Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya va moliyaviy texnologiyalar fakukteti mmt-71/22 guruh talabasi omonov javlonbek toshkent-2022



Download 1,01 Mb.
Sana08.04.2023
Hajmi1,01 Mb.
#926084
Bog'liq
nokia

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR FAKUKTETI MMT-71/22 GURUH TALABASI OMONOV JAVLONBEK TOSHKENT-2022

Afsonaviy NOKIA kompaniyasi

Reja:

    • NOKIA TARIXI

1
    • NOKIA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

2

Kompaniya tarixi 1865-yil tog‘ muhandisi Frederik Idestam kichik qog‘oz fabrikasiga asos solgan paytdan boshlangan deb hisoblanadi. 1871-yilda kompaniya «Nokia Ab» nomi bilan qayta nomlangan. 1967-yilda uchta kompaniya birlashdi: Finnish Rubber Works, Finnish Cable Works zavodlari va Nokia Ab. Birlashtirilgan kompaniya beshta asosiy yo‘nalishga ega bo‘ldi: rezina buyumlar, kabellar, elektronika, yog‘ochni qayta ishlash va elektr energiyasini ishlab chiqarish.

Nokia tarixi

80-yillarda Nokia Data bo‘limi kompyuter bo‘limi MicroMikko shaxsiy kompyuterlarini ishlab chiqarishni boshladi. Bu biznes-shaxsiy kompyuterlar bozorida birinchi qadam edi. Birinchi model “MicroMikko1”ning chiqishi 1981-yil 29-sentyabrda amalga oshirildi. 1987-yilda kompaniya “Mobira Cityman 900” telefonini taqdim etdi, uni o‘zingiz bilan qo‘lda ko‘tarib yurish mumkin edi (og‘irligi 760 gramm). Aynan shu telefonda Mixail Gorbachyov Finlyandiyada turib Moskvadagi Aloqa vaziri bilan bog‘langanligi o`sha payt uchun yetakchi kompaniyakardan biri ekanligini anglatadi

Nokianing mashhurlikka erishishining asosiy sababi siz va biz bilgan telefonlar hisoblanadi. 1990-yilda raqamli mobil telefonlar uchun GSM standarti ishlab chiqarildi. “Nokia” esa 1991-yilda dastlabki GSM telefonini taqdim etdi. 1992-yilda esa “Nokia1011” telefonlari sotuvga chiqdi.

1994-yilda ishlab chiqarilgan “Nokia 2100” dunyo bo`yicha 20 million dona sotildi. 1995-yilda esa Xitoyda zavodning birinchi kompaniyasi qurildi. 1996-1999-yillar oralig`ida chiqqan “ Nokia 9000 communicator” esa butun dunyoni hayratga soldi. Telefon o`sha davr uchun katta bo`lgan monoxrom ekran, QWERTY klaviatura bilan jihozlangan bo`lib, GEOS operatsion tizimida ishlardi. Unga “Intel x86” protsessori o`rnatilgan bo`lib, xotirasi 8 megabayt edi.

Kompaniya to`qsoninchi yillar oxirida o`zining “Nokia 3310” telefonini ishlab chiqardi va 130 million dona sotishga erishdi. 2001- yilda “Nokia” MMS ni qo`llashni boshladi. 2002-yilda “Nokia”ning dastlabki smartfoni –”7650” sotuvga chiqdi. Kompaniyaning keying smartfonlari N91, N90, N70 smartfonlari ham bozorda xaridorgir qurilmalardan bo`ldi. Kompaniyaning eng xaridorgir telefoni esa “Nokia1100” modeli bo`lib 2003-2009-yillar davomida 250 million dona sotilgan. 1998-yilga kelib, telekommunikatsiya sohasiga “GSM”dagi dastlabki investitsiyalarni jalb qilgan holda, Nokia dunyodagi eng yirik mobil telefon ishlab chiqaruvchisiga aylandi. Ushbu yetakchilik 2007-yilgacha davom etdi. 2007-yilgi noyabr sonida “Nokia” mobil telefonlar qiroli deb nomlangan.

Sensor telefonlar uchun mo`ljallangan SYMBIAN tizimi “Nokia 5800” modelida paydo bo`ldi. Lekin “Android” va “Iphone” bu paytga kelib bozorga faol kirib kelgandi. 2010-yilda kompaniyaning ijrochi direktori etib “Microsoft” kompaniyasida ishlagan Stiven Elop tayinlandi. Elop rahbarligida “Nokia” yo`nalishini Windows Phone tomonga o`zgartirdi. 2013-yil sentyabrda Microsoft “Nokia”ning uyali telefonlar va mobil qurilmalar ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi bo`limini sotib oldi.

2013-yil 3 sentyabr kuni Microsoft Nokia'ning uyali telefon bo‘limini barcha patentlari bilan sotib olganligini e’lon qildi. Bu darajadagi korporatsiya uchun sotib olish narxi juda past edi - Nokia biznesi 5 milliard dollarga baholangan, yana 2,18 milliard dollarlik patentlar uchun. Hozirgi kunda Microsoftning “Nokia” brendidan foydalanish huquqi yakuniga yetgan va Microsoft “Lumia” belgisi ostida smartfon ishlab chiqarmoqda. Bu esa kompaniyaning yangi davri boshlanishiga zamin yaratsa ajab emas.

Nokia haqida qiziqarli faktlar

1992-yilda «Connecting people» («Odamlarni birlashtirish») degan mashhur ibora kompaniyaning reklama shiori sifatida paydo bo‘lgan.

2009-yilda Nokia Apple kompaniyasi ustidan 10 ta patentni buzganligi bo‘yicha sudda g‘alaba qozondi, ularning yutuqlari birinchi avlod “iPhone”larida ishlatilgan. Natijada, Apple “Nokia”ga kompensatsiya to‘ladi va yaqinda imzolangan patent bitimiga ko‘ra, u hali ham katta foiz to‘lashni davom ettirmoqda.

Hozigi vaqtda uyali aloqa sektorining barcha ishlab chiqarish quvvatlari Osiyo mamlakatlarida joylashgan. Oxirgi marta mobil telefon 2012-yilda Finlyandiya konveyeridan chiqarildi.


Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish