OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
San’atshunoslik fakulteti
Tasviriy san’at va muhandislik
grafikasi yo‘nalishi talabasi
_______________________________ning
“Tasviriy san’at metodikasi” fanidan
DARS ISHLANMASI
UrDU 2021
MAVZU: TASVIRIY SAN’ATDA MANZARA JANRI.
Darsning ta’limiy maqsadi:
-O‘quvchilarga tabiat holatlarini rang koloriti, havo va chiziqli perspektivaning qonun-qoidalari haqida ma’lumot berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
-Manzara ishlash texnikasi va bosqichlarini tushuntirish, kuzatuvchanlikni, hamda ko‘z xotirasini rivojlantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:
-O‘quvchilarning badiiy-estetik didini oshirish, tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatini oshirish.
Dars jihozi ; Jahon va o‘zbek manzarachi rassomlarning asarlaridan namunalar, tugallangan ishlar.
Dars metodi: Suhbat, sinfda o‘quvchilar bilan ishlash.
Dars turi: Amalish ish.
Darsning mazmuni:
O‘quvchilarga manzara janri haqida tushunchalar berish.
O‘quvchilarga manzara ishlash bosqichlarini tushintirish.
1.Tashkiliy qism
2. Uygi vazifani tekshirish, o‘tilgan mavzuni takrorlash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Amaliy mashg‘ulot.
5. Darsni yakulash.
6. Uygi vazifa berish.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism – 2 daqiqa
Didaktik o‘yinlar – 10 daqiqa
Prezentatsiya – 10 daqiqa
Asosiy qism – 20 daqiqa
Yakuniy qism – 3 daqiqa
O‘quvchilar bilan salomlashish, davomatni tekshirish, sinf xonasi va o‘quvchilarningf darsga tayyor ekanligini teshkirish.
Uygi vazifani tekshirish.O‘quvchilarni uyda bajargan ishlarini tekshirib, baholanadi. Yaxshi bajargan o‘quvchilar ruhlantiriladi va rag‘batlantiradi. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar beriladi.
Yangi mavzu bayoni:
Tasviriy san’atning tur va janrlari xilma-xil bo‘lib, bular orasidagi manzara janri alohida o‘ringa ega. Manzara janri – fransuzcha “rausage” so‘zidan olingan bo‘lib, tabiat tasviri, ko‘rinishi degan ma’noni anglatadi. Manzara tasviriy san’atning lirik janrlaridan biridir. Manzara janrida ko‘pincha tog‘lar, dalalar, anhor, ko‘l, daryolar, ko‘cha va uylar tasvirlanadi.
Tabiat manzaralarini tasvirlash VII asrda Xitoy rassomchilik san’atida paydo bo‘lgan. Mustaqil janr sifatida esa Yevropada san’atida XVII asrdan boshlab rivojlandi va Gollandiya rangtasvir san’atida keng rivojlandi. XVII asrgacha tabiat manzarasi ko‘rinishlar portret asarlari uchun fon sifatida xizmat qilgan. XIX asrga kelib manzaraning yangin shahar, bog‘ kabi turlari rivojlana boshladi. Odamning tabiatga bo‘lgan emotsional munosabati, psixologik mazmuni manzarada o‘z ifodasini topa boshlagan. Manzara janrida faqat tabiat manzarasi tasvirlanib qolmasdan, unda ma’lum bir g‘oya ilgari suriladi.
O‘. Tansiqboyevning tog‘ manzaralari, I. Levitan va I. Shishkinning o‘rmon, I. Ayvazovskiyning va R. Kentning dengiz manzaralari harv qanday insonni o‘ziga maftun etadi.
Undan keyin manzara janriga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan jahon va o‘zbek rassomlarining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan prezentatsiya qo‘yib beriladi.
Amaliy mashg‘ulot:
Bu jarayonda o‘quvchilar bilan namunaga qarab rasm ishlashga kirishiladi. Avval o‘qituvchi tomonida sinf doskasida namuna sifatida tabiat manzarasi chizib ko‘rsatiladi. Birgalikda kompanovka olinib,manzara qog‘ozga qanaqa qilib joylashishi, umumiy tus va rangdorlik holati, manzaraning mayda bo‘laklari tasviri, manzarada kenglik va asosiy rangdorlik munosabatlarini rasm chizishda tasvirlash kerakligi amal ish jarayonida batafsil tushintiriladi.
Xaqqoniy tasvirlash etyudning rangdorlik qatorini qurilishiga, naturaning rang munosabatlari mutonasibligiga asoslanishi,. rang munosabatlarini aniqlanishi bir vaqtning o‘zida manzara obyektlarini yaxlit taqqoslashda amalga oshirilishi, manzaraning asosiy obyektlari (osmon, yer, suv, old va uzoqdagi ko‘rinishlar) orasidagi ranglar ranglar farqini aniqlashga, barcha obyektlarini ishlash vaqtida birdaniga yaxlit ko‘rish va idrok qilish uchun esa ancha kengroq ko‘rish maydoni talab qilishi jarayon vaqtida aytib o‘tiladi.
Darsni yakunlash:
Dars kelib qolingan bosqichda to‘xtatilib, yaxshi chizgan o‘quvchilar yana bir ruhlantiriladi.
Uyga vazifa berish:
Dars paytida chizilgan rasmini oxirigacha yakunlash, undan tashqari ijodiy yondoshgan holda tabiat manzarasini ishlash va manzarachi rassomlar haqida ma’lumot yig‘ish.
Yakuniy qism:
O‘quvchilarga dars tugagani aytilib, xayrlashiladi.
NAMUNA
Do'stlaringiz bilan baham: |