Omon-qo’ton g’or makonining 1947 yildagi o’rganilish tarixi


Omon-Qo’ton g’or makonini sanalash



Download 199 Kb.
bet7/17
Sana01.08.2021
Hajmi199 Kb.
#134784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Amir temur g'ori

2. Omon-Qo’ton g’or makonini sanalash

Omon-Qo’ton g’orini tadqiq qilish ishlari endi boshlangan bo’lishiga qaramasdan, yuqorida qayd qilingan materiallar asosida uning qadimiyligi haqida xulosa qilishimiz mumkin. Bu haqda ma’lum ishonch bilan bu yerdan topilgan ibtidoiy odamlarning tosh qurollari guvohlik beradi. Omon-Qo’ton hududida kremniy yo’q. Shuning uchun ham ibtidoiy odamlar tosh qurollar yasash uchun oxaktosh, diorit va kvars kabi boshqa tosh jinslaridan foydalanganlar. Xususan, kvars g’o’lalari Omon-Qo’tondan D.N. Lev va A.P. Okladnikovlar tomonidan g’ordan uzoq bo’lmagan yerdan topilgan.

Omon-Qo’tondan topilgan tosh qurollar ishlanish texnikasiga ko’ra o’ta arxaik va primitiv ko’rinishga ega. Ular yirik va noto’g’ri shakllidir. Qurollar bu yerda uchirindilar chaqmoqlab olishga mo’ljallangan gardishsimon mustye davri texnikasi bilan emas, balki g’o’lani primitiv “parchala” uslubi orqali amalga oshirilgan. Ta’riflarimizdan ko’rinib turibdiki, Omon-Qo’tonda bironta ham nukleus topilmagan. Yodgorlikdagi tosh qurollar quyi paleolit davri uchun xos bo’lgan, qo’pol tosh g’o’laning ustki qismini tarashlash texnikasi yordamida ishlov berilgan.

P.P. Yefimenko, Mikok makoni quyi qatlamidan olingan chaqmoqtoshli industriyani ta’riflar ekan, ular uchun xarakterli belgilardan birini aniqlaydi: “Avvalombor, bu davrda odatda, paleolit davri texnikasida qo’llaniladigan chaqmoqlash emas, uchirindilarni tayyorlash uslublari diqqatga sazovordir: kremniy g’o’lalarini keskin, kuchli va tasodifiy yo’nalishlarda berilgan zarba orqali parchalash muhimdir. ...Bunday “parchalash” texnikasi kremniyga emas, balki kvars, kvarsit kabi boshqa tosh jinslariga qo’llanilganda, qo’polligiga ko’ra eolitlardan qolishmaydigan uchirindilar olish imkonini bergan. Bunday yo’l bilan ishlangan tosh buyumlar sinantroplar bilan birga uchraydi”14.

Bundan kelib chiqadiki, Omon-Qo’tonning tosh qurollari Sinantroplarning tosh qurollariga juda o’xshashdir.

Kremniydan va yashmadan ishlangan qo’pol tosh qurollar mashhur Krapina g’oridan ham topilgan. Bu yerdan topilgan tosh qurollar mustyegacha bo’lgan davrga oiddir. Shunga o’xshash tosh inventar Lya Ferassining quyi qatlamlaridan ham topilgan.

Ushbu qurollar ancha tasodifiy xarakterga ega. Bunday qurollar topilgan makonlarga: Taubax, Rabuti, Eringsdorf makonining quyi qatlamlarini ham kiritish mumkin.

Yaqin kunlargacha SNG hududlarida quyi paleolit davri Abxaziyadan topilgan makonlar bilan belgilanardi. Ushbu yodgorliklarning tadqiqotchisi S.N. Zamyatnin mustyegacha bo’lgan davrga oid bir qator yodgorliklarning ro’yxatini keltiradi:


  1. Kolxida qishlog’i.

  2. Kyurdere qishlog’i.

  3. Quyi Yashtux (Yashtuxortu)

  4. Suxumi tog’i.

  5. Bir tog’i.

  6. Gvard tog’i.

  7. Apiancha tog’i.

  8. Otan qishlog’i.

  9. Gali tog’i.

  10. Cheburisxinji qishlog’i.

V.I. Gromov, ushbu topilma joylarni quyidagicha xarakterlaydi:

“Deyarli barcha topilmalar Qoradengiz sohillari bo’ylab (dengizdan 25 km masofagacha), Gagrami hamda Cheburisxinji oralig’idagi keng va tekis terrasalarda joylashgan. Ularni makonlar deb bo’lmaydi, negaki, ularda ko’mir va hayvon suyaklari qoldiqlari saqlanib qolgan madaniy qatlamlar yo’q. Topilmalarnnng barchasi kremniy buyumlar bo’lib, ular ba’zan allyuviy yotqiziqlarda va ba’zan Fransiya, Janubiy Angliya, Falastin va boshqa davlatlar quyi paleolit davri qoldiqlari singari holatlarda yotadi”15.

1946 yilda P.I. Boriskovskiy hamda S.N. Bibikovalar tomonidan Kamenes Podolsk viloyatining shu nomli tumani hududidagi Luka Vrubleveskaya qishlog’idan ashel ko’rinishidagi vremnen buyumlar topildi.

O’sha yili Dnestrning chap sohilidagi Moldovaga qarashli Ribninskiy tumanidagi qishlog’i yaqinidagi G.P. Sergeyev tomonidan qazilgan g’ordan mustyegacha bo’lgan davrga oid tosh buyumlar bilan birga trigonteriy fili hamda shimol bug’usining suyak qoldiqlari topildi.

Va nihoyat, mustyegacha bo’lgan madaniy qoldiqlar Dnestrning o’ng Qirg’og’ida, Zaparojyega yaqin joydagi Kruglik qishlog’i yaqinidan (V.N. Danilenko tadqiqotlari)16 hamda Armanistondan ham topildi (S.N. Zamyatnin va M.Z. Panichkina tadqiqotlari)17.

V.N. Davidenko, Omon-Qo’ton materiallari bilan tanishar ekan, ularning Krugliknikidan qadimiyroq ekanligini tan oldi.

Sanab o’tilgan yodgorliklarning barchasi mustyegacha bo’lgan davrlarga oiddir. Ular arxeologik adabiyotlarda “klekton – mustyeoldi” nomini oldi. Omon-Qo’ton g’or makoni materiallariga kelsak, uni ilk paleolit yoki ashel davri bilan sanalash lozim.

Shundan kelib chiqib, bu yerdan topilgan qazilma odam qoldiqlari neandertal yoki mustye davri odamidan qadimiyroqdir.

Omon-Qo’tonning ibtidoiy odamlari o’zlari yashashlari uchun ancha qulay joyni tanlaganlar. G’ordan ikki tog’ oralig’idagi tor Bulbulzorsoy yaqqol ko’rinib turadi. Aytish mumiknki, g’orning old maydoni butun vodiyni kuzatish uchun juda qulay. Bu baland joydan turib ibtidoiy odamlar ov obyektlari yoki o’ljani kuzatish imkoniga ega bo’lgan. odam o’z mavqeining egasi bo’lgan. Butun vodiy unga tegishli bo’lgan. Bu vodiyga ibtidoiy odamlar hayvonlarni haydab kirganlar va so’ngra, ularni shu yerda o’ldirganlar. G’ordan uncha uzoq bo’lmagan joydagi qadimgi jarlikdan suv oqib turgan. Bu suv hozirda ham ikkita irmoq bo’lib vodiyda jo’sh urib oqadi.

Taxmin qilish mumkinki, ibtidoiy ovchilar suv bo’ylarida hayvonlarni poylab o’tirganlar.

Omon-Qo’ton odami asosan majaqlangan suyaklari ko’plab g’ordan ko’plab topilgan tog’ echkisiga ov qilgan. So’ngra, ular kiyikka ov qilganlar va uning ham suyaklari g’ordan topilgan.

Omon-Qo’tonda va Taxti-Qoracha davoni ortidagi g’orlarda qazilma otlarning tishlari topilgan. Teshik Toshdan topilgan otning tishlari haqida gapirar ekan, V.I. Gromova, faqat tishlariga qarab biz Teshik Toshdan topilgan otning Sharqiy Yevropadagi paleolit makonlaridan topilgan otlar bilan bir xil bo’lgan deb ayta olmaymiz. Negaki, to’rtlamchi davrning turli shaklli otlarini ularning tishlariga qarab ajratish qiyin. Aftidan, u ayrim mualliflarning fikricha, janubi sharqiy Osiyodagi arab hamda akalteke otlarining ajdodlaridirlar. O’rta Osiyoning paleolit davri yodgorliklaridan otlarning distal va falanga suyaklari topilishi juda muhim. Ayniqsa, Yevropa otlarining falangalari (oyoqlari) yirikligi va enliligi bilan ajralib turadi. Aksincha, sharqiy Yevropadagi xonaki otlarning oyoqlari tor va uzunligi bilan farq qiladi18.

Omon-Qo’ton g’oridan yirik yirtqich hayvonlardan ayiq va shoqolning suyak qoldiqlari topilgan.

Omon-Qo’tonliklar ayiqqa qanday usul bilan ov qilganliklarini aytish qiyin. Qator boshqa ma’lumotlarga ko’ra mustyegacha bo’lgan davrlardayoq odamlar ushbu hayvonga keng ov qilganlar.

Masalan, mustyegacha bo’lgan davrlarga oid Ilma vodiysida joylashgan Taubaxe va Eringsdorf makonlaridan boshqa hayvonlar bilan bir qatorda ayiq suyaklari ham topilgan. Nisbatan olganda ayiq suyaklari Eringsdorfda 10 % va Taubaxda 21 % na tashkil qiladi.

Shunday qilib, ko’rinib turibdiki ayiq ovlashning boshlanishi insoniyat taraqqiyotining eng qadimgi jamoalariga borib taqaladi.

Ayrim mualliflar ibtidoiy ovchilar ayiq g’ordan chiqqan paytida yuqoridan yirik harsang toshlarni yumalatish orqali ov qilganlar. P.P. Yefimenko bu borada quyidagilarni yozadi: “Ushbu yirik yirtqichni ovlash uchun ular qanday usul qo’llaganliklarini aniq bilmaymiz. Ammo, kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, Drazinggyol makonidan ikkita ayiqning bosh suyagi topilgan va bu suyaklarning har ikkalasi ham hayvon tirikligida boshidan yaralangan. Bu yaralar keyin bitib ketgan, biroq, ularning o’rni saqlanib qolgan. Shunga ko’ra aytish mumkinki, ibtidoiy odamlar ayiqlarga og’ir gurzisimon qurollar yordamida ov qilganlar va ular ayiq bilan yuzma yuz kelishdan qo’rqmaganlar”19.

Omon-Qo’ton g’orida bir qancha vaqt shoqollar ham yashagan. Bu yerdan topilgan shoqol suyak qoldiqlari shundan dalolat beradi. Shuningdek, ayrim hayvonlar suyaklarida o’tkir tishlarning izlari bor va bu shoqolniki bo’lsa kerak.

Omon-Qo’ton g’ori odami olovni ham bilgan. Bu haqda g’ordan topilgan gulxan, ko’mir, qadimgi kuya bilan qoplangan toshlar va kuygan hayvon suyaklari guvohlik beradi.

Omon-Qo’tonning ibtidoiy aholisi mohir ovchilar bo’lishgan. Ularning tog’ echkisiga ov qilganliklarini eslash kifoya. Ma’lumki, bu jonivor tog’larda chiqish qiyin bo’lgan joylarga chiqib boradi va o’ta chaqqon harakat qiladi. Ularni ovlash katta xavf va xatar bilan birga kechgan. Ammo, yuqorida ta’kidlanganidek, Omon-Qo’ton g’oridan aynan ushbu hayvonning suyak qoldiqlari ko’roq topilgan va aytish mumkinki, omonqo’tonliklar ularni muvaffaqiyat bilan ov qilganlar, o’ldirganlar.

Yuqorida ta’kidlanganidek, Omon-Qo’ton g’oridagi o’choq yonidan odam suyaklari qoldiqlari topilgan edi. Ehtimol, bu yerda ham mashhur Krapina g’orida bo’lgani kabi odamxo’rlik rusm bo’lgandir. Chjou Kou Tyandagi sinantroplarda kannibalizm hukm surgan deyishimizga asoslar bor.

V.I. Gromovaning yozishicha: “Krapina topilmalarini ayrim tadqiqotchilar (G. Osborn) bu yerdagi odam suyaklarining uzunasiga emas, balki ko’ndalang sindirilganligiga asoslanib, g’orda kannibalizm bo’lmagan, degan fikrni bildiradilar. Boshqa bir tadqiqotchilar esa, paleolit davri ajdodlarimiz odamxo’r bo’lgan bo’lsa, u holda ularning dunyoqarashi o’ta ayanchli bo’lgan bo’lur edi, deb hisoblaydilar. Biroq, u yoki bu tadqiqotchining ichki kechinmalari haqiqatni yoritishga to’sqinlik qilmasligi lozim”20.

Shunday qilib, barcha ma’lumotlarga ko’ra Omon-Qo’ton g’ori O’rta Osiyoda eng qadimgi yodgorlikdir. Teshik Toshdan topilgan tosh buyumlar anchayin taraqqiy etgandek ko’rinishga ega: bu yerda haqiqiy gardishsimon nukleuslar, paykonlar va qirg’ichlar mavjud. bu yerdan topilgan qo’l cho’qmoriga kelsak, ma’lumki, ko’pgina so’nggi mustye davri industriyalarida ular ancha takomillashgan tosh buyumlar bilan bir qatorda hukm surishda davom etadi. Buni makonning muallifi ham ta’kidlaydi.

“Oldimizda, deb yozadi A.P. Okladnikov, qadimgi texnologiyalardan guvohlik beruvchi ikki yoqlama ishlov berilgan qo’l cho’qmori bo’lib, u eski davrlardan saqlanib qolgan sarqit, deb qaralishi lozim”.

Agar Teshik-Tosh makoni klassik mustye davriga oid bo’lsa, u holda Omon-Qo’ton makoni undanda ancha qadimgi davrlarga xosdir. ushbu xulosani A.P. Okladnikov ham ma’qullagan.

Bu xulosa bilan yuqorida tilga olingan antrapologlarning fikrlari ham mos keladi.

O’zbekistonda yangi topilgan qadimgi tosh davri odami makoni haqidagi qisqacha ocherkni yakunlar ekan, D.N. Lev, ushbu topilma va O’rta Osiyo hududlaridan topilajak bunday topilmalar rasistlarga va ularning “oliy va quyi irqchilik” nazariyalariga qahshatqich zarba beradi, degan21.

Ushbu topilmalar yer sharining qaysi hududlari eng qadimgi odamlar tomonidan o’zlashtirilganligini aniqlash imkonini beradi. Bu esa, o’z navbatida, zamonaviy tipdagi odamning kelib chiqishi, irqlarning paydo bo’lishi va boshqa muhim masalalarni ham etish imkonini beradi.

Prof. G.F. Debes Teshik Toshdan topilgan paleoantropologik topilmaning ahamiyati haqida shunday yozadi: “Teshik-Tosh topilmasining dunyoviy ahamiyati shundaki, u neandertal odamini Osiyo materigining shunday joyida yashaganligini ko’rsatdiki, parallel hukm surish nazariyasi tarafdorlari bu hududlarda Yevropa neandertallari bilan bir vaqtda yashagan zamonaviy tipdagi odamning ilk vatanini ko’rishni hoxlardilar. Teshik-Tosh topilmasi neandertallarning tarqilishi arealini ancha kengaytirishi bilan bir qatorda, antrapogonezdagi ketma ketlik nazariyasini mustahkamladi22.

Prof. G.F. Debesning bu ta’riflari to’laligicha Omon-Qo’ton topilmasiga ham taalluqlidir.




Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish