalq ichida yaxshi o‘zlashtirilgan bo‘lishi kerak. An’ana, urf-odat va marosimlar bilan yaxshi tanish bo‘lmagan kishilar uchun ularning haqiqiy maqsad-mohiyati tushunarsiz va ular g‘ayritabiiy tuyulishi ham mumkin. SHu sababli har bir jamiyat o‘z urf-odatlarini xalq orasiga yaxshi singib ketishidan manfaatdordir.
Bayramlar - xalq ma’naviyati va jamiyat hayotida muhim marosimlar hisoblanadi. Bayramlar, odatlar, xalq, davlat, biror-bir ijtimoiy guruh hayotidagi muhim sanalar bilan bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekistonda qadimiy bayramlar - “Navro‘z”, “Qurbon hayiti”, “Ramazon hayiti” va boshqalar mustaqillik sharofati bilan qayta tiklandi.
Bu bayramlarning eng ahamiyatli jihatlaridan biri, keksalarga hurmat, bemorlarning hollaridan xabar olish, muhtojlarga ko‘mak berish bo‘lgan.
Har bir ijtimoiy hodisa jamiyat hayotida muayyan vazifani bajaradi. An’ana va marosimlar ham murakkab ijtimoiy hodisalar bo‘lib, jamiyat va xalq hayotidagi muhim muammolarni echishga xizmat qiladi. Ular insonga hayotning mohiyati, yashashdan maqsad va shu kabi boshqa bir qancha masalalarni oydinlashtirishga yordam beradi.
Xalqimiz o‘z xursandchiligini ham xafaqonligini ham turli marosimlar, rasm-rusumlar, udumlar orqali namoyish qiladi.
Xalqimizning qadimiy marosimlaridan biri to‘ydir. U juda go‘zal, mazmunan rang-barang, har bir mintaqada o‘tkaziladigan to‘ylarning bir- biriga o‘xshaydigan xususiyatlari, rasm-rusumlari mavjud.
To‘y – yaqin do‘st-yor,qarindosh-urug‘ diydoriga, shirin taomlarga, yaxshi kuy va qo‘shiqlarga, bayram shodiyonalarga, kulgu va quvonchga to‘yishdir. Karnay-surnay, nog‘ora to‘y belgisi – xabarchisidir.
Milliy, an’ana va marosimlar xalqning idrok manzarasini yaratadi, e’tiqodini bildiradi. Xalqning diyonatini ko‘rsatadi. E’tiqodga royish bildirish, unga imon keltirish oqibatida xayr-sadaqa, xudoyi singari rusumlar maydonga keladi.
Demakki, qalbga mehr-muruvvat, himmat, marhamat, qayishish, bir-biriga izzat-hurmat, ehtirom hislarini solish ham milliy qadriyatlarimizdir.
Milliy urf-odatlarimizdan biri – Navro‘z bayramidir. Bu bayram tun bilan kunning tenglashgan vaqtida, tabiatning jonlanishi, yangilanishi, yurtimizga go‘zal bahor faslining kirib kelib, kelinchakdek o‘z yashil sepini keng yoshilishi bilan boshlanadi. Bu bayram rang-barang udum va marosimlarga boy. Masalan: qish manzillaridan yozloq (yozgi mehnat va hordiq maskanlari)larga ko‘chib o‘tishgan. Dalalarda ekin-tikin ishlari boshlangan. Dehqonlar erga qo‘sh solishgan, jamoa bo‘lib hashar uyushtirishgan, o‘tganlarni yod aylashib, qabristonlar obodonlashtirilgan. Ommaviy ravishda mevali, manzarali daraxtlar o‘tkazilgan. Bu bayramning eng ahamiyatli jihatlaridan biri, keksalarga hurmat, ularning hollaridan xabar olish, ko‘mak berish bo‘lgan.
Navro‘zga bag‘ishlab maxsus kiyimlar tiktirilgan, Navro‘z taomlari pishirilgan. Ayniqsa sumalak, halim tayyorlashda yoshu-qarilar birgalikda tuni bilan uxlamay, turli ertak, rivoyatlar, hikoyatlar aytishib, o‘tkir zehnlarini namoyish qilishgan. Kunduzlari sayil o‘yinlari, lapar aytishlar, sovrinli musobaqalar o‘tkazilgan. Bu o‘yinlarning hammasida albatta o‘smirlar ishtirok etganlar. SHuning uchun qadimiy urf-odatlarimiz ajdodlardan avlodlarga o‘tib, davom etib yashab kelmoqda. Ulug‘ bobolarimiz Abu Rayxon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida, Muhammad Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘ati turk» asarida, Umar Xayyom
«Navro‘znoma», Lutfiyning «Gul va Navro‘z» dostonida Navro‘zimiz haqida har tomonlama qiziqarli ma’lumotlar berishgan.
Milliy urf-odatlar, an’analar va marosimlar yoshlarimizni barkamol inson qilib tarbiyalash vositasidir. Ular odobnoma, yosh avlod uchun tarbiya maktabidir.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish