Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet38/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

KOMIL XORAZMIYning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida komil inson g‘oyasi alohida ahamiyatga ega. Inson kamolotini uning qo‘lida mavjud bo‘lgan moddiy boylik emas, balki uning aqliy, axloqiy, ma’naviy etukligi belgilaydi, deb e’tirof etadi. SHoirning fikricha, insonning kamolotga intilishi, aqliy etuklik ma’rifat bilan, tarbiya vositasida ro‘yobga chiqariladi. Komil Xorazmiyning komil inson konsepsiyasida ma’rifatparvar va adolatli podsho xaqidagi orzu-umidlari ham etakchi o‘rinni egallaydi. U kishilarni ma’naviy barqarorlikka da’vat etish bilan birga, ulardagi salbiy axloqiy illatlarni ayovsiz tanqid qiladi.
AHMAD DONISH - insonning ma’naviy kamolotida eng asosiy narsa bu nafsni aql asosida boshqarish, unga butkul qaram bo‘lib qolmaslikni uqtiradi. Agar inson oz eb, boriga qanoat qilsa, ikki dunyoda ham baxtli bo‘ladi deb aytadi. U o‘zining “Nodir voqealar” asarida odob-axloq borasida quyidagi fikrlarni keltiradi:

  • “YOshligimdan boshlab zamona ahllari qiziqqan ortiqcha ziynatli kiyim, naqshli salladan yuz o‘girib, ilm axtardim.

  • Odam alayhissalomdan tortib, shu kunga qadar o‘tgan asarlarda aqlli kishilar, ilm-fazl egalari doimo ofat va balolarga yo‘liqib kelganlar. Oqil va donolarning o‘zlariga yarasha daraja va mansablarga ega bo‘lganliklari hech bir tarixda yozilmagan.

  • YOmonlarning davlati yaxshilarning ofati ekanligiga shubha yo‘qdir.

  • Tani sog‘lom, uzrsiz kishilarning gado bo‘lishlari ularning dangasaliklari natijasidir.

  • Kishi o‘z vatanini himoya qilsagina, o‘z xalqi bilan birga bo‘lsagina har doim baxtiyordir”1,-deb har bir insonni ma’naviy kamolotga da’vat etadi.





1 Boboev H., G‘ofurov Z. O‘zbekistonda siyosiy-ma’rifiy va ma’naviy-ma’rifiy ta’limotlar taraqqiyoti. T.: YAngi avlod, 2001. B. 322.
ABDULLA AVLONIY axloq bu – ezgulik muayyan bir insonda namoyon bo‘lish shakli. Binobarin, har bir xulq ezgulik va olijanoblikning timsoli. Hamma narsa tarbiyaga bog‘liq. “Badan tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham yordami bordir. Jism ila ruh ikkisi bir cho‘ponning o‘ng ila tersi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon hulqlardan saqlanmasa, cho‘ponning ustuni qo‘yub, astarini yuvub, ovora bo‘lmoq kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur”.
Iqtisod – pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakdadur. Mol qadrini biluvchi kishilar o‘rinsiz erga bir tiyin sarf qilmas, o‘rni kelganda so‘mni ayamas. Saxovatning ziddi baxillik o‘ldig‘i kabi iqtisodning ziddi isrofdur. Iqtisodni rioya qilgan kishilar hamma vaqt tinch va rohatda yashar. Arilar qish kunida emak uchun bol yig‘ganidek, boshlariga keladurgan qora kunlarni o‘ylab, oq pul yig‘urlar. “Toma-toma ko‘l bo‘lur”,-demishlar. Har narsa ozdan ko‘payur. Hozirgi zamonda maqsadga etmak, o‘z millatiga xizmat qilmak, xalqg‘a maqbul bo‘lmak uchun ilm va mol lozimdur. Olamdagi hamma millatlarning hol va qudratlari mol va boyliklari ila o‘lchanadur. Har erda boy millatlar og‘ir kelub, pallani bosub, xo‘ja o‘lganidek faqirlari engil kelub, qul va asir bo‘lub, osilib qoladur. Mol topmakning eng barakali yo‘llari: hunarchilik, ekinchilik, chorvachilik, savdogarlikdur.
Hasosat - ta’ma va zillatni bo‘yniga yuklab, ortiqcha hirsini dunyoga qo‘ymakdur. Hirs va ta’maga ifrot darajada yuz tuban ketgan baxl qancha sha’nu sharaf sohibi bo‘lsa ham, nafsining yoqasini faqirona bir mazallatdan va xorliqdan qutqarolmas.
Allomalarning bildirgan fikr-mulohazalarini tahlil qilar ekanmiz, ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi bu – insonning ichki dunyosini nazorat qilish va uni ongli tarzda boshqara bilishidir, degan xulosaga kelish mumkin.
Har bir insonda ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi fazilatlari, eng avvalo, ularning o‘zidan katta yoshdagilar – ota-ona, yaqinlari, o‘qituvchilar va boshqalar bilan bo‘lgan munosabatlar orqali shakllanib, so‘ng tengqurlari bilan munosabatlarda takomillashadi. SHu ma’noda, ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi fazilatlari shaxs ta’rifi va tavsifining bosh mezoni sifatida, uning shaxs ruhiyatida vujudga kelish, shakllanish va taraqqiy etish jarayonlari va qonuniyatlarini o‘rganish bo‘lajak o‘qituvchilarlarni ma’naviy- axloqiy tarbiyalashda, ularning har tomonlama barkamol avlod bo‘lib o‘sib- unishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 18




18 Matn Ibrohim Yo‘ldoshev va Nargiza Mirsagatovalarning Ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi –
taraqqiyotning mustahkam garovi (metodik qo‘llanma) dan olindi. T.: 2012. 27-39 betlar.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish