Omon-qo’ton g’or makonining 1947 yildagi o’rganilish tarixi


I. 1. Taxti-Qoracha davoni hududlarining umumiy geologik xarakteristikasi



Download 199 Kb.
bet3/17
Sana01.08.2021
Hajmi199 Kb.
#134784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Amir temur g'ori

I. 1. Taxti-Qoracha davoni hududlarining umumiy geologik xarakteristikasi

Samarqand shahridan janubda Zarafshon tog’larining kengliklar bo’ylab cho’zilgan g’arbiy tizmalari joylashgan. Uning o’rta qismi Magian daryosidan Taxti Qoracha davonigacha cho’zilgan bo’lib, odatda, bu yerni mahalliy aholi Chaqil Qalyan, g’arbiy qismini esa Qora Tepa deb atashadi.

Chaqil Qalyanning Qora-Tepa bilan tutashgan joyida Zarafshon tog’ tizmasi janubga, ya’ni Kitob tumaniga qarab keskin burilish hosil qiladi va bu holat Shaxak daryosining kuchli regressiv erroziyasi natijasidandir.

Bu yerdagi asosiy tizmaning suv to’planadigan joyi ancha pastda joylashgan va bu holat bu yerga avtotransportning chiqishiga imkon beradi (rasm. 2).

Geologik nuqtai nazardan Taxti-Qoracha davoni ko’proq yuqori silur davrining jinslaridan tarkib topgan. Ushbu jinslarga qayroqtoshlar, slaneslar, rogoviklar va asosan, oxaktoshlar kiradi. Yuqori silur davri jinslari o’zining kuchli darajada metomorfizasiyaga uchraganligi bilan ajralib turadi. Oxaktoshlar odatda, plitasimon yirik mramorlarga aylanib qolgan va ko’pincha ularning qat qatligi yaxshi saqlanmagan. Taxti Qoracha davoni hududidagi ancha yosh yotqiziqlar qatoriga uchta terrasa hosil qilgan Shoxak daryosi vodiysidagi qadimgi allyuviy qatlamlarini kiritish mumkin.

Bu hududlarda cho’kindi jinslardan tashqari intruziv jinslar ham ko’p tarqalgan (granitlar va granodilritlar). Ular Taxti-Qoracha davoni va Qora-Tepa hududlarida ko’proq uchraydi.

Bu yerdagi yuqori silur davri yotqiziqlari diz’yunktiv strukturalar tomonidan bosib va bo’lib tashlangan. Ushbu strukturalarning shakllanishi paleozoy davrining oxirlaridan boshlangan va hozirgacha davom etib kelmoqda. Bu haqda hozirgi kundagi seysmik faollik guvohlik beradi. Tektonik harakatlar boshqa nisbatan qattiq jismlar kabi oxaktoshlarni ham intensiv buzilishiga olib kelgan. Turli yo’nalishlardagi va hajmlardagi yoriqlar yuqori silur davrida Taxti-Qoracha davonida keng tarqalgan belgilardan bo’lgan.

Qulay geomorfologik va gidrogeologik sharoitlarda oxaktoshlar yorilishining kuchayishi qadimda Zarafshon tog’ tizmasida karstli jarayonlarning rivojlanishiga olib kelgan. Bu haqda shu yerdagi g’orlar, karstli quduqlar va boshqa manbalarning mavjudligi, ya’ni karstli jarayonlarning ko’plab qoldiqlari guvohlik beradi. Taxti-Qoracha hududidagi ma’lum bo’lgan paleolit davri odamlari hayoti bilan bog’liq barcha jarayonlar karstli g’orlar bilan bog’liq bo’lganligi uchun ular alohida qiziqish uyg’otadi. Zarafshon tog’ tizmasidagi karstli jarayonlarning shakllanishi va paydo bo’lish vaqti masalasi hali ma’lum emas. Magian daryosi hududlaridagi g’orlarda gidrotermal faoliyat izlari topilgan (minerallar: antimonit, kivovar, barit, flyuorit va kalsit) va bu holat ushbu g’or paydo bo’lishining o’ta qadimiyligini ko’rsatadi. Bunday xulosalarni Taxti-Qoracha hududlaridagi g’orlarga ham qo’llash mumkinmi, noaniq. Magian daryosi va Taxti-Qoracha hududidlarigi g’orlarning shakllanishi borasida vaqt nuqtai nazaridan bunday parallelizasiya o’tkazish uchun shubhasiz ma’lumotlar yo’q. Ammo, ularning tashqi o’xshashligiga ko’ra ularni analogiya qilish mumkin. Ma’lum dalillarning guvohlik berishicha, Omon-Qo’ton 1 g’orida ayrim vaqtlarda qurish sodir bo’lgan va yana suv chiqib turgan. Masalan, g’orning qulab tushgan maydonini tozalashda, bu yerdagi g’or devorining kesmasida mayda toshchalarni suv bilan olib keltirilgan 6 ta qatlam borligi aniqlandi. 1,6 m chuqurlikdan g’orning ichki qismidan yuvib chiqarilgan ko’mir qoldiqlari topilgan.

Aftidan, g’orga ibtidoiy odamlar kelganlaridan keyin uning tagidan suv chiqqan. G’orda suvning paydo bo’lishi va qurishini tektonik harakatlar yoki oxaktoshlar yoriqlarning yopilishi yoki ochilishi bilan bog’lash lozim.



  1. Download 199 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish